O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


II. 2. Rang-tus, maza-ta’m, hid bildiruvchi sifatlar



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana10.03.2023
Hajmi0,87 Mb.
#917905
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari

II. 2. Rang-tus, maza-ta’m, hid bildiruvchi sifatlar
O`zbek tilida 
oq, qizil, qora, ko`k, zangori, sariq, yashil, malla, pushti, 
moviy, qirmizi, sapsar, qo`ng`ir, alvon (rang-barang), go`los, gungurt, 
nafarmon, ol, oq-qora, pushti, jigar rang, kul rang, novvot rang, rang-barang, 
targ`il, ola, chipor, ola-chipor, shafaq rang, zalg`aldoq, mosh-guruch (otdan 
ko`chgan), tilla rang, gunafsha rang, saman, to`riq, chovkar, jiyron, 
bo`zto`riq(Ot tusini ifodalaydi)
kabi so`zlar alohida leksik-semantik guruhni 
tashkil etadi. Bunday so`zlar rang-tus sifatlari deb yuritiladi. Ularning o`ziga xos 
xususiyatlarini o`zbek tilshunosligida M.Sodiqova, R.Qo`ng`irov, Z.Pardaev, H 
Tojimatov kabi olimlar tomonidan bir qismi maxsus tadqiq etilgan.
Rang bildiruvchi so`zlar tub, yasama, qo`shma, birikmali bo`lishi mumkin. 
Rang bildiruvchi so`zlar morfologik usul bilan quyidagi affikslar yordamida 
yasaladi: 
-i affiksi tojik tili ta`sirida paydo bo`lgan, ega, xoslik ma’nolarini beruvchi 
affiksdir: simobi (simobi) – simobning rangiga xos. Jigari (jigar +i) dialekt. 
jigarning tusi. Osmoni (osmon+i) dialekt. osmonning rangidagi. Gulobi 
(gulob+i) dialekt. gulrangning tusi. Bu affiks vositasida sifatlardan ham sifat 
yasalishi mumkin: zangori (zangor+i), qirmizi (qirmiz+i) [26,97]. 
-qi, -aqi (-aki) affiksi otlardan sifat yasaydi. Masalan, pistoqi (pista+qi) 
pistaning rangidagi yoki och yashil tus. To`taki (to`ti+aki) to`tining rangidagi 
yoki to`tiyona rang.Bu affiks sifatlardan ham sifat yasaydi. Qoraki (qora+ki) 
dialekt. qoraning tusi. 
-iy, -viy affiksi arab tilidan kirgan bo`lib, otlardan sifat yasaydi. Masalan, 
niliy (nil+iy) arxaik - sinka tusidagi rang. Tilloiy (tillo+iy) tilla rangidagi, 
tillorang. To`tiyoiy, osmoniy kabilar ham shular jumlasidandir. 
-vash affiksi arxaik bo`lib, otlardan sifat yasaydi: samovash (samo+vash) 
havorang tusli. 


34 
Rang bildiruvchi qo`shma sifatlar sintaktik usul bilan yasaladi. 
Masalan,ot+ot – 
jigarrang, kulrang, havorang, anordona, kaptarbo`yin, 
pistamag`iz
va h. Umuman, qo`shma rang bildiruvchi sifatlar yasalishida rang 
so`zi faol yasovchi hisoblanadi.Qo`shma rang sifatlaridan tashqari yana 
birikmali rang bildiruvchi sifatlar ham mavjud. Bular ko`proq rang bildiruvchi 
ottenka xillarini ifodalash uchun qo`llaniladi. Masalan
, oq sariq, oq pushti, qora 
sariq, qora qizil, qora to`riq, bo`z to`riq va b
.Shu kabi rang-tus bildiruvchi 
sifatlardan ko`plab orttirma darajadagi sifatlar ham hosil bo`ladi:
Qop-qora, qip-
qizil, sap-sariq, oq-qora, mosh-guruch, ola chipor, qora-qura, zim-ziyo
va h.. 
bular ranglik ma’nosidan tashqari to`da, umumiylik, ko`plik ma’nolarini ham 
ifodalaydi.Rang-tus bildiruvchi sifatlardan nutqda unumli foydalaniladi. 
Masalan, 
qizilishton, ko`kqarg`a, qoraqamish va b. Yasovchi affikslar 
vositasida: ko`kcha, oqcha, qizilcha, qoramug`, mallavoy va hokazolar ham 
hosil bo`ladi.
Bunday so`zlardan ba’zilarida rang ma’nosi juda uzoqlashib 
ketgan. Masalan, 
oqbilak, sariqcha, sariyog`, qoramug` va h. 
Rang-tus bildiruvchi sifatlar quyidagi sintaktik vazifalarda keladi: 
1.
Sifatlovchi-aniqlovchi bo`lib keladi: (Kumushning) .. yoqutdek lablari 
ostidagi sadaf kabi oq tishlari biroz ko`rinib qo`ydilar. (A.Qodiriy) 2.Ot-kesim 
bo`lib keladi: Gul qizil. Devorning to`rt tomoni ham oq. Rang - tus sifatlari 
otlashsa, ega, to`ldiruvchi, qaratqichli-aniqlovchi bo`lib keladi. Rang-tus 
bildiruvchi sifatlarning etimologiyasiga nazar solar ekanmiz qizil, yashil 
singari sifatlar aslida boshqa so`z turkumidan kelib chiqqanligiga guvoh 
bo`lamiz. Masalan: qizil so`zi qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni 
anglatgan bu sifat asli “qizil tus, ol”ma’nosini anglatgan қыз fe’lidan –(ы)л 
qo`shimchasi bilan yasalgan. Patnisda to`rtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki bor 
edi. (Oybek) 
Yashil sifati qadimgi turkiy tilda “barg rangiga ega bo`l” degan ma’noni 
anglatgan йа:ш fe’lidan -(ы)л qo`shimchasi bilan yasalgan.Chap tomonda – 
tog` etaklari, o`ng tomonda yashil paxtazor, o`rtada –qishloq. (I. Rahim) 


35 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish