O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Buxoro Davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakul’teti Iqtisodiyot kafedrasi



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/41
Sana03.07.2021
Hajmi0,92 Mb.
#108825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
inson kapitalining iqtisodiy tarbiya modeli

qobiliyatlarini  miqdoriy  va  sifatiy  baholash  va  iqtisod  taraqqiyotida  uni  o’rnini 

aniqlash  sohasida  birinchi  fundamental  tadqiqotlar  qilindi.  Ular  birinchilardan 

bo’lib  ta’lim,  malaka,  millat  sog`ligini  etakchi  rolini  ko’rib  bilganlar.  Bu 

masalalariga U.Petti, A.Smit, D.Rikardoning ishlari bag`ishlangan. 

Iqtisodiy  fikr  tarixida  birinchilardan  bo’lib  U.Petti  inson  qadr-qiymati 

haqida  aytgan.  O’zining  mashhur  asari  “Siyosiy  arifmetika”da  (1676  yil)  u  etarli 

darajada batafsil “hunarmand, moryak, soldat, insonlar qiymati...”ni analiz qilgan 

va  “har  bir  inson  qiymatini  hisoblash  metodi”ni  taklif  etgan,  unga  muvofiq 

“insonlarning  asosiy  massasi  xuddi  er  kabi  keltiradigan  yillik  daromadlarining 

yigirma marta ko’paytirgan darajasiga teng”.

2

 Shunga qaramay U.Petti insonga xos 



bo’lgan  alohida  ijobiy,  bunyodkor  qobiliyat  va  qimmatli  ko’nikmalarini  alohida 

ajratmagan. 

Adam Smit ta’limni yuqori iqtisodiy ahamiyatini ta’kid etib, uni mamlakat 

boyligini  oshiradigan  faktorlarga  kiritadi.  Hozirgi  nazariyalarda  Adam  Smit 

tomonidan  ilgari  surilgan  moddiy  kapitalni  qayta  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan 

inson  qobiliyati  o’rtasidagi  analogiyaga  oid  fikrlari  juda  muhimdir.  Adam  Smit 

aytadiki, “inson ma’lum kasb-hunar yoki ixtisoslikni o’rganish uchun katta mehnat 

                                                           

2

 Петти У. Экономические и статистические работы - М.: Соцекгиз, 1940. с. 154, 156, 171.  




 

va vaqt sarflab uni egallaydi. Uni qimmatli mashina bilan tenglashtirish mumkin”. 



Bu  mehnat  “unga  o’qishga  ketgan  xarajatlarini  qoplaydi,  ko’pincha  kapitaldek 

foyda keltirishi mumkin”. 

Bu  masalada  A.Smit  fikriga ingliz klassik  siyosiy  iqtisodiyoti namoyandasi 

bo’lgan  David  Rikardo  ham  qo’shiladi.  U  o’zining  “Nachala  politicheskoy 

ekonomii i nalogovogo oblojeniya” (Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning ibtidosi) 

kitobida  mamlakatlarning  iqtisodiy  taraqqiyotda  orqaga  qolish  sabablari  qatoriga 

“aholining barcha qatlamlarida savodlilikni etarli bo’lmaganini”

3

 kiritadi. 



K.Marks ta’kid etgankim, insonning jismoniy, aqliy va ijodiy bunyodkorlik 

quvvatlarining  oshishi  “jamiyatning  asosiy  ishlab  chiqaruvchi  kuchi”  sifatida 

namoyon bo’ladi. U “haqiqiy boylik”dir, boshqa moddiy boyliklar “ijtimoiy ishlab 

chiqarishning  o’tkinchi  lahzalari”dir.  Ayniqsa  inson  qobiliyatining  oshishini, 

asosiy kapitalni ishlab chiqarish sifatida qarash mumkin. Chunki bu asosiy kapital 

insonni o’zi hisoblanadi.

4

  

Shunday  qilib  mashhur  klassik  iqtisodiyotchilarning  asarlari  inson  kapitali 



nazariyasining metodologik asoslarini yaratdi. 

Barcha  iqtisodchi  klassiklar  tadqiqotlari  shunga  asoslanadikim,  insonning 

malakali  mehnati  kapitalistik  ishlab  chiqarishning  asosiy  harakatlantiruvchi 

faktoridir. Bunday inson mehnati unga sarflangan investistiyaga nisbatan ko’proq 

qiymatni vujudga keltiradi. 

Insonni  ta’lim  olish,  tajribalarni  egallash  va  malakali  bo’lishi  uchun 

sarflanadigan  xarajatlarning  investistion  tabiati  haqidagi  g`oya  moddiy  kapitalni 

ishlab  chiqarish  jarayoni  va  insonni  unumdor  qobiliyatlari  o’rtasida  analogiya 

o’tkazish uchun metodologik asosni tashkil etardi. 

Klassik iqtisodiy asarlardagi bu g`oyalar kapitalistik ishlab chiqarishda inson 

mehnati  roli  haqida  klassik  iqtisodiy  nazariyalarda  bazis-asosiy  g`oya  bo’ldi  va  u 

“o’z-o’zidan ma’lum haqiqat”, alohida o’rganishga arzimaydi deb qaraldi. 

                                                           

3

 Рикардо Д. Сочинения.- Т.1., М.: Госполитиздат, 1955. с. 89. 



4

 Маркс К. Капитал. Критика политической экономии / Маркс К., Энгельс Ф. Соч. 2-е изд., 

т.49. - М.: Политиздат, 1974. с. 182-183. 



 

XIX  asrning  mashhur  iqtisodchilari:  L.Valras,  G.Makleod,  N.Senior, 



D.Rikardoning ikkita asosiy shogirdlari Dj.Makkulox va Dj.S.Mill va shuningdek 

I.  fon  Tyunen,  A.Marshal  va  boshqalar  siyosiy  iqtisod  klassiklarining  g`oyalarini 

rivojlantirib,  iqtisodiy  fikrni  ma’lum  darajada  boyitdilar,  shu  qatorda  iqtisodiy 

nazariya  tarkibida  inson  o’rni  bilan  bog`liq  yangi  metodologik  konstepstiyalarni 

ham aytdilar: 

 



“Iqtisodiy inson” konstepstiyasi 

  Metodologik individualizm prinstipi tamoyili. 



deb nomlaydilar.

5

 



XIX  asr  klassik  tadqiqot  dasturlari  taraqqiyoti  va  rivojida  iqtisodchilarning 

kapitalning  tabiati  va  mohiyati  haqidagi  bahslari  muhim  davrni  egallaydi.  Ular 

moddiy  kapitalni  ishlab  chiqarish  faktori  sifatida  va  insonning  mehnat  qilish 


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish