O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti magistratura bo’limi



Download 349 Kb.
bet8/29
Sana31.12.2021
Hajmi349 Kb.
#207497
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
Dissertatsiya. Z.Ahmadova. 13 апрель 2021.

XULOSA VA TAKLIFLAR .............................................................................

71

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI........................................

73


KIRISH

Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Har bir xalqning buguni va ertasi uning o`tmishi bilan chambarchas bog`liq. Hazrat Alisher Navoiy asarlari sal kam 600 yildan beri Sharq xalqlari uchun qudratli ma`naviyat manbai bo`lib xizmat qiladi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Alisher Navoiy bobomizning “Odami ersang demagil odami, oniki yo`q xalq g`amidin g`ami” degan satrlarida qanchalik chuqur hayotiy hikmat, falsafa bor. Ya`ni bu dunyoda insonlarning dard-u tashvishlarini o`ylab yashash odamiylikning eng oliy me`zonidir, xalqning g`amidan uzoq bo`lgan insonni odam qatoriga qo`shib bo`lmaydi, deb tayinlamoqda ulug` bobomiz. Bu o`lmas satrlar bizning orzu-intilish va amaliy harakatlarimiz bilan naqadar hamohang ekani odamni hayratga soladi”, – degan edi1.

Odamlarning dard-u tashvishlarini o`ylab yashash, inson manfaatlari uchun qayg`urish g`oyasi Hazrat Alisher Navoiyning deyarli barcha asarlarini ichdan nurlantirib turadi. Ayni haqiqat ulug` mutafakkirning barcha nazmiy va nasriy asarlariga, shu jumladan, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Tarixi Muluki Ajam” kabi tarixiy asarlari, tarixga oid qarashlari teran tajassumini topgan “Majolisun-nafois”, “Munshaot”, “Mahbubul-qulub” kabi o`nlab asarlariga ham dahldordir.

Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid nodir asari “Muhokamatul-lug`attayn” sahifalaridan yorqin nazarga tashlanadiki, ulug` mutafakkir “Xamsa” inshosidan so`ng o`zining tarixga oid asari «Zubdatut-tavorix»ning birinchi va ikkinchi kitoblari – «Tarixi anbiyo va hukamo» va «Tarixi Muluki Ajam»ni yaratgan. Mazkur asarlarni yozish uchun o`zigacha yashab o`tgan ko`plab muarrixlarning asarlarini sinchiklab mutolaa qilgan.

«Zubdatut-tavorix»ning ikkinchi kitobi «Tarixi Muluki Ajam» sahifalarida «Nizomut-tavorix», «Tarixi Banokatiy», «Jome` ut-tavorixi Jaloliy», Hamidulloh Mustavfiyning «Tarixi Guzida» asarlaridagi tarixiy ma`lumotlarning qiyosiy uslubda o`rganilishi yuqoridagi fikrimiz tasdig`iga xizmat qiladi. Ulug` muarrix har bir voqea, har bir dalilga chinakam ilmiy mavqeda turib munosabatda bo`ladi.

«Zubtatut-tavorix» sahifalariga o`zi o`rgangan manbaalardagi ma`lumotlarning javharini kiritadi. Tarix kitoblaridagi qarama-qarshi fikrlarini sinchiklab o`rganib, bir-biriga muvofiq bo`lganlarinigina saralab oladi va o`z kitobida aks ettiradi. «Zubtatut-tavorix»ni yozish uchun muarrixning qanchalik zahmat chekkanligi, uzoq muddat tayyorgarlik ko`rganligi Alisher Navoiy «Xamsa»si tarkibidagi dostonlarda ham o`z aksini topgan2. Afsuski, «Zubtatut-tavorix» hozirga qadar tarixshunos olimlar nazaridan chetda qolib keladi.

Alisher Navoiydan o`n besh nazmiy, o`n besh nasriy asar avlodlarga meros qoldi. Muarrixning asl maqsadi xoh ilmiy, xoh badiiy asar bo`lsin bu asarlarning deyarli barchasida ulug` mutafakkirning o`z zamonasiga oid qimmatli tarixiy ma`lumotlar mavjud. Birgina «Majolisun-nafois» tazkirasida Temur va temuriylar davrida faoliyat ko`rsatgan 450 dan ortiq tarixiy shaxs haqida muhim ma`lumotlar jamlangan. Tazkiraning temuriylarga bag`ishlangan yettinchi majlisi jahongir Amir Temurdan tortib, Sulton Ali Mirzoga qadar bo`lgan 22 nafar shoh-u shahzodalar shaxsi, faoliyati, ularning ijtimoiy-siyosiy qiyofasi haqida aniq tasavvur paydo qiladi. «Majolisun-nafois»ning sakkizinchi majlisi yaxlit holatda mamlakat hukmdori Sulton Husaynning shoir va she`rshunos, millat va madaniyat homiysi sifatidagi salohiyatini dalillashga yo`naltirilgan.

XV asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhitining ko`zgusi hisoblangan «Munshaot» tarkibidagi maktublarning aksariyati Husayn Boyqaro va uni mamlakatning turli hududlarini boshqarayotgan o`g`illariga, davlatning katta-yu kichik amaldorlariga yo`llangan. Siyosiy-tarixiy voqealar maktublarning mag`zidan bosh qon tomiriday o`tadi.

«Xamsatul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» manoqiblarida XV asr temuriylar zamonasining yetakchi tendensiyalari, Sulton Husayn Boyqaroning ilmga, sportga, ma`rifat va ma`rifat ahliga munosabati nozik tarixiy-badiiy yo`sinda idrok etilgan.

«Mahbubul-qulub»da o`rta asrlarda, jumladan, Temur va temuriylar davrida faoliyat ko`rsagan barcha ijtimoiy toifalarning (shoh, bek, noib, vazir, sadr, askar, yasovul, shayxul-islom, qozi, mufti, mudarris, tabib, kotib, muallim, imom, hofiz, muazzin, mug`anniy, voiz, munajjim, savdogar, olib-sotar, kosib, dehqon, gado, ovchi, shayx…) fazilat va nuqsonlari alohida-alohida fasllarda, XV asr mafkurasi va tarixiy sharoiti mantiqidan kelib chiqib yoritilgan. Asarda har bir amal yoki kasb sohibi Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro davridagi real hayotdan olingan umumlashtirilgan qiyofasini aniq tarixiy davr bilan bog`liq holatda ijobiy va salbiy qirralarini yorqin namoyon qiladi.

Agar ulug` Navoiyning yuqorida nomlari sanalgan kitoblaridagi tarixga oid dalil va ma`lumotlar yagona o`ringa yig`ilsa, XV asr temuriylar davri ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotining qomusi paydo bo`ladi. Biz amalga oshirmoqchi bo`lgan tadqiqot mavzuining dolzarbligi yuqorida ayrim jihatlari qayd qilingan masalalar bilan belgilanadi.


Download 349 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish