An’anaviy o’qitishning pedagogik texnologiyalarga asoslangan o’qitishdan o’ziga xos farqlari
An’anaviy o’qitishga asoslangan yondashuv
|
Pedagogik texnologiyalarga
asoslangan yondashuv
|
Majburlovchi, ta’lim oluvchiga yondashish bo’yicha nasihatgo’ylik, o’qitishni qattiqqo’llik bilan tashkil qiluvchi avtoritar, ta’lim oluvchi-larning mustaqilligini va tashabbus-korligini bostiruvchi pedagogikaga asoslanadi. O’qitish va ta’lim oluvchining, bilimlarni o’zlashti-rishiga va qayta tiklashiga yo’nal-tirilgan. O’qish – xotirada saqlab qolish funktsiyasi, o’qitish esa – etakchi faoliyat.
Ta’lim paradigmasi: ta’lim beruvchi - darslik-ta’lim oluvchi.
|
Shaxsga yo’naltirilgan ta’limga asoslangan. Ta’lim oluvchi shaxsi - ta’lim jarayonining markaziy figu-rasi hisoblanadi. Ta’lim oluvchini o’qishga majbur-lashdan voz kechish. O’qitishga tabaqalashgan yondashuv; ta’lim oluvchini mustaqil rivojlanish va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirish, mavzuni o’zlashtirishini, qobiliyat va sifatlarini hisobga olish. O’qish faoliyati – bilimlarni mustaqil egallash va ta’lim oluvchi tomonidan o’zlash-tirilgan bilimlarni qo’llash. Ta’limning yangi para-digmasi:
ta’lim oluvchi – darslik - ta’lim beruvchi.
|
Kunlardan bir kun ko’l bo’yida qorni och qolgan bir kishi baliq tutib turgan donishmandga duch kelibdi va unga murojaat qilib: «Men ochman, menga yordam ber!». Donishmand quyidagicha javob beribdi: «Men senga baliq berishim mumkin, sen tez to’yasan va biroz vaqt o’tgach, xuddi shunday yana och qolasan va mendan yana yordam so’raysan. Men senga qarmoq berishim mumkin, lekin u qachondir sinib qolishi mumkin, unda sen menga yana murojaat qilishingga to’g’ri keladi. Yaxshisi, men senga qarmoq yasashni o’rgataman, bu uzoq va qiyin, lekin keyinchalik senga mening yordamim kerak bo’lmaydi. O’z yo’lingni tanla ...».
Yuqorida keltirilgan rivoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, yaxshi o’qituvchi talabaga «qarmoq yasashni» o’rgatishi va aqlli talaba esa uni o’rganishi lozim. Talabalar «qarmoq yasashni» qanchalik tez va mustahkam o’rganib olsalar, ular shunchalik birovlarga muxtoj bo’lmasdan o’z «ovlariga» ega bo’ladilar. Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo’l kelishini tadqiqotchilar tomonidan turli ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan ko’pgina pedagogik tajribalarining natijalari tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar o’z sohalari bo’yicha olib borayotgan mashg’ulotlarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o’z o’rnida qo’llashni bilishlari o’ta zarur hisoblanadi.
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, zahiralarini izlash pedagogika amaliyotining ko`rsatishicha, ilg`or pedagogik tajribani o`rganish va yoyish doirasida ham, yangi pedagogik texnologiyalar kontseptual-nazariy asoslarini yaratish sohasida ham amalga oshiriladi.
Ilg`or pedagogik texnologiyalar - pedagogik tajriba va Hozirgizamon psixo-pedagogik nazariya ham umumta’lim, ham kasbiy ta’limning butun tizimini oziqlantiradigan ikki manbadir. Ayni shular orqali yahlit ta’lim tizimini qayta qurish talablariga javob beradigan sifat o`zgarishlari ro`y beradi.
Nazariyaning amaliyotdan orqada qolayotganligi sababli innovatsion o`qitishning to`g`ri yo`lga qo`yilishida juda ko`p to`siqlarga duch kelinmoqda. Pedagogik tizimning hozirgi va ertangi kun talablariga to`la javob beradigan yangi sifatga o`tishini tezlashtirish uchun innovatsion ta’limni, undan kelib chiqadigan bilishning ilmiy vositalarini ishlab chiqish, ilg`or pedagogik tajribani tahlil etish va yoyishni jadallashtirish zarur.
Hozirgi vaqtda o`qitish va tarbiyalashning yangi texnologiyalariga sifat jihatdan tez o`tish uchun ob’ektiv asos yuzaga keldi, chunki iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi innovatsion jarayonlar o`z-o`zidan ta’limda ham tub o`zgartirishlarni taqozo etmoqda. Hech bir o`qituvchi ertami-kechmi bu jarayondan chetda qolishi mumkin emas. O`qituvchining an’anaviy ish usullari fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoki o`qitishni kompyuterlashtirish sifatlarini o`zlashtirish zaruriyati bularni ilmiy-metodik asoslash ehtiyojining tug`ilishida ob’ektiv omil bo`lib qolmoqda.
Ta’lim innovatsiyalari muammolarini hal etishda o`qituvchining ijodiy faoliyati haqidagi masala hozirgi vaqtda eng dolzarb masala bo`lib qolmoqda.
Pedagogning ijodiy potentsiali uning ijodkorlik shahsiyatini shakllantirishga intilishi, pedagogik odobining namoyon bo`lishi, empatiya (hamdardlik, birgalikda qayg`urish) qobiliyati, tasavvur hamda yumor hissini rivojlantirish, qiziqarli, kutilmagan, poradoksal savollarni qo`ya olish layoqati o`quvi, tahsil oluvchi-tahsil oluvchilarni savol berishga jalb qilish o`quvi kabilar orqali namoyon bo`ladi. E.I.Ilinning ta’kidlashicha, pedagogika bu ”quyma quyish”(prokatlash)dan foydalanish mumkin bo`lgan soha emas. Uni nusha ko`chirib, seriyalab amalga oshirib bo`lmaydi. CHunki bir odamga, mutahassisga asqotadigan uslub boshqa mutahassisga odamga to`g`ri kelmasligi mumkin.
U nusxa ko`chirib, har bir odamning portfeliga solib qo`yish mumkin bo`lgan “kalit” emas, balki biror yakka tartibda ishlanadigan “ochqich”- mohir usta qo`llaridagina ish beradi. E.N.Ilin “O`qish va tarbiyalash bu kiyimdagi molniya qulf bo`lib qulfni shoshmasdan siljitish bilan ikkala tomon bir vaqtda va puhta qulflanadi”,- deb hisoblaydi.Bunday yondoshuvda butun o`quv jarayoni improvizatsiya va fantaziya yordamida pedagogik ta’sir orqali birlashtiriladigan ob’ektiv ishlar va dalillarda tuziladi. Pedagogik jarayonda o`zining yangi g`oyalarini ishlab chiqish qobiliyatini doimiy ravishda rivojlantirib va takomillashtirib boradigan o`qituvchigina iqtidorli sanaladi.
Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta’minlovchi o`qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan o`qituvchi faoliyati ta’limning metod, shakl va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagog faoliyati uchta asosiy tashkil etuvchi turlar bilan tavsiflanadi: boshqarish turi, ahborot almashinuv jarayonining turi, ahborotni uzatish vositalari tiplari va bilish faoliyatini boshqarish. O`qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondoshish kontseptsiyasiga asoslanib, uni tashkillashtirishni quyidagi mantiqiy ketma-ketlik asosiga qurish mumkin. Dastlab o`quv materiali mazmunining tavsifi, uni o`rganishdan ko`zlangan maqsad (o`zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo`yilishi shartlari tahlil etiladi. So`ngra, o`qitishning mos ravishdagi metodlari hamda ta’lim oluvchilar bilish faoliyatini boshqarish shemasi belgilab olinadi. SHu asosda o`qitish vositalarining ro`yhati tuziladi. Ushbu usul bilan hosil qilingan ta’lim metodlari va vositalari tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg`unlashtiriladi, ya’ni texnologiya ishlab chiqiladi.
Umumlashgan pedagogik texnologiyalar ma’lum psiho-pedagogik asoslarda qurilgan «sintetik nazariya» sifatida qaraladi.
Tatbiqiy pedagogik texnologiyalar oldindan rejalashtirilgan natijaga erishishga yo`naltirilgan kasbiy tayyorgarlik jarayonini loyihalash muammosini metodik darajada hal etishga qaratiladi.
Bugungi kunda tatbiqiy asosini shahsiy faoliyatli yondoshuv tanqidiy-ijodiy fikrlash, muammolarning hal eta olish, qaror qabul qilish va jamoada hamkorlik qilishga oid pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga ehtiyoj yuzaga kelmoqda.
SHunday qilib, ilgaridan loyihalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi o`zida metodlar tizimi, maqsadi, metodik usul va o`qituvchi hamda tahsil oluvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatish vosita imkoniyatlari, shuningdek, yakuniy natijalarga erishish instrumentariysini mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |