Zanjirga ta’sir etuvchi signal amplitudasining biror bo’lagini kesib tashlash jarayoni amplitudalarni cheklash deb ataladi. Uni amalga oshiruvchi qurilma amplitude cheklagichi yoki chaklagich deb ataladi. Cheklagichda chiqish signalining shakli biror sathgacha kirish signali shakli bilan mos tushadi, keyin u o’zgarmas yoki kam o’zgaradigan bo’lib qoladi. Chiqish signalining kirish signali shakli bilan mos tushadigan bi’lagi cheklash chegarasi (ostonasi) yoki cheklash sathi balandligi deb ataladi.
Zanjirga tasir etuvchisignal amplitudasining biror qismini kesib tashlash jarayoni amplitudalarni cheklash deb ataladi. Uni amalga oshiruvchi qurilma amplituda cheklagichi yoki cheklagich deb ataladi.
Cheklagichda chiqish signalining shakli biror satxgacha kirish signali bilan mos tushadi, so’ngra u o’zgarmas yoki kam o’zgaradigan bo’lib qoladi. Chiqish
signalining kirish signali shakli bilan mos keladigan qiymati cheklash chegarasi (ostonasi) yoki cheklash sathi - balandligi deb ataladi.
Cheklash jarayonida kirish siganalining amplitudasi yoki quyi tomondan yoki yuqori tominidan cheklanishi mumkun. Shunga qarab cheklash yoki quyidan (minimum bo’yicha), yoki yuqoridan (maksimum bo’yicha) deb ataladi. Bir vaqtda ham quyidan ham yuqoridan cheklash esa, ikki yoqlama cheklash bo’ladi.
Amplitudalarni cheklash turli maqsadlarda qo’llaniladi. Masalan:
-garmonik tebranishdan to’g’ri burchakli va uchburchakli va boshqa shakldagi impulslarni xosil qilishda;
-signallarning maksimal yoki minimal amplitudasini chegaralashda:
-amplitudasi biror qiymatga katta bo’lgan signallarni ajratib olishda;
-impuls signallarining biror qutbuni ajratib olishda;
-davom etish vaqti juda qisqa bo’lgan o’tkir impulslarni hosil qilishda va boshqalar.
Amplitudalarni cheklash jarayoni chiziqli bo’lmagan jarayon bo’lgani uchun cheklagichlar chiziqli bo’lmagan zanjir bo’lib hisoblanadi.
Xozirda cheklagichlarning juda ko’p turlari mavjud. Ular chiziqli bo’lmagan elememtning turi va harakteristikasiga qarab, qanday maqsadga xizmat qilishiga va juda ko’p boshaqa belgilarga qarab sinflarga ajratiladi va turlicha nomlar bilan yuritiladi.
Diodli cheklagichlar sxemasi ikki xil bo’ladi: ketma - ket va paralel. Ketma-ket sxemada diod nagruzka reziztori bilan ketma - ket ulanadi va so’ndiruvchi qarshilik vazifasini bajaradi. Paralel sxemada esa, u nagruzka rezistori bilan paralele ulanadi va avtamatik shunt vazifasini bajaradi. a-rasmda diodli cheklagichning ketma - ket sxemasi ko’rsatilgan agar nagruzga rezistorining qarshiligi yetarlicha bo’lsa musbat impulslar uchun zamjirdagi tokning oliy qiymati
Bo’ladi. Chunki kuchlanishning musbat qiymatlaridagina R(1) diodning to’g’ri o’tish qarshiligi chekli bo’ladi va chiqish kuchlanishi bo’lgani uchun
Deb qaralishi mumkun.
Manfiy impulslar uchun R(1) — R. Agar R bo’lsa, teskari tokni hisobga olmaslik mumkin. Shunga ko’ra qurilgan sxemada kirish impulslarining amilitudasi quyi gomondan nol balandlikda cheklanadi.
Agar sxemadagi diodning ulanish yunalishi o’zgartirilsa, zanjirdagi tokning y’nalishi o’zgarishi va amplituda nol balandlikda yuqoridan cheklanadi.
Demak, bu sxemalar impulslarning biror qutblisini ajratish uchun xizmat qiladi.
Cheklash balandligini noldan farqli qilish uchun cheklagich sxemasiga qo’shimcha o’zgarmas tok manbai kiritiladi. Uning ulanishi o’rniga, qutblanishiga va kuchlanishining kattaligiga qarab diodning ochilib tok o’tkazish xususiyati o’zgaradi. Masalan, v-rasmda ko’rsatilgan sxemada E manba diodning anod zanjiri- ga musbat qutbi anodga to’g’ri keladigan qilib ulangan. Shuning uchuy kirish impulslari bo’lmaganda ham dioddan tok o’tib turadi va nagruzka rezistorda E kuchlanish mavjud bo’ladi. Agar shunda zanjir kirishiga musbat impulslar ta’sir etsa, zanjirdan o’tuvchi tok va nagruzka rezistoridagi potensial tushuvi ortadi. Uning o’zgarishi kirish impulslariga mos bo’ladi. Zaniprning kirishnga maifiy impulslar ta’sir etganda esa, dioddan anod kuchlanishi nolga teng bo’lguncha, ya’ni kirish kuchlanishi manba kuchlanishiga teng bo’lguncha tok o’tadi va nagruzka rezistorida potensial tushuvi hosil bo’ladi.
Diodli cheklagichlarning paralel sxemasi bilan tanishaylik. Bunday cheklagichga misollar rasmda kursatilgan.
Cheklagichlarning parallel sxemasida diod bilan ketma-ket qilib R sindiruvchi rezistorning ulanishi shart. Uning kattalign tengsizlik asosida tanlanadi.
Rasmdagi sxemada kirish kuchlani so’ndiruvchi va sxemaning ekvivalent chiqish qarshiliklariga taqsimlanadi.
Musbat kirish impulslari uchun R(1) juda kichik bo’ladi (diod ochiq). Shuning uchun kirish kuchlanishining asosiy qismi R rezistorda yutiladi; chiqish kuch- lanishi juda kichik bo’ladi.
Kirish kuchlanishnning manfiy impulslari uchun diod yopiq bo’ladi va cheklagich chiqishidagi kuchlanish kirish kuchlanishiga mos tushadi. Demak, parallel diodli cheklagichda sof cheklanish xosil bo’lmaydi. Agar bunda diodning kuchlanishi o’zgartirilsa, sxemaning ishlash mohiyati o’zgarmaydi. Faqat manfiy impulslar cheklanadi, xolos.
Cheklash balandligini o’zgartish uchun bu holda ham sxemaga qo’shimcha manba kiritish kerak (b-rasm).