Referati og'zaki va yozma muloqotning o‘ziga xos jihatlari va farqlari reja og’zaki nutqning o’ziga xosligi



Download 18,8 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi18,8 Kb.
#598863
TuriReferat
Bog'liq
651-20 GURUH TALABASI URAIMOV XURSHIDBEK



651-20 GURUH TALABASI URAIMOV XURSHIDBEKNING AKADEMIK YOZUV 2 FANIDAN OG’ZAKI VA YOZMA MULOQATNING O’ZIGA XOS JIHATLARI VA FARQLARI MAVZUSIDA YOZGAN

REFERATI

Og'zaki va yozma muloqotning o‘ziga xos jihatlari va farqlari
REJA
1.OG’ZAKI NUTQNING O’ZIGA XOSLIGI
2.YOZMA NUTQNING FAOLIYATI HAQIDA
3.XULOSA
Ma`lumki, nutq og’zaki va yozma ko’rinishga ega. Og’zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Og’zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi v tahrir imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Og’zaki nutqda fikrni aytganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’g’ri keladi. Og’zaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalarnigina zikr etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchidan nutq kuchini tejash bilan bog’liq. Og’zaki nutq so’z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag’al bo’ladi.. Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi, bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir Og’zaki so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang, urg’u, turli xil imo - ishoralar asosida tinglovchiga etib boradi
OG’ZAKI NUTQNING MADANIY JIHATI
1. Mazmundorligi Dalillar keltirilishi va muallifning umumlashtir a olish qobiliyati bilan bog’liq. Keltirilayotg an ma’lumot dolzarb va hayotiy ahamiyatga ega bolishi lozim
2.Tushunarliligi Bir tomondan lisoniy xususiyatlar va nutqiy munosabatl arga bog’liq
3.Ifodaliligi Fonetik va leksik vositalardan tog’ri foydalana
4.Obrazliligi Og’zaki nutqning obrazliligini maxsus uslubiy vositalar va ko’chimlar ta’minlaydi. Bularga qaytarish, ritorik savol, o’xshatish istiora kabilar kiradi.
5.Ta’sirchanligi Og’zaki nutqning ta’sirchanligini to’xtam (pauza), ohang, urg’ular belgilaydi
YOZMA NUTQ OG’ZAKI NUTQDAN QUYIDAGI XUSUSIYATLARI BILAN AJRALIB TURADI
Nutqni yozayotgan muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutq qismlarini va butun nutqni qaytaqayta tahlil qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini ko’paytirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og’zaki nutqdan ravondir
Adabiy tilda uning har ikkala shakli uchun xos bo‘lgan betaraf va uslublararo ifoda vositalari bilan bir qatorda, adabiy tilning faqat bir shakli og‘zaki yoki yozma shakli uchun xos til unsurlari, vositalari ham bo‘ladi. Umumuslubiy va uslublararo shakllarga birinchi navbatda tilning morfologik birliklari kiradi. Til vositalarini morfologik belgilariga qarab ikki guruhga — og‘zaki va yozmaga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. Shunga qaramay, bu shakllarning o‘ziga xos ayrim xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin. Jumladan, adabiy tilning og‘zaki shaklida ot va sifat turkumlariga xos his-tuyg‘u, ta’sirchanlikni ifodalovchi shakllar (bolakay, qizgina, erkatoy, kichkintoy, kichkina, kattakon); takror, davomiylik, kuchaytirish ma’nolarini ifodalovchi fe’lning tahliliy shakllari (ataylab, oshirib yubormoq, kelib qolmoq, turtkilab qo‘ymoq, o‘qib chiqmoq) hamda yozma adabiy shaklga xos ot va sifat turkumlaridagi tahliliy shakllar (sezgirlik bilan, telefon orqali, tezkorlik asosida, nihoyatda ko‘rkam, g‘oyat baland); -lik, -chilik, -lashtirish kabi affikslar yordamida yasalgan so‘zlar (o‘qituvchilik, dehqonchilik, parrandachilik, radiolashtirish, avtomatlashtirish) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.Adabiy tilda sintaqtik qurilish jihatidan ham ikki shaklga xos xususiyatlarni ko‘rish mumkin. Ko‘pincha sodda gaplarni, ayniqsa to‘liqsiz gaplarning qisman bog‘langan qo‘shma gaplarni ishlatish adabiy tilning og‘zaki shakli uchun xos bo‘ladi. Bu vaqtda ohang, to‘xtam, imo-ishora, nutq vaziyati kabi vositalar muhnm rol o‘ynaydi. Yozma adabiy tilning sintaktik qurilishi esa o‘zining ancha murakkabligi bilan ajralib turadi. Unda ergash gapli qo‘shma gaplar, kirish so‘z va iboralar, murakkab qurilishli sodda gaplar, ajratilgan va uyushiq bo‘laklar, murakkab qo‘shma gaplar ancha keng ishlatiladi.
XULOSA
Adabiy tilning og‘zaki shakli ma’ruza va suhbatlarda, yozma shakli esa fan, texnika va adabiyot asarlarida, rasmiy ish hujjatlari, nashriyot va matbuot sohalarida ishlatiladi. Lekin bular o‘zaro uzviy ravishda bog‘langan bo‘ladi. Ma’ruzalar, har xil chiqishlar o‘z xususiyati bilan yozma adabiy tilga yaqin turadi. Shuningdek, yozma adabiy tilda, ayniqsa, badyiy asarlarda so‘zlashuv nutqiga xos so‘z va iboralar ham qo‘llanadi. Shuni qayd qylish keraki, «og‘zaki», «so‘zlashuv», atamalari adabiy tilning shakllaridan birini (adabiy tilning og‘zaki yoki yozma shakllarini) ifodalash uchun hamda milliy tilning funksional turlaridan birini (adabiy til yoki joyli so‘zlashuv tilini) ifodalashga xizmat qiladi
Download 18,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish