O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

Boshqa tillardan o

zlashtirilgan ayrim so

zlar orfoepiyasi
1.
Turkiy tillarda, ma’lumki, undoshi bo‘lmagan, shuning uchun jonli 
so‘zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi «f» ni «p» deb 
talaffuz qilish hollari uchraydi: 
ulfat> ulpat, faner> paner, ferma > 
perma
kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularni «f» bilan talaffuz qilish me’yor 
holiga kelgan. 
2.
So‘z yoki bo‘g‘in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy 
tillarga xos bo‘lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan 
so‘zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan — jonli so‘zlashuvda so‘z yoki bo‘g‘in 
boshida yoxud bo‘g‘indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib 
kelgan: 
shkaf> ishkop, stakan > istakon, plan

pilon, traktor> tiraktir
kabi. 
Bunday holat so‘z oxirida ham uchraydi: 
aq/> aqil, fikr> fikir, ilm

ilim, 
hukm

hukum
kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday so‘zlarni asl holicha 


82 
(unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik me’yor sanaladi. Bunday me’yor shu 
tipdagi so‘zlarning yozuvdagi shaklini (imlosini) to‘g‘ri belgilashga ham 
yordam beradi. 
3.
Umumturkiy so‘zlarda ikki unli yonma-yon qo‘llanmaydi, bu hol arab tilidan 
o‘zlashgan 
oila, doir, rais, maorif saodat, mutolaa
kabi so‘zlar talaffuziga 
ta’sir qilgan: 
oila, doir, rais
so‘zlarida bitta «y» orttirilgan 
(oyila, doyir,rayis 
kabi), maorif, saodat, mutolaa
so‘zlari esa unlilarning diftonglashuviga —
mo.rip, so:dat, mutola:
kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr 
ichida rus tilidan so‘z o‘zlashtirishning faollashganligi, ruscha o‘zlashmalarning 
rus tilidagi talaffuz va imlo me’yorlarini o‘zbek tiliga aynan singdirish 
tendensiyasining ustun bo‘lganligi o‘zbek tilida ikki unlining so‘z tarkibida 
yonma-yon kelishini orfoepik va orfografik me’yorga aylantirdi: 
biologiya, 
geometriya, 
geologiya, 
geodeziya
va 
boshqalar. 
Bu 
hol 
arabcha 
o‘zlashmalarda 
(oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, mutolaa
kabilarda) 
ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini me’yor darajasiga 
ko‘tardi. 
4.
Arab tilidan o‘zlashtirilgan
ta’na, da’vo, ma’no, e’lon, me’mor, mo’tabar
kabi 
so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unlilar arabcha «ayn» tovushi ta’sirida bo‘g‘iz 
artikulatsiyasi bilan cho‘ziqroq talaffuz etiladi. 
5.
Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda «i» unlisi o‘zbek tilining «i» unlisidan torroq 
va cho‘ziqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: 
tish
(o‘zb.) — 
tip

ti:p 
(rus.), 
//‘/(o‘zb.) - 
tir>
//./-(rus.) kabi. 
6.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz ochiq 
bo‘g‘inidagi «i» o‘zbekcha «i» dan torroq va cho‘ziqroq talaffuz etiladi. Qiyos 
qiling: 
bilan
(o‘zb.) — 
bilet (
rus.), 
kinoya
(o‘zb.) — 
kino
(rus.) kabi. 
7.
Rus tili orqali o‘zlashtirilgan so‘zlarning so‘nggi ochiq, urg‘uli bo‘g‘inida «i» 
unlisi 
o‘zbekcha 
«i»dan tor va cho‘ziq talaffuz etiladi. Qiyos 
qiling: 
maxsi
(o‘zb.) — 
taksi
(rus.), 
tepki
(o‘zb.) — 
konki
(rus.) kabi. Urg‘uli 
bo‘g‘inning boshqa tiplarida (yopiq, to‘la yopiq bo‘g‘inlarda) ham ruscha «i» 


83 
o‘zbekcha «i»dan cho‘ziqroq va torroq talaffuz qilinadi. Qiyos qiling:

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish