22
Zeroki, patent bilan himoyalangan yangi mahsulot yaratilganda, unga “qaymoq
olish” strategiyasiga muvofiq yuqori narx o’rnatib bozorda sotiladi va o’xshash
eski tovarlarga nisbatan ko’proq daromad keltiradi. Yangi mahsulotning iste’mol
qiymati va nafliligi yuqori bo’lganligi sababli u bozorda qimmatroq sotiladi va
sotib olinadi.
I I.BOB. INSON KAPITALINING IQTISODIY TARBIYA MODELI
2.1.INSON KAPITALINING IQTISODIY TARBIYA MODELINING
TASHKILIY TUZILISHI
Individual inson kapitalini jamlash va shakllantirishda iqtisodiy tarbiyani
roli juda kattadir. Bu sohadagi mavjud fikrlarning monografik analizi ko’rsatadiki
olimlar inson kapitalini rivojlantirishning asosiy faktori sifatida ta’limni tahlil
etadilar, qaysikim uning tarkibiga tarbiyaning elementlari ham kiradi.
O.S.Ilyushenko fikriga ko’ra inson kapitali ta’limning ikki ta’rifiga tayanadi:
1. Ta’lim resurs sifatida (inson kapitalining o’zi).
2. Ta’lim sistema sifatida (unda jamlanish jarayoni boradi).
O.S.Ilyushenkoning bu fikridan ta’limga bo’lgan iqtisodiy va sostiologik
munosabatlar o’rtasida ko’prik tashlash mumkin. Iqtisodiy munosabat ta’limni
iqtisodiy o’sish manbai sifatida ko’rib chiqadi. Bunday ta’lim ishchi kuchining
sifatini oshiradi va mehnat unumdorligini ham oshirib iqtisodiy samaradorlikni
oshiradi. Inson kapitalining jamlanishi maktabdagi o’quv jarayonida asosiy bilim
va ko’nikmalarning shakllanishi bilan shuningdek maktabdan keyingi ma’lum
kasb-hunarni egallash maqsadida kasb-hunar doirasida amalga oshadi.
27
Ta’kidlash lozimki, “iqtisodiy ta’lim ko’pincha ilmiy mafkuraviy –
sistemalashgan nazariy qarashlarni, iqtisodiy tarbiya bo’lsa psixologiyani ya’ni
ishonch, mativ, ichki fikrlar qadriyatli yo’nalishlar va boshqalarni shakllantiradi”.
28
Shuning uchun “pedagonning vazifasi faqatgina ta’lim miqdoridagi iqtisodiy
27
Илющенко О. С. Образование – значимая составляющая человеческого капитала .
http://careerist.ru/Publications-obrazovanie---znachimaya-sostavlyayuschaya-chelovecheskogo--
984.html
28
Пономарев Л.Н., Попов В.Д., Чичканов В.П. Экономическая культура: сущность,
направления развития. - М.: Мысль, 1987.-269 с.
23
bilimni berishgina emas, balki juda zarurni bu bilimlardan to’g`ri foydalanishni
o’rganish, ya’ni iqtisodchini tarbiyalashdir”.
29
Yuqoridagi ayrim fikrlarni hisobga olib biz shuni tahlil etishni maqsadga
muvofiq deb hisoblaymizki “iqtisodiy tarbiya”ni individual inson kapitalini
jamlashni mustaqil manbai sifatida qarash kerak. Biz “inson kapitali rivojining
tarbiyaviy modelini” individ darajasida qurishni tavsiya etamiz. Biz tavsiya
etayotgan modelning ikki nazariyada ko’rish mumkin (2-rasm):
1. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi.
2. Inson kapitali nazariyasi.
Individual inson kapitali tarbiyasi tarkibini bizning fikrimizcha ikki nazariy
qoida asosida shakllantirish mumkin.
1.Inson kapitali nazariyasi qoidasi foyda manbaida inson xarakteristikasidagi
sifati o’zgarish sifatida.
2. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi qoida, qaysiki iqtisodiy jihatdan tarbiyalangan
insonni shakllantirish bilan bog`liq bo’lib, u shaxsning iqtisodiy jihatdan
ahamiyatli sifatlari bahosi bilan belgilanadi (tadbirkorlik, xo’jalikni tushunish,
tashkilotchilik, ishbilarmonlik, mehnatga ijodiy munosabat, tejamkorlik,
raqobatbardoshlik).
Bu sohada V.V.Novojilova tadqiqotlari diqqatga arzigulidir. U ilmiy
jamoatchilikka
“iqtisodiy tarbiyalar” degan tushunchani kiritgan. Bu
tushunchaning mohiyatli xarakteristikasi iqtisodiy tarbiyaning motivastion,
mazmunli professional komponentlarni echish. Shuningdek uning mezon va
darajasini baholash ko’rsatkichlarini ishlab chiqdi.
30
Iqtisodiy tarbiya va ta’limni turli komponentlarning o’zaro aloqadorligi
yagona tarbiyaviy yo’nalish asosida iqtisodiy tarbiyalangan shaxsni shakllantirish
jarayonining yaxshiligini ta’minlaydi; bilim va mahoratni egallaydi; tadbirkorlik
29
Рябинина Н.П. Педагогические условия экономического воспитания учащихся старших
классов. - Автореф. дисс. канд. пед. наук.- Челябинск, 1984.- 21 с.
30
Новожилова В. В. Экономическое воспитание старших школьников в современных
условиях (На примере многопрофильного лицея и школ) : Дис. ... канд. пед. наук : 13.00.01
: Москва, 2003 206 c. РГБ ОД, 61:03-13/1231-X
24
munosabatlarining tajribasi shakllanadi inson ijodiy qobiliyatining qadriyatli
yo’nalishlari rivojlanadi. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi va inson kapitalining
integrastiyasi natijasida iqtisodiy tarbiyalanganlik jarayoni inson kapitalini jamlash
manbaiga aylanishi mumkin. Bunga qo’shimcha shaxsning iqtisodiy ahamiyatga
ega sifatlari amaliyotda qo’llanishi va komerstiya sifatida sotilishi sharoitida inson
kapitalini ma’naviy axloqiy ko’rinishi shakllana boradi. Iqtisodiy tarbiya uchun
investistiyalarning oshishi natijasida shaxsning iqtisodiy tarbiyalanganlik darajasi
osha boradi. Bu esa oila daromadini ko’payishiga va aholi hayot sifatining
yaxshilanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: