1.2. INSON KAPITALINING RIVIJLANISH MODELLARI
Kapital iqtisodiy kategoriyasining tahlillari asosida inson kapitali
konstepstiyasi ham asta sekin uzoq tadqiqotlar asosida vujudga keldi. G`arb va
Rossiya olimlari iqtisodiy maktablarning bu sohadagi qarashlarini tahlil etib
quyidagi xulosalarga kelingan.
Birinchidan, ilmiy iqtisodiy aylanma (oborot)ga shunday asosiy iqtisodiy
kategoriyalar kiritildi: “Tirik harakatlanuvchi kuchlar”, “Ishlab chiqaruvchi ishchi
kuchi”, “Ishchi kuchi”, “Kapital”.
Ikkinchidan, o’sha olimlari tomonidan shunday fikr asoslandiki, inson sifati
milliy iqtisod samaradorligining eng asosiy faktori bo’lib hisoblanadi. Insonlarning
hosil qilgan qobiliyatlari jamiyat butun boyligining bir qismidir. Bu qarash
kelgusida Rossiya iqtisod fanida “malakali ishchi kuchi” kategoriyasini
rivojlantirishga imkoniyat berdi, G`arb iqtisodiy fikrida “Inson kapitali”
konstepstiyasi shakllandi.
Uchinchidan, ular shunday tezisni ilgari surdilarki, shaxsning asosiy
sifatlari eng avvalo ta’lim va tarbiya tizimida shakllanadi. Bu tezis G`arbda inson
kapitaliga investistiya sifatida, Rossiya iqtisodchilari fikrida ishchi kuchini ishlab
chiqarish nazariyasi sifatida rivojlandi.
13
Hozirgi zamon menejmenti ko’rsatadiki hozirgi ishlab chiqarishni o’z
vazifasini samarali amalga oshirilishining asosiy sharti innovastion jarayonlarga
tayyor ishchining bo’lishidir. Bu jarayonni aniq tahlil etish uchun “ishchi kuchi
sifati” tushunchasi kiritildi. Bu tushunchani ko’pchilik iqtisodchilar ishchining
ma’lumoti va kasbiy malakaviy darajasi jihatidan tayyorgarligi deb qaradilar.
Masalan, B.L.Цipin ishchi kuchining sifatini tahlil etib unga ma’lumoti, kasbi, ish
13
Сенков В.А. Человеческий капитал в развитой рыночной и переходной экономике
(вопроси теории). Диссертация. Москва: 2000, С. 38.
14
staji (ixtisosligi bo’yicha va umumiy), yoshini kiritgan.
14
Hozirgi mualliflar
yuqorida ta’kidlangan sifatlar bilan birgalikda ishchi kuchining salomatligi, yoshi
va jinsini kiritadilar.
15
Bu ijobiy siljishdir, chunki, ishchi kuchining o’z
imkoniyatlarini amalga oshirishi uni psixofiziologik xarakteri holatiga bog`liq.
Inson kapitali tushunchasi tadqiqotini “kapital” kategoriyasini tahlilidan
boshlash maqbul. Chunki inson kapitalini tahlil etuvchi tadqiqotchilar kapitalni
turlicha sharhlaydilar.
Kapitalni tahlilini birinchilardan bo’lib F.Kene boshladi. Siyosiy iqtisoddagi
fiziokratlar maktabi xizmati aslida uning nomi bilan boshlanadi. Kene ishlarining
ahamiyati katta, chunki u shunday masalalarni o’rgandiki, keyinchalik ular
umumjahon tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Fiziokratlar namoyandasi sifatida Kene
erni ishlov berish mehnatini ishlab chiqarish mehnatga kiritadi. Kapital ishlab
chiqarish jarayonid vujudga keladi, deydi u.
Keyinchalik V.Petti mehnat barcha boyliklar asosi, millat boyligi barcha
moddiy ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi, moddiy ishlab chiqarish
sohasidagi mehnat ham ishlab chiqarish mehnatiga kiradi degan fikrni ilgari suradi.
Aholining siyrakligi kamligi davlat kambag`alligining asosiy manbai deydi u.
Siyosiy iqtisodni shakllanishi A.Smit va D.Rikardo nomi bilan bog`liq.
Aynan A.Smit millat boyligi kaliti sifatida kapitalni jamlash muammosi va
“kapital” kategoriyasiga e’tibor qiladi. U millat boyligi darajasi aholini samarali
mehnat bilan bandligi miqdoriga bog`liq deydi.
“Kapital” kategoriyasini ko’rib chiqib, Smit alohida inson yoki jamiyat
zaxirasini tahlil etadi, chunki undan foyda olib bo’ladi. Zaxiralar ikki qismga
bo’linadi. “Zaxiraning foyda olishga mo’ljallangan qismi kapital deb nomlanadi.
Ikkinchi qismi bevosida iste’mol uchun sarflanadi”.
16
14
Цыпин Б.Л., черных Н.Ф. взаимосвязи развития средств труда и уровня
общеобразовательной подготовки рабочих //Социально-экономические проблемы рабочей
силы при социализме.: Тез. Докл.-Л., 1972, С. 52-61.
15
Капелюшников Р.И. Экономической подход Г.Беккера к человеческому поведению.
//США: Экономика, политика, идеология. 1993, №3. С. 54.
16
Антология экономической классики. Т. 1. М., 1993, С. 308.
15
Smit iqtisodda insonning “tirik ishlab chiqaruvchi kuch” ekanligi va
mamlakat iqtisodiyotida birinchi darajali rolini asoslab bergan edi. “Foydali
mehnatning samaradorligining oshishi eng avvalo ishchining chaqqonligi va
uddaburonligiga keyinchalik mashina va uning ishlashi vositasi bo’lgan
asboblarning yaxshilanishiga bog`liq”.
17
Smit vaqtidan ishchi kuchini sifat qobiliyati tahlili va shakllanishi va uni
qo’llab quvvatlash masalasi “kapital” kategoriyasi bilan uyg`un tushadi.
D.Rikardo kapital deganda mehnatni harakatga keltiradigan mamlakatning
boyligining qismi bo’lgan va ishlab chiqarishda qo’llaniladigan: oziq-ovqat, kiyim-
kechak, asboblar, xom-ashyo, mashina va boshqalarni hisoblaydi. U ta’kid
etgandiki: “Bir holatda noto’g`ri boshqarish mulkka ishonchsizlik va ma’lumotni
etarli bo’lmaganidan yomonlik kelib chiqadi.... Boshqarish tizimini va tahlilini
yaxshilash lozim. Shunda kapital aholiga nisbatan albatta tezroq ko’payadi”.
18
A.Smit g`oyalarini Franstiyada tarqatgan yirik olim J.B.Sey edi. U “Traktat
politicheskoy ekonomii” (Siyosiy iqtisod risolasi)da shunday yozadi: “Kapital
insonga xos bo’lgan uchta qobiliyat: oldinni ko’ra olish, aql bilan bilish va qanoat
qilishga asoslanadi. Kapitalni tarkib ettirish demak kelajak avlod uchun zaxira, uy-
joy, dam olish, bilim olish, erkin bo’lish, qadr-qimmat uchun tayyorlashdir.
Kapital boshqa narsalardek maxsulotdir, lekin u kelajakka qaratilgan”.
19
Sey
kapitalga mehnatni davomiyligini ta’minlaydigan mehnat qurollari, xom-ashyosi,
zaxiralarini kiritadi.
Sey inson tug`ilishi bilan ishlash uchun etarli bo’lgan qobiliyat va quvvatga
ega bo’lmaydi degan fikrlari bor. Insondagi bu qobiliyat va kuchlarni har yilga
jamg`arma natijasida vujudga keladi. bu jamg`armadan ketgan mablag` natijasida
insonni ishlab chiqardilar, qaysikim u jamlangan kapitalni namoyandasidir. Sey
o’sha paytdanoq ishlaydigan insonga diqqat bilan e’tibor berishga chaqirgan.
Nemis tarix maktabi namoyandalari F.List va V.Rosherning ham bu
masalada xizmatlari bor. 1841 yilda yozgan “Siyosiy iqtisodning milliy tizimi”
17
Антология экономической классики. Т. 1. м., 1993, С. 312.
18
Антология экономической классики. Т. 1. М., 1993, С. 450.
19
СэйЖ.Б. Трактат политической экономии. М., 1896, С. 212.
16
asarida List yozadiki, millat o’z ishlab chiqarish quvvatini alohida shaxslarning
aqliy va jismoniy quvvatidan oladi.
Nemis tarix maktabi kapital so’zidan faqat ishlab chiqarishning moddiy
vositalarini emas, balki ishlab chiqarishning aqliy va ijtimoiy vositalarini ham
tushungan. List yozadi: “Ma’lumki qayerda kapital haqida so’z ketsa, qanaqa
kapital haqida so’z ketayotganini aniqlash lozim: moddiy kapital ishlab
chiqarishning moddiy asboblarini yoki aqliy kapital – axloqiy va jismoniy
quvvatkim, u shaxsiy bo’ladimi, yo shaxsning ijtimoiy, fuqaroligi yoki siyosiy
mavqeidan olinadimi”.
20
List kapital tushunchasini saqlashni taklif etadi, lekin bu
kapitalni aqliy va moddiy yerni ishlash, sanoat va savdo moddiy kapitali, shaxsiy
va milliy kapitalga bo’lib farqlash lozim deydi. List kapital tushunchasini keng
tadqiq etadi. Moddiy kapitalni sanoat moddiy kapitali va savdo moddiy kapitaliga
ajratadi. Uning bu qarashlari kapital tushunchasini chuqur anglashga katta yordam
berdi.
List yozadiki Smit: “Unutgankim, o’zi kapitalga ta’rif berganda ishlab
chiqaruvchilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini ham nazarga olgan”.
21
List bu
g`oyasini asoslaydi. Nyuton, Uat, Kepler ishlab chiqarish samaradorligi eshak, ot
ishlab chiqarish quvvatidan yuqoridir. List millat boyligi Sey aytganidek boylik
miqdori bilan emas, balki ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasi bilan
belgilanadi.
Nemis maktabi namoyandasi V.Rosher kapital deganda kelgusida ishlab
chiqarish uchun saqlanadigan barcha narsani kiritadi.
Kapitalni tadqiq etishda eng katta xizmat qilgan Karl Marksdir. U T-P-T,
tovarni pulga va pulni tovarga aylanishini aytgan. Keyin esa P-T-P
1
– tovarni
sotish uchun ayriboshlagan yozadi va uni kapitalni umumiy formulasi sifatida
belgilaydi.
22
U o’zining nazariyasini “Kapital” asariga to’la tahlil etgan.
“Qo’shimcha qiymat keltiradigan qiymat bu kapitaldir” deb K.Marks ta’rif beradi.
20
Лист Ф. Национальная система политической экономии. Санкт-Петербург, 1841, С.270, 271.
21
Лист Ф. Национальная система политической экономии. Санкт-Петербург, 1841, С. 272.
22
Маркс К. Капитал.- Маркс К., Энгельс Ф.- Соч. Т.23.С. 141.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |