Teorema: Agar f va g harakat integrali bo’lsa, ularning Puasson qavsi ham harakat integrali bo’ladi.Bazi bir hollarda Puasson qavslarini eslab qolish uchun oson bo’lgan determinant ko’rinishida ifoda qilib olish maxsadga muvofiqdir:
(2.2.32)
Impuls momentining komponentalari orasidagi Puasson qavslarini topamiz.
Puasson teoremasi bo’yicha ikki harakat integralining Puasson qavsi yana harakat integrali bo’lishi kerak edi.Yuqoridagi hisoblar bo’yicha agar va harakat integrallari bo’lsa ham harakat integrali bo’lishi kerak . Bu uchala formulani birlik antisimmetrik tenzor orqali bitta formula ko’rinishida yozib olish mumkin:
.
II bobning xulosasi. O’xshash biror sanoq sistemada maydon toza magnitbo‘lsa, sistemalarda magnit maydon bilan bir qatorda elektr maydonham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun fizik reallikni elektr yoki magnitmaydonga tegishli deyishning ma’nosi yo‘q. Fizik reallik 4-tenzor bilan aniqlanadi.
Almashtirish formulalaridan muhim xulosa kelib chiqadi. Agar birorta sanoq sistemada maydon toza elektr (magnit) bo’lsa, boshqa barcha sanoq sistemalarida elektr va magnit maydon o’zaro perpendikulyar bo’ladi.
Elektr va magnit kuchlanganliklari antisimmetrik 4-tenzor bilan aniqlanganligiuchun ulardan bir inersial sanoq sistemadan ikkinchisiga o‘tganda Lorentz almashtirishlariga nisbatan invariant bo‘lgan kattaliklarni hosil qilish mumkin.
Xotima Maydonlarni almashtirish tenzorini o’rganish o’rganish mavzusidagi malakaviy bitiruv ishini bajarishda quyidagi xulosalar qilishim mumkin.
Elektromagnit maydon potensiallari va elektromagnit maydon tenzorlarni to’rt komponentali vektorlar va ularning invariant munosabatlari umumiy almashtrish qonuniyatlarni tushuntirish uchun yetarli ma’lumotlar to’plandi.
Bir jinsli magnit maydonda sistema impulsining mexanik momentimaydon yo’nalishida burchak tezlik bilan aylanadi. Bunda uzining absolyut qiymati va maydon yo’nalishi bilan hosil qilgan burchagini saqlab qoladi.
O’xshash biror sanoq sistemada maydon toza magnit bo‘lsa, sistemalarda magnit maydon bilan bir qatorda elektr maydonham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun fizik reallikni elektr yoki magnit maydonga tegishli deyishning ma’nosi yo‘q. Fizik reallik 4-tenzor bilan aniqlanadi.
Almashtirish formulalaridan muhim xulosa kelib chiqadi. Agar birorta sanoq sistemada maydon toza elektr (magnit) bo’lsa, boshqa barcha sanoq sistemalarida elektr va magnit maydon o’zaro perpendikulyar bo’ladi
Malakaviy bitiruv ishi uchun rejalashtirilgan ishlarini nihoyasiga etkazdim deb o’ylayman.