O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 3,31 Mb.
bet12/39
Sana01.01.2022
Hajmi3,31 Mb.
#297924
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Mirkoorganizmlarning oziga xos xususiyatlari va uni organish uslublari

7-rasm. Zamburug’ mitseliysi.
Zamburugdarni bir qancha morfologik va fiziologik belgilariga qarab 6 sinfga bo‘lingan: 1. Xitridiomisitlar 2. Oomisetlar 3. Zigomisetlar 4. Bazidi-yamisetlar 5. Xaltachali zamburug’lar 6. Takomillashmagan zamburug’lar; 1-uchtasi tuban zamburug’lar, qolgan uchtasi esa yuksak zamburug’lar hisolanadi.

    1. Mikroorganizmlarning ko’payishdagi o’ziga xos xususiyatlari.

Hamma tirik organizmlardagi kabi mikroorganizmlar ham jinsiy va jinssiz yo’l bilan ko’payadi.

Bakteriyalar oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Hosil bo’lgan yangi bakteriyalar qulay sharoitga tushganda har 20-30 minutda bo’linib turadi. Ilmiy hisoblarning ko’rsatishicha kattaligi 2 mk bo’lgan bitta bakteriya har 20-30 minutda bo’linganda, bir sutkada 636 mln hujayra hosil qilar ekan. Bu hujayralarning umumiy uzunligi 33 metrni tashkil qiladi. Ularning yashashi uchun kerakli sharoit 3 kun mobaynida saqlansa, hosil bo’lgan hujayralar uzunligi Yer sharini ekvator chizig’ini 14 marta o’rash uchun yetarli bo’lar ekan. Odatda bakteriyalarning moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlari ularning o’zi uchun zaharli ta’sir ko’rsatganligi, ozuqaning yetarli bo’lmaganligi tufayli, shuningdek, bakteriyalarning bir-biriga qarshi kurashganidan ko’pchiligi nobud bo’ladi. Bakteriyalarning ba’zi turlari gonidiy hosil qilish bilan ko’paya boradi. Gonidiylar mayda kurtakchalardan iborat bo’lib, ona hujayradan bo’linadi. Hamma qismi o’sib, rivojlanib mustaqil organizmga aylanadi. Bakteriyalar noqulay muhitga tushib qolsa, spora hosil qiladi. Sporalar 150° C issiqlikka va -200° C sovuqqa ham yashash qobiliyatini saqlaydi.

Zamburug’lar ham jinsiy va jinssiz ko’payadi: vegetativ ko’payish mitseliyning alohida bo’laklarga bo’linishi hisobiga bo’ladi. Jinsiy va jinssiz ko’payish organlari turlicha ko’rinishda bo’lganligi uchun, ularning tuzilish xususiyatlari zamburug’lar sistematikasiga asoslangan. Jinssiz ko’payishi zoospora, sporangiospora va kanidiosporalar (9-rasm) ishtirokida boradi. Zoosporalar va sporangiosporalar ona hujayra sporangiysida va konidiya esa mitseliyning uchida yoki yonida konidiyabandi deb ataluvchi gifalarga hosil bo’ladi . Jinsiy ko’payish esa ikkita jinsiy hujayra va ularning yadrolari qo’shilishi bilan yuzaga keladi. Ba’zi bir turlarida jinsiy jarayon natijasida zigota, boshqalarida esa maxsus sporalar: xaltachali zamburug’larga endogen askosporalar, bazidiyalarda esa ekzogen bazidiosporalar hosil bo’ladi. Bu sporalardan yangi zamburug’ tanasi rivojlanadi.

Spora hosil bo‘lishi (8-rasm) to‘rt bosqichdan iborat:

1. Tayyorlanish bosqichi.

2. Spora oldi bosqichi.

3. Qobiq hosil bo‘lish bosqichi.

4. Yetilish bosqichi.

Batsillalarning noqulay sharoitga tushishi bilan hujayraning ichki strukturasida o‘zgarishlar hosil bo‘lib, ma’lum bir qismidagi protoplazma quyuqlasha boshlaydi va spora oldidagi membrana tashkil topadi, so‘ngra shu joy, zich va bir necha qavatli qobiq bilan o‘raladi. Hujayraning qolgan qismi esa asta-sekin yemiriladi va spora yetiladi. Shunda uning hajmi, vegetativ shaklli mikrobning hajmiga ko‘ra o‘n barobar qisqaradi. Bakteriyalarning spora hosil qilishida birqancha tiplari mavjud: Oddiy-batsilyar tipda bo‘lsa, spora hosil qilgan bakteriyaning shakli o‘zgarmaydi, masalan, Bac.megaterium. Klotridial tipda spora hosil qilganda hujayra shakli dugsimon (romb) shakliga o‘xshaydi. Masalan, moy kislotali bakteriyalar. Ularda yana plektridial tipda spora hosil qilish ham uchraydi. Hujayraning shakli baraban tayoqchasi ko‘rinishini oladi. Shu tariqa bakteriya hujayrasi 18 - 20 soatda sporaga aylanadi.

Sporalar bakteriya hujayrasining turli yerlarida joylashishi mumkin. U hujayraning o‘rtasida o‘rnashsa, markaziy spora, bir uchida bo‘lsa - terminal spora, bir uchiga yaqin joylashsa subterminal spora deb ataladi. Sporalarning joylashishi laboratoriyada mikroblarning turini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Har xil mikrob turlarining sporalari turli shaklda bo‘ladi. Bular sharsimon, cho‘zinchoq (oval) bo‘ladi.

Sporalar ekzina (tashqi) va intina (ichki) qavatlardan iborat bo‘lib, ekzina qavati sitoplazmani tashqi omillaridan himoya qiladi. Intina esa sporaning o‘sib chiqishiga yordam beradi.

O‘sish davriga o‘tishda sporaning bir qutbidan yoki markazidan hujayra o‘sa boshlaydi. Hujayra sporaning bir qutbidan chiqsa qutbli, o‘rta qismidan chiqsa ekvatorial o‘sish deb ataladi.

Spora hosil qilish jarayoni turg‘un hodisadir. Biroq batsillalar zaharli moddalar ta’siriga uchrasa, noqulay sharoitga tushib qolsa, yuqori temperaturada o‘stirilsa yoki sun’iy ozuqa muhitlariga ko‘p marta takrorlab ekilsa, sporalar hosil qilish xususiyatlarini yo‘qotadi. Bunday organizmlar asporogenli irq deb ataladi.


Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish