O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
16. http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
17. http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
18. http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
30-MAVZU: SHARQ AKADEMIYASI
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini 
izohlash. Matnni ijodiy so`zlash. 
Yozma nutq: 
Sharq akademiyasi haqida esse yozish.


186 
Grammatika:
Dialogik matnning ma'no munosabatiga ko`ra turlari. 
Reja: 
1.Akademiya tushunchasi nimani anglatadi? 
2.Sharqda barpo etilgan ilk akademiya tarixi. 
3.Sharqda mavjud akademiyalar haqida ma'lumot. 
Tayanch tushunchalar:
Akademiya, Ma'mun akademiyasi, "Bayt ul-hikmat", 
Ulug`bek akademiyasi, madaniyat, madaniyat taraqqiyoti, yozuvchi, me'mor, fanlar 
akademiyasi 
Akademiya (yun. — Akademos — afsonaviy qahramon Akadem nomidan) —
ko`pgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, o`quv yurtlarining nomi. Mil. av. 4- asrda 
Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi, Afina yaqinidagi joy ham uning 
nomi bilan atalgan. Sharq mamlakatlarida Akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar 
8-9-asrlarda tarkib topa boshlagan.
Xususan, arab xalifaligida Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786-809)da "Bayt 
ul-hikmat" ("Hikmat xonasi")ga asos solinib, xalifa Ma'mun hukmronligi davri (813—
833)da "Bayt ul-hikmat"ning faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta 
kutubxonasi bo`lgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Farg`oniy 
253 shu yerda ishlagan). Mashhur olim va shoir Ibn Hamdon (935 y. v. e.) Mosul 
shahrida kutubxonali "Dor ul-ilm" ("Ilm uyi") ochgan va bu joy ilmga intilganlarning 
kirishi uchun bemalol bo`lgan. Bundaylar Bag`dodda, shuningdek Misrda ham 
ochilgan. 1010-yilda Urganchda Ma'mun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon 
Beruniy shu A.ning rahbari bo`lgan (bu A. doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu 
Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va boshqa ish olib borishgan). Amir Temur 
tomonidan Samarqandda to`plangan olim, yozuvchi va me'morlar 15- asr fani va 
madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo`shganlar. Ulug`bek madrasasi va 
rasadxonasi ham o`z davrining akademiyasidir (qarang Ulug`bek akademiyasi); bu A. 
Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk 
matematik hamda astronomlarni birlashtirgan. 15-asrning 2-yarmida ilmiy va madaniy 
markazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va 
boshqalardan tarkib topgan o`ziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot 
miniatyura maktabi o`rta asr Sharqida davlat tomonidan tasis etilgan birinchi badiiy 
akademiya deb hisoblash mumkin (Behzod shu Akademiyaning eng yirik vakilidir). 
15—16-asrlarda Yevropada (Italiyada) turli ilmiy jamiyatlar Akademiya deb atala 


187 
boshlagan; ularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar yo`nalishida bo`lgan. 17-asrlarda bir 
qancha ilmiy jamiyatlar — Akademiyalar tuzilib, ular asosan tabiatshunoslik masalalari 
bilan shug`ullangan. 17-asrning 2- yarmidan davlat hokimiyati yordami bilan bir qancha 
mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi Akademiyalar tuzildi; masalan, 
Londondagi Qirollik jamiyati (1660), Parij FA (1666), Berlindagi Prussiya FA (1700), 
Peterburg FA (1724). Hozirgi vaqtda kompleks turdagi FA yoki ularga o`xshash 
muassasalar ko`p mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning ko`plarida fan yoki 
madaniyatning biror tarmog`ini qamragan soha Akademiyalari ham mavjud. 
O`zbekistonda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning oliy ilmiy 
tashkiloti hisoblanadi; O`zbekistonda O`zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi 
ham mavjud. O`zbekiston va ba'zi mamlakatlardagi ayrim oliy o`quv yurtlari ham 
Akademiya deb ataladi (mas, O`zR Qurolli Kuchlarining Harbiy Akademiyasi, O`zR 
Ichki ishlar vazirligi A.si, Rossiyadagi K. A. Timiryazev nomidagi Moskva Qishloq 
xo`jalik A.si). Shuningdek respublikamizda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi 
ham faoliyat yuritadi. Mamlakatlar FA haqida shu mamlakat FA haqidagi alohida 
maqolalarga qaramas, Avstriya Fanlar akademiyasi, Ukraina Fanlar akademiyasi. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish