O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti magistratura bo’limi


II BOB. “TARIXI MULUKI AJAM” MUNDARIJASI



Download 349 Kb.
bet18/29
Sana31.12.2021
Hajmi349 Kb.
#207497
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Dissertatsiya. Z.Ahmadova. 13 апрель 2021.

II BOB. “TARIXI MULUKI AJAM” MUNDARIJASI.

2.1. Ajam hukmdorlari tarixi: peshdodiylar va kayyoniylar.

Navoiy o`z qahramonlarini benuqson qilib ko`rsatmaydi. Dovud ham shular jumlasidandir. U bir kuni yuvinayotgan go`zal ayolni ko`rib unga moyil bo`ldi. Bu ayol Uryonning xotini edi. Uryo Dovudning inisi Savob bilan Balko shaharining qamalida ishtirok qilmoqda edi. Dovud Savob orqali Uryoga bir ish buyurdiki, uni bajarmoq jarayonida Uryo halok bo`ldi. Iddasi o`tgach, Dovud Uryoning xotinini o`z nikohiga oldi. Dovudning qaramida to`qson to`qqiz ayoli bor edi.

Dovud o`z qilmishidan pushaymon bo`lib Uryoning ruhidan uzr so`radi. Uryo o`zini o`ldirgani uchun Dovudni kechirdi, lekin xotiniga uylanganini kechirmadi. Dovud tavba-tazarru bilan band ekanida el ishidan chekingan edi. Bu payt Dovudning o`g`li Salum mulk ixtiyor qilib bosh ko`tardi. Dovud ukasi Savobni Salumga qarshi yubordi.

Hushang xiradmand va odil va olim podshoh erdi va «Jovidon xirad» otlig` kitobni amali hikmatida ul tasnif qildikim, Ma`mun xalifa vaziri Hasan Sahl andin biror nima topib, arab tiliga tarjima qilibdur. Va shayx Bu Ali Miskavayh «Odob ul-arab va al-furs» otlig` kitobida ani zikr qilurkim, aning mutolaasi musannifining fazlu kamolig`a dalildurur. Va ajam ani payg`ambar debdur16

Agar yengib chiqsa, Salumni o`ldirmaslikni buyurdi. Savob g`olib chiqib Salumni qatl etdi. Bu paytda Bani Isroil xalqi juda ko`payib ketgan edi. Bir vabo kelib yuz yetmish ming kishi halok bo`ldi. Vabo tingach uning, shukronasiga Dovud masjidi Aqsone bino qila boshladi. Ish yarmiga etganda Dovud dunyodan o`tdi.

Bu hikoya dramatizmga boy. Navoiy ayrim ziddiyatli tavsilotlarga ko`proq ahamiyat beradi. Tolut bilan Dovud o`rtasidagi ziddiyat esa tor fikrlilik va yovuzlikning iste`dod va istiqbolga qarshi kurashi edi. Tolut o`z kuyovi Dovudni o`ldirmoqqa buyruq berdi. Chunki taxt va saltanat qarshisida har qanday axloqiy qoidalar unutilar, taxt uchun kurushda insoniy belgilar chetda qolib ketar edi. Ammo Tolut o`zi o`tib ketdi va hokimiyat Dovudga qoldi. Navoiy Dovudni adolatli hukmron, mohir hunarmand va qobiliyatli san`atkor sifatida tasvirlaydi. Shu bilan birga Dovudning nuqsoni ham aniq ko`rsatiladi.

Bu Dovudning Uryoni o`ldirtirib, uning xotinini o`z nikohiga olganida ko`rinadi. Uryoning o`ldirilishi jinoyat edi. Dovudning bu boradagi uzrini Uryo qabul qildi. Uning xotinini Dovud o`z nikohiga olgani esa xiyonat edi. Uryo Dovudning bu xiyonatini kechirmadi. Navoiy bu orqali nafs ustun chiqqanida har qanday odam ham shunday xato botqog`iga botajagini ko`rsatadi. Bu xulosa qiziq voqea orqali ifoda etilgan.



Jamshid. Ba`zi ani Tahmurasning qardoshi debdurlar va ba`zi qardoshining o`g`li. Chun saltanatqa o`lturdi, jahon mulkin adl va dod bila tuzdi. Va husnu jamolda dilpazir va fazlu kamolda benazir erdi. G`arib nxtiro`lar qildi. Va ul jumladin sipohiylik aslihasidurkim, paydo qildikim, ondin burun tosh va yig`och erdi. Sinon va harba va pichoq, ba`zi habba ham debdurlar, qalqon ham debdurlarkim, ul yasadi17.

Ma`lumki, Dovudning to`qson to`qqiz ayoli bor edi. Bir kuni Dovud toat bilan mashg`ul ekan paytida bir necha kishi keldi. Ulardan biri boshqasidan shikoyat qilib dedi: Mening bir qo`yim bor edi, buning to`qson to`qqiz qo`yi bor. U mening bittagina qo`yimni tortib oldi. Dovud dedi: U senga zulm qilibdur. Kelganlar tabassum qilib: “Kaz ar rajulu alo nafsihi” (“Nafsning gapmga kirgan kishidek”) dedilar va g`oyib bo`ldilar. Shundan keyin Dovud Uryoning xotinini tortib olganiga pushaymon yedi. Bu xotin Dovudga bir shart bilan tekkan edi. Agar o`g`il tug`ilsa u Dovudga valiahd bo`lishi kerak. Dovudning valiahdi Sulaymon shu xotindan tug`ilgan. Dovudning hikoyasiga quyidagicha yakun yasalgan:


Dovudki, shox erdi va payg`ambari pok,

Johi qoshida past erdi avji aflok

emas, balki o`limning haqligi orqali hayotni tasdiqlamoqda, hayotni munosib kechirmoq to`g`risidagi o`git qilmoqda.

Yunon mulkidagi Aqsus shaharida Daqyonus degan zolim podshoh bo`lgan. U butparast edi. Ashobi Kahf yashirincha yagona Tangriga sig`inar edilar. Daqyonus bundan xabar topib ularni qatl etmoqchi bo`ldi, shunda ular bir joyga borib berkinmoq maqsadida yo`lga chiqdilar. Biyobonda ularga bir cho`pon uchradi. U ham Ashobi Kahorga qo`shildi. Cho`ponning iti ham egasiga ergashdi. Hammalari Rahm degan g`orga kirdilar va uyquga ketdilar. Ular uch yuz to`qqiz yil uxladilar.

Bir mahal uyg`onib Tamilho deganlarini shaharga ozuqa keltirmoq uchun yubordilar. U vaqt shaharda xudoparastlik o`rnashgan edi. U shahardagi o`zgarishlarni, odamlarning Iso diniga kirganlarini ko`rib hayron bo`ldi. Odamlar uning ozuqaga to`lamoqchi bo`lgan pulini ko`rib, sen Daqyonus xazinasini topibsan, deb podshoh huzuriga olib keldilar. Podshohga bu odamning gaplari g`alati tuyulib ulamodan so`radi. Ulamo “Injil” da Ashobi Kahor to`g`risidagi gap borligini aytdilar. Podshoh Tamilhoga yo`l boshlatib, Ashobi Kahor huzuriga keldi. Ashobi Kahor ovqatlanib shukr va sajda qilganlaridan so`ng jon berdilar. Podshoh bu g`or eshigiga gumbaz yasab bu yerni muqaddas ma`badga aylantirdi.
Kahor ahliga yuzlanib aduv qayg`usi

Bo`ldilar agarchi g`orning mahbusi.

Chun ko`zlari erdi uyquning mamlus

Ham oqibat eltti adam uyqusi.


Ashobi Kahor hikoyasi yazdonparastlikning o`rnashuvi muhaqqaq ekanini bildiradi. Zolim Daqyonus hukmronligi davrida bu og`aynilar (Ashobi Kahor) podshoh shaxsiga sig`inmoqdan ko`ra yagona Tangriga sig`inmoqni afzal ko`rganlar va yashirincha yazdonparastlikka o`tganlar.

Ular shu e`tiqodga sadoqat bilan olamdan ko`z yumdilar va ular yotgan g`or eshigi muqaddas qadamjo bo`lib qoldi.

Sharq adabiyotida “Ashobi Kahor” hikoyasi juda mashhurdir. Bu hikoya O.Sharafiddinov tuzgan “O`zbek adabiyoti xrestomatiyasi” ning 1-tomida ham nashr etilgan.

Navdar Manuchehrning o`g`lidur. Atosidin so`ngra mulk anga yetti. Ammo ul ayyosh va beparvo kishi erdi. Manuchehr qo`yg`on qoida va rusumni tuzaolmadi va mulk va sipohig`a xalal yo`l topti. Afrosiyob cherik tortib kelib, ani tutub o`lturdi. Va o`n iki yil Eron mulkida turub, buzug`luq qildi. Va ul nav`kim, oz yerda obodonliq qoldi. Ba`zi tavorixda Navdarin Sihri Narimon debdurlar. Va podshohlig`in ba`zi olti yil va ba`zi iki yil bitibdurlar18.

Navoiy “Ashobi Kahor” hikoyasining qahramonlarini “Xamsa”ni yozishga kirishayotganida esga oldi. Bu to`g`rida Navoiy bunday deb yozadi: “Ul vaqtkim, faqir “Xamsa” ga tatabbu qildim, bir dostonda Hazrati Shayx Nizomiy va Amir Xisrav Dehlaviy va ul Hazrat (Jomiy – Aziz Qayumov) maddohliklaridakim, o`zimni ixlos va niyozmandlik yuzidan olarga tobe va payrav tutib, suxanguzarlik voqe` bo`lib erdikim:


Kahfi fani ichra olar bo`lsa gum

Men ham o`lay robibuhukum kalbuhum

(Foniylik g`orida ular yo`qolsalar, men ham to`rtinchilari, itlari bo`lay).
Navoiy “Xamsa” yozmoqqa kirishganda o`zini juda kamtarona tutib Nizomiy, Xisrav, Jomiylar agar Ashobi Kahor bo`lsalar, men ularning to`rtinchilari, ya`ni yonlaridagi itlari kabi bo`larman, degan fikrni izhor etadi. Bu misol ham Ashobi Kahor qahramonlari obrazlarining XV asr Hirot adabiy muhitida qanchalar shuhrat topganini bildirib turadi.

Bu uch hikoya Navoiyning umumiy tarixga oid asarining birinchi qismidagi ikkinchi bo`lagini tashkil qiladi. Uni “Ubbod zikri” deb atash mumkin. Bu bo`lakda uch obid (ibodat qiluvchi) - Barsiso Obid, Shamsun Obid va Jorih Rohiblar to`g`risida hikoya qilinadi. Har bir hikoya ketidan shoir bir bayt bilan aytilganlarga xulosa yasaydi. Barsiso Obid to`g`risidagi hikoya yuz bergan jinoyat evaziga keladigan jazo muhaqqaq ekanini nafs vasvasasiga berilmaslik kerakligini bildiradi.

Shamsun Obid to`g`risidagi hikoya esa yomon xotinning xiyonati qanday mudhish bo`lajagi to`g`risida so`z boradi. She`riy xulosada bu yomon xotin umuman yovuzlik dunyosining timsoli sifatida talqin etiladi. Jorih Rohib hikoyasi zinodan (shahbatga mayl va shahboniy hirs) saqlashni tashviq etadi. Quyida bu hikoyalar mazmuni bilan tanishib o`tamiz.

Barsiso Obid Isroil qavmidan edi. U Isodan keyin yashagan, yetmish yil ibodat qilgan. Xalq unga murid bo`ldi. Shayton saloh suratida Barsiso huzuriga keldi, birgalashib ibodat qilishdi. Barsiso va shayton o`rtalarida inoqlik paydo bo`ldi. Chunki unisi sodda va bunisi hiylagar edi. Shayton Obidga bir ism o`rgatdiki, u orqali go`yo bemorlarni davolamoq mumkin. Shayton bir necha odamning bo`g`zini bug`ib keltirdi. Obid o`sha duo bilan bemorlarni davolagan bo`ldi. Bu davoning shuhrati har yonga yoyildi.

Podshohning qizi bemor edi, uni davolamoq uchun Obid huzuriga keltirdilar. Behol yotgan qizni Obid qoshiga yotqizib ketdilar. Muolaja paytida Barsiso bu qizni ko`rmagan holatda ko`rib unga moyil bo`ldi. Joy xilvat va bexavor edi. Qiz esa go`zal va behush. Barsiso fursatni g`animat tutdi. Istagan ishini qilib bo`lganida rafiqi kirib keldi va ajib ish qilding dedi. U ham qilgan ishining qabih ekanini tushungan edi. Biron chora topgin deb rafiqiga iltimos qildi. Rafiqi qizni o`ldirib yerga ko`mgin, so`rasalar uydan chiqib ketgan edi, qay yerga ketganini bilmayman, deb javob berasan, dedi.

Rafiqi boshchiligida bu ish ham amalga oshdi. Shundan so`ng Rafiqi borib podshohga bo`lgan ishlarni xabar qildi. Podshoh Obidni qiynoqlar bilan o`ldirmoqni buyurdi. O`sha holatda Rafiqi yana shaytonligini ko`rsatdi. U Obidga, agar menga sajda qilsang seni qutqaraman dedi. Barsiso shayton aytganini qildi va yana qatl etildi. Navoiy bu hikoyadan xulosa yasaydi:


Bo`lma mag`rur kuh yoki aso,

Ko`rki, ne ishga qoldi Barsiso.


Barsiso Obid to`g`risidagi hikoya syujet chizig`ining murakkabligi, voqealarning dramatizmga boy ekani bilan ajralib turadi. Agarda kishi o`z nafsi, yomon intilishlaridan ustun tura olmasa, uning barcha toat-ibodatlari behudadir. Eng muhimi, odamning o`z tabiatidagi yomonlikni, ya`ni nafsni yenga olmog`idir.

Navoiy yana shu fikrni ta`sirli ravishda ifodalaydi. Yovuzlik makkor va izchil. Buni shaytonning Barsisoga qilgan muomalasida aniq ko`ramiz. Yovuzlik hech qachon o`zining basharasini oshkora ko`rsatmaydi. U ezgulik niqobini yopingan. Shayton dastavval Barsiso Obidning ishonchini qozondi. Buning uchun u Barsiso bilan birgalashib ibodat qildi. Shunchalar ibodat qildiki, nihoyat shayton bilan Barsiso Obid do`stlashib ketdilar. Navoiy bunday inoqlikni unisi (Barsiso-Aziz Qayumov) sodda va bunisi (Shayton – Aziz Qayumov) hiylagar edi, deb izohlaydi.

Barsiso sof va samimiy odam bo`lganidan shaytonning harakatidagi qalbakilikni seza olmadi va osongina uning tuzog`iga tushdi. Bu tuzoq ham g`oyat ustalik bilan qurilgan edi. Shayton Barsisoga o`rgatgan davolash usuli-duo shaytonning hiylasi edi. Bu duodan tuzalgan kasallarni shaytonning o`zi bo`g`izlab keltirgan edi. Hikoyaning asosiy pamasi podshoh qizi bilan Barsiso o`rtasida sodir bo`lgan voqeadan boshlanadi.

Barsiso bir jinoyat ketidan ikkinchisini amalga oshira boradi. Shu bilan Obid shaytonning tuzog`iga yana qattiqroq ilina boradi. Barsisoning qizga tajovuz qilmog`i birinchi jinoyat. Undan keyingisi-qizning o`ldirilishi. Ammo bu hali hammasi emas. Barsisoning jinoyati ochilgach, u o`limga hukm qilinadi. Shunda o`limdan qutulmoqchi bo`lib Barsiso shaytonga sajda qiladi. Ana shu voqea hikoyaning kul`minatsion nuqtasidir. Shu bilan Barsisoning jinoyatlari avjga chiqadi. U tajovuzkorlik qildi, odam o`ldirdi va shaytonga sajda qildi.

Navoiy bu hikoyasini qisqa, sodda, biror ortiqcha so`z kiritmagan holda yaratgan. Butun hikoya daftarning bir sahifasida joylashgudek. Voqealar esa o`z mohiyatiga ko`ra butun bir roman uchun mavzu bo`la oladi.

Navoiy voqealarni bayon etar ekan, biror yo`sinda o`quvchiga tazyiq qilmaydi. U voqealarni xolis bayon etadi, ammo Navoiyning bayon etmoqqa bo`lgan fikri nafsdan tiyilmoq, shayton makridan ehtiyotlanmoq, o`quvchining xotirida mahkam o`rnashadi.



Ikkinchi tabaqa kayoniylardur. Va alar to`quz kishi saltanat qildilar. Va ba`zi Iskandarni dog`i alardin tutubdurlar va o`n debdurlar. Saltanatlarining zamonida har nav` debdurlar. Borcha taqdir bila yeti yuz yildin yuqoridur. Va kayoninlardin avval kishikim saltanat qildi Kayqubod erdi19.

Shamsun Obid Iso va Muhammad zamoni orasida yashagan. Doim ibodat bilan mashg`ul bo`lgan. Juda kuchli bo`lgan. Mushriklarning unga hech kuchi yetmas edi. Oxiri uning xotinini qavm podshosi o`z nikohiga olmoqchi bo`lib aldagan va ishga solgan. Bir kecha Obid uxlab yotganida u g`addora qo`l oyog`ini arqon bilan bog`lagan. Shamsun uyg`onib bir zo`r berganida arqonlar uzilib ketgan. Sababini so`rasa, xotin kuchingizni sinamoqchi edim, degan. Shundan keyin mushriklar zanjir yuborganlar. Xotini Shamsunni shu zanjir bilan bog`lagan. Shamsun uni ham uzib tashlagan. Oxiri Makr-afsun bilan Shamsunni bandi qilib podshoh huzuriga keltirganlar.

Podshoh to`rt to`sin ustiga o`rnatilgan manzarda o`ltirar edi. Podshoh Shamsunni o`limga hukm qildi. Shamsun bir duo qildi. Shunda bir qushga hukm bo`ldiki, u qush bandlarni uzdi va shoh o`tirgan imoratlarning to`sinini itarib uning imoratini yiqitdi. Podshoh va uning yaqinlari halok bo`ldilar. Shamsun xotinini taloq qildi, ming oy ibodat qildi. Laylat ul-qadr keladigan ming oylik muhlat shundandir.

Navoiy bu hikoyadan jahon arusini taloq qilmoq to`g`risida xulosa qiladi. Haqiqiy Obid shundaydir:


Uldurur obidi alal-atloq,

Ki jahonning ajuzin etti taloq.

Navoiy ibn Abbosga asoslanib hikoya qiladiki, Isodan keyin Jarih degan bir yigit Obid bo`lgan edi. O`n uch yoshidan ibodatga mashg`ul bo`ldi. Shar` ahlini doim izza qilmoqqa, balki ibodatdan qaytarmoqqa makr qilar edilar. Jarihning bir soliha va obida onasi bor edi. U har kuni o`g`liga bir bor ovqat keltirar edi. Bir kuni onasi ovqat keltirib savmaa eshigini qoqadi. Jarih namoz bilan band bo`lgani uchun eshikni ochmoqqa kechikdi. Onasi malol tortib, senga Tangri zoniya (xiyonatchi) xotinlar yuzini ko`rsatsin, deb qarg`adi. Bu qarg`ish amalga oshib Jarihning qasdiga tushganlar shunday xotinni mol-u boylik va`da qilib uning savmaasiga yubordilar.

Bu zoniya Jarihga o`z zinosi bilan tuhmat qildi. Dushmanlari Jarihning bo`yniga arqon bog`lab malik huzuriga eltdilar va Malik Jarihni o`limga hukm qildi. Onasi bu gapdan xabar topib, Malik huzuriga keldi va gunohim bor, o`g`lim pokdir. U mening qarg`ishim tufayli bu tuhmatga uchradi, deb arz qildi.



Gushtosb Halab mulkida taxtqa o`lturdi va zardo`sht aning zamonida zuhur qildi. Va ul gabr dinida riyozatlar va mujohadalar tortib erdi, «Zind» kitobin tasnif qilib, elni ul ding`a da`vat qildi. Chun hakim erdi va riyozat jihatidin elni sayd qilib erdi, Gushtosbni ham firifta qildi20

Malik, gunohing kimdir, deb so`radi. Ona o`sha zoniyani chaqirib qorniga qo`lini qo`yib undagi bolani chaqirdi. Bola labbay deb javob berdi. Soliha, sening otang kimdir, deb so`radi. Bola, falon ko`nchidir, deb javob berdi. Uch qayta so`radi. Javob bir xil edi. Hamma hayratda qoldi. Jorihdan uzr so`radilar. Bola tug`ilgach fasad ahli yana tuhmatni boshladilar. Uch kunlik bola yana aytgan gaplarini takrorladi. Nihoyat, Tangri Jarihni bu balodan qutqardi. Navoiy bu voqealardan xulosa qilib yozadi:


Har kimsaki, pok esa zinodin

Tangri ani asragay balodin.


Garchi bu hikoya Obid to`g`risida bo`lsa-da, Navoiyning qilgan xulosasi toatni emas, poklikni, ibodatni emas, zinodan asranmoqni tashviq etadi. Navoiy kishilarni ezgulik, halollik, poklik yo`lida ischillik bilan bormoqqa undaydi.

Shunday qilib bu uch hikoya Navoiy ko`ngliga yakun bo`lgan fikrlarni to`g`rilik, halollik, poklikni tashviq etadi.

Shamsun va Jarih to`g`risidagi hikoya tuzilishi jihatidan Barsiso to`g`risidagi hikoyadan ancha farqli. Lekin uchala hikoya ham keskin to`qnashuvlar asosiga qurilgan. Barsisoning shayton ig`vosi bilan halok bo`lmog`i yovuzlikning kuchi zo`r ekanini bildiradi. Yovuzlik izchillik bilan ezgulikka qarshi chiqadi. Ezgulik yo`lidan sal toyilmoq yovuzlik domiga mubtalo etadi.

Shamsun hikoyasi ham yovuzlikni qoralaydi. Bu hikoyadagi ayolni ramziy bir obraz deb qaramoq kerak. U yengil-yelpi intilishlar behuda havaslar timsolidir. Shuning uchun ham Navoiy bu obrazni jahon arusi sifatida talqin qiladi. Ammo agar bunday tubanliklarga qarshi qat`iy chiqilmasa, ular ustun kelishlari ham mumkin.



Iskandar nisbatida ixtilof ko`ptur. Ba`zi ani Dorob o`g`li debdurlar, andoqki Dorob zikrida o`tti. Va Banokatiyda va «Devonun-nasab» kitobidin mundoq naql qilibdurkim, Iskandar Xurmusi Rumiy o`g`lidurkim, Xurmus otasi Lafti binni Yunon binni Torax binni Yefas binni Nuhdur21

Jarih to`g`risidagi hikoyada voqealar tuguni onaning qarg`ishi bilan bog`langan bo`lsa-da, undagi asosiy konflikt zoniyalar tuhmati orqali sodir bo`ladi. Nihoyat, bu tuhmatni bartaraf qilgan ham onaning o`zidir. Navoiy onaning o`z o`g`lini oqlab chiqishi bilan hikoyani yakunlaydi. Navoiy qalamiga oid bu hikoya ezgu fikrlarni tashviq etuvchi nasriy obidalardandir.



Download 349 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish