Mavzuning dolzarbligi:
Bitiruv malakaviy ishda keltirilgan ta’lim
texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti
to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan
natijalarni, o’quv mashg’ulotning rejasi, o’qitishning usul va vositalarini
mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasini,
ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan
maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatining bosqichma-bosqich ta’riflanishini
ham o’z ichiga oladi. Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma tarkibi kirish, ta’lim
texnologiyasining konseptual asoslari, har bir amaliy mashg’ulot bo’yicha
ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar
maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o’zlashtirish va
yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |