2.2. Turk tilining leksik xususiyatlari
Til haqidagi fan tilshunoslik yoki lingvistika(dil bilimi) deb ataladi. U bir necha bo‘limni o‘z ichiga oladi: fonetika (ses bilimi), morfologiya (şekil bilgisi), sintaksis
(söz dizimi). So‘z va uning xususiyatlari, lug‘aviy ma’nosi o‘rganiladigan bo‘lim leksikologiya (sözcükbilim, kelime bilimi); ibora, matal, maqol va boshqa turli turg‘un birikmalar.Leksikologiya mustaqil lingvistik fan hisoblanib, unda so‘z va uning ahamiyati,
so‘zning til lug‘at tarkibidagi asosiy birlik ekanligi, hozirgi zamon lingvistikasida so‘z tavsifi, so‘zning ma’nosi, til leksikasining paydo bo‘lish sabablari, o‘rganilayotgan tilga xos sof o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar, o‘zlashgan leksika kabi tushunchalar o‘rganiladi. Shuningdek, sinonimlar, omonimlar, antonimlar, lingvistikada maydon tushunchasi, til lug‘at tarkibining boyish jarayoni va rivoji, jamiyat rivoji bilan lug‘at tarkibi ravnaqi o‘rtasidagi munosabat, lug‘at fondining boyish yo‘llari: so‘z yasalishi, so‘z o‘zlashtirilishi, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi hodisalari tadqiq etiladi.
Leksikologiya, frazeologiya va leksikografiya tilshunoslikning uzviy bog‘liq
sohalari bo‘lgani bois so‘z va turg‘un birikmalarning belgilari, ular orasidagi farqlar, frazeologik paradigma, shuningdek, turli belgilariga ko‘ra lug‘atlar tasnifi: tarixiy, hozirgi zamon, to‘liq va qisqa, umumiy va maxsus lug‘atlar, bir tilli, ikki tilli va ko‘ptilli lug‘atlar, etimologiya va tarixiy lug‘atlar hamda boshqa bir qator
Leksika (yun. leksikos – so‘z, lug‘atga oid) – tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar, biror badiiy asar yoki dialektga oid so‘zlarning jamidir.
Hozirgi zamon turk tilining so‘z boyligi turli nuqtayi nazarlardan o‘rganilishi mumkin. Bu bilan tilshunosliknin turk tili leksikologiyasi shug‘ullanadi. Turk tilshunosligida frazeologik birliklar va maqollar deyimler ve atasözleri sarlavhasi ostida ham o‘rganiladi.
So‘z va uning ma’nosi bilan bog‘liq muammolarni semantika (yun. semasie -belgi) yokisemasiologiyada o‘rganiladi. Til birliklarini ma’no nuqtayi nazaridan tadqiq etuvchi bo‘lim turk tilshunosligida anlam bilim (usm. ilmi maâni; nem. semantik) deyiladi. Turk tilshunosligiga oid ba’zi kitoblarda semantika anlam bilimi ham deyiladi.Tilshunoslikda so‘z ma’nosiga tegishli har qanday mavzuni anlambilim (semantika) o‘rganadi. “Semantikada, asosan, tushuncha (kavram), ma’no (anlam), ko‘p ma’nolilik (çok anlamlılık), sinonimlik (eş anlamlılık), antonimlik (zıt anlamlılık), ma’no torayishi (anlam daralması), ma’no kengayishi (anlam
genıshlemesı), ma’no o‘zgarishi (anlam değişmesi) kabi hodisalar tadqiq etiladi.”
Turk tilshunosligida anlambilim uchta kichik bo‘limni o‘z ichiga oladi: 1. Genel
anlambilim (umumiy semantika); 2.Mantıksal-felsefi anlambilim (mantiqiy-
falsafiy semantika) va 3.Dilbilimsel anlambılım (grammatik semantika). Bulardan genel anlambilim (umumiy semantika) ma’no bilan bog‘liq har qanday masalani keng ko‘lamda tadqiq etadi. Mantıksal-felsefi anlambilim (mantiqiy-
falsafiy semantika) ma’no bilan bog‘liq har qanday masalani falsafiy va mantiqiy nuqtayi nazardan baholaydi. Dilbilimsel anlambılım (grammatik semantika) o‘z ichida ikkiga bo‘linadi: 1. eş zamanlı (durgun) anlambilim (turg‘un ma’no bilimi;
sinxron semantika); 2. art zamanlı (gelişmeli) anlambilim (o‘zgaruvchan ma’no bilimi).
Tilning muayyan zamon kesimidagi holatini tarixiy taraqqiyot ta’siridan holi,
o‘zgarishsiz holda tadqiq etuvchi soha durgun veya eş zamanlı anlam bilimi (turg‘un ma’no bilimi – sinxron ma’no bilimi) deyiladi. Ushbu sohada so‘zlar va ularning ma’nolari, tushuncha qamrovi, sinonomlik, omonimlik va ko‘p ma’nolilik nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Art zamanlı anlam bilimi (diaxron ma’no
bilimi)da esa tilning ma’no bilan bog‘liq hodisalar tarixiy taraqqiyot qamrovida
o‘rganiladi.
Tilshunoslikning so‘z va uning ma’nosini o‘rganuvchi bo‘limi turk tilida
sözcükbilim (leksikologiya)deyiladi (yunoncha lexikos – “so‘z”, logos – “fan”, “ta’limot”). Sözcükbilim turk tilshunosligiga oid ba’zi kitoblarda leksikoloji, ba’zilarida esa kelime bilimi yoki kelime anlamı(so‘zma-so‘z tarjimasi: so‘z
ma’nosi) deb beriladi. Ushbu fan usmonli turk tilida ilmü’l-lüga(so‘z ilmi)deb nomlangan.Umuman olganda, turk tilshunosligida bir tilning so‘z boyligini morfologik, sintaktik va ma’no bilimi (leksika) nuqtayi nazaridan tadqiq etuvchi, so‘z, ba’zi birikmalar, qoliplashgan shakllar, ibora va maqollar, o‘zlashmalarni tadqiq etuvchi, birliklarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, eskilik va yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar va ularning ishlatilish doirasiga ko‘ra turlari kabi masalalarni o‘rganuvchi soha sözcükbilim deb nomlanadi.
Til lug‘at tarkibining quyidagi aspektlari leksikologiyaning tadqiqot ob’ekti
hisoblanadi:
- so‘z - tilning asosiy birligi sifatida;
- leksik birliklarning tip (tur)lari;
- til lug‘at tarkibining tuzilishi;
- leksik birliklarning vazifa bajarishi;
- lug‘at tarkibining to‘lib borishi va taraqqiy etishi.
Leksik birliklarning yuqorida sanab o‘tilgan aspektlar orasidagi munosabatlar ichidagi o‘ziga xos jihatlari leksikologik kategoriyalarda aks etadi. Leksikologiyaning bir sohasi bo‘lgan etimologiya esa tildagi so‘z zahirasini tarixiy, ya’ni so‘zlarning kelib chiqishi va shakllanishi nuqtayi nazaridan o‘rganadi.Ushbu bo‘limda sof turkiy leksika o‘zlashgan, ya’ni uzoq tarix davomida boshqa tillardan turk tiliga kirib qolgan leksikadan alohida holda ko‘rib chiqiladi. Leksikologiyada turk tilidagi zamonaviy matnlarda muhim o‘ringa tutgan. Turk tili leksikologiyasining asosiy masalalaridan yana biri - turk tili lug‘at tarkibining uslubiy rangorangligini o‘rganishdir. Chunki turk tilida uslub nuqtayi nazaridan neytral, uslublararo so‘zlar (öğrenci, kitap, görev, gitmek, yazmak, yediva b.) bilan bir qatorda, aniq kitobiy uslub (değerlendirme, teferruat,
tahammül), balandparvoz uslub (eşsiz, erişmek, katetmek), og‘zaki (tembel,
tombik, yavaşça) yoki sodda nutq uslubiga oid (galiba, iri, uyanık) so‘zlar ham talaygina.
Turk tili leksikasi so‘zlarning qo‘llanish sohalari nuqtayi nazaridan ham rang-barangdir. Shu bois umumxalq leksikasi va uning adabiy tildagi o‘rnini belgilash uning vazifasidir.Leksikologiya kursining ajralmas qismi hisoblangan frazeologiyada turg‘un birikmalarning nutqdagi o‘rni, qo‘llanilish sohalari, ifoda imkoniyatlari haqida so‘z
yuritiladi.Leksikologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yana bir soha «lug‘atlar haidagi
fan», ya’ni leksikografiyadir (yunon. lexicon – lug‘at, grapho - yozaman)
So‘z - tilning asosiy birligi sifatida olinganda ushbu muammo so‘zning umumiy nazariyasi doirasida tadqiq etiladi. So‘zturk tilida kelime yoki sözcükdeyiladi. Turk tilida söz deganda, ham so‘z, ham gap tushuniladi.
Bir va undan ortiq bo‘g‘indan iborat bo‘lgan, ayni tilda so‘zlashuvchi kishilar orasida alohida qo‘llanilganda inson zehnida aniq va mavhum tushunchalarni ifodalovchi yoki bunday tushunchalar orasida muvaqqat munosabat o‘rnatuvchi til birligiga so‘z deyiladi. Çiçek, ev, taş, köpek - aniq so‘zlar (somut kelimeler),
mutluluk, acı, aşk, nefret - mavhum so‘zlar (soyut kelimeler),gibi, için, kadar,
dolayı,ötürü kabi so‘zlar - munosabat o‘rnatuvchi (ilişki için) so‘zlardir.
So‘zlarning barc asi tilning lug‘at boyligini, ya’ni leksikasini tashkil qiladi. So‘z va ibora til birligi hisoblanadi.Tildagi barcha so‘zlar ikkiga bo‘linadi:
1.Tushuncha bildiruvchi so‘zlar (bir kavramı karşılayan kelimeler) leksik ma’noga, ya’ni atash ma’nosiga ega bo‘lgan mustaqil so‘zlardir: ot, sifat, son, fe’l, ravish. Olmoshlar bundan mustasno bo‘lib, ularning vazifasi atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarni ko‘rsatishdan iborat.
2.Tushuncha bildirmaydigan so‘zlar(bir kavramı karşılamayan kelimeler) leksik ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Bular: bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklamalar.Bir tilga boshqa tildan kirgan va o‘sha tilga o‘zlashib qolgan so‘z turk
tishunosligida yabancı kelime (usmonli turk tilida. müstear kelime) yoki alıntı
kelime deb atalgan. Hozirgi turk tilida o‘zlashgan so‘zlar katta miqdorni tashkil etadi. Masalan, animatör (multfilm ishlab chiqaruvchi), deflasyon (deflation –turg‘unlik, pulning turib qolishi), best-seller (sotish bo‘yicha rekord qo‘ygan
kitob), ekoloji (atrof-muhit haqidagi fan) kabi so‘zlar turk tiliga fransuz va ingliz tillaridan kirgan va qanday yozilsa, shunday talaffuz qilinadi.
Turk tiliga arab va fors tillaridan kirgan ko‘pchilik so‘zlar yangicha shakl olib, asl shaklini yo‘qotgan, lekin g‘arb tillaridan olingan so‘zlar turli omillar sababli o‘z holicha qo‘llanib kelinmoqda. Masalan: estetik, karne, kontrol, enflasyon,
rapor, kontenjan kabi so‘zlar hozirgi zamon turk tilida faol qo‘llanib keladi. Leksik birliklar bo‘limiga nafaqat alohida olingan so‘zlar, balki turg‘un birikmalar (bo‘linmas birliklar: analitik va tarkibli (murakkab) birliklar) ham kiritiladi. Biroq so‘z - shakl va mazmunning mutanosibligi bilan xarakterlanadigan asosiy leksik birlik hisoblanadi.
So‘z muammosi tilning asosiy birligi o‘laroq uch aspektda ko‘rib chiqiladi: struktur (tuzilish), ya’ni so‘zning alohida ajratilishi, tuzilishi), semantik aspect (so‘zning leksik ma’nosi) va funksional aspekt (so‘zning til tuzilishida va nutqdagi o‘rni).
Struktur aspektda so‘zning alohidalik va o‘xshashlik mezonlarining belgilanishi leksikologik nazariyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Birinchi holatda so‘z, birikma bilan qiyoslanadi, uning bir butunlik va alohidalik belgi (alomat)lari aniqlanadi, analitik shakl muammosi ishlab chiqiladi. Ikkinchi holatda so‘zning, ham grammatik asosini tashkil etuvchi (bu bilan so‘z shakli kategoriyasi belgilanadi), ham uning fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlariga (bu bilan so‘zning variantlari muammosi ishlab chiqiladi) asoslangan invariantlari haqida gap boradi.
Leksik birlikning semantik tahlili leksik semantika, yoki so‘z ifodalaydigan
tushuncha (signifikat) va nutqda bildiradigan ob’ekt (denotat) bilan mutanosibligini tadqiq etuvchi semasiologiyaning asosiy predmeti hisoblanadi. Semasiologiya leksikologiya bilan uzviy bog‘liqlikda, odatda, semantika doirasiga kiradi. Leksikologiya leksik birliklarning monosemiya va polisemiya, umumiy va xususiy, aniq va mavhum, keng va tor (giperonim va giponim), mantiqiy va ekspressiv, asl va ko‘chma ma’no singari leksik birlik semantik xususiyatlarini ifodalovchi leksikologik kategoriyalarni ajratgan holda semantik tur (tip)larni o‘rganadi. Asosiy e’tibor ko‘p ma’noli leksik birlikning semantik tuzilishi (strukturasi), so‘z ma’nosi turlarining ajratilishi, ular orasidagi farqni ajratish mezoni, so‘z ma’nosining o‘zgarishi va taraqqiy etish yo‘llariga qaratiladi. Shuningdek, desemantizatsiya, ya’ni so‘zning o‘z ma’nosidan mahrum bo‘lib, grammatik formantlarga aylanishi hodisasi tahlil etiladi.
Funksional aspektda til birligi hisoblangan so‘z ikki nuqtayi nazardan: birinchisi, tilning tuzilishi va vazifasida so‘zning tutgan o‘rni, ikkinchisi, so‘zning boshqa darajadagi birliklar bilan munosabati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Leksika va grammatika orasidagi o‘zaro munosabat alohida ahamiyat kasb etadi.
Leksika grammatik kategoriya va grammatik shakl qo‘llanilishini cheklay oladi, so‘z ma’nosining differensiyalanishiga ko‘mak beradi. Leksik va Grammatik vositalar umumlashgan ma’noda leksikogrammatik maydon (miqdor, zamon va b.)tashkil etadi. Lug‘at tarkibining tuzilishi ikki aspektda ko‘rib chiqiladi: leksik birlik ar va lug‘at tarkibi stratifikatsiyasi orasidagi sistem munosabatlar. Xulosa qilib aytganda, leksikologiya fani leksikaning bir tizim sifatida o‘rganadi.
So‘zning lug‘aviy (leksik, atash) ma’nosi turk tilida kelimenin sözlük anlamı deyiladi.Turk tilshunosligida ushbu atamaga sinonim bo‘lgan asıl anlam (asl ma’no) va temel anlam (asosiy ma’no) atamalari ham qo‘llaniladi. Bir so‘zning hammaga ma’lum bo‘lgan va lug‘atlarda aks etgan ilk va asl ma’nosini ifodalab kelgan asosiy tushunchaga sözlük anlamı (lug‘aviy ma’no) yoki asıl
anlam (asl ma’no) deyiladi. Lug‘aviy ma’nousmonli turk tilida mânâ-i asli;mânâ i hakiki deyilgan. So‘zlarning borliqdagi har qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi: ev (uy) – nom, yeşil (yashil) – rang, koştu (yugurdi) – harakat va h. Yoki ayak(oyoq) so‘zining asl ma’nosi “inson yoki hayvonning yurishga mo‘ljallangan organı” bo‘lsa, masanın ayağı, sandalyenin ayağı kabi “har qanday predmetning quyi qismi” ma’nosini kasb etishi, ma’no ko‘chishi yo‘li bilan keyinchalik hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nolar hisoblanadi. Shuningdek, yol(yo‘l) so‘zining asl ma’nosi “ustidan yuriladigan, o‘tiladigan yer”dir. Ushbu so‘zning usul, metod ma’nolari esa keyinchalik hosil bo‘lgan ma’nolardir.
Xuddi shunday holatni kalp(yurak; qalb) so‘zida ham uchratish mumkin. Yurak
so‘zining jasorat ma’nosi keyin yuzaga kelgan.
Sözlük anlamı (lu‘aviy ma’no), asıl anlam (asl ma’no) va temel anlam (asosiy
ma’no) atamalariga antonim bo‘lgan atama yan anlam (ya’ni ko‘chma ma’no)dir.Ma’no turk tilda anlam (anglam) bo‘ladi (usmonli turk tilda “mânâ”). So‘zning o‘z holida yoki gap ichida boshqa bo‘laklar bilan munosabat holatida qo‘llanayotganda inson ongida hosil bo‘ladigan tushunchaga anlam (anglam, ma’no) deyiladi. Masalan, turkcha kestirmek fe’lining birinchi ma’nosi “ağaç
kestirmek (daraxtni kestirmoq), bez, kâğıt kestirmek (mato, qog‘ozni kestirmoq), ikkinchi (ko‘chma) ma’nosi “biron narsani taxmin qila olmoq: Ne olacağını kestiremedim (nima bo‘lishini taxmin qila olmadim); uchinchi ma’nosi: sal mizg‘ib
olmoq: Biraz kestirirsem kendimi toplayabilirim (Ozgina mizg‘ib olsam, o‘zimga kelardım) kabi.
Leksik ma’no deganda so‘zning inson ongida aks etib, unda (ongda) biror narsa, predmet, hodisa, xususiyat yoki jarayon haqida tasavvur paydo qiluvchi mazmuni tushuniladi (nesim - hafif yel, esinti; özel – yalnız bir kişiye, bir şeye ait olan; hususi; sınıf - ders okutulan yer, dershane).
So‘zning leksik ma’nosi insonning anglash faoliyati mahsuli bo‘lib, u inson
ongining ma’lumotlarni qiyoslash, tasniflash va umumlashtirish yo‘li bilan reduksiyalashidir. Bunday ma’no umumlashgan va umumlashtiruvchi xarakterga ega bo‘lib, so‘zlovchining faol nutqi jarayonida shakllanadi.
Turk tilida dunyodagi barcha narsa (predmet)lar, harakatlar, holatlar va tasavvurlarning tildagi ifodasiga kavram (tushuncha) deyiladi. Tilshunoslikda so‘zning leksik ma’nosi falsafaning bir kategoriyasi hisoblangan tushunchaga qiyoslanadi. Lekin bu fikrga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki leksik ma’no tushunchadan kengroqdir. Faqat atamalardagina so‘zning leksik ma’nosi
tushunchaga teng bo‘ladi (masalan: tıp - tibbiyot, zamir - olmosh, yüklem- kesim,
ekonomi – iqtisodiyot va h).
Tildagi so‘zlarning barchasi tilning lug‘at boyligini, ya’ni leksikasini tashkil
qiladi. So‘z va ibora til birligi hisoblanadi.Tildagi barcha so‘zlar ikkiga bo‘linadi:
1.Tushuncha bildiruvchi so‘zlar.Bular leksik ma’noga, ya’ni atash ma’nosiga ega bo‘lgan mustaqil so‘zlardir: ot, sifat, son, fe’l, ravish. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.
2.Tushuncha bildirmaydigan so‘zlar leksik ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar beriladi. “So‘z va tushuncha orasida oyna va oynadagi ko‘rinish (aksqadar yaqin munosabat mavjud”.
Masalan, köpek (kuchuk; it) so‘zini eshitganimizda yoki o‘qiganimizda zehnimizda bir kuchuk (it) qiyofasi gavdalanadi. Bu bir ko‘rsatkichdir. Barcha tillarda kuchuk (it) tushunchasi bir xil bo‘lsa-da, ushbu tushunchani belgilovchi ko‘rsatkishlar turlichadir: köpek – turkcha, kuchuk; it – o‘zbekcha, sobaka – ruscha, dog– inglizcha, perro – italyancha va h. Tushuncha bir xil, lekin ko‘rsatkichlar turlicha. Bundan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: so‘z – ko‘rsatuvchi, tushuncha – ko‘rsatiluvchidir.
So‘zlar vositasida ifodalangan tushunchaning inson zehnida aks etishiga ma’no deyiladi. Ya’ni atrofimizdagi har turli voqea-hodisa, harakat, holat zehnimizda muayyan tushuncha hosil qiladi. Ana shu hosil bo‘lgan tushunchalar zehnimizda “qayta ishlanib” ma’noga aylantiriladi.
Turk tilida kavram (tushuncha), anlam (ma’no) va dil (til) atamalari asosida bir necha murakkab tilshunoslik atamasi yuzaga kelgan.Bular: Kavram alanı (tushuncha maydoni), anlam alanı (ma’no maydoni) ve dil alanı (til maydoni). Bu atamalar o‘zaro sinonim bo‘lib ularni bir-biri o‘rnida ishlatish ham mumkin. Anlam alanı (kavram alanı, dıl alanı) deganda inson zehnida bir xil yoki bir-biriga yaqin tushunchalar tashkil etuvchi so‘zlar yuzaga keltirgan umumiy ma’no maydoni tushuniladi: hedef (maqsad, mo‘ljal), ideal (ideal), maksat ((maqsad)),
üzülmek (xafa bo‘lmoq), kırılmak (xafa bo‘lmoq), darılmak ((xafa bo‘lmoq,
o‘ksimoq)), kesmek (kesmoq, so‘ymoq), biçmek (o‘rmoq, bichmoq)kabi. Turk tili leksikologiyasida keng qo‘llaniluvchi kavram çekirdeği (tushunchaning mag‘zi) atamasi temel anlam (asos ma’no), asıl anlam (asl
ma’no), sözlük anlamı (lug‘aviy ma’no) atamalarining sinonimidir. Tushunchaning
mag‘zi (kavram çekirdeği) deganda so‘z ifoda etgan ilk va asl ma’no anglashiladi. Masalan, baş, ayak, kaş, kol, boğaz, göz kabi inson organi nomlari turli tushunchalarni ifodalagan holda kengaytirilganda, ularning asosiy ma’nolari, ya’ni “tushunchaning mag‘zi” organ nomi bo‘1adi.
Soyutlama (mavhumlashtirish) deganda inson zehnining tashqi dunyodagi
barcha jonzotlar va jonsiz narsalarni, tuyg‘u, fikr va harakatlarni o‘ziga xos shaklda tushunib, tahlil etilib, so‘zga aylantirilishi tushuniladi. Somutlaştırma
(aniqlashtirish)deganda esa tildagi mavhum tushunchalardan foydalangan holda bayon etish anglashiladi. Masalan, qadimgi turk tilidagi tıl (til) – “til - organ” so‘zining kitobalarda “gapirtirish uchun qo‘lga olingan harbiy asir” ma’nosida qo‘llanilishi; avuç açmak “tilanchilik qilmoq”, gözlerini yummak “ölmak”, dile getirmek “söylemek”, rang-tusni ko‘rsatuvchi kavuniçi, vişneçürüğü, yavruağzı kabi so‘zlar aniqlashtirishga misol bo‘la oladi.Turk tili leksikologiyasida so‘z yasalishining alohida o‘rni bor. Masalan, semantik (leksik-semantik) usul turk tilida so‘z yasalishining yettinchi usuli (affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, abbreviatsiya, reduplikatsiya va konversiyadan keyin) hisoblanadi. Semantik (leksik-semantik) usulda so‘z yasalayotganda so‘z ma’nosining o‘zgarishi asosida yangi so‘z yasaladi. Bu hodisa asta-sekinlik bilan uzoq yillar davomida vujudga keladi. Masalan, yufka – sifat (yufka yürekli - ko‘ngli bo‘sh), yufka – ot (ovqatning bir turi); ulak – uloq (echkining bolasi), ulak – 1. sport turi, musobaqa; 2. kuryer; chopar; gelir – fe’l (keladi), gelir – ot (daromad); gider – fe’l (ketadi, boradi),
gider – ot (sarf-xarajat) kabi. Umuman, tilshunoslikning so‘z yasalishi bo‘limida tilda yangi so‘zlarning yasalishi o‘rganiladi, bu hodisa tilning leksik boyligini oshirishga xizmat qiladi va shu jihatdan leksiqkologiya bilan bog‘liq hisoblanadi. So‘zning grammatik ma’nosi. So‘zning qaysi turkumga kirishi, shuningdek, so‘z qo‘shimchalari anglatadigan ma’noga grammatik ma’no deyiladi. Masalan: kitaplar (kitoblar) so‘zining grammatik ma’nosi uning ot turkumiga oidligi (kitap), bosh kelishikda va ko‘plik shaklida (kitap-lar) ekanligidir. So‘zning Grammatik shakli – grammatik ma’noni ifodalovchi vositadir. So‘zning grammatik ma’nosi va grammatik shakli morfologiya (Şekil bilgisi) bo‘limida o’rganiladi.
Ma’no kengayishi (anlam genişlemesi) hodisasi. Ma’no qamrovi tor bo‘lgan bir so‘zning vaqt o‘tishi bilan kengroq maydonga yoyilishiga ma’no kengayishi deyiladi. Masalan, turkcha “alan” so‘zi qadimgi turkchada “daraxtsiz joy,
kenglik” ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik ma’no kengayishi natijasida
“hudud”, “soha”, “maydon” ma’nolarini ham ifodalaydigan bo‘lgan.Yoki lotincha kültür so‘zi “ekishga tayyor tuproq, dala” ma’nosiga ega bo‘lgan.
Keyinchalik ma’no jihatdan kengayib, “yuz yillar davomida qo‘lga kiritilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, qadriyatlar, ya’ni madaniyat” ma’nosida qo‘llana boshlangan. Shuningdek, su so‘zi "suv" bilan birga "daryo, irmoqlar"ni, aş so‘zi barcha ovqat turini, ekmek "non" bilan birga "barcha oziq-ovqat"ni, sofra so‘zi "dasturxon" ma’nosini bildiradi.
Ma’no torayishi (anlam daralması). So‘zning tushuncha va ma’no miqyosi nuqtayi nazaridan torayishga uchrab, ilgari ifodalagan predmet yoki biror tushunchaning faqat bir qismi, bir jihati, bir turini ifodalaydigan darajaga kelib qolishi; bir so‘zning umumiy ma’nodan xususiy ma’noga o‘tishiga ma’no torayishi deyiladi. Masalan, turkcha kardeş so‘zi aslida "tug‘ishgan, qarindosh" ma’nosini anglatgan.Lekin hozirgi turk tilida "uka" yoki "singil"ni bildiradi. Bunda ma’no toraygan. Mashhur turk shoiri Yunus Emre bir she’rida “Derviş
donun donandım, yola baktım utandım”(Darvish to‘nini kiydim, yo‘lga qarab
uyaldim) deydi. O‘sha davrda turk tilida “don” so‘zi “libos, ust kiyim” (to‘n) ma’nosiga ega bo‘lgan, Hozirgi paytda esa ushbu so‘z ma’nosi torayib, faqat “erkaklar kiyimi” ma’nosida qo‘llanadi. Shuningdek, qadimgi turk tilidagi
oğlan so‘zi ham o‘g‘il, ham qiz bola, ya’ni, “bola, farzand”, urı oğlan (o‘g‘il
bola), kız oğlan (kız bola). Oğlan so‘zi ma’no torayishi natijasida hozirgi turk tilida faqat “erkek çocuk” (o‘g‘il bola; o‘g‘lon) ma’nosida qo‘llanadigan bo‘lgan.
Ma’noning ijobiylashuvi (anlam iyileşmesi). Ilgari salbiy ma’no kasb etgan ba’zi so‘zlar vaqt o‘tishi bilan ma’no jihatdan ijobiylashishi (yaxshilanishi) mumkin. Masalan, qadimgi turk tilidagi “kötü, fena” (yomon) ma’nosidagi “yabız yablak”, yani “yavuz” (yovuz) so‘zi (Yavuz hırsız ev sahibini bastırır - maqol) hozirgi paytda ijobiylashib, “jasur, qo‘rqmas, fe’l-atvori ijobiy bo‘lgan yigit” ma’nosida qo‘llanadi. Masalan, Yavuz Sultan Selim deganda Usmonli sultoni Salimxon hurmat bilan tilga olinadi. Hozirgi turklarning farzandlariga Yavuz ismini berishlari ham shundan. Yoki yaman (yomon) so‘zi ham hozirgi turk tilda “sho‘x” ma’nosida qo‘llanilmoqda.
“Qiyinchilik, zahmat, azob-uqubat” ma’nosidagi emgek so‘zining ma’nosi ham
ijobiylashib, hozirgi turk tilida “emek” shaklida “mehnat”, ya’ni “biror ishni qilish uchun sarflangan jismoniy va aqliy kuch” ma’nosida qo‘llaniladi.
Ma’noning ijobiylashuvi barcha tillarda uchraydi. Masalan, lotin tilidan nemis tiliga o‘zlashgan minister so‘zi ilgari “kichik xizmatkor” ma’nosiga ega bo‘lgan. Ma’noning salbiylashuvi (anlam kötüleşmesi; anlam bayağılaşması).Ba’zi ijobiy ma’noli so‘zlar vaqt o‘tishi salbiy ma’no kasb eta boshlaydi (leksikologiyaga oid adabiyotlarda bunday hodisa ma’noning yomonlashuvi ham deyiladi). Yevropa tillarida ko‘p uchraydigan bunday ma’no hodisasiga turk tilida ham duch kelinadi. Masalan, qadimgi turk tilida “jonivor, hayvon” ma’nosidagicanavar so‘zi hozirgi paytda ma’no jihatdan salbiylashib, “yirtqich, vahshiy hayvon” ma’nosida qo‘llanilmoqda. Yoki üstat (ustoz, ustod) so‘zi qadimgi turkchada hozirgi o‘zbek tilidagidek obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan kishi, ya’ni ustoz (murabbiy, domla) ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, hozirgi turk tilida duch kelgan odam bir-biriga murojaat qilganda bu so‘zni bemalol qo‘llanmoqda
Shuningdek, qadimgi turkchadagi katun (hatun) so‘zi “kraliçe, hükümdarın
hanımı” (qirolicha, podshohning rafiqasi) ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, bugungi kunda turk tilida “ayol”, hatto ba’zida “xizmatchi ayol” ma’nosida ham qo‘llanilmoqda.Yo qadimgi turk tilida “önceki, daha önce zikredilen” (“haligi, bundan oldin aytib o‘tilgan”) ma’nosidagi “bayakı” so‘zi hozirgi paytda ma’no jihatdan salbiylashib, bayağı, ya’ni “qadrsiz, o‘ta oddiy” ma’nosida qo‘llanadi. O‘tgan asrlarda turk tilida efendi so‘zi, obro‘-e’tiborli kishilarga nisbatan bir unvon kabi qo‘llanilgan (İbrahim Şinasi Efendi, Ahmet Mithat Efendi).Lekin so‘nggi paytlarda efendi so‘zi ish joylarida kichik lavozimda ishlovchi choypaz, farrosh erkaklarga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lgan. Masalan, rahbar kishi: “Hasan efendi, bana iki çay getir!”, - deb buyuradi. Yoki arabcha “evlad (evlat)” so‘zi “bolalar” degani. Bu so‘zning birlik shakli veled (velet)dir (Bahdettin bin Velet, Sultan Velet –tarixiy shaxslar). Bugungi kunda turk tiliga arab tilidan o‘zlashgan valide, mevlit, tevellüt, viladet kabi so‘zlarning o‘zagi ham arabcha “veled” so‘zidir. Bu so‘z hozirgi turkcha og‘zaki nutqda yosh yigit va o`smirlarga nisbatan haqorat ma’nosida qo‘llanilmoqda. Ma’noning umumiylashuvi (anlamın genelleşmesi) deganda bir otning
aqt
o‘tishi bilan boshqa bir narsaning nomiga qo‘yilishi, ya’ni xususiy ma’nodan umumlashgan ma’noga o‘tishi tushuniladi. Masalan, “söz” so‘zi turk tilida ham
“so‘z”, ham “gap” ma’nosiga ega. Ya’ni bir maqsadni ifoda etish uchun aytilgan so‘z yoki so‘zlardan tashkil topgan birikma yoki gapga “söz” deyiladi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir tilning shaxs tomonidan maxsus qo‘llanilishi “söz” (nutq)dir. Usmonli turk tilida “so‘z” o‘rniga “kelam” atamasi ham qo‘llanilgan.
XULOSA
So‘z alohida holda har doim ham to‘laqonli ma’no kasb etavermaydi. Uning ma’nosi birikma yoki gap ichida ochiladi. Turk tilida bir yoki bir necha gap (ko‘pincha abzas)dan yuzaga keladigan umumiy ma’noga bağlam (kontekst) deyiladi. Turk tilshunosligiga oid kitoblarda kontekstga quyidagicha ta’rif beriladi: “Bir ko‘rsatkichning birga kelgan boshqa ko‘rsatkichlar bilan tashkil etgan va umumiy ma’noga oydinlik kirituvchi butunlikka bağlam (kontekst) deyiladi. Ko’rsatkichning kontekstga muvofiq ma’no kasb etishi tilning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Masalan, turkcha Gemi limandan ayrıldı gapidagi “ayrılmak”(ketmoq, chiqmoq, uzoqlashmoq ma’nosida) fe’li Kadın kocasından ayrıldı (Ayol eri bilan ajrashdi) gapida qo‘llanganda “ajralish” ma’nosini beradi. Lekin Kadın kocasından ayrılıp, otobüse bindi (Ayol eri bilan xayrlashib, avtobusga chiqdi) deganda
“ayrılmak” fe’li yana o‘z ma’nosiga (ketmoq, chiqmoq, uzoqlashmoq ma’nosida) qaytadi. Yoki köprü so‘zining asosiy ma’nosi “oqar suv yoki yo‘lning ikki qirg‘og‘ini birlashtirib turuvchi qurilma, inshoot”dir. Lekin köprü (ko‘prik) so‘zining bir necha ko‘chma ma’nolari (yan anlamlari) ham mavjud: 1. oqar suv yoki yo‘lning ikki qirg‘og‘ini birlashtirib turuvchi qurilma, inshoot. Masalan,
Köprüdengeçince sağa dönün gapida köprü so‘zi o‘z ma’nosida kelgan. 2. Üst Hozirgi paytda o‘zbek tilida ham odamlar bir-biriga “taqsir” deb murojaat qilgani kabi. dişlerimin köprüsü kırıldı gapida esa “yasama tish” ma’nosi anglashilib turadi. Shuningdek, masa deganda “stol”dan tashqari bo‘lim, bo‘linma ma’nolari ham tushuniladi: kaçakçılık masası – kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi, yabancılar masası – xorijliklarga viza berish boshqarmasi. Yoki dal (shox; daraxt shoxi) deganda soha, tarmoq, bo‘lim, kafedra ham tushuniladi: Ruhbilim dalında yapılan araştırmalar (Ruhshunoslik sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar) Fizik Anabilimdalı vab.
Turk tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar ham kontekstga ko‘ra farqli
ma’nolar kasb etishi mumkin. Masalan acayip sifati acayip işler (g‘alati ishlar) birikmasida salbiy, acayip başarılı (judayam omadli) birikmasida ijobiy ma’no kasb etadi. Turk tili leksikologiyasida durum bağlamı (situativ kontekst) atamasi ham qo‘llaniladi. Bunda ma’noning ro‘yobga chiqishida g‘ayrilisoniy omillar (dil dışı
etkenler), so‘zlovchining o‘ziga xos jihatlari, vaziyat hisobga olinadi. Masalan, bir narsani olish uchun birga sarf-xarajat qilgan ikki kishidan biri ikkinchisiga: “Yarın akşam seninle hesaplaşırız” deganda “hesaplaşmak” fe’li “pul hisob-kitobini amalga oshirish” ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, bir nimadan jahli chiqqan kishining bosha biriga aytgan xuddi shu gapi umuman boshqa ma’no, ya’ni “o‘ch olish”, “qo‘rqitish”, “do‘q-po‘pisa” ma’nosini ifodalaydi. Bu yerda vaziyat, insonlar orasidagi munosabat ma’noning belgilanishida muhim rol o‘ynaydi. Yoki:
“Size yardımcı olmak isterim” birining boshqasiga haqiqatdan ham yordam bermoqchi ekanligini, taklifni ifodalaydi. Vaziyatga ko‘ra ayni gap kishining yordam ko‘rsatish imkoniyati yoki xohishi yo‘qligi bois uzr so‘rashini ham bildirib kelishi mumkin. So‘zning ma’nosi ba’zan bir gap doirasida aniqlashmasligi ham mumkin, unda so‘zning ma’nosini abzas doirasida, hatto matn doirasida aniqlashtirish kerak
bo‘ladi. Agar ona tili turk tili bo‘lgan kishilarga boğaz so‘zi aytilsa, ularning zehnida inson vujudining bir qismi – tomoq (bo‘g‘iz) tushunchasi paydo bo‘ladi. Lekin muayyan kontekst ichida olib qaralganda vaziyat ravshan bo‘ladi.
“Anjin hastaliği boğaz mukozasının şişmesine neden olur”, bu gapda kontekst bilan birga mavzu ham (shifokorlik, sog‘liq) yaqqol namoyon. Buning aksi “Şimdi boğaz konusunu elealıyoruz” gapida mavzu aniq emas. Agar ushbu gap tibbiyot muassasasida, anatomiya darsida aytilgan bo‘lsa, inson tomoği (bo‘g‘iz) anglashiladi. Geografiya darsida aytilgan bo‘lsa, u holda dengizlar qo‘shilgan “bo‘g‘oz” tushuniladi. Agar gap Istanbul hokimiyati majlisida aytilgan bo‘lsa, u holda Turkiyadagi har qanday bo‘g‘oz, qo‘ltiq emas faqat “Istanbul bo‘g‘ozi” (Bosfor bo‘g‘ozi) ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Agar “Evde dört boğaz beni bekliyor” gapida boğaz “qorni to‘yg‘azilishi shart bo‘lgan kishi” ma’nosini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |