Kirish Bugun xalqaro hayot kishilik taraqiyoti shunday bosqichga kirganki endi unda harbiy qudrat emas balki intelektual salohiyat aql-idrok, fikrlar texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega[1,2]. A.Temur bobomizning “Kuch adolatda” degan mashhur ta’biri bugungi kunga nisbatan qo’llab aytadigan bo’lsak unga qo’shimcha qilib “Kuch bilim va tafakurda” degan bo’lardim deydi prezidentimiz. I.A.Karimov.
Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish haqida davlatimiz Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov fikrlarini keltiramiz. Ma’lumki ota- bobomiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani misol kamoloti va millati ravnaqini eng asosiy sharti va qarori deb bilgan. “Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir” Albatta ta’lim- tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydi. Eng muhim omildir. Binobarin ta’lim- tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki rasmiy yondashuvlarga puxta o’ylamagan ishlarga mutloqo yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Maktab ta’lim- tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan, shu bilan birga bu jamoatchilik butun xalqimizning ishtiroki va elektromagnit maydon tenzorlari qo’llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. Shuni unutmasligimiz kerakki kelajagimiz poydevori bilim xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizni bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. Buning uchun har qaysi ota-ona ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatga ega bo’lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak.
Makro va mikro ob’ektlarning optik va energetik kattaliklarini o’rganishda elektromagnit maydon ta’sirlarini, ularning o’zgarishlari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borish bilan rejalashtirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ishning dolzarbligi: Maydonlarni tafsiflovchi asosiy kattaliklarni almashtirish qonunlari va ulardagi o’zgarishlar ilm va fan sohalari uchun muhim masala hisoblanadi. Elektromagnit kuchlanganliklari va harakat bilan bog’liq mamentlarning xususiyatlarini umumlashtruvchi tenzorlar amali oxirgi yillardagi tatqiqotlarda keng ishlatilmoqda.
Ishning maqsadi : Malakaviy bitiruv ishda ko’p komponentali maydon vektor kattaliklarini va ularni orasidagi munosabatlarni qonuniyatlar asosida o’rganish maqsad qilib qo’yildi. Shuningdek adabiyotlardan foydalanib maydonlarning fizik xossalarini tadqiq qilish rejalashtirildi.
Ilmiy yangilik: To’rt o’lchovli vektorlar bilan xarakterlanuvchi radius vektori va maydon kuchlanganliklari almashtirish qonunlari tenzor amallarida tahlil qilindi. Umumlashgan kordinatalarda harakat tafsifi tenglamasida impuls mamenti tashkil etuvchilarining Puasson qavuslari hisoblanib ularni tenzor ko’rinishlariga umumlashtrilishi o’rganildi.
Malakaviy ishimning birinchi bobida fizika va matematikada qo’llaniladigan tenzorlar va ularning xususiyatlari o’rganildi. Shuningdek fizikaviy jarayonlarda qo’llaniladigan tenzor kattaliklar nazariy o’rganildi.
Malakaviy bitiruv ishining ikkinchi bobida elektromagnit maydon tavsiflari vektorlar algebrasi qoidalari asosida nazariy tenglamalardan ko’rib chiqildi. . Elektromagnit maydon potensiallari va elektromagnit maydon tenzorlari tadqiqot qilindi. To’rt komponentali vektorlar va ularning invariant munosabatlari umumiy almashtrish qonuniyatlari o’rganildi.
Ishning tadqiqot ob’ekti va predmeti: Umumlashgan kordinatalarda vektor kattaliklar, tenzorlar va ularning aniqlashlari.
Ishning tadqiqot uslubi va uslubiyoti: adabiyotlardan, ilmiy manbalardan va nazariy isoblashlar bilan o’rganish va xulosalar qilish. Mamentlarga olib keladigan fizikaviy kattaliklarni tashkil etuvchilari munosabatlaridan o’rganish.
Ishning olingan asosiy natijalari: Elektromagnit maydon potensiallari va elektromagnit maydon tenzorlari tadqiqot qilindi, to’rt komponentali vektorlar va ularning invariant munosabatlari umumiy almashtrish qonuniyatlari tadqiqot qilindi. Umumlashgan kordinatalarda harakat tafsifi tenglamasida impuls mamenti tashkil etuvchilarining Puasson qavuslari hisoblanib ularni tenzor ko’rinishlariga umumlashtrilishi tushuntirildi.
Ishning hajmi va tuzilishi:Bajarilgan malakaiy bitiruv ishi oltita paragrafni o’z ichiga olgan, ikkita bobdan va qilingan xulosalardan iborat. Ishda o’rganilishi e’tiborga olingan fizikaviy hodisalar, jarayonlar va hisoblangan natijalarning tushunarli ravishda ifodalash uchun oltita chizma va uchta jadval berildi. Ishga qo’yilgan maqsadga erishish uchun to’plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.
Qisqacha mazmun va ilmiy tavsiloti:. Elektromagnit maydonni xarakterlovchi kuchlanganliklar fizikaviy hodisalarni ifodalovchi tenzorlar to’g’risida ma’lumotlar yig’ilib nazariy va amaliy o’rganildi.