5. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yish tamoyili muhim
ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga qat’iy
talablar qо‘yadi, ularning ishbilarmonlik sifatlarini, ishlab chiqarish oldida
turgan masalalarini belgilaydi.
6. Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor,
shaxsiy foyda uchun harakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi
kerak.
7. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor о‘z faoliyati
uchun javobgar bо‘lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik ham hisobga
olinishi, ya’ni tadbirkorning о‘z huquq va majburiyatlari bо‘lishi kerak.
87
Shunday qilib, boshqaruv tamoyillari boshqaruv funksiyalarini
amalga oshirish bо‘yicha rahbarlarning asosiy g‘oyalari, qonunlari va
xatti-harakati qoidalari sifatida ifodalanishi mumkin.