13-mavzu: lug`at tarkibining faol va nofaolligi jihatidan tavsiflanishi qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so`zlar)



Download 27,01 Kb.
bet1/6
Sana25.01.2023
Hajmi27,01 Kb.
#902316
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-mavzu lug`at tarkibining faol va nofaolligi jihatidan tavsif


13-MAVZU: LUG`AT TARKIBINING FAOL VA NOFAOLLIGI JIHATIDAN TAVSIFLANISHI
Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so`zlar)
Bu guruh o`zbek millatiga mansub barcha insonlar tomonidan kundalik turmushda ishlatiladigan so`zlar guruhidir. Bu so`zlar guruhi qo`llanish doirasi chegaralangan leksika yoki umumxalq leksikasi deb yuritiladi.
Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksikaning quyidagi xususiyatlari bor:
1. Bunday so‘zlardan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’i nazar o`zbek millatiga mansub barcha kishilar foydalanadi.
2. Bu so`zlarning ma’nosi hammaga tushunarli bo`ladi.
3. Bu so`zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so`z turkumlariga oid bo`ladi.
4. Bu so`zlarning ko`p qismini umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar tashkil etadi.
5. Boshqa tillardan kirgan so`zlar ham o`zbek xalqining barchasiga tushunarli bo`lsa, ular ishlatilish doirasiga ko`ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o`zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag`rur, xafa, maqol, hayot, millat, hikoya so`zlari; fors-tojik tilidan o`zlashgan go`sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so`zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, sirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so`zlar umumxalq tilida qo`llanadi.
Demak, qo`llanish doirasi chegaralanmagan so`zlar o`z qatlamga ham, o`zlashgan qatlamga ham oid bo`lishi mumkin.
Shuni aytish lozimki, umumxalq leksikasi har qanday til lug`atining asosini, yadroisini tashkil etadi. Bu leksika tarkib jihatidan barqaror bo`lib, hayotiy zarur bo`lgan tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi.

Qo`llanish doirasi chegaralangan leksika (so`zlar)

Bunday so`zlar turli sabablarga ko`ra o`zbek tili egalari tomonidan bir xil darajada qo`llanavermaydi.


Qo`llanish doirasi chegaralangan leksikaning quyidagi xususiyatlari bor:
1. Bu leksika tarkibiga kiruvchi so`zlarning ma’nolari barcha o`zbek millati vakillariga tushunarli bo`lavermaydi. Masalan, doyi so`zining ma’nosini faqat xorazmliklar (yoki ularga qo’shni hududdagilar) tushunishadi (bu so`z adabiy iale tog`a degan ma’noni bildiradi).
2. Bu so`zlarning qo`llanish doirasi chegalanishi ularning kelib chiqishiga bog`liq emas. Masalan, kelib chiqishi jihatidan o`zbekcha bo`lgan purkagich (purka+gich) so`zi barcha o`zbek tilida so`zlashuvchilar tomonidan faol ishlatilmaydi (bu so`z ruscha pulverizator so`zining tarjimasidir)1.
O.S.Axmanovaning “Slovar lingvisticheskix terminov” lug`atida dialekt so`ziga quyidagicha ta’rif beradi(tarjima): “DIALEKT - ... 1. Muayyan tilning hududiy, kasbiy yoki ijtimoiy umumiylik bilan chambarchas bog`langan va doimiy hamda bevosita til orqali aloqada bo`lib turadigan u yoki bu miqdorda cheklangan kishilar tomonidan ishlatiladigan ko`rinishi(varianti)dir”2 Shundan kelib chiqqan holda, qo`llanish doirasi chegaralangan leksika hududiy dialektal leksika, ijtimoiy dialektal leksika va terminologik leksika kabi guruhlarga bo`linadi.
Shuni ta’kidlash joizki, bu guruhga kiruvchi so`zlar tarkiban barqaror emas, ya’ni vaqt o`tishi bilan ularning ayrimlari umumxalq leksikasi tarkibiga o`tishi mumkin. Masalan, ijtimoiy dialektal leksikaga tegishli bo`lgan gap yo`qiborasi hozirgi paytda adabiy til guruhiga o`tmoqda (shu nomli teleko`rsatuv ham bor edi).


Download 27,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish