O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

Og

zaki va yozma nutq
Nutq ham til va yozuv kabi ikki xil shaklga ega: a) og‘zaki nutq: b) yozma 
nutq. Og‘zaki nutq tilning (nutqning) tabiiy holdagi ko‘rinishidir. Yozma nutq esa 
shu tabiiy nutqning yozuvdagi ifodasidir. Shunga ko‘ra, og‘zaki nutq o‘zining 
tabiiyligi, ta’sir doirasi va talaffuz xususiyatlari bilan yozma nutqdan jiddiy farq 
qiladi. Og‘zaki nutq fikrni ifodalashning asosiy vositasidir. Unda tovush 


92 
kompleksi, ba’zan ayrim tovush vositalari bilan fikr bayon etiladi. Nutq organlari 
vositasi bilan fikrni ro‘yobga chiqarish va eshitish organlari orqali uni uqib, idrok 
qilish og‘zaki nutqning asosiy xususiyatlaridan biridir. 
Nutqning yozma shakli uning tabiiy shakliga o‘xshab nutq organlari 
yordamida ifodalanmaydi. Yozma nutqda esa kishilar o‘z fikrlarini turli shartli 
belgilar sistemasi vositasi bilan ifoda qiladi. Shunga ko‘ra, yozma nutq tabiiy 
nutqning shartli ko‘rinishi bo‘lib, fikrni ifodalash vositasi sifatida u ma’lum 
darajada chegaralanganligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham nutqning 
yozma shakli qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, u tabiiy nutqning o‘rnini 
bosa olmaydi. Balki yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi, xolos. 
Yozuvning tarixiy ahamiyati. 
Yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti 
jamiyat taraqqiyoti va madaniyatining yuqori saviyaga ko‘tarilishi, shuningdek
siyosiy-huquqiy, estetik va shu kabi fikrlarni qayd qilish hamda keyingi davrlarga 
qoldirishga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan bog‘liq. Demak, yozuv jamiyatning 
eng buyuk madaniy kashfiyotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har 
tomonlama taraqqiyotida juda katta roli va o‘ziga xos ahamiyati bor. 
Xalqlarning qadimiy yozuvini o‘rganish juda katta nazariy va amaliy 
ahamiyatga ega. Yozuvni o‘rganish va ilgarigi davrlarda yaratilgan yozma 
yodgorliklarni 
o‘qish 
qadimda 
amal 
qilgan 
tillarning 
leksik-grammatik 
xususiyatlarini, o‘sha yodgorlik egasi bo‘lgan xalqning tarixiy urf-odatlari va 
madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. 
Agar yozuv bo‘lmaganda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak 
madaniyat namunalari bizgacha yetib kelmagan bo‘lar edi. Homer, Beruniy, Yusuf 
Xos Hojib, Firdavsiy, Nizomiy, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur, Pushkin kabi buyuk 
siymolarning ajoyib fikrlaridan bahramand bo‘la olmas edik. 
Jamiyatda kitob, gazeta, jurnal, va umuman matbuotning ta’lim-tarbiyaviy 
ahamiyati yuksak darajaga ko‘tarila borayotgan hozirgi paytda yozuvning, yozma 
adabiy tilning roli ham o‘sib, ta’sir doirasi kengayib bormoqda. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish