Tadqiqot vazifalari quyidagilar: Bu maqsadni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalarga e`tibor beriladi:
«Tarixi anbiyo va hukamo» va «Tarixi Muluki Ajam» asarlarining tarkibi va tuzilishi, mundarijasini ilmiy yoritish;
«Tarixi anbiyo va hukamo» va «Tarixi Muluki Ajam»ning tarixiy manbaa sifatidagi ahamiyatini belgilash;
Hazrat Alisher Navoiyning tarixnavislik mahoratini ko`rsatish;
Ilmiy yangiligi. Hazrat Alisher Navoiyning umumiy tarixga oid asarlari – «Tarixi anbiyo va hukamo» va «Tarixi Muluki Ajam» tarixshunoslik yo`nalishida mutlaqo o`rganilmaganligini inobatga olingan holda bu manbalarning tarixiy asarga xos xususiyatlarini o`rganish va muallifning muarrixlik mahoratini ko`rsatish ishning muhim ilmiy yangiligidir va bu asarlarning millat hamda Vatan tarixini o`rganishdagi o`rni va ahamiyati, ilmiy, ma`naviy-ma`rifiy, axloqiy-ta`limiy qimmati yoritiladi.
Shuningdek, ushbu tadqiqot buyuk Navoiyning tazkira, manoqib va boshqa turli janrlarga mansub asarlari bag`ridagi tarixga oid qarashlarlarini o`rganishga zamin hozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |