O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat unversiteti



Download 239,47 Kb.
bet9/14
Sana16.03.2022
Hajmi239,47 Kb.
#496712
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi (1)

Kesishuvchi talab

Firmaning tashqi savdo faoliyati nazariyasi. Ushbu nazariyada tahlil obyek- ti sifatida mamlakat emas, balki xalqaro firma ko‘rib chiqiladi. Buning sababi tash­qi savdo operatsiyalarining katta qismi firma ichidagi aylanmasidan iboratligidir. Bugungi kunda jahon tovar va xizmatlar savdosining 70 %, sotilayotgan litsenziya va patentlarning 80—90 %, kapital eksportining 40 % firma ichidagi aloqalarga to‘g‘- ri keladi.


Firma ichidagi savdo jahon bozorida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mah- sulotni yig‘ishda qo‘llaniladigan yarimfabrikatlar va qo‘shimcha ehtiyot qismlar- ni ayirboshlashga asoslanadi. Tashqi savdo statistikasi tashqi savdo yirik TMKlar joylashgan mamlakatlar o‘rtasida jadal sur’atlar bilan o‘sayotganligini tasdiqlaydi.
Mamlakatlarning raqobatbardoshlik nazariyasi. Bu nazariyaning asoschi- si amerikalik iqtisodchi olim M. Porterdir. XX asr 80-yillarining oxirida bu olim jahon eksportining 50 % to‘g‘ri keluvchi 10 ta mamlakatdagi 100 ga yaqin tarmoq- larni o‘rganib chiqdi. Bu izlanishlar natijasida M. Porter o‘ziga xos nazariya yarat- di. Bu nazariyaga binoan mamlakat firmalari faoliyat olib boruvchi raqobatbardosh muhitni iqtisodiyotning 4 ta muhim ko‘rsatkichi shakllantiradi:

  • ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik;

  • talab ko‘rsatkichlari;

  • yaqin va xizmat ko‘rsatuvchi (yordam beruvchi) tarmoqlar;

  • raqobat muhiti va firma strategiyasi.

Ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik — ishlab chiqarish omillari-

  • mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligiga ta’sir ko'rsatishini o‘rganib borish jarayonida, M. Porter odatdagi ishlab chiqarish omillari (mehnat, yer, kapital, tad- birkorlik qobiliyati) bilan birga ilmiy-texnik va bozor tarkibining axborot bilan ta’­minlanganlik darajasi; transport, sog‘liqni saqlash va aloqa tizimlarining holatini ham ishlab chiqarish omili sifatida ko‘rib chiqqan. M. Porter boshqa iqtisodchilar- dan farqli ravishda, mamlakat ishlab chiqarish omillarining ko‘pini meros sifati­da emas, balki o‘zining ishlab chiqarishni kengaytirib borishi jarayonining natijasi sifatida qo‘lga kiritadi, deb hisoblaydi. Misol uchun, yer taqchilligi sababli Yapo- niya ko‘p joy egallamaydigan texnologik jarayonlarni kashf etdi.

M. Porter fikriga ko‘ra, raqobatbardoshlik — bu mamlakatning shart-sharoi- ti bilan firmalari strategiyasining mutanosibligi natijasidir. Firma xalqaro miqyos- da raqobatbardosh bo‘lishi uchun mamlakatda shart-sharoit bor bo‘lishi mumkin, ammo firma bu shart-sharoitdan to‘g‘ri foydalanishni bilishi kerak, ya’ni ko‘p nar- sa firmaning strategiyasiga bog‘liq.
Talab ko‘rsatkichlari — bunga, birinchi navbatda, talabning sig‘imkorligi, uning rivojlanish yo‘nalishi, talabning tovarlar turiga ko‘ra tabaqalanishi, iste’mol­chilarning tovar va xizmat sifatiga talabchanligi kiradi. Tovarlar xalqaro savdo­ga chiqishdan oldin ichki bozorda, mahalliy iste’molchilar sinovidan o‘tishi kerak. Misol uchun, Yapon firmalari energiyani tejaydigan kichik konditsionerlarni oldin faqat ichki iste’molchilar uchun ishlab chiqargan va keyinchalik bu konditsionerlar xalqaro bozorga chiqqan.
Yaqin va yordam beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) tarmoqlar — eksportyor firmalarni kerakli materiallar — yarimfabrikatlar, qo‘shimcha qismlar va axborot bilan ta’minlovchi qardosh va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlarning yuqori rivojla- nishga egaligi eksportyor firmaning xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi. Misol uchun, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaradigan Italiya firma­lari rivojlanmoqda, buning asosida qimmatbaho toshlar va metallarga ishlov beruv­chi texnika ishlab chiqarish bo‘yicha Italiya dunyoda yetakchi mamlakat ekanligi yotadi.
Raqobat muhiti va firma strategiyasi. M. Porter bitta milliy firma qo‘lida ish­lab chiqarishning konsentratsiyalashuvini ijobiy natijaga olib kelishini inkor eta- di, ayniqsa, bu firma davlat himoyasida bo‘lsa. Odatda, bu firmalar past darajada- gi samaradorlik va mehnat unumdorligiga ega bo‘lishadi. Ichki bozordagi kuchli raqobat milliy firmani tashqi bozorga yo‘l qidirishga majbur etadi.
Ichki bozordagi raqobat kurashida toblangan firma o‘z tajribasini raqobat yana­da kuchliroq bo‘lgan xalqaro bozorda qo‘llaydi. Ichki kurash qanchalik og‘ir kech- gan bo‘lsa, ushbu firmaning xalqaro bozorda muvaffaqiyatga erishish imkoniyati shunchalik katta bo‘ladi.
M. Porter raqobat global ko‘rinishda bo‘Iishi kerak deb hisoblaydi. Firma o‘z tovarini faqat ichki bozorda emas, balki butun jahon bo‘ylab sotishga harakat qilishi kerak. Bunda firmaning strategiyasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga bitta universal strategiyani keltirish mumkin emas. Misol uchun, mebel va oyoq-ki- yim ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Italiya firmalari qat’iy bosh- qaruv tizimiga ega emas. Optika va mashina ishlab chiqarishda dunyoda yetakchilik qiluvchi Germaniya firmalari odatiy markazlashgan, qat’iy boshqaruv tizimiga ega.
Mamlakatni xalqaro miqyosda raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy to‘rtta ko‘rsatkichdan tashqari boshqa omillar ham bor. Bu omillar qatorida M. Porter tasodifiy hodisalarni ham keltiradi. Tasodifiy hodisalar hukumat va firmalar faoliyati- ga unchalik bog‘liq boMmagan hodisalardir. Ular mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishi va pasaytirishi mumkin. Tasodifiy hodisalarga yangi kashfiyotlar, yirik tex­nologik siljishlar, resurslar narxlarining keskin o‘zgarishi, jahon moliya bozorlarida- gi keskin o‘zgarishlar, urushlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Umuman olganda, xalqaro savdoning nazariy asoslari merkantilistlar maktabi- dan boshlab yangi keynschilar maktabiga qadar rivojlanib kelgan. Bu nazariyalar turli xil yondashuvlarga asoslangan va ularning bir qismi o‘zaro bog‘liqlikda, bir- birini to‘ldirib kelsa, boshqalari qarshi yo‘nalishda rivojlangan.
Merkantilistlar birinchi bo‘lib xalqaro savdoning o‘ziga xos modelini taklif etdi- lar. Ular mamlakatning boyligi mamlakatda mavjud bulgan oltin va kumush miqdori bilan bog‘liq deb hisobladilar. Merkantilistlar tovarlarni mamlakatga olib kirishga nisbatan ularni chetga ko‘proq olib chiqish, eksportni ko‘paytirish va importni qis- qartirish uchun tashqi savdoni tartibga solish, chetga xomashyo chiqarishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash, xomashyolarni chetdan bojlarsiz import qilishga ruxsat berish, koloniyalarning metropoliyadan tashqari barcha boshqa mamlakatlar bilan har qanday savdosini ta’qiqlash kerak deb takidlaydilar.
Adam Smit tomonidan ishlab chiqilgan mutlaq ustunlik nazariyasiga muvofiq, mamlakatlar o‘zlari eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni eksport qiladilar va boshqa mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqariladigan ustunlikka ega bulgan tovarlarni import qiladilar.
Klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan biri D. Rikardo tovar oqimlari harakati- ga dalil sifatida nisbiy ustunlikning miqdoriy nazariyasini taklif etdi. Albatta, nis- biy ustunlik nazariyasi mavhum va juda soddalashtirilgan tabiatga ega hamda xal­qaro savdoga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bir qator hodisalarni e’tiborga olmaydi. Nazariyaning cheklanganligi uning yaratilishida qilingan farazlar bilan bog‘liq.
Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiga ko‘ra, omillar sig‘imkorligi ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sar- fini, omillar ko‘pligi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlan- ganligini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tovarlar nisbiy narxidagi farq, o‘z navbatida, ular o‘rtasidagi savdo ularning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’- minlanmaganligi bilan tushuntiriladi.
Halqaro savdoning standart modeli xalqaro savdoda umumiy muvozanat modeli hisoblanadi va mamlakat ichida tovarga bo‘lgan talab hamda tovar taklifini shu tovar- ga bo‘lgan xorijiy talab va taklifni o‘zaro bog‘laydi. Bu model turli miqdordagi tovar- lami eksport qilishga xohish uyg‘onishi uchun mamlakat qancha miqdorda boshqa bir tovarlarni import qilishi kerakligini ifodalovchi o‘zaro talab tushunchasiga asoslan­gan. Ushbu model xalqaro savdoning barcha asosiy parametrlarini va u bilan bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotning parametrlarini o‘rganish imkonini beradi.
Halqaro savdoda ishtirok etuvchi har qanday mamlakat uchun eksport va import narxlarining o‘zgarishi aholi real daromadining o‘zgarishini anglata- di. Tovar narxi oshganda, bu tovar eksport qilinayotgan bo‘lsa, mamlakatning real daromadi oshadi, agar bu tovar import qilinayotgan bo‘lsa, aksincha, real daro- mad kamayadi.
Ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining nisbati yoki eksport hamda import narxlari indekslari nisbati orqali aniqlanuvchi mamlakat eksport va import narxlarining nisbati savdo sharti, deb ataladi. Uning o‘sishi natijasida mamlakat boyligi ortadi, pasayishi natijasida esa boylik kamayadi. Taklifning ortishi (iqtiso- diy o‘sish) va talabning ortishi (daromadning qayta taqsimlanishi) savdo shartig ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
XX asrda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi eksport-irn port operatsiyalarining sifatiy xususiyatlarini e’tiborga oluvchi yangi tamoyillar
paydo bo'ldi; keyingi yillarda bir qator amerikalik iqtisodchilar tomonidan tovar ayirboshlashning turli omillarni hisobga oluvchi «tovarning hayotiy sikli», «halqaro raqobat» va boshqa modellar ishlab chiqildi.



Download 239,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish