O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Bitiruv malakaviy ishning ahamiyali va ilmiyligi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/43
Sana18.02.2022
Hajmi1,4 Mb.
#454094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
sabzavot va mevalarni birlamchi ishlov berish texnologiyasi fanining talim-tarbiya berishda pedagogik va psixalogik asoslari

Bitiruv malakaviy ishning ahamiyali va ilmiyligi:
Hozirgi kunda jaxon 
tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy 
usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmokda. Jumladan, Buxoro 
oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutida ham innovatsion va 
zamonaviy pedagogik g’oyalar amalga oshirilmoqda: O’qituvchi bilim olishning 
yagona manbai bo’lib kolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash 
jarayonining tashkilotchisi, maslaxatchisi, o’quv jarayonining menejeri bo’lishi 
lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g’oyalar yotadi.
Respublika hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatda 
mamlakat xayotining barcha jabxalarini rivojlantirishga, ayniqsa kelajak avlodni 
milliy tiklanish mafkurasi ruxida tarbiyalashga juda katta e’tibor berilmoqda. 
Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Bu sharafli 
vazifani bajarish o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuksak malakali 
o’qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor 
qaratilayapti. Prezidentimiz o’zining "Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati" 
nomli risolasida shunday deb ta’kidlaydi: "Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun 
boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan baxramand qilish, haqiqiy 
vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, avvalo tarbiyachilarning o’zi 
ana shunday talablarga javob berishi, ana shunday fazilatlarga ega bo’lishi kerak". 
Bu tezis o’z navbatida o’qituvchi- tarbiyachilarning yuksak kasbiy va shaxsiy 
fazilatlar egasi bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham o’qituvchi oldiga 
qo’yilgan vazifalar uta 
murakkab, mas’uliyatli va ayni paytda sharaflidir. 
Rivojlangan davlatlar safidan o’rin olishni uz oldiga maqsad kilib kuygan 
Uzbekistonimiz, xalk xujaligining barcha tarmoklari kabi ta’lim soxasida xam ilgor 
texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini jaxon andozalari 
darajasiga olib chiqishga xarakat qilmoqda. 


13 
Hozirgi paytda oliy ta’lim muassalarida va kasb-xunar kollejlarida yangi 
pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash va zamonaviy o’quv uslubiy 
majmualarni ishlab chiqish muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovor 
ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek ta’lim tizimini takomillashtirish 
maqsadida xorijiy mamlakatlarning kasbiy ta’lim tajribalaridan foydalanilmoqda. 
Ushbu ishlarni amalga oshirish ta’lim soxasida xalqimizning boy merosi, buyuk 
mutafakkirlarimizning g’oyalari va davrimizning ilg’or yangiliklarini o’zida 
mujassamlashtirgan metodik tizimning yaratilishiga asos bo’lmoqda. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kuzda tutilgan asosiy vazifalardan biri 
ta’lim tizimini zamonaviy o’quv adabiyotlari va yangi pedagogik texnologiyalar 
bilan ta’minlashdan iboratdir. O’qitish jarayonining vazifasi ta’lim, tarbiya va 
rivojlanish birligini ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq kasbiy ta’lim yo’nalishlari
bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlashda ta’lim oluvchilarning qobiliyati, ong va 
ko’nikmalarini o’stirish, ilmiy-amaliy bilimlarini chuqurlashtirish muammosi 
bundan xam muhimroq. Bu xususiyatlar kelajakda ta’lim oluvchilar qobiliyatini 
rivojlantirishga ongli ravishda uz kasblariga kizikish va mas’uliyatni oshishiga 
yordam beradi.O’qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning ijodiy kobiliyatlarini 
oshirish muammosi murakkab va kup kirrali. Shuning uchun ta’lim oluvchilarning 
ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarini oshirishda ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi va 
qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb-xunar kollejlarining 
yo’nalishi va ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, ta’lim tizimi ishlab 
chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog’lanishi lozim. Buning uchun kasbiy ta’lim 
fani o’qituvchilari maxsus fanlarni o’qitish metodikasini, mutaxassislikning 
maxorat va amaliy ko’nikmalarini oshirib borishlari talab qilinadi. Hozirgi kunda 
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturidan , jaxon andozalariga moslashuv ehtiyojidan 
kelib chiqqan holda kasbiy ta’lim o’qituvchi kadrlarning asosiy qismi yangi 
texnika va texnologiyani chuqur bilishi, xamda taxlil qila olishi va yangilik 
yaratilish darajasiga ega bo’lishi juda muxim. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik 
texnologiyalar va faol usullardan foydalanish, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik 
vositalarni tadbiq qilish, ko’proq talabalarni mustaqil ishlashga undash, ilg’or 


14 
tajribalardan saboq berishning turli yo’llaridan keng foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Yana bir jixati muhimki kasb-xunar kollejlarida ta’lim olayotgan 
talabalarning kasb-xunarga moyilligi, layokatlari, bilim va kunikmalarini 
rivojlantirish, ularning tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir yoki bir necha 
zamonaviy kasb egallashlari uchun maxsus fanlarni o’qitishni samarali tashkil 
qilish, ushbu jarayonni yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlash 
lozim. “Kasb ta’limi metodikasi” fanining asosiy vazifasi bo’lajak kasb-xunar 
kolleji o’qituvchisiga zamonaviy kasbiy pedagogikaning nazariy asoslari 
to’g’risida bilim xamda o’qitish jarayonini samarali tashkil etish va o’tkazish 
uchun ko’nikmani shakllantirishdan iboratdir. 
Hozirgi qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar axolini 
sifatli oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishi va shu bilan 
bir paytda bugungi kunning eng katta muammolaridan biri bo‘lgan oziq ovqat 
xavfsizligining oldini olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
So‘ngi yillarda meva va sabzavotlarni yetishtirish ularni saqlash va o‘z 
vaqtida qayta ishlash maqsadida bir qator qonunlar va farmoyishlar qabul 
qilinmoqda. 
Bunga 2008 yil oktyabr oyidagi “Paxta ekin dalalarini qisqartirilishi bilan 
meva-pomidorlar va uzumni rivojlantirishga” qaratilgan Vazirlar Maxkamasinig 
Qarori Respublikamizda har yili aholi sonini o‘sib borayotganligini e’tiborga olgan 
holda ularni o‘z vaqtida oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning 21 
yanvar kuni Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzalarida biz bugun 
chorvachilik g‘allachiliq meva va sabzavotchilik kabi sohalarda ilg‘or 
mamlakatlar tajribasini o‘rganish va uni amalda qo‘llashga, bizning iqlim 
sharoitimizda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonoviy sug‘orish tizimlari 
va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga yetarlicha e’tibor 
beramayotganligimizni aytib, “2011-2015 yillarda O‘zbekiston sanoatini 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” gi dastur tasdiqlanganligi 
haqida to‘xtalib o‘tdilar. 


15 
Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jixozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash 
biz uchun eng muhum ustivor vazifa sifatida izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Shuning uchun bugungi kunning qishloq xo‘jalik mutaxasislari qishloq 
xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini 
puxta bilishlari katta amaliy ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik maxsulotlarining 
sifatini bilish, standartlash sistemasi bilan tanishish, qishloq xo‘jaligi 
maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasining o‘zlashtirilishi maxsulot 
sifatini oshiradi va nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi. Hozirgi qishloq 
xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar axolini sifatli oziq-ovqat 
maxsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishi va bu soxadagi ta’minotni 
tubdan yaxshilab jaxon andozalariga tenglashtirish eng dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularni 
saqlash va qayta ishlash ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak buning uchun esa 
yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, 
qolaversa, bu boradagi fan-texnika va ilgor texnologiyalarni tadbiq etish, xorij 
tajriba yutuqlarini o‘rganib ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. «Qishloq xo’jaligi va don maxsulotlarini saqlash va qayta 
ishlash texnologiyasi» kursi bo’yicha yozilgan mazkur darslik qishlok xo’jaligi 
maxsulotlarini , don va uni qayta ishlash , maxsulotlarini qabul qilish,
joylashtirish, va saqlashda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish chora 
- tadbirlarini ochib berishga imkon yaratadi.
Hozirgi 
zamon 
qishloq 
xo‘jalik mutaxasislari qishloq xo’jaligi 
maxsulotlarini saqlash texnologiyasi kursini puxta bilishlari katta amaliy 
ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik maxsulotlarining sifatini bilish, standartlash 
sistemasi bilan tanishish, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash 
texnologiyasining o‘zlashtirilishi maxsulot sifatini oshiradi va nobudgarchilikni 
imkoni boricha kamaytiradi. 
Oxirgi yillarda Respublikamiz miqyosida Prizidentimiz tashabbuslari bilan 


16 
bir qator kasb-hunar kollejlari barpo etilmoqda. Bu bilan biz Respublikamizda 
o‘sib kelayotgan yoshlarimizni qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va ularni o‘z 
vaqtida qayta ishlashga bo‘lgan bilimlarini oshirish ya’ni, qishloq xo‘jalik 
ekinlarining hosilini yig‘ishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari 
chuqur o‘rganilib, bu boradagi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga keng 
joriy etishlariga yordam beradi. 
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom-
ashyoga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida sanoatni tubdan yaxshilash
hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir. Ayniqsa bu borada meva
uzum, kartoshka , sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga
alohida e’tibor berish lozim. Ma’lumki meva sabzavot mahsulotlarining asosiy
qismini yetishtirish bahor, yoz, kuzga to’g’ri kelib, ularning pishib yetilish 
muddatlariga qarab saqlash hamda qayta ishlash oqilona tashkil qilinmas
ekan, aholini turli shifobaxsh moddalarga boy mahsulotlar bilan ta’minlab 
bo’lmaydi. Mahsulot yetishtirish ortib borgan sari, uni saqlash va qayta
ishlash usullari ham takomillashib, yangi zamonaviy omborxona va qayta
ishlash korxonalari bunyod etilmoqda 
Kartoshka, sabzavot va shu jumlada pomidor poliz va meva mahsulotlarini 
terish, tashish, saqlash va ularga dastlabki ishlov berish fan texnika yutuqlari
hamda ilg’or tajribaga tayanib amalga oshirilsa, isrof bo’lish ancha kamayishi
muqarrardir. Xalqaro qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ning ma’lumotlariga
ko’ra, mahsulotning isrof bo’lishi dunyo bo’yicha 10%dan oshmaydi. 
Mamlakatimizda bu ko’rsatgich ayni kunda 30-40%ni tashkil etadi. Zero, 
ushbu ko’rsatgichni yiliga 1-2%ga kamaytirishga erishilsa maqsadga muvofiq
bo’lar edi. Respublikamiz meva-uzum bog’larining umumiy maydoni 2000 yilda 
218.3 ming gektarni sabzavot ekinlariniki esa44.2 ming gektarni tashkil etdi.
Jumlada meva-uzumdan olingan yalpi hosil 55.3ming tonna sabzavotlarniki 
696.4 ming tonnga yetdi.
Meva, kartoshka, va sabzavotlarni uzoq vaqt yaxshi saqlash uchun kimyo,
fizika, biokimyo, o’simliklar fiziologiyasi, agrokimyo, mikrobiologiya,


17 
o’simlikshunoslik, mevachilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik,
o’simliklarni himoy qilish va boshqa qator fanlar yutuqlaridan unumli
foydalanilmoqda. Ammo tan olish lozimki, hozirgacha meva va sabzavot 
ekinlari hosilini yig’ishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari
ilmiy asosda yetarlicha o’rganilmagan.
Bu borada malakali mutaxassislar tayyorlash davlat ahamiyatiga molik
tadbir hisoblanadi. Shu sababli qishloq xo‘jaligi oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida “Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish” fani 
o‘qitiladigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi mutaxassislari meva-sabzavotlarni
saqlash va ularga dastlabki ishlov berish bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lishi
shart. Mutaxassislar xo‘jalikda yetishtiriladigan kartoshka, sabzavot, poliz
meva va uzum mahsulotlari sifatini to‘g‘ri aniqlay bilishlari, ularni xom
ashyoni buyurtmachiga topshirishga oid barcha jarayonlarni to‘g‘ri tashkil 
etishlari, mahsulotlarni saqlashda eng qulay va arzon usullarni tanlab, ularga
o‘z vaqtida sifatli va nes-nobudsiz qayta ishlov berishlari lozim
Bitiruv malakaviy ishini yozish respublikamizning ilg’or xo’jaliklarida
qo’lga kiritilgan tajriba natijalaridan, ilmiy-tadqiqot institutlarining bu
boradagi ma’lumotlaridan, meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki
ishlov berishdagi xalqaro usularidan ham foydalaniladi. 
Shunugdek, O’zbekistonda, shu jumladan Buxoro viloyati aholisini pomidor
mahsulotlari bo’lgan talabini qondirish uchun bu mahsulotda yuqori va
sifatli hosil olish uchun ishlab chiqarishda ilmiy asoslangan texnologiyalarni
qo’llash tavsiya etiladi.

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish