O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti magistratura bo’limi



Download 349 Kb.
bet16/29
Sana31.12.2021
Hajmi349 Kb.
#207497
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
Dissertatsiya. Z.Ahmadova. 13 апрель 2021.

1.2. Hakimlar ibrati.

Muso to`g`risidagi hikoya ancha uzun va hodisalvrga boy. Bunda ezgulik bilan yovuzlik o`rtasida kurash tasvirlanadi. Bu kurash yazdonparastlik orqali ko`rinadi. Bu esa o`sha hodisalar sodir bo`layotgan davrdagi ko`p xudolik, budparastlik rasmlariga nisbatan ilg`or g`oya edi.

Bundan tashqari yagona Tangriga sig`inishni talab qilganlarki, bu yanada qoloqroq va jirkanchroq ko`rinish edi. Undan hukmronlar o`z shaxsiy hokimiyatini saqlab qolmoq uchun har qanday yovuzlikka tayyor turganlar. Chunonchi, yuqorida ko`rib o`tilgan Nimrud o`zini saqlamoq uchun barcha yangi tug`ilgan bolalarni o`ldirishga buyurgan va yetmish, hatto yuz mingga yaqin bola bu buyruqqa binoan qatl etilgan edi.

Muso to`g`risidagi hikoyadagi bir obraz Misr fir`avnlaridan Volid binni Mus`ab ham xuddi shu yo`ldan boradi. U bir kuni tushida shomdan bir olov chiqib misriylarning kent va shaharlarini kuydirib yuborganini ko`rdi. Kohinlar bu tushni bir yomonlikka yo`yib, shom tomonida bir bola tug`iladi va sening davlatingni yo`q qiladi, dedilar. Shundan so`ng fir`avn Bani Isroildan tug`ilgan o`g`il bolalarni o`ldirmoqqa buyurdi.

Yana vabo boshlanib Bani Isroildan ko`p odam halok bo`ldi. Shunda fir`avn atrofidagi kishilar, katta yoshlarni vabo, kichik bolalarni sen o`ldira bersang, kim bizning xizmatimizni qiladi, dedilar. Shundan so`ng fir`avn bolalarni har yili emas, yil aro o`ldirib turishga buyurdi.

Navoiy bu tafsilotni keltirar ekan, zolimlarning beshafqatligi ularning yosh go`daklar qoniga tashna xunkorliklarini ochib tashlaydi, o`quvchida bunday yovuzlikka qarshi nafrat uyg`otadi. Yovuzlik bejazo qolishi mumkin emas. Nihoyat, Muso tug`ilib u yovuzlikka qarshi kurasha boshlaydi.

Musoning dunyoga kelishi va o`sib kamol topishi murakkab sarguzashtlar orqali sodir bo`ladi. Musoning otasi Imron fir`avnning xodimi edi. Bola tug`ilgach, onasi uning fir`avn buyrug`iga ko`ra, qatl etilishidan qo`rqib, bolani bir sandiqqa solib Nil daryosiga oqizadi. Fir`avnning qizi onasi Osiyo ikkovlari bu sandiqni tutib olib ochadilar, uning ichidagi bolani oldilar. Bolaga Muso ( sarv og`ochi) deb nom qo`ydilar. Musoning og`zi suvidan fir`avn qizining birpas kasali shifo topdi.

Musoning suvga oqizilishi o`zbek adabiyoti tarixida “Tohir va Zuhra” dostonidagi Tohirning suvga oqizilishini eslatadi. Yana bu hodisa (eron shohi) “Oltin beshik” hikoyasiga ham o`xshab ketkdi.



Odil podshoh haqdin xaloyiqqa rahmatdur va mamolikka mujibi amniyat va rafohiyat. Quyosh bila abri bahordek qora tufrog`din gullar ochar va mulk ahli boshig`a oltun bila durlar sochar13.

Yana Eron shohi hukumat o`z farzandini bir belanchakka belab yoniga oltinlar qo`yib tashlab ketgani va bir bolasiz tegirmonchining bu bolani topib olib, parvarish qilishi podshoh qizining o`z akasidan ko`rgan farzandini sandiqqa solib dengizga tashlagani va bu sandiqni bir baliqchi tutib olib bolani tarbiya qilib o`stirgani to`g`risidagi hikoyaga o`xshab ketadi. Oqibatda bu bola Rim papasi bo`lgan edi. Demak, sandiqqa solib oqizilganlar to`g`risidagi hikoyalar ko`p uchraydi. Muso hikoyasi ham shular qatoridan o`rin oladi.

Musoni Osiyo (fir`avnning xotini) tarbiyalab o`stirdi. Muso o`ttiz yoshga etganda qibtiylarning Bani Isroilga o`tkazayotgan zulmlariga qarshi chiqadi va shu boisdan Misrdan quvg`in qilinadi. So`ng u Shu`ayb payg`ambarning qizi Safuroga uylanib, Shu`ayb unga odamning behishtdan chiqqan asosini beradi. Muso bu aso yordamida ko`p mo`jizalar ko`rsatadi. Bani Isroilga bosh bo`lib, ularni Misrga tobelikdan qutqaradi. Bani Isroilga bosh bo`lib, ularni Misrga tobelikdan qutqaradi. “Tavrot” kitobiga Muso ega bo`lib uni Bani Isroil xalqiga muqaddas kitob etib tayin qiladi.

Musoning nafasi bilan o`lik tirilar edi. Bu bo`limda Qorun to`g`risidagi afsona diqqatga sazovordir. Qorun Isroilga ilm sohasida eng peshqadamlardan bo`lgan, husni ham go`zal edi. U Musoning yaqinlaridan bo`lgan. Muso tarbiyatida ulg`aygan, ilmlar, xususan, kimyo ilmida kamol topgan. Shuning natijasida Qorun juda boyib ketdi. Uning xazina va bisotining kalitlari qirq xachirga yuk bo`lar edi. Ammo Qorun Zakot to`lashdan bosh tortdi. Muso undan zakot (qib) qilib molining mingdan birini berishni talab qilganida, Qorun Musoni masxaralab kuldi. Qorun bir xotinga ko`p mol berdi va uni Muso xaloyiqqa va`z qilayotganida tuhmat qilishga va “Tavrot” orqali Musoni Bani Isroilga yomon ko`rsatmoqda ko`ndirdi.

Ammo bu tuhmat fosh etildi, Musoga Qorunni jazolashga ruxsat bo`ldi. El Muso tarafiga o`tdilar. Muso chaqirig`iga ko`ra, yer yorilib Qorun oshig`igacha yerga kirdi. Qorun Musoni Sehrgarlikda aybladi. Musoning chaqirig`i bilan yana yer yorilib, Qorun tizzasigacha yerga kirdi. Qorun vahimaga tushib tavba qila boshladi. Ammo Muso uning tavbvsini qabul qilmadi va uning chaqirig`i bilan er borgan sari Qorunni torta berdi va oxiri uni yer yutdi.

Odamlar o`rtasida, Muso Qorunning boyligini tortib olmoqchi bo`lib uni halok qildi, degan gap yoyildi. Shunda Musoning chaqirig`i bilan Qorunning butun yiqqan dunyosini ham yer yutdi, hech narsasi qolmadi. Bu juda ibratli hikoya. Qorun ko`rnamaklik va ochko`zlik timsoli. U Musoning tarbiyasida kamol topganiga qaramay, molparastlik yo`lidan ketdi va shu yo`lda halok bo`ldi. Beg`araz Muso esa uning mol-dunyosini ham uning ketidan yer ostiga kiritib yubordi. Shundan keyin Musoning xizmati Avj binni Unukni yengganidir. Avj binni Unuq ulkanlar toifasidan bo`lib, uning boshi bulutlarga surtilar edi.

Musoning A`molika mamlakatini olmoqchi bo`lib yuborgan odamlarini Avj etagiga, hatto panjasiga solib o`z podshohiga olib bordi. Ularni masxara qilib qayta jo`natdilar. Bundan ogoh bo`lgan Bani Isroil A`molikani tobe etishdan voz kechdilar. Ammo Muso Horun, Yuvsho` vo Kolus bilan to`rtovlari Shomga jo`nadilar.

U yerda bular Avj binni Unukka duch keldilar. Avj binni Unukka duch keldilar. Avj bir tog` porasini ko`tarib bu qavm ustiga tashlamoqchi edi, ammo Hudhud kelib u tog`ni shunday cho`qiladiki, tosh teshilib Avjning bo`yniga tushdi va uni halok qildi. Muso o`sha qavmga etib kelganida bu qavm ochlik va tashnalik azobini chekmoqda edilar. Ular Musoga bo`yin egdilar. Muso ularni boqdi va tashnaliklarini qondirdi.

Umuman, Muso shunchalar fazl-u kamolga erishdiki, nabilik darajasiga ko`tarildi. U butun olam yuzasida Tangri taoloning mendan donoroq bandasi bormi ekan, deb ko`nglidan o`tkaza boshladi. SHunda kitob keldiki, ey Muso, o`zingdan ashmroq bandani ko`rmoqchi bo`lsang, Majmaul Bahraynga bor. Muso va Yuvsho` o`sha erga bordilar. Yo`lda bir tosh ustida ozuqalarini unutib qoldirdilar. U qoq baliq edi. Xizr u baliqlarni tiriltirdi, baliq o`zini suvga tashladi. Ular ozuqani olmoq uchun qaytganlarida bu yerda Xizrni uchratdilar. Xizr va Muso bir kemaga tushib yo`lga ravona bo`lishdi. Birgalik chog`ida Xizr uch ish qildi: o`zlari tushgan kemaning tubini teshdi, sababini Muso so`radi, ammo Xizr aytmadi. Bir shaharga keldilar.

Bu yerda Xizr o`ynab yurgan bolalardan birini halok qildi. Muso sababini so`radi, u aytmadi. Kechqurun Litohiya shahariga keldilar. Bu yerda Xizr bir buzuq devorning o`rniga imorat bino qildi. Muso ajablanib bu ishlarning sababini so`raganida Xizr javob berib dedi: Manzar degan zolim podshoh barchaning kemasini tortib olar edi, tagi teshik kemani esa olmaydi. Bu kemaning egasi faqat shu kema orqali tirikchilik qilar edi.

Shu bilan uning turmushi buzilmay qoldi. O`ldirilgan bola keyinchalik dindan qaytadigan edi. Qaytmay turib ketdi, bo`lajak azoblardan qutuldi. Xarobaga bir solih ota va ona o`z bolalari uchun xazina ko`mganlar. Bino qilingan imorat u bilan balog`atga yetganda shu xazinani topishga nishona bo`ladi. Muso Xizrning ilmini e`tibor etdi va ular bir-birlari bilan xayrlashishdi.

Muso “Tavrot” ni va boshqa kitoblarni Qavmga berdi. Yumsho`ga elni topshirdi, so`ng Yuvsho` bilan Qavm orasidan chiqib u bilan xayrlashayotganida ko`ylak orasidan chiqib g`oyib bo`ldi. Muso hikoyasi quyidagi she`r bilan yakunlanadi:


Musoki, jahonga tushti g`avg`osi aning

Horun erdi vaziri donasi aning.

Chun bo`ldi behisht sori ma`vosi aning

Ne qoldi aso, ne yadi bayzosi aning.


Musoning ko`rgan ishlari ko`p edi. Lekin Navoiy yakunlovchi she`rda Musoning mo`jizakor asosi ham, o`tkir qilichi ham, o`zi ham qolmay hammalari o`tib ketganligini eslatadi. Ana shu azaliy taqdirni unutmaslik kerak. Musoning ko`p ajoyib ishlar qilgani, fazl va kamoli baland bo`lganiga qaramay, unda keyinchalik g`urur paydo bo`ldi, o`zining hammadan mukammal ekanligini o`ylay boshladi. Shunda u Xizrga duch keldi va Xizr qarshisida Musoning aql-farosatda ojizligi namoyon bo`ldi.

Bu ham ibratomuz bir xulosadir. Demak o`zini o`zgalardan ustun qo`yish hammaga yuqadigan bir kasallik. Faqat eng dono va aqilli kishilargina bu kasallikdan chetlana oladilar. Hatto, Musodek barkamol kishi ham g`urur illatidan qutula olmadi va Xizr oldida yuzi shuvitbo`ldi. Navoiy ana shu ahvolni alohida kuch bilan tasvirlaydi va kishilarni behuda g`ururlanish balosidan ehtiyot bo`lmoqqa ramziy ravishda ta`lim beradi.



Rindeki, fano jomini tortar payvast,

Dunyo bila oxiratqa ermas pobast.

Haq rahmati umidi bila tun-kun mast,

Ko`p ortuqroqki, zohidi zarqparast14.
Muso kabi fazilatli va ulug` nabining hatto qabri ham no`ma`lum. U butunlay yo`qlik qa`riga cho`mgan. Navoiy shuni ta`kidlar ekan, kishilarni muhaqqaq taqdirdan ogohlantirmoqda, o`shani unutmay ish tutmoq kerakligini uqtirmoqda.

Navoiy bu bilan nabilar, chunonchi Lut, Yuvsho`, Kolus kabilarning istilolari, ularning yo`liga yurmagan odamlarning Tangri tomonidan jazolanganlarini yozadi. Ammo ularning faoliyatida urush va kurash, muvaffaqiyatsizlik va uning evaziga xaloyiqni jazolashdan bo`lak hodisa yuz bermagan. Shular to`g`risida so`zlar ekan, shoir hammaning ham bir kun kelib yo`q bo`lib ketajagi to`g`risidagi mutloq haqiqatni eslatib o`tadi. Masalan, Yuvsho`ning shu tarzda qilgan ishlari hikoyasidan so`ng shoir yozadi:


Yuvsho`ki, solib kufr eli ko`ngliga xarosh

Musoyu yunayd el bila qildi maosh.

Har kecha quyoshga ayladi mo`jiza fosh

Oxir qaro erga kirdi andoqki quyosh.

Yoki Kolus to`g`risida:

Koluski, Yuvsho` vasiy etti oni

Ko`p vaqt erdi olam aro davroni

Ham shahligu ham nubuvvat erdi shoni

Gar shohu nabiy bo`lurlar foniy.
Bunday she`rlar har bir hikoya ketidan keladi. Ammo butun qilmishlari faqat qamal, jazodangina iborat bo`lgan shaxslar to`g`risida aytilganda bunday fikrlar, ayniqsa, alohida ta`sir kasb etadi.

Harqul otasining ikki xotini bor edi. Bir xotini farzand ko`rmas edi. Yoshi ham ulg`ayib qolgan edi. Boshqa xotinidan esa o`n o`g`li bor edi. Tug`mas xotin o`g`ilsizlikdan ham odamlar ta`nasini eshitar, ham “ajuzaligidan shamotot ko`rguzur edi”. Bir kecha Harqilning otasi Tangriga ko`p iltijo qilib yolvordi va natijada yosh yigitga aylandi va xotini undan homila bo`lib Harqilni tug`di.

Harqul Ila yoki Doron shaharida odamlarni haq yo`lga tashviq etdi. Odamlar qabul qilmadilar. Oldin ular vaboga mubtalo mo`ldilar, so`ng osmondan qattiq sado kelib hamma xalq o`ldi. Ko`mgani odam qolmadi.O`liklar hidlanib suyaklaridan etlari ajralib tushdi. Ammo Harqilning duosini Tangri qabul qilib o`liklarni tiriltirdi. Shunga qaramay, bu qavm goh Harqimga quloq osar, goh osmas edilar.
Harqil erdi rasuli pokiza sifot,

Mursal dedilar nubuvvatin barcha sukot.

O`lganlar agarchi da`bidin topti hayot,

O`lmakdin o`ziga bo`lmadi lek najot.

Alisa` Bani Isroildan edi. Dehqonchilik qilar edi. Yuqorining topshirig`iga ko`ra Ilyos alisa`ni o`ziga valiahd qildi. Bani Isroilni Haq yo`liga tashviq qilar edi. U shunday mo``jiza ko`rsatgan: Bir uyga mehmon bo`ldi. Iqbol farzandsiz edi va farzand bo`lmog`ini tilar edi. Alisa`ning duosi bilan mezbon farzand ko`rdi. Ammo bu farzand o`ldi. Alisa` yana duo qilgan edi o`lgan farzand tirildi. Alisa` to`g`risidagi xabarni Navoiy quyidagi she`r bilan yakunlaydi:
Ilyos chu Alisa`ni valiahd etti,

Haqdin anga anvori nubuvvat etti.

Gar ul qochib el malomatidin ketti

Ul ketgandek bu dog`i ketmay netti.


Zulkafl to`g`risidagi ko`p ixtilof bor, deb yozadi Navoiy. Ba`zilar uni Harqil deydilar, ba`zilar Ayyubning o`g`li, oti Bashar deydilar. Bu nav turli fikrlarning bari aytilsa ko`p vaqt ketadi. Navoiy shu aytilganlarga xulosa qilib yozadi: “Ul fasix rivoyat bila Alisa` bin Ayyub alayhissalomga vasiydur, bu laqab bo`lg`onida ahvol ko`ptur. Bu muxtasarda ikki qo`l bila ixtisor qilur”.

Birinchisi Alisa` Bani Isroilni Muso diniga tashviq etgan, tavrotiyani targ`ib qilgan.

Ikkinchisi bir Kan`on nomli kofir podshohni xudo yo`liga da`vat qilganida u podshoh aytganki, men ko`p isyon voqe` etibmen, agar Tangri yo`liga o`tsam, u meni qoshida qabul qilurmi yo yo`q. Agar sen bunga kafil bo`lsang, imon keltirayin, dedi. Zulfakl kafil bo`ldi.... Kan`on xat yozib berib imon keltirdi, podshohlikdan kechib Tangri ibodatiga o`ltirdi. O`lim vaqti kelganda Kan`on o`sha xatni o`zi bilan dafn qilmoqni vasiyat qildi. Tangri o`z payg`ambarining kafolati bilan Ka`nonga behishtda jon berdi.

Rafiqedur suhbati mumil, ammo oqibati murodqa qariyiliq va harifedur umidi uzun ammo nihoyati matlubqa hamnishinliq. Samandedur kohilxirom ammo manzilg`a yetkurguvchi va buxtiedur saqilgom, lekin ma`mang`a tushurguvchi15.

So`ng bir mulkka amr bo`ldiki, o`sha xat bilan Ka`non bashoratini yetkazdi. U qavm bunday ishdan juda ta`sirlandilar va uning payg`ambarligiga ishonib imon keltirdilar. Bularning imoniga ham u kafil bo`ldi. Uning ishi shunday ishlarga kafolat bo`lganidan Zulkafl laqabi bilan mashhurda bo`ldi. Navoiy bu hikoyani ham umumiy xulosa bilan yakunlatdi:


Zulkafl ishikim, haqqi dalolat erdi

Haq rahmatidin elga kafolat erdi.

Chun qavmining oyini risolat erdi

O`tdi chu zamiriga malolat erdi.


Navoiy yozadiki, Zulkafl o`lgach, bir necha asr davomida Bani Isroil orasida payg`ambar bo`lmadi. Mamlakatga ko`p futur yuzlandi. Bu so`zlarni aytmoqdan (taqs) maqsadi, agar qavmga munosib yo`lboshchi bo`lmasa, el ahvoli nochor bo`lmog`ini eslatmoqdir. Odamlar Ashmushdan o`zlariga bir podshoh so`radilar. Ashmuil Tolut sizlarga podshoh bo`ladi dedi. Ammo qavm undan or qildi. Shu vaqtgacha saltanat Yahudo naslida edi. Shunda uzoq vaqt harakatsiz turgan Quddus tog`i o`tsiz qaynay boshladi (vulqon harakatga keldi – Aziz Qayumov). Yana asrlar davomida yo`q bo`lib ketgan Sakina tobuti ko`zga ko`rindi. Shundan keyin qavm Ashmuil taklifini qabul qilib, Tolut hukmronligiga tan berdilar.

Bu vaqtda Jolut Falastinda bo`lgan va Bani Isroil eli undan ko`p ozor ko`rar edi. Yana jizya (soliq) tayin qildi. Ashmuil Tolutni Jolut daf`iga sakson ming cherik bilan jo`natdi. Tolutning qo`shini biyobonda suvsizlik va issiq havo muddati ham Jolut vahimasi tuqayli yoyilib ketdilar. Tolut uch yuz o`n kishi bilan Jolut huzuriga etdi. Jolut unga qarshi sipoh tortmoqqa or qildi va yolg`iz o`zi maydonga chiqdi. Tolut Dovudga o`z qizini bermoqqa va`da qilib, uni Jolutga qarshi kurashga chaqirdi. Yakka-yakka jangda Dovud Jovutni halok qildi. Shunday qilib, Bani Isroil Jolutdan qutuldi, uning ko`p mulkini egalladi.

Bu hikoya ilohiy emas, tarixiy voqealar tasviridan iborat. Unda Bani Isroilning Falastindagi kurashlari, Tolut, Jolut, Dovud o`rtasidagi kurashlar asosiy o`rin tutadi. Ashmuil faqat ma`naviy boshliq sifatida ish tutadi. Asosiy harakatdagi obrazlar Tolut va Jolut. Bu hikoya dunyoviy ishlar hikoyati, siyosiy va harbiy voqealarning bayoni sifatida diqqatga sazovordir.

Navoiy Ashmuil hikoyasini ham odatdagidek, umrning intihosi mutloq ekanligi to`g`risidagi to`rtlik bilan tugallaydi:


Chun qavmiga Ashmuil bo`ldi xodiy,

Jazm o`ldi anga trasul Lavsussodiy,

Elga qilibon haq yo`lining irshosi,

Azm etti chu etti umrining isnodi.


Dovud to`g`risidagi hikoya ham ibratli misollarga boy. Dovud bolaligida zaif va oriq edi. U cho`ponlik qilar edi. Keyinchalik unga bag`ishlangan fazilatlar bo`lgach, Bani Isroil podshohi Tolut Dovudni o`ziga kuyov qildi. Lekin el orasida Dovudning obro`yi oshib ketayotganidan xavotir bo`lgan (Dovud) Tolut uni o`ldirishga qasd qildi. (Bu epizod Siyovush bilan Afrosiyob o`rtalaridagi munosabatga juda o`xshab ketadi – Aziz Qayumov).

Nihoyat, Tolut dunyodan o`tdi va podshohlik Dovudga muyassar bo`ldi. Dovud husni sabt (musiqiy iste`dod) ga ega bo`lgan. Unga “Zabur” nazl bo`ldi. Dovud Savt bilan “Zabur”ni o`qiganda, barcha beqol bo`lar edilar. Dovud temirchilik hunarini kasb qildi. U temirni ishlaganda, temir mum kabi yumshar, yasalgandan so`ng yana asliga qaytar edi. O`z vaqtini Dovud bunday taqsimladi: bir kuni olimlar bilan suhbat qurib, dars va ta`limga mashg`ul bo`ladi, bir kun el dodini tinglaydi, bir kun oilasi bilan bo`ladi, bir kun munojat qiladi.



Download 349 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish