II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O'QISH DARSLARIDA VAQT TUSHUNCHASIGA OID MATERIALLARNING BADIIY TAHLILI ...
2.1 Boshlang’ich sinf o‘qish darslarida vaqt tushunchasiga oid materiallar ustida ishlashning tarbiyaviy ahamiyati..................................
2.2 Boshlang’ich sinf o‘qish darslarida vaqt tushunchasiga oid materiallarni o'rgatishning usul, vosita va metodlari.................................
2-bob bo’yicha xulosa..................................................................................
III BOB. BOSHLANG’ICH SINFDA VAQT TUSHUNCHASIGA OID MATERIALLARNI O’RGATISHNING SAMARADORLIGI................
3.1 Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish......................................................
3.2 Tajriba sinov natijas..............................................................................
3-bob bo’yicha xulosa.................................................................................
Xulosa…………………………………………………………………….......
Adabiyotlar ro’yxati…………………………………………........................
Ilovalar…………………………………………………………………….....
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Istiqlol davrida ta’lim tizimiga alohida e’tibor berila boshlandi. Negaki, yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishuvida ta’limtarbiyaning o‘rni ulug‘. Yosh avlodni o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaatidan ustun qo‘ymaslik, har xil jirkanch yo‘llar bilan mol-dunyo, boylik orttirishga intilmaslik ruhida tarbiyalash pedagogika va bolalar adabiyotining muhim vazifalaridan biridir.
Boshlang‘ich ta‘lim esa bu jarayonda alohida o‘rin tutadi. Bolalarning har jihatdan komil bo‘lishida badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos. Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri ostida shakllanadi. Shu bois, o‘quvchilarni asriy urf-odatlar, tarixiy-milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning dunyoqarashlarini shakllantirish, insonlarga xos eng yaxshi xislatlarni singdirish kabi g‘oyalar, asosan, ular o‘qiydigan asarlarda jamuljam bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qish kitoblaridan aynan shu maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi bir qancha asarlar o‘rin olgan. Jahonda ta’lim shaxs kamolotini ta’minlovchi asosiy omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
YUNESKO tomonidan 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida “sifatli ta’lim ijodiy tafakkurni va bilimni rag‘batlantiradi, savodxonlik va hisob malakalari asoslarini, shuningdek, tahlil qilish, muammolarni hal qilish, fikrlash hamda boshqa shaxslararo va ijtimoiy munosabat ko‘nikmalarini yuqori darajada egallashni kafolatlaydi1”–deb qayd etilgan. Bu esa, umumiy o‘rta ta’lim tizimida ona tili ta’limining sifatini oshirish, o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, tanqidiy tafakkur, o‘zini-o‘zi baholash, tarixiy voqelikni anglash, o‘z faoliyatini tahlil qilish, ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish kabi dolzarb vazifa sifatida belgilaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga vaqt tushunchasining o‘rgatilishi esa o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga alohida ahamiyat kasb etadi.
1 Incheon Declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all (Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).
Xalqaro miqyosdagi pedagogik tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish jarayonlarini takomillashtirish strategiyalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish mexanizmlarini loyihalashtirish ta’lim samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Boshlang’ich sinf o`qish darslarini tashkil etishda zamonaviy talablarga javob beradigan usul va vositalardan unumli foydalanish, o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish muammolarini hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Vaqt tushunchasining ahamiyatini o‘rgatish orqali esa o‘quvchilarning ertangi kunga rejalashtirirshi kerak bo‘lgan ishlari haqida fikrlar rivojlanmoqda. Bu muammoga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz2” –degan da’vatlari ta’limning sifatiga va uning samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyoda umumiy o‘rta ta’lim maktablarda ta’limning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor berilib, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirishga katta e’tibor berilib, o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida o‘rin ajratilmoqda. Bunday yondashuv shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyasi talablari asosida o`qish darslarida ijodiy ishlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi o‘quv jarayonlarining samarali shakllari va usullarini joriy etish, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqotiga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish, nazorat qilish va boshqarish, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini
2 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent: O‘zbekiston, 2016. - 56 B.
loyihalash ko‘nikmalarni shakllantirish strategiyalarini takomillashtirishni talab qilmoqda. Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, xalqaro baholash dasturlari asosida o‘quvchilarda o‘qish, tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarda o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etish, o‘zini-o‘zi tahlil qilish asosida voqelikka ongli munosabatni qaror toptirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash3» masalalari ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirishda ona tili va o‘qish ta’limining o‘rni alohida ahamiyatga ega. Jumladan, o`qish darslarida vaqt tushunchasiga oid materiallarni(she'r, hikoya, matn, ertak) o‘rgatishni tashkil etish jarayonini samarali tashkil etish, nazorat qilish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbhunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son, 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan
3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-4947-сонли «2017-2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони // Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 й..6-сон, 70-модда.
vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Dissеrtatsiyani yozishda boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan «O‘qish kitobi» darsliklari, bolalar uchun chop etilgan asarlar, ertak kitoblar manba sifatida foydalanildi.
Tadqiqot maqsadi. Magistrlik dissertatsiyasida boshlang’ich sinf o`qish darslarida vaqt tushunchasiga oid materiallarni o'rgatishning samarador usullari, shakl va vositalari atroflicha yoritilishi asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |