O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1.Sizningcha, yetuk mutaxassis va mutaxassis orasida qanday farq bor? 
2.Yetuk mutaxassis bo`lish uchun nimalarga e'tibor bermoq lozim? 
3.O`zbekistonda qaysi sohalarda yetuk mutaxassislar juda zarur deb hisoblaysiz? 
4.Siz kelajakda qanday mutaxassis bo`lmoqchisiz? 
GRAMMATIKA: MATN TAHLILI VA TAHRIRI 
Reja: 
1.Matn tahlili uchun muhim omillar. 
2.Matn tahririning asosiy xususiyatlari. 
3.Badiiy matnni tahlil va tahrir qilish. 
4.Ilmiy matnni tahlil va tahrir qilish. 
Tayanch tushunchalar:
matn, tahlil, tahrir, ilmiy matn, badiiy matn, fakt, dalil, 
ishonchli dalil, ishonchsiz dalil, tasdiqlash, inkor etish, kuzatish, ijobiy va salbiy 
xususiyat, isbotlash. 
Mavzu bo`yicha jamlangan faktlar mohiyat e'tibori bilan har xil bo`ladi. Ularni
zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qo`shimcha) fakt, mavzu qamrovi va
hajmiga ko`ra katta yoki kichik, o`rniga ko`ra birlamchi yoki ikkilamchi, maqsadiga
ko`ra asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki ishonchsiz, vazifasiga ko`ra 
tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga ko`ra o`tkinchi yoki davomli, mohiyatiga 
ko`ra aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga ko`ra umumiy yoki xususiy, ahamiyatiga
ko`ra ijobiy yoki salbiy, munosabatiga ko`ra xolis yoki noxolis faktlarga bo`lish
mumkin. Faktlar doimo haqiqatni isbotlashga xizmat qilgan. To`plangan faktlarning
ayrimlari bir-birini to`ldirishga xizmat qilsa, ayrimlari bir-birini inkor ham etadi.
Asosiy fakt bu natija demakdir. Har qanday natija sababning oqibati, hosilasi.
Faktlar doimo biror haqiqatni isbotlashga xizmat qiladi. Faktlar ichidan eng 
zaruriysini ajratib olish kerak. Asosiy faktik materialga daxldor bo`lgan qo`shimcha,
yordamchi faktlarni to plash ham yangiliklar yozish jarayonigacha bo`lgan muhim 
bosqichni tashkil etadi.
Yangi fakt hodisani yoritishda quyidagilarga e'tibor qilinadi: Fakt jamlashda,
avvalo, voqeaning o`ziga tegishli bo`lgan dalillarga tayaniladi. So`ng o`sha voqeani 
ko`rgan, bilgan yoki eshitganlarning fikrlariga tayaniladi. Birinchidan, qalamga 
olinayotgan faktning muhim va dolzarbligini belgilash maqsadida uni shunga
o`xshash faktlar orasidagi o`rnini aniqlash lozim. Ikkinchidan, unga beriladigan
iqtisodiy, geografik va tarixiy tarif ham faktning mohiyatini atroflicha, to`laroq


174 
ochishga xizmat qiladi. Uchinchidan, o`zaro taqqoslash maqsadida statistik jihatdan
raqamlar ko`rsatkichi bilan izoh berilishi ham maqsadga muvofiq bo`ladi. 
To`rtinchidan, ana shu faktga daxldor bo`lgan soha mutaxassislarining fikrini keltirish
orqali o`z munosabatini bildirishi ham ayni muddaodir. Matn tuzuvchi ushbu ikki 
manbaga tayanishi zarur: To`plangan barcha faktlar yangilik sifatida qog`ozga
tushmasligi mum kin. To`plangan faktlarning ahamiyatlisini ajratib olish lozim. 
Matn tuzuvchi mavzu mohiyatiga mos holda faktlarni yig`adi, saralaydi, tanlaydi,
ajratadi, umumlashtiradi, belgilaydi. Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd 
etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, rasmiymi, badiiymi — bundan qatiу nazar,
mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. Izchillik ana shu qoidaning birinchi
talabidir. Matnda har bir so`z, har bir gap va abzatslar o`rtasida mantiqiy
bog`lanish va izchillik bo`lishi lozim. Agar shunday bo`lmasa, matnni tushunish 
qiyin bo ladi. 
To`plashda amal qilinishi zarur bo`lgan holatlar faktik materiallar bilan bog`liq.
Raqamlar, turli nomlar, iqtiboslar, geografik atamalar aniqlik bilan qayd etilishi zarur. 
1. Hukumat qarorlari. Chunki bunda barcha yo`nalishlar, tendensiyalar, iqtisod, fan, 
texnika, madaniyat bo`yicha rejalar barcha-barchaga belgilangan bo`ladi.
2. Qaysi soha, qaysi yo`nalish bo`yicha matn tayyorlash zarur bo`lsa, shu soha vakillari, 
mutaxassislari bilan suhbatlashish, sohaga doir adabiyotlar bilan tanishib chiqish. 
Qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-biriga zid bo`lsa ham, ular
o`rtasida mantiqiy uzilish yo`q. Chunki bozorda mahsulotlarning ko`pligi ularning
arzonlashishga sabab bo`lsa-da, ammo mahsulotning xorijdan keltirilganligi, sifati, 
foyda va xaridorlarning talabi ularning arzonlashishiga asos bo`la olmaydi. Tavsifiy
matnlarda shaxs, narsa, voqea-hodisaning muhim belgilari aniq malumotlar, 
sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki narsa-voqeani
xolisona baholash muhim hisoblanadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni
ifodalovchi sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik-grammatik 
vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish