Kutilayotgan ilmiy yangiliklar va natijalar: agar, «Harbiy tayyorgarlik»jarayonining taktik tayyorgarligi bo’limi, jarayonida bo’lajak harbiy-pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish va rivojlantirishda:
-«Harbiy tayyorgarlik»jarayonining taktik tayyorgarligi bo’limida zamonaviy ta’lim metodlarinijoriy etish shart-sharoitlari shakllantirilishi;
-texnik tayyorgarligi bo’limida zamonaviy ta’lim metodlarining tizimlashtiruvchi xususiyatlar mazmunini ishlab chiqilishi;
-texnik tayyorgarligi bo’limi bo’yicha amaliy mashg’ulotlarning elektron o’quv-metodik majmuasi;
- texnik tayyorgarligi bo’limi kursini yangi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, o’qitish jarayonida talabalarning amaliy o’quv faoliyatlarini rivojlantirishning tashkiliy asoslari ishlab chiqiladi:
- texnik tayyorgarligi bo’limi kursini o’rgatish jarayonida talabalarning amaliy o’quv faoliyatini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim metodlarini qo’llashning metodik asoslari xamda o’qitish shakllari yaratiladi:
- texnik tayyorgarligi bo’limi kursining amaliy mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyalariga oid metodik ko’rsatmalar, hamda uni dastur bilan ta’minlash tasnifi tizilma xamda mazmuni tayyorlanadi:
- texnik tayyorgarligi bo’limining amaliy mashg’ulotlarida talabchanlikni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari belgilanadi va tajriba sinovda ko’riladi.
I-BOB.BTR-80 jangovar va texnik tavsiflari, jangovar xossalari.
BTR-80 kompanovkasi va umumiy tuzilishi.
I.1BTR-80 jangovar va texnik tavsiflari.
Oliy ta`lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan harbiy ta`lim fanlari yordamida talabalar ijtimoiy munosabatlar mazmuni, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va qabohat, olijanoblik va qabihlik kabi holatlarning mohiyatidan xabardor bo’ladilar, ularda jamiyatda sodir etilayotgan voqea yoki hodisalarga nisbatan munosabat qaror topadi. Ana shu munosabat negizida talabaning dunyoqarashi, hayotiy pozitsiyasi va maqsadi aks etadi.
O‘rganilayotgan mashinalar jangovar va texnik ko‘rsatkichlari, jangovar xususiyatlari, BTR qurilishi va umumiy tuzilishi, ekipaj va desantni joylashtirish.BTR - 80 bronyani (himoyalash qoplami)(po‘lat qoplami) korpusi va minorasi umumiy tuzilishi, ularning himoyalanish xususiyatlari. Lyuklary, korpuslari va minoralari hamda ulardan foydalanish qoidalari.Korpusning to‘ldirish, to‘kish lyuklary va probkalari qopqoqlari, kuvvat qurilmasi, transmissiyasi. Harakatlanish qismini ishlaish mexanizmlari, elektr uskunalari va maxsus uskunalari vazifasi, joylashishi. Asosiy texnik ko‘rsatkichlari, umumiy tuzilishi va ishlash usuli, quvvat olish, moylash va sovutish tizimlarini tuldirilishini tekshirish.Asosiy tuldirish ko‘rsatichlari.Boshqaruv organlari joylashishi, ularning vazifasi va ulardan foydalanish qoidalari. Asosiy nazorat o‘lchov asboblari joylashishi va ulardan foydalanish.
Zirhli transporter BTR-80 jangovar mashinasi g‘ildirakli, suvda suzuvchi, qurollarga, zirhli himoyaga ega bo‘lib u yuqori harakatlanuvchan va quruqlikdagi qo‘shinlarning motoo‘qchilar bo‘linmalarida qo‘llanilishi uchun mo‘ljallangan.
Zirhli transporter BTR-80 to‘rt o‘qli, sakkiz etaklovchi g‘ildirakli, tanklar orqasidan yurish, o‘ra, handak va suv to‘siqlaridan o‘ta oladigan qobilyatga ega.
Zirhli transporterBTR-80da bo‘linmani joylashtirish uchun: bo‘linma komandiri (mashina komandiri), mexanik-haydovchi, yo‘naltiruvchi va ettita motoo‘qchi uchun o‘rindiqlar o‘rnatilgan.
Zirhli transportyor BTR-80 minorasida 14,5mm va 7,62 mm pulemyotlardan tashkil topgan pulemyot moslamasi o‘rnatilgan. Qobig‘da avtomatlardan o‘q uzish uchun maxsus sharli suyangichlar bilan jixozlangan tuynukchalar xamda jangovar bo‘lim yuqori lyuklar qopqog‘i tuynukchalari mavjud.
Mashinada hisobni, desantni va har xil qurilmalarni yadroviy qurollarning to‘lqin zarbasi va radiatsiyasidan, kimyoviy va biologik qurollardan, radiaktiv zaharlangan joylarda harakatlanayotganda radiaktiv changlardan himoya qilish vazafisini bajaruvchi qurilmalar qo‘llangan.
Niqoblash maqsadida tutunli granatalarni uloqtiruvchi moslama o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |