O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

o
tovushining goh 
a
, goh 
i
kabi aytilishi ularning urg‘usiz bo‘g‘inda 
kelishi bilan bog‘liqdir. 
Tovushning so‘zdagi o‘rni, urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘g‘inda kelishi bilan 
bog‘liq holda yuz beradigan o‘zgarishlar 
pozitsion o‘zgarishlar
deyiladi. 
Pozitsion o‘zgarishlarning quyidagi turlari bor: 
Proteza
so‘z boshida bitta unlining orttirilishidir. Odatda, aksariyat sonor r 
tovushidan oldin o‘ unlisi orttiriladi: ro‘mol - o‘ramol, ro‘za - o‘raza. Ayrim 
holatda so‘z boshida sirg‘aluvchi va portlovchi ikki undosh qator kelganda i yoki 
u unlisi orttirilishi mumkin: shkaf-ishkaf, stol-ustol, stul-ustul.
Epenteza
so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, unli 
tovushning orttirilishidir: fikr - fikir, hukm - hukum, uzr - uzur. 
Epiteza
so‘z oxirida bir o‘rinda kelgan ikki undoshdan so‘ng a tovushining 
qo‘shilish hodisasidir: disk - diska, bank - banka, tank - tanka, kiosk – kioska kabi. 
Prokopa
so‘z boshida unli yoki undosh tovushning tushib qolish 
hodisasidir: yigna - igna, yog‘och - og‘och, yirik - iri.
Sinkopa
hodisasiga binoan so‘z o‘rtasidagi va oxiridagi keng unlilar tor 
unlilar kabi talaffuz qlinadi va ayrim holatlarda tushib qoladi: traktor - traktir, 
direktor - direktir, generator - generatir kabi. 
Apakopa 
so‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasidir: 
do‘st - do‘s, xursand - xursan va hokazo. 
Sinerezis
hodisasiga ko‘ra so‘z o‘rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri 
kuchsizlanadi va nutqda tushib qoladi, ikkinchi unli fonema esa cho‘ziq talaffuz 
qilinadi: maorif - mo:rif, saodat - so:dat, qiroat - qiro:t, jamoat - jamo:t. 


65 
Reduksiya
so‘zning birinchi bo‘g‘inida biror unlining (odatda tor unlining) 
kuchsizlanib talaffuz qilinishidir. Masalan, bir, bil, til so‘zlari bir bo‘g‘inli 
bo‘lganligi va urg‘u shu so‘zdagi i unlisiga tushganligi tufayli bu so‘zlardagi i 
unlisi normal holda talaffuz qilinadi va normal holda eshitiladi. Lekin shu 
so‘zlarning oxiriga ikkinchi bir bo‘g‘in qo‘shilishi bilan, urg‘u ham ikkinchi 
bo‘g‘inga ko‘chadi. Natijada birinchi bo‘g‘indagi i unlisi kuchsizlanadi va 
eshitilar-eshitilmas holda sust talaffuz qilinadi: bilak, tilak, biroq. Reduksiyaning 
ikkinchi bo‘g‘inda kelish hollari ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zga uchinchi 
bo‘g‘in qo‘shilganda sodir bo‘ladi – ikkinchi bo‘g‘indagi unli tamoman 
kuchsizlanib, tushib qoladi. Masalan, burun - burni, bo‘yin - bo‘yni, egin - egni 
singari. 
Eliziya 
unli bilan tugaydigan va unli bilan boshlanadigan ikki so‘zning 
qo‘shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir. Bunda bir 
necha holat kuzatiladi: a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza oladi – 
yozoladi, bora oladi – boroladi; b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh 
unlisi tushib qoladi: borar ekan – borarkan, borar emish – borarmish, yozgan ekan 
– yozgankan kabi; d) Abdusalom so‘zining Absalom, Abdujabbor so‘zining 
Abjabbor, olib kel so‘zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir 
undoshning tushib qolishi hodisasi ham eliziyaning yuqori, murakkablashgan 
shakli hisoblanadi. Bunday hollarda eliziyaning murakkablashishi natijasida 
so‘zlarning qisqargan shakllari hosil bo‘ladi. 
 
1.Tovush o‘zgarishlari haqida nimalarni bilasiz? 
2.Kombinator o‘zgarishlarning qanday turlari bor? Misollar keltiring.
3.Pozitsion o‘zgarishlar nima? Turlarini ayting. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish