Dilmurod Quronov hayoti va ijodi 6-3uzb 18-guruh talabasi Sayfulloyeva Dilbar Hayoti 1960 yilda Oʻsh viloyatida tugʻilgan. 1987 yilda Andijon Davlat tillar pedagogika institutini “Rus tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi” ixtisosi boʻyicha imtiyozli tamomlagan. Olim adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga bagʻishlangan ilmiy izlanishlari natijalariga koʻra Oʻzbekiston Milliy universitetida 1993 yili “Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanida xarakterlar psixologizmi” mavzusida nomzodlik va 1998 yili “Choʻlpon poyetikasi (nasriy asarlari asosida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1995 yilda dotsent, 2012 yilda professor unvonini olgan. Ilmiy faoliyati Dilmurod Quronov ilmiy faoliyati davomida 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 1 ta adabiyotshunoslikka oid lugʻat, 3 ta oʻquv qoʻllanma chop ettirgan. 3 ta amaliy loyihaga ilmiy rahbarlik qilgan. Respublika matbuotida 90 dan ziyod ilmiy maqola eʼlon qilgan. Dilmurod Quronovning oʻzbek Uning ilmiy rahbarligi va maslahatchiligida 1 ta fan nomzodi, filologiya fanlari boʻyicha 4 ta falsafa doktori va 1 ta fan doktori dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Hozirda uning ilmiy rahbarligida 3 ta falsafa doktorligi va ilmiy maslahatchiligida 1 ta fan doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. Shuningdek, filologiya sohasi boʻyicha Ilmiy kengashlar aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda. Olim Choʻlpon asarlarini nashrga tayyorlabDilmurod
Asarlari
Dilmurod Quronovning oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalariga bagʻishlangan “Ruhiy dunyo tahlili”, “Choʻlpon: hayoti va ijodiy merosi”, “Istiqlol dardi. Choʻlponning ijtimoiy-siyosiy qarashlari tadriji”, “Choʻlpon nasri poyetikasi”, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Gʻarb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari”, “Adabiyotshunoslik lugʻati”, “Adabiy jarayonda “Mom sindromi”, “Mutolaa va idrok mashqlari”, “Zavqimdan bir shingil”, “Talqin imkonlari”, “Adabiy oʻylar”, “Nazariy qaydlar”, “Adabiyot va b. haqida” nomli kitoblari chop etilgan. 2018 yilda “Adabiyot nazariyasi asoslari” nomli darsligi chop etilgan, mazkur darslik Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy oʻquv yurtlari filologiya fakultetlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan. Shuningdek, D. Quronov tarjimasidagi Ezop masallari alohida kitob holida uch qayta chop etilgan.
Ushbu darslik 2002-yilda Oliy ta’lim vazirligi qoshidagi Oliy o‘quv yurtlari aro Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan «Adabiyotshunoslikka kirish» darsligining to‘ldirilgan va tuzatilgan 4-nashridir. Darslikda nazariy masalalar bugungi o‘zbek adabiy-nazariy tafakkuri va xorijdagi ilmiy qarashlarni uyg‘unlashtirgan holda yoritilgan, material didaktik talablar va o‘quv dasturiga muvofiq tarzda, izchillik va ketma-ketlikda taqdim etilgan.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit.
Dilmurod Quronov tashabbusi bilan 2009 yilda “Ilmiy xabarnoma” jurnali tashkil qilingan. Olim hozirda mazkur jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.
Olim filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi, professor ilmiy unvoniga ega.
Dilmurod Quronovning ilmiy-ijodiy asarlari, fikrlari bilan quronov.uz saytida kengroq tanishishingiz mumkin.
"Ilmiy xabarnoma" jurnali asoschisi
Nazarimda, eng katta muammo – hozirgi adabiyotning oʻquvchini boy bergani. Albatta, buning turli-tuman sabablari bor: televideniye, internet rivoji, kitob nashri va savdosi tizimining izdan chiqqaniyu bozor sharoitiga rostmana moslasha olmayotgani… Unday desak, qirqqa kirmay qirqdan ziyod kitobi (kattagina tirajlarda!) chop etilgan adiblar, yiliga uch-toʻrttadan toʻplamini armugʻon etayotgan shoirlar ham bor-ku?! Endi kitob muqovalaridan viqor bilan boqib turgan shu adibu shoirlar yoniga “qirq yildan beri qalam surib kelaman, uyushma kitobimni chiqarib berarmikan”, “nashriyot hisobidan kitobimni chop etsangiz” mazmunidagi arizalari bilan turli idoralar ostonasiga behuda bosh urib yurganlarni qoʻyib boqing.
Mutaxassis sifatida oʻqishdan koʻra qayta oʻqish, diqqat bilan oʻqish kabi amallar bilan koʻproq band boʻlarkan odam. Shu jihatdan, masalan, Xurshid Doʻstmuhammad asarlarini bir sidra qayta oʻqidim, “Donishmand Sizif”ni ikki-uch qaytardim, desam boʻladi. Yozuvchining Gʻarb bilan ijodiy bahsi haqida bir nima yozmoqni niyat qilgandim, hali pishib yetmadi chogʻi, toʻkilmay turibdi. Soʻng vaqtlarda yana Ahmad Aʼzam asarlarini takror oʻqidim – ularni bir butun hodisa oʻlaroq anglashga harakat qilib koʻrdim. Luqmon Boʻrixonning “Quyosh hali botmagan” qissasi juda maʼqul kelib, shuning sabablarini qoralagim keldi, shu asnoda yozuvchining boshqa ayrim asarlarini ham qayta varaqladim – bu reja ham ortga surilib turibdi. I.Sultonning tasvirdagi oʻziga xos mahorati haqida yozmoqga niyatlanib, tahlilga jalb etilajak parchalarni belgilab, ayrim mulohazalarni qayd qilib ham qoʻyibman, bu ish ham unmay turibdi… Aytganlarimdan adabiy jarayonni izchil kuzata olmayotganim, soʻnggi vaqtda yaratilgan asarlarning koʻpini oʻqimaganim sezilib, xullas, orqada qolayotganim yaqqol koʻrinib turibdi. Albatta, kaminani tanqidchiga sanovchilar bu hol uchun yanishlari mumkin, “zimmasidagi vazifani bajarmayapti ekan”, deb. Holbuki, kamina tanqidchi emas, oliy oʻquv yurtida bir meʼyor oʻqituvchiligini qilib, sababi tirikchilik vajhidan yana ancha-muncha qoʻshimcha ishlarni ham boshini tutgan, shulardan oshingachgina adabiy jarayonga nazar tashlab, azbaroyi soʻzga muhabbati bois birda-yarim matbuotda tanqidiy maqolalari bilan aralashib turadigan odam, xolos. Sirasini aytganda, tanqidchi oʻlaroq ozmi-koʻpmi tanilganki odam boʻlsa, maqomi – shu. Shuni oʻylasam, tanqidchiligimizni tanqid qiluvchilarning zabtiga olganda “Bizda tanqid oʻlgan!” deya iddao qilishlari gʻalat koʻrinadi: oʻzi yoʻq narsa qanday oʻladi?!
Dilmurod Quronov bilan suhbat
Kitoblari
E'tiboringiz uchun rahmat!!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |