O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti magistratura bo’limi


Manbalar javhari: ashkoniylar va sosoniylar



Download 349 Kb.
bet19/29
Sana31.12.2021
Hajmi349 Kb.
#207497
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Dissertatsiya. Z.Ahmadova. 13 апрель 2021.

2.2. Manbalar javhari: ashkoniylar va sosoniylar.

Navoiyning umumiy tarixga oid asarining uchinchi bo`limi “Hukamo zikri”dir. Bu hajm jihatidan uncha katta emas. Ammo mazmun e`tibobi bilan juda ulkan. Navoiy bu asarda o`n uch mutafakkir to`g`risida so`z yuritadi. Ular Luqmon, Fishog`urs, Buqrot, Buqrotis, Suqrot, Aflotun, Aristotilis, Balinos, Jolinus, Batlimus, Jomasp, Sodiq va Buzurjmehrdirlar.

Luqmon “Hukamo zikri” Luqmon to`g`risidagi hikoya bilan boshlanadi. Luqmonning hakimlar yoki payg`ambarlarga oid ekanligi to`g`risida qarama-qarshi fikrlar bor, deb xabar beradi Navoiy. Shuning uchun Luqmonni o`z kitobining nabilar to`g`risidagi bo`lagiga ham, hakimlarga doir bo`lagiga ham kiritgan. Navoiy Luqmonga tegishli uch hikoya va to`rt hikmatli gap keltirgan. Navoiy Luqmonning ajoyib ishlari va foydali gaplari ko`p ekanini alohida uqtirib o`tadi. Navoiy yozadiki, Luqmon qora rangli ekan. U qul bo`lgan, ammo o`zining aql-farosati, hozirjavobligi va jasorati bilan ozodlikka erishgan.

Luqmonning xo`jasi unga qo`y so`yib yaxshi joylaridan taom pishirib keltirmoqni buyuradi. Luqmon so`yilgan qo`yning yuragi va tilini pishirib olib keladi. Shundan keyin Xo`ja yana bir qo`yni so`yib shu qo`yning yomon joylaridan taom hozirlamoqqa buyruq beradi. Luqmon boshqa so`yilgan qo`yning yana o`sha joylaridan taom tayyorlab xo`jasiga keltiradi. Xo`ja Luqmondan nega bunday qilganini so`raydi. Luqmon javob berib deydi: “Agar ko`ngil nomunosib ishlardan, til esa lozim bo`lmagan so`zlardan uzoq tursa, ulardan yaxshiroq a`zo yo`q. Agar shunday bo`lmasa ulardan yomonroq narsa yo`q”.

Luqmonning qullikdan qay yo`sinda ozod bo`lganligi to`g`risida ikki hikoyatni Navoiy nabilarga oid bo`lmakda keltirgan. Ulardan biri Luqmonning tadbirligini ko`rsatadi. Luqmon bu fazilati bilan o`z xo`jasini noqulay ahvoldan qutqaradi va buning evaziga ozodlikka erishadi.

Iskandar nisbatida ixtilof ko`ptur. Ba`zi ani Dorob o`g`li debdurlar, andoqki Dorob zikrida o`tti. Va Banokatiyda va «Devonun-nasab» kitobidin mundoq naql qilibdurkim, Iskandar Xurmusi Rumiy o`g`lidurkim, Xurmus otasi Lafti binni Yunon binni Torax binni Yefas binni Nuhdur22

Luqmonning xo`jasi daryo bo`yida bir odam bilan nard o`yini o`ynar edi. O`ynovchilar kimki yutqazsa, daryodagi suvning hammasini ichadi, yoki bo`lmasa butun molini beradi, deb shart qilishgan. Luqmonning xo`jasi bu o`yinni yutqazgan. Yutgan kishi undan daryodagi barcha suvni uchmoqni talab qilgan. Luqmonning xo`jasi sarosimada qolgan. Shunda Luqmon o`yinni yutgan kishiga bo`nday talablar qo`ygan: u yo shart qilingan vaqtdagi suvni (uch) ichmoqqa hozirlab bersin yoki bu qirg`oqdagi suvni ichguncha narigi qirg`oqdagi suvni to`xtatib tursin.

O`yinni yutgan kishi bu shartlarni bajarmoqqa ojiz qolgan. Shu bilan Luqmonning xo`jasi shartdan qutilgan. Bu oqilona ko`mak evaziga Xo`ja Luqmonni qullikdan ozod qil gan. Bu to`g`ridagi boshqa hikoyat Luqmonni o`z xo`jasiga qilgan ma`naviy tanbehini bildiradi. Luqmon mantiqli harakati bilan qullikdan ozod bo`ladi.

Xo`ja Luqmonga kunjut ekmoqni buyuradi. Luqmon esa kunjut ekmay, arpa ekadi. Xo`ja Luqmondan, arpa ekib qanday qilib kunjut hosili ola bilasan, deb so`raydi. Luqmon xo`jasiga bunday deb javob beradi: ”Sen noloyiq ishlar qilasan, yana Tangridan rahmat va jannat kutasan. Shunga o`xshab men ham arpa eksam, zora kunjut hosili olarman”, deb o`yladim. Xo`ja o`z qulining bunday mantiqli tanbehidan xijolat qolgan va Luqmonni qullikdan ozod qilgan.

Uchinchi tabaqa Ashkoniylar va muluki tavoyif erdilar. Tarix ahli orasida bu tabaqa dag`i salotin tartibida bag`oyat muxolifat ko`ptur. Ammo bir so`zda borcha muttafiqdurlar. Biz ul so`znikim, muttafaqun alayhdur, ado qiloli. So`ngra ul so`zlarnikim, muxtalafun fihdur, zikr qilib, har nimagakim o`xshashi ko`prakdur, qaror beroli. Ulcha muttafaqun alayhdur bu so`zdurkim, Iskandar chun Eron mulki bila Forsni fath qildi, bu mamolikni bilgan salotinni va avlodni yig`di va alar bobida ne qilmoqqa royin bir-biriga qaror bera olman, ojiz bo`ldi23.

Bu hikoyatlardan so`ng Navoiy Luqmonning aytgan hikmatli gaplaridan bir namuna keltiradi. Bu xayr va afv to`g`risidagi panddir. Bu pandning ifoda shakli g`oyat ajib va mazmuni unitilmasdir. Luqmon degan: “To`rt ming so`z bitibdurlar va uni to`rt so`zgacha qisqartiribdurlar. Shulardan ikkitasini yodda saqlamoq kerak. Ikkitasini esa unutib yubormoq lozim. Oldingi ikki so`zdan biri (ya`ni yodda saqlamoq zarur bo`lgan narsa) o`zi qilgan yomonlik va boshqa odam qilgan yaxshilik. Keyingi ikki so`z (ya`ni unutmoq lozim bo`lgan narsa); o`zi qilgan yaxshilik va o`zganing qilgan yomonligi.

Navoiy yozadiki, Luqmon uch ming yil yashaydi. Ba`zilar esa Luqmonning hayoti yetti karkas bo`lgan deydilar. Har bir karkas besh yuz yildan iborat. Demak boshqa hikoyatga ko`ra, Luqmon uch yarim ming yil yashagan. Shoir Luqmon hayotining uzunligi to`g`risidagi bu gaplarni keltirar ekan, kishi bundan ming barobar ortiq yashaganda ham baribir fursati kelgach, qaytmas safarga jo`nayajagi to`g`risidagi she`r bilan u gaplarga yakun yasaydi. Luqmon to`g`risida Navoiyning gaplari G`arbda mashhur bo`lgan masalchi Ezopga nisbatan beriladigan hikoyalarga juda monand keladi. Bu fikrni Rustam Komilov bildirgan edi24.

“Hukamo zikri” da Navoiy olimlarni bir-birlariga bog`lagan holda tasvirlaydi. Olimlar ro`yxati birining biriga shogird ekanligi asosida tuzilgan. Chunonchi, Luqmondan so`ng Fishog`urs va Jomasp to`g`risida so`z yuritiladi. Ularning har ikkalasi ham Luqmonning shogirdlari sifatida talqin etilgan. Fishog`urs hakim Luqmon hakimning shogirdidir, deb yozadi Navoiy. Sharqda Fishog`urs deb atalgan hakim G`arbda Pifagor nomi bilan mashhur bo`lgan.

Navoiy olimlarning yashagan davrini qadimiy Eron afsonaviy hukmdorlaning tarixi orqali ko`rsatadi. Navoiy ba`zi manbalardan olib xabar berishicha, Fishog`urs yashab ijod etgan davr Gushtasp hukmronligi paytiga to`g`ri keladi. (“Ba`zi debdurlarki, Gushtasp zamonida erdi”). Gushtasp miloddan oldingi qadimiy Ajam shohlari sulolalaridan kayoniylarga mansub. Gushtasp davridan boshlab zardushtiylik (zoroastrizm) yuzaga kelgan va yoyilla boshlagan.

“Hukamo zikri”da aytilishicha, Fishog`urs musiqiy ilmiga asos solgan, musiqa asboblarini ixtiro etganlar (“Musiqiy ilmining vozeidur, andin burun bu fanni tozvin qilgan kishi ma`lum ermas va soz ham aning muxtaraidur”).

Jomasp hakim ham Luqmonning shogirdi. Agar Fishog`urs G`arb hakimlaridan bo`lsa, Jomasp Sharq hakimlaridandir. Fishog`urs va Jomasp kabi shogirdlari orqali Luqmonning har ikkala dunyo - G`arb va Sharqda qanchalar ta`sir kuchiga ega bo`lganini tasavvur qilish mumkin. Navoiy yana Jomaspning Gushtaspning birodari ekanligini aytadi (“Jomasp hakim Gushtaspning qarindoshdur va Luqmonning shogirdi erdi).

Jomasp ilmi nujum (astrologiya) bo`yicha bilimdon bo`lgan. U uch ming yilgacha yuz berajak voqealarni o`z kitobida aytib o`tgan emish. Jamoaspning dafn etilgan eri Fors viloyatidadir.

Fishog`ursning shogirdi Buqrot hakim. Uni G`arbda Gippokrat deb yuritadilar. Buqrot hakimning tib ilmida mohir bo`lganini, bu sohada ko`pgina kitoblar yozganini Navoiy ta`kidlab o`tadi. Bu kitoblardan tabiblar o`rtasida juda e`tibor qozongani “Fuzuli Buqrot”dir. Navoiy Buqrot to`g`risida bunday deb yozadi: “Tib ilmida mohir erdi, tasnifoti bor va “Fusuli Buqrot” ul jumladindurkim, attibo qoshida bag`oyat mo`tabardur”.

Buqrot Bahman hukmronligi davrida yashagan. Bahman ham kayoniylar sulolasidan bo`lib, “Gushtaspning o`g`li Isfandiyorning farzandidur”. Suqrot hakim esa Buqrotning shogirdi. Suqrotning yashagan davri hukumat bint Baxman hukmronligi davriga to`g`ri kelishi aytiladi. (Suqrotning shogirdi yashagan davri hukumat bint Baxman hukmronligi).

Shopuri Zul Aktof Xiradmand podshoh erdi, ammo qohir erdi. Ba`zi ani debdurlarkim, ona qornida qoldi va tug`quncha tojni onasi boshi ustidin osarlar erdi. Avval kishikim, tufuliyatda yaxshi roy xotirig`a keldi ul erdi. Va aning sharhi budurkim, olti yoshida Shahrdi degan vaziri aning qoshida edikim, shom vaqtida naqora uni keldi25

Suqrotning shogirdi Aflotun hakim to`g`risidagi ma`lumot nisbatan to`laroq Navoiy Aflotun Dorob zamonida zuhir qildi va Iskandari Rumiyga musohib bo`ldi”, deb yozadi. Yana Navoiy Aflotunga xarakteristika berib, uni “Hakim oliqiy” (“Yuksak darajali hakim”) deb ta`riflaydi.

Suqrot va Aflotun G`arbda Sokrat va Platon deb yuritilgan olimlardir. Buqrotis to`g`risida esa hozirga “Hukamo zikrida” gi ma`lumot bilan cheklanamiz. Mashhur yunon faylasufi Aristotel “Hukamo zikri” da Aristotilis deb yozilgan. Navoiy Aristotilis hakim Aflotunning shogirdidir, Iskandarning vaziri erdi va do`sti Arastu deb yuritiladi. Demak, “Hukamo zikri” dagi Aristotilis o`sha Arastudir. Navoiy G`arb olimlaridan yana Balinos, Jolunus (Galen), Batlimuslar (Ptolemey) to`g`risida so`zlab o`tadi.

Bolinos hakim Aristotilisning shogirdidir. U Iskandariya minorasining tilsimini yasagan. Bu tilsimda butun farang ahlining (Yevropa xalqining) turish-turmushi ko`rinib turar edi.

Balinosning shogirdi Jolinus hakim, Batlimus hakim esa Jolinusning shogirdidir. Bu hakimlar to`g`risida boshqa ma`lumotlar “Hukamo zikri” da berilmaydi. Sharq olimlaridan Navoiy Sodiq va Buzurjmehr to`g`risida so`zlab o`tgan. “Sodiq No`shiravoni odil zamonida erdi va Nushiravonga nasihatnoma bitibdur”, deb yozadi Navoiy. Buzurjmehr Nushiravoni odilning vaziri bo`lgan.

Nushiravon Eronning sosoniylar sulolasiga oid podshohlardan bo`lib, uni Nushiravonul odil binnul Kubod deb ataganlar. U Ajamning islomgacha bo`lgan shohlari orasida eng adolatli podshoh sifatida shuhrat topgan. Poytaxti Madoyinda edi. Navoiy o`zining “Hayrat ul-abror” kitobida Nushravonning podshoh bo`lmasdan oldingi yoshlik chog`iga oid maroqli bir hikoyani keltiradi.

“Hukamo zikri”ning tub mohiyati undagi hakimlarning aytilgan hikmatli gaplaridir. Bu hikmatlarning mavzui xilma-xil. Luqmon, Fishog`urs, Jomasp. Buqrotis, Suqrot, Aflotun, Aristotilis, Bolinos, Batlilus, Buzurjmehrlarning aytganlari turli hayot ko`rinishlarida inson o`zini qanday tutmog`i lozimligi to`g`risida pand-o`gitlardan iborat. Jolinus va Sodiqning so`zlari esa tanisihatlik qoidalariga doir.

Aflotun va Aristotilisning o`gitlari yurtga hukmronlik qilish borasidadir. Bu mavzu Navoiyning siyosiy-ijtimoiy qarashlarida muhim o`rin tutgan. Shuning uchun “Hukamo zikri” da Navoiy bu masalaga oid hikmatlarga o`rin bermog`i tabiydir.

Aflotun podshohning may ichmog`i mumkin emas, deydi. Chunki mayxo`rga soqchi lozim. Vaholanki, hukmronlik qiluvchining o`zi elga soqchi bo`lmog`i darkor. O`ziga soqchi kerak bo`lgan posbon hukmronlik qila olarmi edi? Aflotun so`zlarini Navoiy bunday izhor etgan: ”Podshohga chog`ir igmak haromdur. Nechunkim, ul mulk va raiyat nigohbonidur. Nigohbonkim, anga nigahbon kerak bo`lg`ay yaxshi bo`lmagay”.

Aristotilis podshohni bir ulug` daryoga o`xshatadi. Podshohning amaldorlari, uning atrofidagilar o`sha daryodan oqib chiqqan ariqlardir. Barchasining suvi bir xil bo`ladi. Navoiy yozadi: “Podshoh ulug` rudga o`xshar, atbo` arig`larg`akim, ul ruddin ayriladilarkim, ul rud suviga harhol bo`lsa arig`larg`a, bular achchig`, ul sof bo`lsa bular sof, ul loy bo`lsabular loy. Bas, podshohga vojibdur g`oyat hikmat va e`tidol bila maosh qilmoq to xayl va xashami anga mutobiat qilgaylar”.

Bu hikmatda podshohning qanday bo`lmog`i to`g`risida butun bir nizom bayon etilgan. Yana daryo va undan oqib chiqadigan ariqlar orqali obrazli ravishda ifodalangan fikr yaxlit xulosa bilan konkiretlashtirilgan.

Chu Shopur olib qof to qofni,


Chiqorur edi behad aktofin.
Chiqordi ani gardishi muxtalif,
Aningdekki, ul el tanidin katif26.

Bolinosning hikmatli gaplari mamlakatni boshqarish tartibiga oid. Mulkning barqarorligi adolat bilan podshohning oladigan soliqlari adolatli ravishda o`rnatilmog`i darkor. Shu bilan birga podshohning oladigan soliqlari adolatli ravishda o`rnatilmog`i darkor. Shu bilan birga podshohning in`omlari ham o`z me`yorida bo`lmog`i kerak. Agar podshoh odamlarga adolatsiz ravishda narsalar ulasha bersa, mulk buziladi. Bu haqda Navoiy Bolinos nomidan bunday deb yozadi: ”Podshoh kerakkim, barcha eldin nima olg`ay, ammo e`tidol bila, to mulk barqaror bo`lg`ay, yo`qki, barchag`a nima bergay beetidollik bila to mulk buzilgay”.

Bir qancha hikmatlar insonni ma`naviy mukammallikka chorlovchi pand-o`gitlardan iborat. Unda ezgulik, xayr tashviq etiladi. Ezgulik asoslari qanday ekanligi bayon etiladi. Jamiyat hayotining pokligi yomonlik va yovuzlikni yo`q qilmoqqa bog`liq. Luqmondan so`raganlar: Nimaning foydasi barcha xaloyiqqa yetar? Debdiki, yomonlarning yo`qligi.

Olijanob intilishlar sharofatli bilimlar faqat toza ko`ngillardagina jo bo`lishi mumkin. Shuning uchun ezgulikni ko`ngilda o`rnatmoqdan burun ko`ngilni past, tuban, noloyiq fe`lladan tozalamoq darkor. Buqrotis bu to`g`rida shunday o`git beradi:” Sharoqatli nima ko`ngilda qaror tutmas, tokim xasisi nimalar ko`nguldan chiqmas” (“Tuban fikrlar ko`ngildan chiqib ketmaguncha sharofatli ilm ko`ngulda o`rnashmas”). Baxtlimus kishilarni hamisha el bilan birga bo`lmoqqa, el ahvolidan o`ziga xulosa qilmoqqa maslahat beradi. Har bir jamiyat a`zosi jamiyatdan o`rnak olib ish tutsin. Agar kishining noloyiq ishlarini ko`rib, undan el o`ziga xulosa yasaydigan bo`lsa, unday kimsa badbaxtdir....

“Nekbaxt uldurkim, el holidan pand olg`ay, badbaxt ulkim, aning holidin el pand olg`ay”. Bir qancha o`gitlar kishilarni xulq-atvori, yurish-turishi qanday bo`lmog`i kerakligi to`g`risidadir. Ularda xushxulqlilik, kamtarlik, sabr, shukr, yoqimli so`z aytmoq, tadbirkorlik, idroklilik kabi fazilatlar g`oyat tushunarli, lo`nda, esda qoladigan ifodalar orqali tashviq etilgan.

Luqmon deydi: ”Xushxo`y yotlarga qarobatdur, badxo`y qarobatlarga yot (yoqimli xulq egasi begonalarni o`ziga yaqin qiladi, yomon xulq egasi esa o`z yaqinlaridan uzoqlashadi).

Fishog`urs maqtanchoqlikni qattiq qoralaydi. U deydi: “Kishi o`z madhin desa chin dog`i bo`lsa nopisanddur” (agar kishi o`zini maqtasa, chin gapirganda ham pisand bo`lmaydi). Yana Fishog`urs so`zlaridan o`tganlar bilan qasam ichmak yalg`on nishonasidur, “Musibatga sabr qilmoq undan xursandchilik qiluvchining qiynoq chekmog`idur”, degan ma`nolar anglashiladi. SHukr kategoriyasi SHarq odobida muhim o`rin tutadi.

Navoiy Buqrotisning shukr to`g`risidagi bir hikmatini “Hukamo zikri”da aytib o`tgan. Unda fikr g`oyat ajoyib – kelin va mahr obrazlari orqali bayon etiladi. Ma`lumki, musulmon odatiga binoan, kelin nikohga o`tayotganida uning mahri aniqlab qo`yiladi. Zaruriyat tug`ilganda nikohdan o`tgan kelin o`sha mahrini albatta oladi. Buqrotis Buqrotis deydi: “Ne`mat arusidirkim, aning mahri shukrdir”. Demak, ne`mat bir kelin bo`lsa, uning mahri shukr qilmoqlikdir. Faqat shukr bor joydagina ne`mat bo`lishi mumkin.

Aniq hayotiy bir qoida, ya`ni turmushning hayotiy bir ko`rinishi Buqrotisning boshqa bir hikmatli so`zida o`z ifodasini topgan: “Ozkim paydor bo`lg`ay ko`pdin yaxshiroqdirki, nopoydor bo`lg`ay” (o`rnashgan oz, o`rnashmagan ko`pdan yaxshiroq).

Suqrotning hikmatlaridan biri har bir harakatning o`z o`rnida sodir bo`lmog`i kerakligini anglatadi. Hakim degan ekan: “Sa`yishikim, o`z erida bo`lmag`ay qilur ishdin qohimlikdan yomonroq” (Intilish o`z o`rnida bo`lmasa, qilur ishdagi sustkashlikdan yomonroq).

Suqrotga nisbatan berilgan bir hikmatda nodonga qanday muomala qilmoq to`g`risida so`z boradi. Agar kishi nodon, johil kimsalarga hurmat, izzat ko`rsatsa, faqat o`sha kishilarning nodonligini kuchaytirmog`i mumkin, xolos. Bu fikr xanzal deb atalgan daraxt misoli aniqlashtirilgan. U daraxtga qancha ko`p suv berilsa, u shuncha taxirroq meva bera ekan. Suqrot bu fikrni bunday bayon etgan: “Nodonga tavoze` qilmoq xanzalga suv bermakdur, necha kim suv ichsa talxroq bo`lur” (Nodonga hurmat ko`rsatmoq xanzalga suv bermoqqa o`xshaydi. Xanzal qancha ko`p suv ichsa, shuncha taxirroq bo`ladi).

Yana bir hikmat dushmanga nisbatan tadbir bo`lmoqni o`rgatadi. Suqrot ta`lim berdiki, dushmanga maslahat salmoq kerak. Shunda uning dushmanligini ne darajada ekanini fahmlab olmoq mumkin. “Dushman bila mashvarat qilib dushmanligin bilsa bo`ulki, ne poyadadur”. Bir qancha o`gitlar hayotning umumiy xulosalariga oid. Chunonchi, Buqrot degan: “Umr qisqadir va ish uzun”. Aflotun “O`zini boy ko`rsatmoqchi bo`lgan kambag`al o`zini yo`g`on ko`rsatmoqchi bo`lgan pachaqqa o`xshaydi”. “In`omni tilamaganda bermak darkor”.

Bir qancha hikmatli gaplar tani sog`liqqa doir. Luqmon deydi: “Barcha yukni torttim, burchdin og`irroq yuk ko`rmadim va barcha lazzatni torttim, ofiyatdan chuchukroq sharbat tortmadim”. Bu hikmatda burch (majburiyat)ning naqadar og`ir ekani aytiladi. Ofiyat salomatlikning chuchukligini ham shu qadar. Har ikkalasi ham o`z quvvati bilan baravar baland darajada turadi. Bundan kishi tani sog`liqni qanchalar qadr qilmog`i zarurligi anglashilib turadi.

Jolinus deydi: “Anduh jon bemorlig`idur”. Demak qayg`u chekmoq jonni kasal qiladi. Jolinus yana bemorlikning asosiy davosi ishtahadir, deydi. Uning ta`kidlashiga ko`ra, ishtahali bemor ishtahasiz sog`dan yaxshiroq. Chunki oldingisiningsog`lig`i yaxshilanib boradi. Keyingisining sog`lig`i esa yomonlasha boradi. (“Bemorkim, ishtahasi bo`lg`ay ul tandurustdin yaxshiroqdurkim, ishtahasi bo`lmagaykim, ancha sihat ortar, munga ranj”).

Sodiq esa salomatlikning muhim sharti me`dada taom bor paytda taom emaslik ekanini ta`kidlaydi. (“Lo ta`kulu taoma fi me`datikum taomun” – me`dangda taom borida taom ema). Navoiy bu nasihatning barchaga ham podshohlarga, ham oddiy xalqqa baravar foydali ekanligini uqtirib o`tadi.

Bir zamon g`aflatdur va holima evrulgali bir nafas muhlatdurkim, aning vujudi tajalliysi sadamotidin betobu tavonmen va ul og`ir yuk ostida xasdek notavonmenkim, aning jamoli hayratidin o`zumdin xabarim yo`qtur va o`zlugumdin asarim yo`qtur27.

“Hukamo zikri”dagi hikmatli gaplar g`oyat, qisqa, lo`nda ifodalarda aytilgan. Ular maqol darajasida aniq. Masalan, Jomasp bunday degan: “Karimning yomonroq xislati o`z ishining tarki va laimning yaxshiroq xislati o`z ishining tarki”. Bu erda asosiy fikr bir ifoda orqali bayon etiladi: “O`z ishining tarki”. Jumladan, eganing kimligiga qarab bu sifatning yomonroq yoki yaxshiroq ekani anglashiladi. Buqrotis aytadi: “Yaxshi so`z ko`ngulni yoritar, yaxshi xat ko`zni ”. Bu jumlada fikr shunchalar aniq va o`quvchiga tez etib boradigan shaklda ifodalanganki, bundan ko`ra mukammalroq ifoda shaklini topmoq mushkul.

“Hukamo zikri”da har bir hakim to`g`risida ma`lumot va bularning hikmatli gaplaridan keyin har bir hikmat va hakim sifatlariga nisbatan berilgan bir she`riy xulosa keladi. Bu she`rlarda umrning qisqa va o`tkinchi ekani, uning baribir bir kun kelib intihosiga etajagi mutassil eslatib o`tiladi. Ammo bu fikr motam va umidsizlik uyg`otmaydi, aksincha, kishini shu qisqa umrni ezgulik va xayr ishiga sarf qilmoqqa chaqiradi. Bu chaqiriq she`rlarda ochiqdan-ochiq yangramaydi, balki uni o`qigandan keyin yuz beruvchi ta`sirli, o`ychanlik ortidan paydo bo`ladi.

Luqmon uch ming yil yashagan emish. Luqmon to`g`risidagi hikoyalardan so`ng bunday bir she`r keltiriladi:


Yoshing Luqmondin ar hud bo`lmasa ham

Chu borgungdur borur damdur hamul ham.

Bu baytda garchi kishi uch ming yil yashagan taqdirda ham baribir ketar fursati kelgach, ketadi, degan fikr bor. Demak, kishi barhayot ekan, u ezgulikka xizmat qilib ulgurishi kerak.

Musiqiy ilmga asos solgan Fishog`urs hakim to`g`risidagi bir she`r musiqiy asboblari obrazini o`z ichiga olgan. Bir baytda umrning albatta tugalanajigi to`g`risidagi fikr sozlarning motamsaro navosi orqali eshitiladi:


Andaki, sozi safar o`ldi anga

Sozlari navhagar o`ldi anga


Birinchi misradagi soz “otlanmoq” ma`nosidadir. Demak, Fishog`urs dunyodan ketmoqqa otlanganida uning sozlari (musiqiy asboblari) nola qilib qoladilar.

Jomasp ilmi nujum (astrologiya) arbobi sifatida qayd qilingan Navoiy Jomaspga atalgan baytda osmonlar sirini bilgan, samolar ustidan hukmron bo`lgan tafakkur egasining ham oxiri borib er ostiga kirajagi to`g`risidagi mudhish haqiqat orqali umr intihosining muqarrarligini bayon etadi. Osmonga ko`tarilgan zotning er qa`riga botajagi nisbatidagi ziddiyat she`rning ta`sir kuchini oshiradi.


Kishiga ne bo`lsa ko`kka chiqmoq fan,

Ne osig`, ko`rsa oqibat madfon.


Ushbu bayt Jomaspning dafn etilgan joyi Fors viloyatida ekanligi to`g`risida xabar bilan mantiqan bog`langan. To`g`rirog`i, o`sha xabardan kelib chiqadi va she`rdagi xulosani yanada aniqlashtiradi. Buqrotisning paydorlikning afzaliyati to`g`risidagi gaplarini Navoiy shu ma`nodagi bayt bilan quvvatlaydi:
Birovkim, poydor o`lg`ay erur haq.

Aning g`ayri erur ma`dum mutlaq.


Suqrotning dushman maqtoviga uchmaslik to`g`risidagi ogohlantirishidan keyin xuddi shu ma`nodagi bayt keltiriladi:
Cheksa dushman sening salohingga til

Maxzi afsad bo`lg`usidur, bil.

(Agar dushman seni tariflab so`z desa, bu fasodning mag`zi ekanligini bilib qo`y). Aflotun saxiylik qoidalarini o`rgatgan edi. Shu o`gitlardan keyin keltirilgan she`r saxiylikning lo`nda ta`rifi, bayonidir:
Tilamay jud qil saxiy ersang

Tilamak muzdididir tilab bersang


Aristotilisning hikmatlari shohlik qoidalari bayonida edi. Navoiy o`sha so`zlardagi daryo va ariqlar obrazlarini bir baytda she`riy bo`yoqlar orqali takrorlab aytilganlarga yakun yasaydi:
Shah daryou, xalq erur anhor,

Ikkisining suviga bir maza bor.


Balinosning hikmatli gaplari mamlakatni boshqarishga oid. Navoiy keltirgan she`riy xulosa hakim tavsiya etgan tartibni tasdiqlaydi.
Chu moh oz olsa mulk obod,

Chu ko`p berdi bo`lur mulk barbod.


Jolinusning so`zlari inson salomatligi borasida edi. SHuning uchun Navoiyning bu fikrlarga yasagan she`riy xulosasi salomatlikning boisi ishtahadir, degan fikrdan tashkil topgan.
Bemori mushtahiyga salomat nishonidur,

Chun tandurust mushtahiy ermak, ziyonidur.


Sodiqning aytgan hikmati ham salomatlik borasidadir Navoiy uni she`r bilan bunday ifodalaydi:
Zarari barcha elga om o`lgay

Ki taom ustiga taom o`lgay.


“Hukamo zikri” Buzurjmehr ta`rifi va uning hikmatlari bilan yakunlangan. Buzurjmehrga nisbatan berilgan hikmatli gaplar asarga ham yakun yasaydi. Chunki ularda hakimning quyidagi so`zlari keltirilgan: “Ustodimdan so`radimkim, yigitlikta ne qilmoq yaxshi va qarilikda ne qilmoq yaxshi?” Dedikim, yigitlikda ilm kasb qilmoq va qarilikda ani amalga kiyurmak. Bu fikrni Navoiy bunday misralarda bayon etgan:
Yigitlikta yig`ilmning mahzani,

Qarilik chog`i хarj qilgil oni.

Buzurjmehrning bu o`giti asarga ham xotima yasaydi. “Hukamo zikri”ni o`qigan har bir kitobxon bu asardan o`ziga faqat ezgu pand-nasihatlar oladi va ularga amal qilsa ezgulik bobida abadiy nom qoldiradi.

To qolg`usi boqiy bu jahoni foniy,

To bo`lg`usi insong`a hayot imkoni,

Tengri tutsun sanga musallam oni,

Lekin qilibon bu xaylning sultoni28.

Navoiy umumiy tarixga oid asar yozishni o`z oldiga qo`ygan ekan, butun maqsadi ona tilida o`tishi afsona va hikmatlarning mazmunini o`z xalqiga etkazmoq edi. Bu hikoyatlar, hikoya va hikmatlar Navoiy qalamida ezgulik va xayr, yaxshilik, insof, halollik va pokizalikni tashviq etuvchi asarlar sifatida talqin topdi. Navoiyning umumiy tarixga oid ushbu asari 15 asr eski o`zbek tilida yaratilgan nasriy asarlar ichida munosib o`rin oladi, Naovoiyning nasrnavislik mahoratidan darak beradi.

Ushbu tarix asarining davomi bo`lmish “Tarixi mulki Ajam” (“Ajam shohlari tarixi”) ham Navoiyning shu ko`zlagan maqsadiga xizmat qiladi.

Shulardan ma`lum bo`lib turadiki, ulug` insonparvar shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning har bir asari, uning qalamidan chiqqan har bir satr diqqatdan chetda qolmasligi, chuqur e`tibor va ahamiyat bilan o`rganilmog`i, tadqiq etilmog`i shart. Ular xalq dahosining bebaho boyliklarini o`zida jamlagan muqaddas xazinalardir.



Download 349 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish