qobiliyati o’rtasida, ikkinchisini ikkinchi darajali deb baholasalar ham analogiya
o’tkazardilar.
Iqtisodchilar bahslarda eng avvalo shu masalada kelisha olmadilarkim,
“Nimani kapital deb hisoblash kerak?” “Insonni jismoniy mavjudot sifatida kapital
deyish lozimmi yoki insonni unumdor qobiliyatini kapital deyish kerak-mi?
Inson kapitali masalasiga ilmiy qiziqish pasayishiga ob’ektiv sabab mavjud:
olimlar
intuzazmiga
ijtimoiy-siyosiy
quvvatlarning
adekvat
reakstiyasi
kuzatilmadi. Tasdiq etish mumkin emaskim, rivojlangan mamlakatlar hukumatlari
migrastiya, sog`likka muddatidan oldin o’limlarni oldini olish va ta’limga
kiritilayotgan investistiyalarning iqtisodiy foydasini anglamas edilar. Agar XVII-
XVIII asrlarda “kapitalning umumiy miqdoriga inson kapitali 10% oshmagan
bo’lsa 1913 yilda u 33%ga ko’tarildi.
6
Ammo hozirgi zamon investistion siyosat
nuqtai nazaridan bunday proporstiyalar juda ham qoniqarsizdir.
5
Machlup F., Methodology of Economics and Other Social Sciences. New York: Academic Press.,
1978., ch.l 1.
6
Мельянцев А. Счастье от ума: вложения в человеческий капитал остаются самыми
эффективными // Известия, 17.05.2000.
9
Yangi asrning boshida hukumat talablari va iqtisodiy zaruriyat asosida
olimlar tomonidan har bir inson va butun aholini qiymatini aniqlash uchun
urinishlar bo’ldi. Bunday tadqiqotlar ko’pincha nazariy ahamiyatga ega edi.
Ba’zi mualliflar insonni kapital qiymatini baholashni birinchi jahon urushida
yo’qotishlarni baholashda foydalandilar. “Inson – bu kapital – aytardi. I.Giyot –
jamiyat ham o’limni kamayishiga manfaatdor bo’lishi lozim. Bu faqat gumanitar
emas, balki iqtisodiy sabablarga ham bog`liq”. E.Bogart ta’kid etardiki, urushda
yo’qolgan inson hayoti pul qiymati bahosi “shubhali statik o’rinli usuldir” deydi u
va hisoblaydiki, urushda yo’qolgan hayotlarni pul qiymatini bahosi uning katta
iqtisodiy ahamiyatini ko’rsatadi”.
7
G.Boag shunday xulosa qiladiki, moddiy va inson kapitali o’rtasida
mustahkam analogiya mavjud. G.Boag shuningdek qayd etadiki, inson kapitalini
baholashda ish haqini kapitallashtirish usulidan foydalanish afzalroq, chunki uning
yordamida moddiy narsalar qiymati aniqlanadi. N.Senior qayd etgan ediki, G.Boag
birinchi bo’lib, ishlab chiqarish qiymati bilan inson kapitalini baholash usulini
qiyinligini aniqlagandi. Aniqi shuki ta’lim olish, yashash uchun kerakli xarajatlarni
aniqlash qiyin bo’lgani kabi, har bir kishining qobiliyatiga ko’ra foyda olishini
ham aniqlash og`ir. “Sevish, lazzatlanish, faxrlanish, bular moddiy boylik ishlab
chiqarishga uyg`un emas”.
8
XX asr boshida ta’lim iqtisodiyoti va chet el iqtisodiyot fani boshida
Garvard universiteti professori dj.R.Uolsh turardi. U birinchi bo’lib kasbiy ta’limni
AQSh milliy daromadiga ta’sirini hisoblab chiqdi. Bu jarayonda birinchi marta
“ishlab chiqarishning alternativ saqlaguvchisi” va “vaqtga nisbatan beag - ezgu
daromad – xarajat afzalligi” tushunchalari qo’llanildi. Bu tushunchalar hozirgi
zamon inson kapitali tushunchalari sifatida keng qo’llaniladi.
9
7
Корицкий А.В. Введение в теорию человеческого капитала., Сиб УПК, www.sibupk.nsk.su
8
Корицкий А.В. Введение в теорию человеческого капитала., Сиб УПК, www.sibupk.nsk.su
9
Блауг М Методология экономической науки, или Как экономисты объясняют. Пер. с англ. /
Науч. ред. и вступ. ст. B.C. Автономова. - М.: НП «Журнал Вопросы Экономики», 2004. с. 255-
258.
10
Dj.R.Uolsh oliy ta’limning iqtisodiy ahamiyati masalasi bilan qiziqdi.
Dj.R.Uolshning ta’lim iqtisodiyoti sohasidagi ishlari faqatgina o’sha davr uchun
novatorlik ishi bo’lib qolmay kelgusi tadqiqotlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Uolshning amaliy natijalari va nazariy ishlanmalaridan necha o’n yillar
o’tgandan keyin T.Shulst va G.Bekker inson kapitali nazariyasini yaratishda
foydalandilar.
30-40-yillardagi siyosiy jarayonlardagi keskinlik va ikkinchi jahon urushi
nazariy ishlar va ularga talabni orqaga surdi.
50-60-yillarga kelib inson kapitali nazariyasini shakllanishi uchun ob’ektiv
sharoit yuzaga keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin malakali kadrlar defistiti
(etishmasligi) sezilib mehnat sohasiga qiziqish ortadi. 60-yillargacha hatto
rivojlangan mamlakatlarga moddiy jamlanmaga nisbatan inson kapitalini jamlash
sohasida ma’lum darajada orqaga qolish sezildi.
Olimlar diqqat markazida sifat jihatidan yangi ishchi quvvatini vujudga
keltirish, malakali kadrlarni shakllantirish va jamlash muammosi turardi.
Ikkinchi shart-sharoit ilmiy-texnik inqilobning rivojlanishi bo’ldi. U jamiyat
ishlab chiqarish kuchlarida chuqur o’zgartirishlar kiritdi. Qaysikim iqtisodiyotda
inson shaxsi roli yuksaladi va ahamiyati oshadi. Aynan shu davrda barcha
rivojlangan mamlakatlarda o’rtacha ta’lim olish yili oshdi, ishchini kasbiy-
malakaviy tayyorlash iqtisodiy o’sishning eng asosiy faktorlaridan biri sifatida
baholash boshlandi.
Shuningdek innovastion axborot sohaning 50-60-yillarida tez o’sishini juda
keskin tashqi siyosiy vaziyat va yirik davlatlar o’rtasida ilmiy sohada birinchilik va
iqtisodiy jihatdan hukmdorlik uchun kurash ham taqozo etdi.
Rivojlangan ilg`or mamlakatlarda intellektual ishlab chiqarish kuchining
o’sishida ma’lum progress bo’ldi. Ijtimoiy progressning bosh yo’nalishi deb
insonni o’zini ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, iqtisodiy progressda
ishchi kuchidan foydalanishni samaradorligini oshirish mo’ljallandi. Bular fan,
ta’lim, sog`likni saqlash xizmat sohasi va dam olish intensiv o’sishini
rag`batlantirdi.
11
Aynan shu davrda g`arb iqtisodiyot fanida inson kapitali konstepstiyasi
vujudga keladi va amerikalik neoklassik olimlar “chikago maktabi”
namoyandalari: G.Bekker, B.Veyebrod, E.Denisson, Dj.Minster, I.Fisher,
M.Fridment, T.Shulst kabi iqtisodiy yo’nalishdan turli yillarda Nobel mukofoti
lauriyati bo’lganlarning ishlari chop etildi.
T.Shulst ishlarida tasvirlangan inson kapitali konstepstiyasi umumning
diqqatini o’ziga jalb etdi. U o’zining asarlarida inson kapitali konsepsiyasini
yaqindan yoritib berishga muvaffaq bo’ldi. G.Bekker bo’lsa inson kapitali
nazariyasini ishlab chiqdi. Uning ushbu nazariyasi o’sha davrda qisqa fursatda
shuhrat qozondi. Lekin ular ishini va yutuqlarini ularni tarbiyalagan ilmiy
maktabdan ayro tasavvur etib bo’lmaydi, ular bu maktab an’analarini davomchisi
edilar va shunday bo’lib qoldilar.
T.Shulstni inson kapitalini birinchi ochgan deb aytish mumkin emas, chunki
Dj.Minsterning 1958-yilda chop etgan maqolasidan inson kapitali nazariyasini
ko’rib chiqish boshlandi.
10
Bundan oldinroq inson kapitali tushunchasi 1976-yilda iqtisodiyot bo’yicha
Nobel mukofoti lauriyati bo’lgan M.Fridmenning pulning miqdoriy nazariyasi
bo’yicha ishlarida uchraydi. U inson kapitalini monetar traktovkasini taklif etdi va
uni inson tasarrufida bo’lgan mulkning bir qismi sifatida ta’rifladi.
11
T.Shulst va G.Bekkergacha bo’lgan ilmiy maktabdagi nazariy ishlanmalar
kelgusidagi inson kapitali nazariyasining metodologik fundamenti bo’lib xizmat
qildi.
Inson kapitali nazariyasining shakllanishida iqtisodiy o’sish qonuniyatlarini
tadqiqotlari muhim rol uynadi. G.Bekker shunday sharhlardi: “Asosiy
harakatlantiruvchi faktor shu narsa bo’ldikim, ko’pchilik mamlakatlarda jismoniy
kapitalni o’sishi daromadning nisbatan ko’rinmaydigan qismini tashkil etishini
10
Mincer J. Market Prices, Opportunity Costs, and Income Effects // Measurements in Economics /
Ed. by C.F. Christ et al. Stanford University Press, 1963.
11
Фридмен М. Количественная теория денег.- М.: Эльф-пресс, 1996. -
594с.
12
angladilar. Qoniqtiradigan tushunchalarni axtarish... texnik va progress va inson
kapitali kabilarga qiziqishni hosil qildi”
12
Shuning uchun iqtisodchilar boshda asosiy diqqat ob’ektlari iqtisodiy
o’sishga ta’limni ta’siri bo’ldi. Ta’lim, o’sishning vositali manbai sifatida
sharhlanardi.
“Chikago maktabi”ning markaziy nazariy qoidasi iqtisodiy fanda neoklassik
yo’nalishi sifatida iqtisodiy jarayonlarni individning maksimallashtiruvchi
tamoyillar asosida tushuntirishdir. “Chikago maktabi” konstepstiyasi taxmin
qiladiki, ta’lim, sog`liqni saqlash, migrastiya va faoliyatning boshqa shakllariga
xarajatlar rastional asosida o’ylab hisob-kitob qilib amalga oshiriladi. Keng
ma’noda inson kapitali insonga bilim olishi, sog`liqni saqlash, migrastiya baho va
daromadlar haqida axborotni izlashga ajratiladigan investistiya yo’li bilan
shakllanadi. Bunda asosiy e’tibor miqdoriy tahlilga berilgan.
Shunday qilib, inson kapitali nazariyasining shakllanishida XX asrning 60-
yillarida barcha zaruriy sub’ektiv va ob’ektiv shart-sharoitlar vujudga keldi.
Inson roli va uning bilimi va qobiliyatlari haqida qayta fikrlashga
chaqiruvchi zaruriy ob’ektiv shart-sharoitlar quyidagilar edi:
Jamiyat ishlab chiqarish kuchlari tarkibi va kombinastiyasida ob’ektiv
o’zgarishlar;
XX asr o’rtalaridagi ilmiy-texnik inqilob;
Fanni bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi;
Ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini intellektuallashuvi va
axborotlashuvi.
Inson kapitali nazariyasi shakllanishini sub’ektiv shart-sharoitlari
quyidagilardir:
Iqtisodiy nazariya va siyosiy iqtisodni ichki rivojlanishi;
12
Becker G. Human Capital and the Personal Distribution of Income: An Analytical Approach.
Woytinsky Lecture, N 1/ IPA., UM, 1967. p-1.
13
Ishlab chiqarish rivoji manbaini faqat moddiy sharhlashdan ishlab
chiqarish kuchlari progressi, ilmiy, aqliy intellekt va inson qobiliyati bunyodkorlik
g`oyalarini xarakterlashga o’tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |