O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 5,43 Mb.
bet43/71
Sana23.05.2022
Hajmi5,43 Mb.
#608566
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
PED TEXNOLOGIYA MAJMUA

Birinchi toifa. Muammoli vaziyat ko’pincha talaba yangi amaliy sharoitlarda oldin o’zlashtirgan bilimdan foydalanish zaruriyati bilan duch kelganda hosil bo’ladi. Bunda ta’lim oluvchilar amaliy topshiriqlarni echish uchun bilim, ko’nikma va malakalarning etarlicha emasligi dalili bilan tez-tez duch keladi. Bu dalilni anglash talabalarda ongli qiziqishni uyg’otadi hamda yangi bilimlarni izlashga undaydi.
Ikkinchi toifa. Topshiriqni echishning nazariy mumkin bo’lgan yo’li va tanlangan usulning amaliy jihatdan amalga oshirilmasligi orasida qarama-qarshilik bo’lgan holda muammoli vaziyat oson yuzaga keladi.
Uchinchi toifa. O’quv topshirig’ini bajarish natijalariga amaliy jihatdan erishish va talabalarda uni nazariy asoslash uchun bilimlarning yo’qligi orasida qarama-qarshilik bo’lganda muammoli vaziyat yuzaga keladi.
To’rtinchi toifani eng ko’p tarqalgan deb hisoblash mumkin. Agar talabalar qo’yilgan masalaning echish usulini bilmasa, ya’ni talabalar tomonidan yangi dalilni tushuntirish uchun oldingi bilimlarining etarli emasligi tan olingan holda muammoli vaziyat yuzaga keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, muammoli vaziyat o’quv-ishlab chiqarish jarayonida talabalarda kasbga bo’lgan qiziqishlarni shakllantirish va rivojlantirishning eng muhim omili bo’ladi.
O’quv materialini muammoli bayon qilish uslubini qo’llash, amaliy muammoli-qidiruv ishlarini bajarish, hatto tadqiqot ko’rinishidagi amallarni olib borish to’g’risida so’z yuritish mumkin.
O’quv materialini muammoli uslub yordamida o’tish muammoli tuzilgan ma’ruza uslubi orqali bilim bayoni davomida mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, dalillarni tahlil qilish, talaba fikrini o’z ortidan ergashtirish, uni faolroq bo’lishiga undash kabi usullardan foydalanishni ko’zda tutadi.
Muammoli bayon - ta’lim oluvchilarni muammoli o’qitishga o’ziga xos tayyorlashdan iboratdir. Bu shunday o’qitishki, unda talabalar oldida bilim olish sohasiga doir vazifalar qo’yiladi hamda ular bu vazifalarni hal etish yo’llarini mustaqil ravishda yoki o’qituvchi yordamida izlaydilar. O’quv materialini muammoli bayon qilish shunday tuziladiki, bunda o’qituvchining o’zi muammo qo’yadi, o’zi uni hal etadi, talabalarga muammoni hal etish namunasini ko’rsatadi. U talabalar tafakkurini turli usullar bilan faollashtiradi, talabalar ham muammoning qanday hal etilishini kuzatib boradilar. O’qituvchi talabani muammoni hal etishning ishtirokchisiga aylantiradi. Bunda o’qituvchi fikr yuritishni faollashtirishning tajribalar o’tkazish, diafilmlar va kinofilmlar, virtual lavhalarni namoyish qilish, masalalar qo’yish hamda ta’lim oluvchilarning tajriba boshlanishidan oldin turli taxminlarni aytishlari singari vositalardan foydalanadi. Shu tarzda talabalarning tajribaga jiddiy e’tiborini qaratishga, ularni fikr yuritish faoliyatiga, tajriba ma’lumotlarini umumlashtirishga, xulosalarni ta’riflashga jalb etishga erishiladi.
Ammo talabalar o’qituvchi muammoni hal etish sari qanday yo’l bilan borayotganligini faqat kuzatib tursalar, ilmiy fikr yuritish metodini egallay olmaydilar. Talabalarning o’zlarini izlanish faoliyatiga asta-sekin jalb etish ana shu maqsadga xizmat qiladi.
Muammoli ta’limda qisman izlanma va evristik qidiruv metodlarini qo’llash mumkin. Bunda o’qituvchi ta’lim oluvchilar oldiga qator izchil va o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan savollar majmuini qo’yadi. Talabalar ularga javob berganda qandaydir shakllarni aytadilar. Aytganlari to’g’riligini mustaqil isbotlashga harakat qiladilar. Shu bilan birga yangi bilimlarni o’zlashtirishda mustaqil ravishda oldinga siljishni amalga oshiradilar. Agar evristik suhbatda bunday taxminlar yangi mavzuning faqatgina biror qismiga aloqador bo’lsa, muammoli – qidiruv suhbatda talabalar muammoli vaziyatning butun bir tizimini echadilar.Ta’limning muammoli – qidiruv uslublarida ko’rgazmali qo’llanmalar esda saqlashni faollashtirish maqsadida emas, balki darsda muammoli vaziyatni yaratadigan eksperimental masala-larni qo’yish uchun ishlatiladi. Bu usulda talabalarga mustaqil fikrlashining ustuvor sabablarini aniqlash oson ko’chadi.
Muammoli – qidiruv uslublari ko’proq ijodiy bilim faoliyati ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo’llaniladi. Ular talabalarning bilimni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi. Bu uslublar, ayniqsa, quyidagi hollarda samarali qo’llaniladi: o’quv jarayonida tushuncha, qonun va nazariya kabilarni shakllantirish ko’zda tutilganda, daliliy axborotni ma’lum qilish, mehnat faoliyatida laboratoriya - eksperimental o’quv va ko’nik-malarini hosil qilishda, o’quv materialining mazmuni printsipal jihatdan yangi bo’lmasdan, ilgari o’rganilganining mantiqiy davomi bo’lsa, uning asosida talabalar yangi bilimni qidirish uchun mustaqil qadam tashlasa, mazmun hodisadagi sabab, oqibat va boshqalarga olib kelsa, qidiruv uslublari o’qituvchilar, talabalarni muammoli vaziyatni echish faoliyatiga tayyorlagan hollarida qo’llaniladi. Shu nuqtai nazardan bu uslub o’zini tadqiqot ishiga bag’ishlagan yoshlarga bilim berishda asqotadi.
Qisman izlanma metod talabalarni izlanishning turli bosqichlarida tadqiqot faoliyatiga jalb qilishni, muammolarni topish, gipotezani ta’riflash, isbot usullarini topish, xulosalarni ta’riflashga jalb qilishni taqozo etadi.
Ta’lim oluvchilarni izlanish faoliyatiga jalb qilishning yana bir usuli umumiy vazifani bir qator kichik vazifalarga bo’lish va ularning ayrimlarini talabalar hal etishidir.

Download 5,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish