OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Milorad Pavich. Dengiz toʻlqinlari rangidagi yomgʻirpoʻsh (hikoya)
Qidiruv
Asarni saqlab olish
Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif
Asar tafsillari
Muallif Milorad Pavich
Asar nomi Dengiz toʻlqinlari rangidagi yomgʻirpoʻsh (hikoya)
Turkumlar Kutubxona
• Xalqlar
- Jahon/Serb adabiyoti
• Boʻlimlar
- Simvolizm
• Mualliflar
- Milorad Pavich
• Uslub
- Nasr
• Shakl
- Hikoyalar
• Yozuv
- Lotin
Til Oʻzb
Tarjimon Goʻzal Begim (Rus tilidan)
Hajm 6KB
Bezatish Uzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan 2014/04/03
Manba http://www.ziyouz.com/index...
Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.
Logo.png
Dengiz toʻlqinlari rangidagi yomgʻirpoʻsh (hikoya)
Кирил ёзувда
Milorad Pavich
Har bir insonning umri davomida qayta-qayta koʻradigan tushi boʻladi. Masalan, mening tengqurlarim yetuklik shahodatnomasi olishga topshirilayotgan imtihon lahzalarini tez-tez tush koʻradilar. Men bu holga tushmaganman. Bu yoshim bilan bogʻliq boʻlsa kerak. Meni shu kungacha bir tush ta’qib qiladi. Ota-onam 1872 yili meni – oʻn uch yashar bolani farang tilini mukammal oʻrgansin deb Shvetsariyadagi yozgi kurslarga oʻqishga joʻnatishdi. Qoʻlimizga savdo-sotiq ma’lumotnomasi, kollej hayoti uchun zarur boʻlgan buyumlar roʻyxatini tutqazishdi. Oʻgʻil bolalarga moʻljallangan roʻyxat shunday boshlanardi:
bayram va tantanalarda kiyish uchun kostyum – 1 dona.
kamzul, uni buklaganda belbogʻ holida ishlatishga ham yarashi lozim – 1 dona.
uyda kiyiladigan xalat – 1 dona.
yomgʻirpoʻsh – 1 dona.
yomgʻirda kiyishga moʻljallangan bosh kiyimi – 1 dona.
bir juft rezina botinka – 1 dona
dengiz toʻlqinlari rangidagi yomgʻirpoʻsh – 1 dona.
bir juft alpinistlar kiyadigan tishli botinka – 1 dona.
oyoq kiyimlari uchun qop – 1 dona.* shaxsiy gigiyena buyumlari solingan sumka – 1 dona.
Ketish soatlari yaqinlashdi, uzun roʻyxat boʻyicha menda boʻlmagan narsalarni xarid qilishga kirishdik. Ishning oxiri koʻrinmasdi. Har kuni yangi xaridlar uchun doʻkonga chiqardik: yangi kamzul, kalta shim, botinka...
Mashgʻulotlarning boshlanish sanasi aniq belgilangan, shu bois koʻrsatilgan buyumlarning katta qismini sotib olmasdanoq yoʻlga tushdik. Yoshim va boʻy-bastim yangi-yangi murakkabliklarni keltirib chiqarardi. Hali uydaligimdayoq, safarga chiqishdan bir necha kun oldin, menga zarur hamda toʻgʻri keladigan buyumlarni axtarayotganimizni tush koʻribman. Yoʻlda ham Italiya, Shvetsariya bekatlarida toʻxtaganimizda roʻyxatda koʻrsatilgan narsalarni sotib olishga urindik. Biroq xayolimda mening oʻlchamimdagi kiyimlar hech qachon mavjud boʻlmagandek: oʻn uch yoshli bolaga toʻgʻri keladigan ingichka yelka, uzun yengli uy xalatini topish qiyin edi. Mening yoshimdagi oʻspirinlarga mos shlyapa va dengiz toʻlqinlari rangidagi yomgʻirpoʻshni hech qayerdan topolmadik: choʻntagiga gerb tasviri tushirilgan sanoqsiz koʻk yomgʻirpoʻshlarni kiyib koʻrdim, birortasi toʻgʻri kelmadi. Nihoyat, horib-charchab axtarganimizdan soʻng belgilangan kuni Ollon qishlogʻiga yetib keldik. Zarur buyumlarning aksariyati – xalat, yomgʻir uchun shlyapa, dengiz toʻlqinlari rangidagi yomgʻirpoʻsh ham menda yoʻq edi. Shundan buyon to hozirgacha peshonadagi oʻjar yozigʻimiz – 1972 yilda Italiya shaharchalari orqali Triyest, Venetsiya, Milan, Stres, Luganoga haydab solganini, dengiz toʻlqinlari rangidagi yomgʻirpoʻshni, tabiatda umuman boʻlmagan gʻaroyib narsalarni Shveysariyaning nemis shaharchalaridan izlaganlarimiz tez-tez tushimga kiradi.
Uzoq vaqtgacha bu tushlarni ma’nisiz va hatto yoqimsiz deb oʻylab yurdim. Ma’nisiz narsalarga koʻp e’tibor sarflash, hatto tushda boʻlsa ham vaqt yoʻqotishning nima keragi bor? Kutilmagan moʻ‘jiza bois bu yoʻsinda fikr yuritishdan, oʻz tushlarimdan xijolat boʻlishdan va dengiz toʻlqinlari tusidagi yomgʻirpoʻshni axtarishdan xalos boʻldim. 1983 yili men harbiy hujum chogʻida Yunoniston yaqinidagi «Iblis ter tomchilari» qishlogʻiga borib qoldim. Kunlarning birida qismdagi askardan, garchi u mashgʻulotlar davomida, undan soʻng ham bir ogʻiz gapirmagan boʻlsa-da, bildirgi yozib berishini talab qilishimga toʻgʻri kelib qoldi. Askar har bir topshiriqni hech qanday e’tirozsiz bajarardi. Undan nega jim yurishini soʻraganimda, biz joylashgan yerning nomlanishini bilish-bilmasligimizga qiziqdi. Ajablandim. Qishloq nomi qanday ma’no anglatishini soʻray turib yana askarning oʻzi qoʻshib qoʻydi: 1355 yil dekabr oyida «Iblis ter tomchilari» qishlogʻida serb imperatori Dushan vafot etgan ekan. Taqdir taqozosi bilan bu joyga kelib qolgan askar kun davomida marhum harbiy qoʻmondonni xotirlab, bir ogʻiz gapirmasdan kunni tik oyoqda oʻtkazishga ahd qilibdi. U shu yoʻl bilan oʻzining harbiy qarzini ado etmoqchi boʻlibdi. Suhbat davomida biz bildirgidan tortib, «Iblis ter tomchilari» mavzusi atrofida aylandik.
— Tangri uch qavat nur bilan qoplangani kabi inson ham uch qavat ter bilan oʻralgan, – deya gap boshladi askar. – Uch ter oʻzida uch xil oʻramni yoki aniqrogʻi, qoplama va astarni aks ettiradi. Bu oʻzida uch qavatli yomgʻirpoʻshni ifodalaydi, goʻyo. Birinchi ter yoki yomgʻirpoʻsh, mohiyatan, hammaning chekiga tushadi, umumiy asliyatimizdan andoza olgan. Bu ter insonlar vujudiga urushlar va buzgʻunchiliklar davrida quyilgan boʻlib, egnimizdagi liboslarimiz shundan bichim olgan. Ter tomchilarining bu turini kitob mundarijasiga oʻxshatsa boʻladi, umuman, yangi kitob muqovasi ostida unga tamoman dahlsiz boshqa bir kitob joylashganday. Ikkinchi ter yoki oʻram – oila va urugʻning talablaridan kelib chiqqan. U birinchi terga shu qadar muvofiqki, har bir qoplama mohiyatiga koʻra ich kiyim ust kiyimga mos kelganiday toʻgʻri kelishi lozim. Bu ayni paytdagi oila va nasl-nasabga taalluqli aloqalarning asli – halollik darsi yoki tahlikasidir. Sirli kitobni oshkor qilish kerak, xolos. Uchinchi ter yoki yomgʻirpoʻsh astari shaxsimizni oʻzida gavdalantiradi, vujudimizga qorishib ketadi. U umumiy emas, har kimning oʻz teri, yomgʻirpoʻshning eski qavatidan nazar tashlanganda koʻzga chalinmaydi.
Uchinchi ter ilohiy kitoblardagi kabi bizning ertangi kunimizni bashorat qila oladi. Odam — uch bora chop etiladigan kitob, biroq u nima sababli terga botganini hech kim bilmaydi.
Suhbatdoshimning kutilmagan fikrlarini tinglab, oʻzimni oʻrab turgan uch oʻram, yomgʻirpoʻsh astarining sir-asrorlarini izlashga kirishdim.
Turkum: AsarlarSerb adabiyotiSimvolizmMilorad PavichNasrHikoyalar
Adabiy Shakllar Adabiy Uslublar Asarlar Toʻplamlari
2010-14 OʻzLib Elektron Kutubxonasi Kirish
Do'stlaringiz bilan baham: |