160
12-MAVZU. LUG
‘
AT TARKIBIDAGI SO
‘
ZLARNING KELIB CHIQISHI,
IJTIMOIY GURUHLAR TOMONIDAN QO
‘
LLANISHI JIHATIDAN
TAVSIFLANISHI
Reja:
1.
Tarixiy shakllanish jihatidan hozirgi ona tili leksikasi.
2.
Hozirgi ona tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi:
umumxalq leksikasi,
dialektal leksik dialektizmlar.
3.
Kasb-hunar leksikasi.
4.
Termin va terminologik leksika.
5.
Jargon va argolar.
Tayanch so‘z va iboralar:
leksikaning ijtimoiy- dialektal bo‘linishi,
umumxalq so‘zlar, shevaga xos so‘zlar, kasb-hunar leksikasi, jargon va argolar,
atamalar.
Mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:
-
talabalarga tarixiy shakllanish jihatidan hozirgi ona tili leksikasi, hozirgi ona
tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi: umumxalq leksikasi,
dialektal
leksik dialektizmlar haqida nazariy tushunchalar berish;
-
kasb-hunar leksikasi, termin va terminologik leksika,
jargon va argolar haqida
malaka hosil qildirish, mavzuga doir test topshiriqlarini bajarishga o
‘
rgatish.
Kutilgan natijalar:
-
talabalar tarixiy shakllanish jihatidan hozirgi ona tili leksikasi, hozirgi ona tili
leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi: umumxalq leksikasi,
dialektal leksik
dialektizmlar haqida nazariy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi;
-
talabalar kasb-hunar leksikasi, termin va terminologik leksika, jargon va
argolarning tasnifi va tavsifiga doir zaruriy bilimlarga ega bo‘ladi;
-
talabalarda
mavzuga
oid
test
topshiriqlarini
yechish
ko‘nikmalari
shakllantiriladi.
Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo‘limlarida,
jumladan,
leksikasida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi so‘zlar eskirib,
iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi
so‘zlar paydo bo‘ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni
taqozo etadi:
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
3. Yangi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o‘zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo‘lib,
uni umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid
so‘zlar,
shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so‘zlar tashkil etadi. Bu
161
qatlamdagi so‘zlar yangilik bo‘yog‘iga ham, eskilik bo‘yog‘iga ham ega
bo‘lmaydi.
Zamonaviy qatlamda so‘zlarning nutqda ko‘p yoki kam ishlatilishi,
barcha
kishilarning ishlatishi yoki ma’lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi
asosga olinmaydi.
Demak, yangilik va eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan so‘zlar eskirgan
qatlam. So‘z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo‘qolishi, yoki
ularning ma’nosini ifodalaydigan boshqa so‘zlarning paydo bo‘lishi
munosabati bilan ayrim so‘zlar asta-sekin qo‘llanilmay unutila boradi. Ular
nutqda kam qo‘llanadi. Ularning ba’zilarini tushunish mumkin,
ayrimlarini
ko‘pchilik tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo‘llansa, izoh
talab etadi. Eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar eskirgan leksika deyiladi.
Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi:
1. Tarixiy so‘zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so‘zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy so‘zlar o‘tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo‘lgan, ammo hozir
eskirib qolgan so‘zlar tarixiy so‘zlar deyiladi. Tarixiy so‘zlar jamiyatda yo‘q
bo‘lib ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo‘llaniladi. Hozirgi tilda
ularning sinonimii yo‘q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla
pul), chaqirim (1 km), tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176,
128 kg), misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin).
Ba’zi so‘zlar til taraqqiyoti davomida turli xil
narsalarni ifodalaydigan
bo‘lib qoladi. Bunday so‘zlarning bir ma’nosi eskirsa, ikkinchi xil ma’nosi
zamonaviy qatlamda ishlatiladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: