O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1.Qanday kasb bayramlarini bilasiz? 
2.Yurtimizda qaysi kasb bayramlari keng miqyosda nishonlanadi? 
3.Yana qaysi kasb bayramlari bo`lishini xohlaysiz? 
4.O`z kasbingiz haqida malumot bering. 
5.Mashaqqatli va sharafli kasb - sizningcha, qaysi kasb? 
GRAMMATIKA: MATN MAZMUNINING QISQACHA BAYONI 
(REZYUME), UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALINING 
XUSUSIYATLARI 
 
Reja:
1.Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume) haqida. 
2.Rezyumening tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari. 
3.Rezyume yozish tartib-qoidalari. 
Tayanch tushunchalar:
mazmun izchilligi, aniqlik, tarkibiy qismlar, soddalik va 
tushunarlilik, ixcham va sodda gaplar, kirish, asosiy qism, xulosa, malumot-axborot, 
tavsiflash, tariflash. 
Hozirgi paytda ko`plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqsa xalqaro korxonalar 
ishga topshirayotgan shaxslardan rezyume yuborishlarini talab qilishadi. Rezyume o`zi 
nima degani? Rezyume fransuzcha “Rezyume” so`zidan kelib chiqqan va sodda qilib 


180 
aytganda qisqacha izoh manosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson 
to`g`risida malumotni taqdim etadi, yani uning ismi, malumot darajasi, ish tajribasi, 
qiziqishlari va hokazo. 
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O`zbek tilida 
bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma'lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, 
lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar 
tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa 
maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha 
menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi. 
Rezumeda ish izlovchi shaxs to`g`risida qisqacha ma'lumot yoziladi. Ish beruvchi 
eng birinchilardan bo`lib aynan rezyumega e'tibor qaratadi. Yani ishga topshirgan 
insonni ko`rmasdan va bilmasdan turib rezyume orqali u bilan tanishadi. Shuning 
uchun, rezyume ishga topshiruvchi shaxs to`g`risida bexato, aniq va eng asosiysi 
topshirilayotgan ishga tegishli bo`lgan ma'lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi 
tuzilgan rezyume ishni qo`lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami 
hisoblanadi. Agar rezyumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi 
bosqichga o`tish imkoni bo`lmaydi! 
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 
1. Shaxsiy ma'lumot 
a. Ism-sharif (talab qilinadi) 
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi) 
c. Jins (majburiy emas) 
d. Millat (majburiy emas) 
e. Tug`ilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy) 
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o`tish. Misol: 6 yillik 
tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini 
mukammal biladi. 2008-yilda Biznesni boshqarish yo`nalishi bo`yicha 
Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega. 
3. Ma'lumot 
a. Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o`qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o`quv 
yurtining nomi, manzili (shart). 
b. Topshirilayotgan ishga taalluqli fanlar nomi va soati (shart emas). 


181 
c. Agar a'lo darajada bitirgan bo`lsa, shuni ham bildirib o`tish kerak. Misol: 2006-
2008 Magistratura, Biznesni Boshqarish. O`zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent 
shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko`chasi. www.nuu.uz. 
Taalluqli fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat); Markoiqtisodiyot (25 soat) 
4.Tajriba 
a. Ishlagan sana, lavozim, tashkilot nomi, manzili, qisqacha vazifalari va yutuqlari 
b. Eng oxirgi ish joyidan boshlab yoziladi 
5. Qo`shimcha ma'lumotlar: 
a. Xorijiy tillar 
b. Kompyuter darturlari to`g`risida bilimlar 
c. Yutuqlar (sport bo`yicha, stipendiyalar va boshqa muhim yutuqlar) 
d. Qo`shimcha treninglar va kurslar 
e. Tajriba orttitirsh (stajorlik) paytlari 
f. Qiziqishlar 
g. Ilmiy maqolalar 
h. Konferensiyalardagi ma'ruzalar 
Maslahatlar: 
· Rezyume iloji boricha bir varoqdan oshmasligi kerak. 
· Har bir ishga topshirganda alohida rezyume yozish maslahat beriladi. Rezyumeda 
asosan topshirilayotgan ishga taaluqli ma'lumotni kiritish kerak. Buning uchun 
topshirayotgan ishingiz bayonotini yaxshilab o`rganib chiqing va tashkilotni o`zini ham 
o`rganishga harakat qiling. 
· Tug`ilgan yili, jinsi va millatini yozish shaxsning o`ziga bog`liq. Ba'zida ish beruvchi 
tomonidan shu ma'lumotlar asosida farqlash va diskriminatsiya qilish hollari ham 
uchragan, shuning uchun ko`plab tashkilotlar bunday ma'lumotni majburiy 
ko`rmaydilar. 
· Bazilar rezyumega o`z rasmlarini ham qo`shadilar. Rasm qo`shish ixtiyoriy. 
· Agar shaxsiy veb-saytingiz bo`lsa, uni ham qo`shing. Ba'zi mutaxassislar, ayniqsa 
dizayner va rassomlar, o`zlarining ishlarini ko`rsatish maqsadida tashqi saytda 
joylashgan manzillarni qo`shishlari ham mumkin. 
· Agar ishga topshiruvchi hozirda talaba bo`lsa, unda kutilayotga bitirish sanasini 
ko`rsatish kerak. 
· Agar talabalik davrida biror qo`shimcha tajriba orttirilgan bo`lsa, shuni ham yozib 
o`tish tavsiya etiladi. Masalan: universitet qoshidagi gazetaga muharrirlik qilgan 
yoki “Yosh lider” talabalar tashabbusini boshqargan. Ishga topshiruvchining 


182 
tajribasi uncha ko`p bo`lmasa shu kabi ishlarni ham Ish Tajribasi bo`limida sanab 
o`tish mumkin. 
· O`rta maktab ta'limi to`g`risidagi ma'lumot ham bazida so`ralishi mumkin. Shunda 
o`qigan yillari, maktab nomi va yoki soni va manzili yozilishi kerak. 
· Agar shaxsning tajribasi ko`p bo`lsa va ko`p joyda ishlagan bo`lsa oxirgi 5 yillik 
yoki oxirgi 5 ta ish joyini to`liq ko`rsatib o`tib, qolganlarini qisqacha sanab o`tsa 
ham bo`ladi. 
· Tajribani yozganda topshirilayotgan ishga taaluqli vazifa va funksiyalarni sanab 
o`tish ma'qul. Agar imkoniyat bo`lsa, aniq ma'lumot berib o`tgan yaxshi. Masalan, 
seminar-trening mutaxassisi lavozimiga ishga topshirayotgan bo`lsangiz unda oldin 
qanday mavzudagi treninglarni tashkil qilganingiz, trening kimlar uchun va qanday 
tashkil qilinganligi to`g`risida yozsangiz shu kabi ma'lumot ishga oluvchi uchun 
muhimroq bo`ladi. 
Rezyume namunasi: 
Alloma Kamalova 
Toshkent sh., Firdavs mavzesi, Shahrisabz ko`chasi 7-uy. 
Tel: +998902220000;  Alloma.kamalova@mail.uz 
Qisqacha mazmun: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. 
Ingliz va rus tillarini mukammal bilaman. 2008 yilda Biznesni boshqarish 
yo`nalishi bo`yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga 
egaman. 
Malumot:
2006-2008 Magistr, Biznesni boshqarish. O`zbekiston Milliy Universiteti. 
Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko`chasi. www.nuu.uz. 
Fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat) Makroiqtisodiyot (25 soat) 
2002-2006 Bakalavr, Menejment. Farg`ona Politexnika Instituti. Farg`ona 
shahri, Farg`ona ko`chasi 86-uy. www.ferpi.uz 
Ish tajribasi: 
25.01.2011 — 10.02.2014 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko`nikmalarini 
rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol yoshlar”, Toshkent sh., Shaxrisabz ko`chasi 
1-uy. Tel: 267-00-00 
· Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; 
trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayyorlash; ishtirokchilarni taklif 
qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini 


183 
yozish. 
· BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o`tkazilgan “Yoshlarni ish bilan 
taminlash muammolari” mavzusi bo`yicha izlanishlarni olib borishda va yakuniy 
hisobotini yozishda ko`maklashganman. 
· Loyihaning chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo`yicha prezentatsiyalar 
berish. 
01.06.2008 — 28.12.2011 Dastur yordamchisi, Mahalliy rivojlanish markazi, 
Toshkent sh., Navoiy ko`chasi 165-uy, Toshkent. Tel: 237-90-00 
·Farg`ona, Namangan va Andijon viloyatlarida mahalliy tadbirlarni tashkil 
qilishda yordam berish: tarqatma materiallarni tayyorlash; treninglar uchun 
o`quv zallarini tayyorlash; 
· Tadbirlar va yangi loyihalar uchun yoshlarning ijtimoiy ehtiyojlari to`g`risida 
axborot yig`ish va kichik izlanishlar olib borish; 
· Uchrashuvlarning hisobotini yozib borish. 
Xorijiy tillar: Ingliz va rus tillarida to`liq yozish, o`qish va muloqot qila olish. 
Kompyuter dasturlari: Windows 7; Microsoft Office 2008 (Power Point, Word, 
Excel); Internet 
Qo`shimcha kurslar: 2011, Toshkent menejment markazi tomonidan tashkil 
qilingan 6-haftalik “Loyiha tuzish va boshqarish kursi”ni muvaffaqiyatli 
tamomlaganman. 
Yutuqlar: 2008, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi 
sohibasi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish