3.2. “Tarixi muluki ajam” asarini o`rganishng ilmiy-madaniy mohiyati.
Xiva xoni Muhammad Rahim II ning buyrug`i bilan kotib Domla Qalandar Xonaqohiy 1323 (1905) yilda «Nasihat ul-muluk»ning Said Ali tarjimasidan bir oz qisqartib, o`zbek tilining Xorazm shevasida ko`chirgan37. Demak, G`azzoliy asarining ikkita arabcha va ikkita o`zbekcha nusxasi mavjuddir.
4. «Tarixi Banokatiy» («Banokatiy tarixi») inv. № 7330, SVR, 24 bet. Uning muallifi Abu Sulaymon ibn Dovud binn Abul-fazl Muhammad binn Dovud Al Banokatiy Eronda hukmronlik qilgan mo`g`ul hukmronlaridan G`ozonxonning saroy shoiri va voqeanavisi bo`lib, so`ngroq «Malik ush-shuaro» laqabini ham olgan. Muallif Movarounnahrda, so`ngroq Shohruhiya deb atalgan Angren daryosi quyi oqimida joylashgan Banokat qishlog`ida tug`ilgan. 730 (1329—1330) yillarda vafot etgan.
Banokatiy asarni yozishda Rashididdinning «Jome ut-tavorix» asaridan foydalangan. Acap Odamdan boshlab, Chingizxon davri tarixini o`z ichiga oladi. Kitob to`qqiz qismdan iborat bo`lib, ikkinchi qismi Ajam podshohlari tarixidai iborat.
Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da «Banokatiy bitibturkim» deb ko`p o`rinda tilga oladiki, bu uning Banokatiy tarixining tegishli qismidan foydalanganini ko`rsatadi.
5. «Tarixi Guzida» («Tanlangan tarix») inv, № 7, SVR, I-tom, 26-bet. Acap muallifi Hamdullo binn Abu Bakr binn Ahmad binn Nasrul-Mustavfiy Al-Qazviniy 750 (1350) yilda vafot etgan. Acap 744 (1343) yilda yozilgan. «Tarixi Guzida» xarakteri jihatidan «Jome ut-tavorix»larga o`xshaydi. Asarda Odamning paydo bo`lishidan boshlab, so`ng qadimgi Eron podshohlari, arab xalifalari, shuningdek, Eronda islom davlatining barpo topish tarixi yoritilgan. Asarni «Tarixi Tabariy», «Nizom ut-tavorix» va «Tarixi Banokatiy», «Jome ut-tavorix» asarlari bilan qiyosan o`rganib chiqish shuni ko`rsatadiki, «Tarixi Guzida» muallifi asarni yozishda boshqa mualliflar foydalanmagan qo`shimcha manbalardan ham foydalangan.
«Tarixi Guzida» olti bobdan iborat bo`lib, birinchi bobi payg`ambarlar va hukamolar zikridadir. Ikkinchi bobi to`rt qismdan iborat bo`lib islomga qadar Eronda hukmronlik qilgan podshohlarning to`rt sulolasi tarixiga bag`ishlangan.
Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam» asarlarini yaratishda «Tarixi Guzida»ning I va II boblariga suyangan.
6. «Shohnoma» («Podshohlar haqida kitob»). Asar muallifi Abulqosim Firdavsiy Tusiy nomi bilai shuhrat qozongan. Eronning Tyc shahrida (hozirgi Firdavs shahri) hijriyning 329 yilida (melodiy 940—941 yil) tug`ilgan.
Firdavsiyning «Shohnoma»ga qadar bo`lgan ijodiy faoliyati haqida yetarli ma`lumot yo`q. Lekii o`z-o`zidan ravshanki, Firdavsiy Shohnoma»ga qadar katta adabiy-ijodiy yo`lni o`tgandir. «Shohnoma»ni shoir 35 yoshlarida (melodiy 975 yillar) yozishga kirishgan va uning ustida o`ttiz yil mehnat qilgan. Tarixiy asarlar bilan bir qatorda Eronning afsonaviy shohi Kayumarsdai boshlab, so`nggi sosoniy shohi Yazdijurd III gacha bo`lgan voqealarni o`z ichiga olgan epopeyadan ham Navoiy keng foydalangan.
«Shohnoma» voqealari eramizgacha Eronda hukmronlik qilgan peshdodiylar (eramizgacha 3223—782 yillar), kayoniylar (eramizgacha 82—50 yillar), ashkoniylar (eramizgacha 50 yildan eramizning 150 yillarigacha), sosoniylar (eramizning 150—651 yillarigacha) sulolalarining tarixini o`z ichiga oladi38.
Navoiy «Tarixi muluki Ajam»ni yozar ekan, mazkur to`rt sulola vakillaridan iborat bo`lgan Eron iodshohlarining hammasiga xarakteristika beradi. U ba`zi voqealar bayonida, ayrim shohlar ta`rifida Firdavsiy «Shohnoma»siga suyanganini «Tarixi muluki Ajam»ning bir necha yerida aytadi.
Navoiy faqat tarixiy asarlaridagina emas, o`zining barcha badiiy asarlari, xususan «Xamsa» dostonlarida ham tarixiy faktlarga murojaat etadi, bu shoir tarixni puxta bilganligidan dalolat beradi, boshqalarni ham tarix ilmini o`rganishga, tarix saboqlaridan o`rnak olishga chaqiradi. Ma`lum siyosiy va tarbiyaviy maqsadlarni ko`zda tutib, «Tarixi muluki Ajam» asarini yaratar ekan, har bir ibratli tarixiy faktni qaysi manbaga suyanib yozayotganligini ta`kidlab boradi.
Navoiy podshohlarning qilgan hamma ishlarini yoritishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygani yo`q, uning o`z ta`biri bilan aytganda, «bu muxtasarda» mumkin ham emas edi. Uniig maqsadi odil podshohlarniig xayrli ishlarini ko`rsatish va bundan zamona shoh va shahzodalarini o`rnak olishga chaqirish, ogoh qilish edi.
Navoiy Jamshid haqida, «Chun saltanatqa o`lturdi, jahon mulkin adl va dod bila tuzdi... G`arib ixtirolar qildi... Oqibat mufrid joh g`ururi va azim davlat takabburi dimog`ig`a fosid xayol solib, olamni o`z ibodatig`a amr qilib, o`z surati bila butlar yasab, aqolim va kishvarlarg`a yiborib, elga o`zining parastishin buyurdi. Har oyina g`ayrati ilohi muqtaziy ul bo`ldikim, anga jazo yetgay. Shaddod Odqa taqdir bo`ldiki, qardoshi o`g`li Zahhoki alavvonini sipoh bila yubordi, to ani totib, arra bila iki bo`lub, jismin pora-pora qildi», deb yozar ekan, faktni Tabariydan olganini aytadi. Bu ma`lumot «Tarixi Guzida»da ham bor39.
Alisher Navoiy tarixiy manbalardan foydalanar ekan, bir fakt har xil manbalarda tafovutli bo`lsa, barcha ma`lumotlarni keltiradi va o`zi qaysi fikrga qo`shilishini aytadi: «Doroning iki noibikim, aning zulmidin toriqib erdilar, ani halok qildilar. Ba`zi debturlarkim, iki Hamadonlig` kishi fidoyilig` dasturi bila bu ishni qildilar.
Ba`zi debturlarkim, alarni Iskandar yiborib erdi, bu ishni buyurdi. Avvalgi qavl sahihroqdur40 deb o`zining birinchi fikrga qo`shilganini aygadi. U «debturlarkim», «derlarkim», «naql qilibturkim» der ekan, «Tarixi Tabariy», «Tarixi Guzida», «Tarixi Banokatiy», «Nizom ut-tavorix» va «Shohnoma»da berilgan ma`lumotlarni ko`zda tutadi.
Navoiy ashkoniylar sulolasi tarixini bayoi qilishga kirishar ekan, shunday yozadi: «Tarix ahli orasida bu tabaqa dag`i salotin tartibida bag`oyat muxolafat ko`ptur. Ammo bu so`zda barcha muttafikdurlar. Biz ul so`zniki, muttafikun alayxdur, ado qiloli. So`ngra ul so`zlarnikim, muxtalifun fixdur, zikr qilib, har nimagakim, o`xshashi ko`prakdur, qaror beroli41.
Navoiy ixtilof faktlarning hammasini keltirib, kitobxon mulohazasiga havola qilib qoldiradi. U yozadi: «Guzida»da mundoq bitibturkim, Ardasher bag`oyat xiradmand va dono kishi erdi. Oriyati davlatqa ko`ngil bog`lamay, el bila baski yaxshilik qilib, anga Nikukor laqab qo`ydilar... Ammo Banokatiy shuning aksi bitibturkim, ul bag`oyat zolim va jobir erdi. El aning bedodidin kelib, ittifoq bilan ani saltanatdin xal` qilib, mulkin Shopurg`a berdilar»42.
Muallif «Tarixi muluki Ajam» asarida tarixiy faktlarni nihoyatda ixcham bayon qilishga alohida a`tibor berdi. Shuning uchun ham ko`p o`rinda ko`proq ma`lumot olishni istagan kitobxonni, biror manbaga ishora qiladi.
U kayoniylar sulolasidan bo`lmish podshoh Buxtun Hacp haqida yozadi: «Ba lekin Buxtun Nasr bobida bag`oyat so`z ko`p uchun bu muxtasarda mundin ortiq bitilmadi. Chun «Shohnoma»dakim, Firdavsiya debtur, bag`oyat mashhurdir, sharh hojat ermas»43. Yana Shoiur saltanati haqida, «... Aning sharhi uzundir. Tavorixda bor, bilay degan kishi o`qub bilgay»44. «Ba Dilorom jangi va yetti qasr va xavarnaq va soyir xolotin bilay degan kishi bu faqir «Xamsa»sida «Sab`ai sayyora»ni o`qub ma`lum qilsun»45.
Yuqorida keltirilgan misollardan ham ko`rinib turibdiki, Navoiy o`zining mazkur asarida tarix ma`lumotlarini o`ziga qadar yaratgan mo`tabar tarix kitoblaridan oldi va Firdavsiy «Shohnoma»siga suyandi. Uning qaysi faktni qaysi manbadan olganini ko`rsatib borishi va u voqeaga o`z munosabatini bildirishi e`tiborlidir. Bu asarning ilmiy, ishonarli ekanligini ko`rsatadi.
U o`zining mazkur tarix asarini yaratish bilan barcha nomlari yuqorida tilga olingan tarixiy manbalardagi har xilliklar, noaniqliklarni bartaraf qilishga harakat qilgan. Ko`p o`rinlarda u mustaq fikrlar ham bayon qiladi. Shuning uchun ham Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asari har tomonlama o`rganishga loyiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |