Qisman – izlanma metod – muammoli bayondan muammoli o’qishga, vazifalarni mustaqil qo’yishga va ularni mustaqil hal etishga o’tishning o’ziga xos ko’pligidir.
O’tkazilgan tajribalar muammoli o’qitishning katta samara keltirishini ko’rsatdi. Ammo shuni nazarda tutish kerakki, muammoli o’qitish ta’lim jarayoniga asta-sekin, talabalarni muammoli bayon qilish jarayonida va qisman-izlanma faoliyatidan foydalanish jarayonida tayyorlash yo’li bilan kiritilishi kerak. Butun o’quv materialini muammoli yo’l bilan o’rganish mumkin, deb o’ylash yaramaydi. O’quv materialining ko’p qismi o’qituvchining oddiy bayoni yordamida, talabalarning darslik va boshqa ma’lum usullar orqali materialni mustaqil o’rganishi yordamida ham o’rganib kelindi hamda o’rganiladi.
Muammoli o’qitishda o’qituvchi aniq o’quv maqsadlariga yo’naltirilgan savollar va topshiriqlar ishlab chiqadi. U muammoli savollarni hal etishda yoki topshiriqlarni bajarishda talabalarning aniq maqsadga yo’naltirilgan harakatiga turtki beradi va jarayonni nazorat qiladi. Talaba esa o’z ta’limining faol qatnashchisi bo’lib qoladi. Muammoli o’qitishning mohiyati shundaki, talabalar o’zlari muammoni mustaqil echishlari kerak. Demak, o’quv materiallari va topshiriqlar tizimi shunday tuzilishi kerakki, ular asosan mustaqil fikr yuritishga hamda o’rganishga qaratilishi lozim.
Muammoli o’qitishning afzalliklari, ijobiy va yaxshi tomonlari bilan bir qatorda, uning kamchiliklari ham mavjud. Uning kamchiliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
har qanday o’quv materiallarini (masalan, raqamli va miqdoriy ma’lumotlar, dalillar, sanalar) ham muammoli vaziyatni yuzaga keltiruvchi qilib bo’lmaydi;
o’quv muammosini har doim ham ifodalash mumkin emas;
muammoli o’qitish ko’nikmalarga ishlov berish va ularni malaka darajasiga o’tkazish imkoniyatiga ega emas;
talabalar bilishi juda oson bo’lgan va juda qiyin bo’lgan masalalar muammoli vaziyatni yaratmaydi;
muammoli o’qitishda iqtisod qilish kam hamda katta vaqt sarf qilishni talab etadi.
Muammoli o’qitishdan foydalanish shartlari. Muammoli o’qitishdan:
o’quv materiallarining mazmuni sabab-oqibatli aloqa va bog’lanishga ega bo’lib, tushuncha, qonun hamda nazariyani shakllantirishga qaratilgan;
ta’lim oluvchilar mavzuni muammoli o’rganishga tayër;
ta’lim oluvchilar fanlardan mustaqil fikrlashni rivoj-lantirishga, tadqiqot ko’nikmalarini shakllantirishga, ishga ijodiy ëndashishga qaratilgan masalalar echaëtgan;
o’qituvchida predmet mavzusini muammoli o’rganishga vaqti bor;
o’qituvchi mos o’qitish metodlarini yaxshi egallagan bo’lsagina foydalanish maqsadga muvofiq.
8-MAVZU. Maqsadni belgilash ta’iimni texnologiyalashtirishning
asosiy elementi
Reja:
1 Mаqsаdni bеlgilаsh tа’limni tеxnоlоgiyalаshtirishning аsоsiy elеmеnti sifatida.
2 Tа’lim оluvchilаr tоmоnidаn bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini o‘zlаshtirish dаrаjаlаri.
3. Tаlаbаlаrning o‘quv yutuqlаrini nаzоrаt qilish.
Tayanch so’zlar: Affektiv o’quv maqsadlari,kognitiv o’quv maqsadlari sohasi, ,aniq maqsadlar,yo’naltiruvchi maqsadlar.
O’quv maqsadlari va uning turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |