Mamlakatlarning bir birlik tovar ishlab chiqarish uchun saflaydigan ish vaqti
|
Buyuk Britaniya
|
Portugaliya
|
Vino (1l)
|
2 soat
|
3 soat
|
Mato(1m2)
|
2 soat
|
6 soat
|
Bunday sharoitda mutlaq afzallikka ega bo‘lmagan mamlakatda ham xalqaro savdoda ishtirok etishdan foyda olishini ingliz iqtisodchisi D. Rikardo birinchilar- dan bo‘lib isbotlab bergan. David Rikardo (1772-1823) mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishidan oladigan foydasi muqobil narx bilan belgilanishini isbotlagan.
Muqobil narx bu bir birlik tovarning ishlab chiqarishga sarflanadigan xara-
jatning ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan xarajat orqali ifodalani- shidir. Bizning misolimizda 1 1 vinoning Buyuk Britaniya uchun muqobil narxi 2 soat/2 soat=l ga teng bo‘lsa, Portugaliyada 3 soat/6 soat=0,5 ga teng. Bu esa vino ishlab chiqarish Portugaliyada Buyuk Britaniyaga nisbatan arzonroq bo‘lishini aks ettiradi. Shu sababli mutlaq afzallikka ega bo‘lmagan Portugaliya Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalariga kirishsa, vino ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va uni eks- port qilib, o‘rniga matoni import qiladi.
Nisbiy afzallik — agar mamlakat boshqa mamlakatga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqarish mumkin bo lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa,
o‘zaro savdo ikkala mamlakat uchun ham foydali bo‘ladi. Bunda ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq afzallik bo‘lishi shart emas.
1.2.Xeksher-Olin nazariyasi. V. Leontyev paradoksi
A. Smit, D. Rikardo va Dj. S. Mill nazariyalarida xalqaro savdoda mamlakatning o‘rnini aniqlash uchun faqat bitta ishlab chiqarish omili bor deb faraz qilingan. Bu nazariyalarda mamlakatning xalqaro savdoda egallashi mumkin bo‘lgan o‘rni ulardagi mehnat unumdorligi bilan belgilangan. Shu sababli bu olimlarning ishla- rini davom ettirganlar xalqaro savdoni bir nechta ishlab chiqarish omillari mavjud- ligida tahlil qilishga harakat qilishgan.
Shved iqtisodchilari E. Xeksher va B. Olin o‘z tahlillarida ishlab chiqarishning ikki omilini — kapital va mehnat omilini ko‘rib chiqdilar. Ularning ta’kidlashi- cha, ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra mamlakatlar- ni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
Mehnat omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda mehnat resurslari ko‘p va arzon bo‘ladi. Ularga misol qilib Xitoy va 0‘zbekiston kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.
Kapital omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda kapital katta hajmlar- da jamlangan bo‘ladi, ammo mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi pastroq bo‘ladi. Shu sababli bu mamlakatlarda real ish haqi darajasi yuqori bo‘- ladi va mehnat resurslarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘- ladi. Ularga misol tariqasida AQSh va Germaniya kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.
Bundan tashqari, tovarlarini ham ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chi- qarishda kapitaldan ko‘ra mehnat resurslari ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini keltirish mumkin.
Kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan ko‘ra kapital ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini keltirish mumkin.
Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi — mamlakat qay- si ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, shu omilni nis- batan ko‘proq talab qiluvchi tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak.
Demak, Xeksher-Olin nazariyasiga binoan AQSh bilan Xitoy o‘zaro savdo alo- qalariga kirishsa, AQSh kapital omiliga boy mamlakat sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini eksport qiladi va Xitoydan mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qiladi.
Ushbu nazariya XX asrda ko‘plab mamlakatlarning tashqi savdo siyosatining asosini tashkil qilishiga qaramasdan unda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan- Xususan, Xeksher-Olin nazariyasida mamlakatlarning vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganligi ham o‘zgarishi inobatga olinmagan. Bundan tashqari, bir ishlab chiqarish omilining o‘rniga boshqasini qo‘llash mumkinh- gi va shu sababli kapitalga boy mamlakatlar ham mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘l- gan tovarlarni eksport qilishi mumkinligi inobatga olinmagan.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi o‘zining barcha kamchiliklanga qaramay, hozirgi kunga qadar xalqaro savdoning rivojlanishini tushuntirib beruv- chi eng ilg‘or nazariyalardan biri sanaladi. Ushbu nazariya ko‘p marotaba katta
hajmdagi statistik ma’lumotlar asosida turli mamlakatlarga taalluqli tovar va ish- tob chiqarish omillari bo‘yicha empirik sinovlardan o‘tdi. Ushbu sinovlardan engshhurini AQSh da 1953-yilda V. Leontyev o‘tkazdi.
V. Leontyev bir qancha empirik sinovlar o‘tkazish yo‘li bilan Xeksher-Olin tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaning shartlari amaliyotda qo‘llanilmasligini isbotladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSh ni boshqa mamlakatlar bilan qiyo- siy taqqoslanganda, o‘rtacha ish haqi darajasi eng yuqori mamlakat va kapitalga boy davlatlardan sanalardi. Shu sababli mamlakat Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, kapital sig‘imkorligi yuqori mahsulotlarni eksport qilishi lozim edi. V. Leontyev ushbu gipotezani tekshirish maqsadida 1 mln. dollarlik eksport va shuncha miqdor- dagi import mahsulotlariga raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish uchun qancha kapital va ishchi kuchi sarf etilishini hisoblab chiqdi. U har bir ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha tovar birligi uchun sarf etiladigan kapital va mehnatni hisobla- di. Bunda u faqatgina avtomashina kabi tayyor mahsulotlar bilan chegaralanib qol- may, balki yarimtayyor mahsulotlar (rezina, po‘lat, oyna kabilar) uchun ketadigan kapital va ishchi kuchini ham hisoblab chiqdi.
So‘ngra AQSh ning 1947-yildagi eksport tarkibidan kelib chiqqan holda 1 mln. dollarlik eksport tovarlarini ishlab chiqarishga ketadigan kapital va mehnatning o'zaro nisbatini aniqladi. AQSh ning o‘sha yildagi importi tarkibidan mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarni ayirib tashladi va bevosita import mahsulotlar- ning o‘mini bosa oladigan Amerika tovarlarini ishlab chiqarish uchun sarf etiladigan kapital va mehnat nisbatini hisoblab chiqdi. Aslida u Amerika importi birligi- ga sarf etiladigan kapital va mehnat (KJL) im hamda eksport birligiga sarf etiladigan kapital va mehnat (KJL) x nisbatini solishtirdi.
«Leontyev statistikasi» nomini olgan ushbu nisbatga muvofiq, agar mamlakatda kapital va mehnat sarfi nisbati ((K/L)im):(K/L)x<1 bo‘lsa, mamlakat kapitalga boy hisoblanadi.
Agar bu nisbat ((K/L)im):(K/L)x>1 bo‘lsa, mamlakatda mehnat resurslari ko‘p
hisoblanadi. Leontyev Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq Amerika eksport tovarlari importning o‘rnini bosa oladigan tovarlarga qaraganda ko‘proq kapital talab etilishini kutgan edi. Ammo kutilgan natija aksincha bo‘lib chiqdi: Amerika importining kapital sig‘imkorligi eksportga nisbatan 30 %ga yuqori ekan, demak, AQSh kutilganidek kapitalga boy mamlakat emas, balki aksincha, mehnatga boy mamlakat ekanligi kelib chiqmoqda, bu amaldagi tasavvur- ga umuman to‘g‘ri kelmadi.
Leontyev statistik ma’lumotlarga Ikkinchi jahon urushi o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bolishi mumkin deb hisoblab, 1951-yilda ushbu hisob-kitobni yana takrorladi. Amerika importi bu safar ham eksportga qaraganda kapital sig‘imkorligi yuqori ekan- ligini ko‘rsatdi (bu safar 6 %ga xolos).
Leontyevning davomchilari 1962-yilda ushbu hisob-kitobni takrorladilar. Ammo yana kutilgan natija olinmadi. Bu safargi hisob-kitoblarga muvofiq AQSh importining kapital sig‘imkorligi 27 %ga eksportning kapital sig‘imkorligidan yuqori chiqdi.
Leontyev modeli boshqa mamlakatlar uchun ham qo’llanildi. Ammo natija doimo Xeksher-Olin nazariyasini inkor etardi. Misol uchun, 1950-yillarda mehnat resurslariga boy, deb hisoblangan Yaponiya kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qilgan ekan.
Leontyev modeli asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblar Xeksher-Olin naza- riyasini inkor etganligi uchun ushbu tadqiqotlar natijasi iqtisodchi olimlar tomoni- dan «Leontyev paradoksi» deb nomlandi.
Leontyev paradoksi — Xeksher-OIinning ishlab chiqarish omillari nis- bati nazariyasi amaliyotda o‘z tasdigMni topmagan: mehnat resursiga boy mamlakatlar kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qiladi, kapitalga boy mamlakatlar esa mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qiladi.
Keyinchalik Leontyev paradoksi atrofida qizg‘in tortishuvlar boshlanib ketdi. Tortishuvlar Xeksher-Olin nazariyasining to‘g‘riligini isbotlashga qaratildi:
Ishchi kuchini malakali va malakasiz ishchilar guruhiga bo‘lish hamda har bir guruhning eksport tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlaridagi ulushini hisoblash zarur. Amerikalik olim D. Kising 1966-yilda e’lon qilgan tadqiqotlarida ishchi kuchini malakasiga ko‘ra 8 xil kategoriyaga bo‘ladi. Shu orqali AQSh da yuqori malakali ishchilarning ortiqchaligi va malakasiz ishchilarning esa yetishmasli- gini isbotladi. Shuning uchun AQSh yuqori malakali ishchilar mehnatini talab etuvchi mahsulotlarni eksport qiladi. Malakali kadrlarni tayyorlashga ketadi- gan xarajatlarni kapital sarflar sifatida baholash mumkin deydi. Bu esa malakali ishchilar yordamida ishlab chiqarilgan tovarlarning kapital sig‘imkorligi yuqori deb hisoblashga asos bo‘ladi.
AQSh importida qazib chiqarish sanoati mahsulotlarining ulushi yuqoridir. Bu mahsulotlarni qazib chiqarish katta miqdordagi kapital xarajatlarni talab qiladi. 0‘z navbatida, bu mahsulotlardan eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarda keng foydalaniladi va shu sababli AQSh ning eksport tarmoqlarida ham kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘ladi, deb hisoblash mumkin. Amerikalik olim Dj. Xar- tigen V. Leontyev hisob-kitoblarini o‘sha davr uchun takrorladi va kapital ko‘p talab qiluvchi xomashyoga bog‘liq tarmoqlarni e’tiborga olmadi. Natijada para- doks yo‘qoldi va Xeksher-Olin nazariyasi o‘z isbotini topdi.
V. Leontyev o‘z tadqiqotlarida AQSh hukumatining ichki tarmoqlarni tashqi raqobatdan himoya qilishga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatini e’tiborga olma- gan. 1971-yilda amerikalik olim R. Beldvi tomonidan amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblarda tashqi savdo siyosati xususiyatlari inobatga olingan va V. Leontyev paradoksining samarasini 5 %ga qisqartirishga erishilgan.
> V. Leontyev tadqiqotlarida AQSh aholisining didi inobatga olinmagan. Ameri- kaliklar kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni xush ko‘rishadi va o‘z- larida ko‘p bo‘lishiga qaramasdan xorijdan bunday tovarlarni sotib olishadi.
Aholi didining xalqaro savdoga ta’siri Xeksher-Olin nazariyasida o‘rganilma- gan va shu sababli bunday sharoitda halqaro savdoni boshqa modellar orqali o‘rganish zarur.
ba’zi tovarlarni ishlab chiqarishda omillarning bir-birining o‘rnini bosish dara- jasi yuqori bo‘ladi. Bunday sharoitda bitta tovarni ishlab chiqarish kapitalga boy mamlakatlarda ko‘proq kapital talab qilishiga, mehnat resurslariga boy mam- lakatlarda esa ko‘proq mehnat resurslarini talab qilishiga olib keladi. Masalan, AQSh da sholi yetishtirish ilg‘or texnologiya yordamida amalga oshirilganh- gi bois, bu tovar AQSh da kapital sig‘imkorligi yuqori tovarlar guruhiga kira- di, Vyetnamda esa sholi ishlab chiqarish, asosan, mehnat resurslaridan foyda- lanishga asoslanganligi uchun sholi yuqori mehnat sig‘imkorligiga ega bo‘ladj- Chunki, Vyetnamda sholi, asosan, arzon qo‘l mehnati yordamida yetishtiriladi.
Turli vaqtlarda jahon savdosining turli xil nazariyalari paydo bo'ldi va rad etildi, ular biron bir tarzda ushbu hodisaning kelib chiqishini tushuntirishga, uning maqsadlari, qonunlari, afzalliklari va kamchiliklarini aniqlashga harakat qildilar. Quyida xalqaro savdoning eng keng tarqalgan nazariyalari keltirilgan.
Merkantilistlar nazariyasining asoschilari Tomas Man va Antuan Montkretyen edi. Protektsionistik siyosat merkantelizmga juda yaqin deb hisoblanadi. Ushbu siyosat eksportni rag'batlantirish va importni cheklash va shu bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga qaratilgan. Ushbu nazariya doirasida har bir davlatning asosiy maqsadi boylikdir, va dunyoda boylik cheklangan, va bitta mamlakatning boyligini faqat boshqa davlatning boyligini kamaytirish orqali oshirish mumkin, deb ishonilgan. Bundan tashqari, xalqaro iqtisodiy siyosatdagi davlatning roli eksportni rag'batlantirish va importni qisqartirish maqsadida ijobiy savdo balansini saqlash va tashqi savdoni tartibga solishdan iborat edi.
Merkantilistlar birinchi bo'lib xalqaro savdoning muhimligini ta'kidladilar va birinchi marta to'lovlar balansini tavsifladilar. Ushbu nazariyaning asosiy kamchiligi shundaki, bu erda mamlakatlar rivojlanishi boylikni qayta taqsimlash hisobiga bo'lishi mumkin, ammo uning boyligi hisobiga emas.
A. Smitning mutlaq afzalliklari nazariyasi. Xalqlarning farovonligi nafaqat oltin miqdori, balki tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyatiga ham bog'liq deb hisoblandi. Natijada, davlatning vazifasi mehnatni taqsimlash va kooperatsiya orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishdir. Nazariya quyidagicha: mamlakatlar kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksport qiladi, ya'ni ishlab chiqarishda mutlaq afzalliklarga ega va boshqa mamlakatlar tomonidan kam xarajatli mahsulotlarni import qilish.
Smit mehnat qiymat nazariyasining asoslarini yaratdi, daromadlar va soliqqa tortish to'g'risidagi ta'limotni shakllantirdi. Ushbu ta'limotning asosiy kamchiliklaridan biri iqtisodiy jarayonlarda davlatning rolini mutlaqo e'tibordan chetda qoldirish edi.
Ushbu nazariya mehnat taqsimotining afzalliklarini ko'rsatadi, ammo shu bilan birga mutlaq afzalliklar bo'lmagan taqdirda savdoni tushuntirmaydi.
D. Rikardoning qiyosiy afzalliklari nazariyasi quyidagicha shakllantirilgan: agar mamlakatlar boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha arzon narxlarda ishlab chiqaradigan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lsa, unda ulardan bittasida ishlab chiqarish mutlaqo ko'proq bo'lishidan qat'i nazar, savdo o'zaro foydali bo'ladi.
Ushbu nazariya birinchi navbatda savdodan tushadigan foyda borligini isbotladi va yalpi talab va yalpi taklifni tavsifladi. Shu bilan birga, u transport xarajatlari va tashqi savdoning faqat to'liq ish bilan band bo'lgan holda mamlakat ichida daromadlarni taqsimlashga ta'sirini hisobga olmaydi.
Xeksher-Olin ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi. Unda omil intensivligi (mahsulot yaratish uchun ishlab chiqarish omillari xarajatlarining nisbati) va omillarning to'yinganligi (ishlab chiqarish omillarining mavjudligi) tushunchalari qo'llaniladi. Ushbu nazariyaga ko'ra, har bir mamlakat ishlab chiqarish uchun nisbatan ko'p ishlab chiqarish omillariga ega bo'lgan omil talab qiladigan tovarlarni eksport qiladi va ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining nisbatan yetishmasligi seziladigan mahsulotlarni import qiladi. Ushbu nazariya turli xil ishlab chiqarish omillarining xalqaro savdoga ta'sirining sababini aniqlaydi. Xalqaro savdo savdo mamlakatlarida ishlab chiqarish omillari narxlarining tenglashishiga olib keladi. Ushbu nazariyaga ko'ra, tovarlarni eksportini yerdan tashqari ishlab chiqarish omillarining trans-chegaraviy harakatlari bilan almashtirish mumkin, uni ishlatganlik uchun to'lovchi bu omil narxidir. Ushbu nazariyaning tarafdorlari tashqi savdo erkinligini qo'llab-quvvatlaganligi sababli, mahsulot va ishlab chiqarish omillarining harakatini qiyinlashtiradigan cheklovlarga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Nazariyaning cheklanishi shundaki, bir xil texnologiyalarga ega bo'lgan faqat ikkita mamlakat hisobga olinadi va ichki omillar hisobga olinmaydi.
Leontyev Paradoksi. Taniqli iqtisodchi Vasiliy Leontyev 1956 - yilda AQShning eksporti va importining tuzilishini o'rganib chiqib, Xeksher-Olin nazariyasiga zid ravishda eksportda nisbatan ko'proq mehnat talab qiladigan tovarlar va importda kapitalni ko'p talab qiladigan tovarlar ustunlik qilishini aniqladi. Ushbu natija Leontyev Paradoksi sifatida ma'lum bo'ldi.
Vernon mahsulotining hayot aylanishi nazariyasiga ko'ra, mamlakatlar tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi mumkin. Keyinchalik bu nazariya innovatsiya kontseptsiyasi bilan to'ldirildi, uning ishlab chiqarishga joriy qilinishi nafaqat mahsulotning raqobatdoshligini oshirdi, balki foydalanilgan resurslarni tejashga olib keldi.
Mamlakatning Porter bo'yicha raqobatbardoshligi jahon bozorida muvaffaqiyatga erishish to'g'ri tanlangan strategiyaga bog'liq bo'lgan muayyan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Shunday qilib, "xalqaro savdo" kontseptsiyasining rivojlanishi bilan uning mazmuni yanada murakkablashdi, garchi hozirga qadar amaliyotga eng mos keladigan nazariyani yaratish imkoni bo'lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |