Halqaro savdoning miqyos samarasi modeli. Umumiy iqtisodiy nazariyadan ma’- lumki, ishlab chiqarish miqyosi kengayib borgani sari tovarning tannarxi pasayib boradi.
Miqyos samarasi orqali ishlab chiqarish omillari bilan bir xil yoki deyarli bir xil ta’minlangan mamlakatlar o‘rtasidagi savdo tushuntiriladi. Miqyos samarasi orqali texnologik jihatdan bir-biriga yaqin, hatto bir xil tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni ham tushuntirish mumkin.
Miqyos samarasi— ishlab chiqarishning shunday rivojlanishiki, bunda omillar sarfining bir birlikka o‘sishi ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining bir birlikdan ko‘proq miqdorga o‘sishiga olib keladi va buni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin:
Miqyos samarasi
Mehnat (soat)
4
6
8
10
Tovar (dona)
1
3
5
7
Tovarning tannarxi (soat/dona)
4,00
2,00
1,60
1,43
Miqyos samarasining vujudga kelish sabablari ko‘p, ammo ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1.ixtisoslashuv darajasining o‘sishi — ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi ishchilar- ning belgilangan operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashuvining o‘sishiga olib keladi;
2.ishlab chiqarishning yaxlitligi — ishlab chiqarish miqyosining o'sishi sharoitida ishlab chiqarishga bilvosita bog‘liq bo‘lgan bo‘limlarning hajmi deyarli o‘z- garmasdan qoladi. Boshqaruv apparati, buxgalteriya va shu kabi boshqa bo‘- limlarning oylik fondi o‘zgarmasligi hisobiga mahsulotning tannarxi pasayadi;
3.texnologik iqtisod — ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi sharoitida texnologik jarayonlarni mukammallashtirishga, marketing va reklama ishlarini olib borish- ga qilinadigan xarajatlarning mahsulot tannarxidagi ulushi pasayadi.
Miqyos samarasi mamlakatdagi tarmoq va korxonalarning raqobat bozoridagi xatti-harakati hamda faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tashqi va ichki miqyos samaralariga ajraladi.
Tashqi miqyos samarasi — butun tarmoqda ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi natijasida firma doirasida tovar birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning kamayishi.
Ichki miqyos samarasi — firma doirasida ishlab chiqarish miqyosini kengayti- rish orqali tovar birligiga sarflanadigan xarajatlarning kamayishi.
Tashqi miqyos samarasi shuni nazarda tutadiki, har bir firmaning hajmi o‘zgar- magan holda bir xil tovar ishlab chiqaradigan firmalar soni ortadi. Odatda, ushbu holatda firma bozorda yetarli darajada raqobatbardoshligini saqlab qoladi, bu esa shu model asosidagi savdo qonuniyatlarini xalqaro savdoning klassik nazariyalari- ga yaqinlashtiradi, ya’ni eksportyorlar o‘zlari ta’sir ko‘rsata olmaydigan bozordagi narxda xohlagan miqdorda tovar sotishlari mumkin.
Ichki miqyos samarasi esa ishlab chiqarish miqdori o‘zgarmagan holda tovar ishlab chiqaruvchi firmalar soni kamaygan holatni nazarda tutadi. Ushbu vaziyat aksariyat hollarda nosog‘lom raqobatni keltirib chiqaradi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlari narxiga ta’sir ko‘rsata oladilar va tovar narxini pasaytirish orqali sotish hajmini orttirish- lari mumkin. Ichki miqyos samarasining ekstremal holati sof monopoliya hisoblanadi.
Monopolistik raqobat sharoitida savdo. Ma’lumki, xalqaro savdoda sof mukammal raqobat kam uchrashi sababi jahon xomashyo va tovarlar bozorining bo‘linib olinganligi va xalqaro bozorlarda o‘ziga xos oligopoliya va monopoliyalar- ning vujudga kelganligidir. Monopolistik raqobat asosidagi savdo nazariyasining nvojlanishiga amerikalik iqtisodchi Pol Krugman katta hissa qo‘shdi.