t/r
|
Bosqichlar
|
Bajarishmuddati
|
Ijrosi
|
|
Bitiruv malakaviy ishning mundarijasini yaratish.
|
sentyabr
|
|
|
Bitiruv malakaviy ish mavzusiga doir adabiyotlar tahlili.
|
oktyabr
|
|
|
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismini yaratish.
|
noyabr
|
|
|
Bitiruv malakaviy ishning I-bobini yakunlash.
|
dekabr
|
|
|
Bitiruv malakaviy ishning II-bobini materiallar yig‘ish.
|
yanvar
|
|
|
Bitiruv malakaviy ishning II-bobini yakunlash va tajriba-sinov o‘tkazish.
|
fevral
|
|
|
Bitiruv malakaviy ishini yakunlash va ichki ximoyaga taqdim qilish.
|
mart
|
|
|
Bitiruv malakaviy ishini ximoyaga tayyorlash.
|
aprel
|
|
|
Bitiruv malakaviy ishini yakunlash va ichki ximoyaga taqdim qilish.
|
may
|
|
|
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish.
|
iyun
|
|
Ish rejasini tuzuvchi:
Ish bajaruvchi: talaba Jaxonov M.
Режа:
KIRISH
I-BOB. BTR-80 JANGOVAR VA TEXNIK TAVSIFLARI, JANGOVAR XOSSALARI. BTR-80 KOMPANOVKASI VA UMUMIY TUZILISHI.
I.1BTR-80 jangovar va texnik tavsiflari.
I.2.Qurollar va texnikadan foydalanish buyicha asosiy qoidalar.
I.3 BTR extiyot kismlar individual (guruxli) tuplami, asboblar va jixozlari.
II-BOB BTR-80 TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHPARK VA PARK JIXOZLARI.
II.1.BTR-80 texnik xizmat ko‘rsatish vaTexnik xizmat kursatuvchi xarakatli vositalar.
II.2. Park va park jixozlari, park elementlari, ularning vazifalari, o‘zaro joylashuvi va jihozlanishi.
II.3.BTR-80 TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH TURLARI BO‘YICHAMASHG‘ULOTLARINI OLIB BORISHDA O‘QITISHNING SAMARALI YO‘LLARI.
IV.XULOSA.
V.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
KIRISH
“Zamonaviy,qudratli armiya–tinch–
osoyishta hayotlari kafolati”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondoni
Shavkat Mirziyoev
O’zbekiston Qurolli Kuchlari o’tgan tarixan qisqa davrda murakkab shakllanish yo’lini bosib o’tdi va bugungi kunda son jixatdan ixcham, harakatchan, zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo’lgan armiya sifatida o’zini namoyon etmoqda. Qurolli Kuchlarni qo’llash strategiyasi va taktikasini yanada takomillashtirish, jangovar operatsiyalarni olib borish bo’yicha zamonaviy tajribani chuqur va puxta egallash, shuningdek, sheriklarimiz bo’lgan mamlakatlardagi o’quv va tadqiqot markazlarida qo’mondonlik tarkibining malaka oshirishi buyicha uzoq muddatga mo’ljallangan rejalarni amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Qo’shinlarning o’quv, jangovar tayyorgarligi ma’no-mazmunini tubdan o’zgartirish Qurolli Kuchlar qo’mondonligining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Tezkor-taktik, qo’mondonlik shtab o’quv mashqlarini puxta rejalashtirish, ularni jangovar sharoitlarga imkon qadar to’la yaqinlashtirgan holda olib borish tizimini takomillashtirish masalalari ham g’oyat jiddiy e’tiborni talab qilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Zamonaviy umumqo’shin jangida bo’linmalarni fundamental harbiy bilimalarini nazariy va amaliy asosda qo’llashini, harbiy fan va texnika taraqqiyoti yangiliklarini biladigan, mustaqil fikrga ega, jangovar nizom nazariyasini ijodiy qo’llay olish, guruhni jangda ishonchli va mahoratli boshqarishni amalda qo’llashni, chet-el armiyasi bo’linmalarining tuzulishi, qurollanishi, taktik harakatlarni biladigan zamonaviy umumqo’shin jang asoslarini Chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimi talabalarida kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish va uni rivojlantirish mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi.
Shularni etiborga olib, «Harbiy tayyorgarlik» jarayonining texnik tayyorgarligi bo’limini o’qitish jarayonida talabalarning amaliy o’quv mashg’ulotlarini rivojlantirish muammosi katta pedagogik va uslubiy ahamiyat kasb etadi. Shu bois chaqiriqqacha xarbiy ta’lim tizimida yangicha qarashlarni yuzaga keltirish, har tomonlama yetuk harbiy pedagog kadrlar bilan taminlash asosiy tadbirlardan biri sifatida qaralmoqda. Ushbu hol bo’lajak mutahassislarni tayyorlashda taktik tayyorgarlik bo’limining amaliy o’quv mashg’ulotlarini rivojlantirish, kelajakda harbiy-pedagogik hamda ilmiy ishlarning mushtarakligini ta’minlash, hamda chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida talabalarni amaliy o’quv faoliyatiga tayyorlash sifatini oshirishni talab etadi. Mazkur muammolarni hal qilish bo’lajak o’qutuvchiga, uning harbiy- pedagogik hamda ilmiy malakasiga, mahoratini amalda samarali foydalana oladigan qilib tayyorlashga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Yuqorida qayd etilgan muammolarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalarni texnik tayyorgarligi bo’limining amaliy mashg’ulotlar usulini takomillashtirish, buning uchun esa harbiy-pedagog yangicha o’qitish metodlariga ega bo’lishi hamda ularning faoliyatiga uslubiy va texnikaviy jihatdan yordam ko’rsatishga qodir bo’lmog’i zarur. Bunday sharoitda, yuqori malakali harbiy-pedagoglarga bo’lgan talablar ortib borib, barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyotparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalash layoqatiga ega.
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimi talabalarida kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish va uni rivojlantirish mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi. Bo’lajak harbiy-pedagogning chuqur bilimli va samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega bo’lishi ma’lum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy va amaliy bilimlarning, harbiy ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish malakasining nechog’lik shakllanganiga bog’liqdir. Shu sababli,«Harbiy tayyorgarlik» jarayonining taktik tayyorgarligi bo’limi jarayonida zamonaviy ta’lim metodlarini o’zlashtirish va undan unumli foydalanishning metodik hamda amaliy asoslarini yaratish Bitiruv malakaviy ishiimizning asosini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |