O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti, fizika mutaxassisligi 2-g fizika guruh talabasi Otaboyeva Durdonaning



Download 2,69 Mb.
bet1/10
Sana14.07.2022
Hajmi2,69 Mb.
#800621
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
islammmm


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI


Fizika fakulteti, fizika mutaxassisligi 2-g fizika guruh talabasi
Otaboyeva Durdonaning
Radioelektronika asoslari” fanidan

O’ZGARUVCHAN TOKNI TO’G’IRLASH. TEKISLOVCHI FILTRLAR. SODDA STALIZATORLAR. AMPLITUDANI CHEKLAGICHLAR. CHASTOTANI KO’PAYTIRISH’’


mavzusida yozgan
KURS ISHI



Qabul qildi: ________ t.f.d., prof. M. Tagaev
Tayyorladi ________ D. Otaboyeva


NUKUS 2022
MUNDARIJA
I.KIRISH………….……………………………………………………………….3
II.ASOSIY QISM.

  1. O’zgaruvchan tokka oid ma’lumotlar……………………………………….…..6.

  2. O’zgaruvchan tokni to’g’irlash………………………………………...............10.

  3. Tekislovchi filtrlar haqida umumiy tushuncha…………………………….….15.

  4. Sodda stablizatorlar turlari………………………………………………….….23.

  5. Amplidutani cheklagichlar. Chastotani ko’paytirish……………………….…32.

III.XULOSA……………………………………………………………………..38.
IV.FOYDALANIGAN ADABIYOTLAR……………………………………...40.


Kirish

Radioelektronika XX asrning o’rtalarida elektronika fanlarining yutuqlari asosida yuzaga radiotexnika va kelgan fan sohasi hisoblanadi. Uning asosini radiotexnika fani tashkil etadi. Ma’lumki, radiotexnikaning asosiy vazifasi elektromagnit to’lqinlar yordamida axborotlarni uzatishdan iborat. Shuningdek, radiotexnika elektr kuchaytirish, generatsiyalash, elektr va elektromagnit to’lqınlar yordamida esa zaryadlangan qattiq jism) hamda ularning chegaralarida Mamlakatimiz mudofaa qobiliyati va Elektronika va beqiyosdir. Radioaloqani tebranishlarni signallarini o’zgartirish mashina va masofadan turib boshqarish kabi mexanizmlarni ma’lum. Masalalar bilan olingan bo’lib, nurlatmoq shug’ullanadi. Radio lotincha "radio" so'zidan degan ma’noni anglatadi. Elektronika zarralarning turli muhitlar: vakuum (gaz, ro’y beradigan elektron jarayonlar haqidagi fan. Shuningdek, elektronika elektronlarning elektr va magnit maydonlar bilan o’zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan fizikaviy hodisalar va ularga asoslangan elektron asboblarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Iqtisodiyotini mustahkamlashda ham signallarni qayta ishlashning roli amalga oshirishda elektromagnit to’lqinlarni hosil qilish, jarayonlar muhim ularni tarqatish va qabul qilish kabi radiotexnik ahamivatga egallaydi.


Radioelektronika, radiotexnika va elektronika fanlarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan fandir. Uning negizni radiotexnika fani tashkil qiladi. Ammo fan va texnikaning rivojlanishi uni radioelektronikani bir bo’limiga aylantirib qo’ydi. Radiotexnik jarayonlar radiosistemalar yordamida amalga oshiriladi. Ulardan eng ko’p tarqalgani informatsiya sistemalaridir. Ularda vogelik, hodisa, axborot va boshqalar haqidagi ma’lumot, ya’ni informatsiya elektromagnit tebranishlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga olib o’tiladi. Shunga ko’ra informatsiya sistemasining asosiy qismini o’tkazgich, aloqa yo’li (aloqa muhiti) va qabul qilgich tashkil qiladi. Ular birgalikda aloqa sistemasi yoki radioelektron sistemalar deb ataladi. Radioelektron tizim manbai uzatkich aloqaga yo’li qabul qilgich istemolchi vujudga kelgan, degan gapni aytdik. Biz yuqorida radioclektronika, radiotexnika va elektronika fanlarining qo’shilishidan kelib chiqishidan radiotexnika va elektronikaning o’zlari nimani o’rgatadi qisqacha shunga to’xtaylik. Radiotexnika o’zgarmas yoki sanoat chastotasi 50 Gts ga teng bo’lgan chastotadagi o’zgaruvchan tok energiyasini yuqori chastotali (yuz ming million va bir necha o’n milion gerts) o’zgaruvchan tok energiyasiga aylantirib berish elektromagnit tebranishlar va to’lqinlarni hosil qilish, ularni tarqatish, qabul qilish shuningdek, biror axborotni radioto’lqinlar orqali uzatish, qabul qilish kabi masalalarni o’rganadi.
Elektronika - elektrovakuumli va yarim o’tkazgichli asboblarni ishlab chiqarish va hozirgi zamon qurilmalarida ishlatish kabi masalalarni organadi. Radiotexnika fanining rivojlanishida XIX asrda fizika sohasida qilingan ko’pgina kashfiyotlar juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Masalan:
- Faradey tomonidan kashf etilgan elektr va magnit maydonlarning o’zaro ta’sir hodisalari ya’ni o’zaro aloqadorligi
- J.Maksvellning elektromagnit maydon xususiyatlarini ochib beruvchi tenglamalarini ko’rsatish mumkin. Bu tenglamalarda elektromagnit to’lqinlarning mavjudligi va ular yorug’lik tezligiga teng bo’lgan tezlik bilan tarqalishi nazariy holda keltirilgan edi. Maksvell nazariyasi to’g’riligini birinchi marta nemis olimi G.Gerts (1886-1988 yil) amalda isbotladi. Lekin Gerts elektromagnit to’lqinlarini amalda hosil qilsada, ammo ulardan texnikada foydalanib bo’lmaydi deb hisobladi. Mana shu kuchsiz uchqunda kelajak aloqa vositasini ko’ra olish uchun tadqiqotchi buyuk olim bo’lishi zanur edi. Bu ixtiroga rus olimi A.S.Papov 1895 yil 7 may kuni Petrburg rus fizik va ximiklari jamiyatida o’zining ixtirosi haqida ma’ruza qildi. Bu ixtirodan bir yil o’tgach italyan injeneri Markoni radio aloqa ishlarini amalga oshirib ko’rsatdi. Eng oddiy elektron asboblaridan bir vakuumli diodni 1883 yilda Amerkalik T.A.Edison ixtiro qilgan. U oddiy chug’lanish tolali elektr lampochkasi ichiga yana bitta elektrod joylashtirganda ular orasida hosil bo’lgan tok faqat bir tarafga yo’nalganligini kuzatgan. Dioddan o’tayotgan tokning elektronlar oqimidan iborat ekanligini J.Tomson (ingliz) ko’rsatib bergan. Birinchi vakkumli triodni 1906 yilda amerkalik Lui de Forist ixtiro qilgan. Agar radiotexnika tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, umuman olganda radiotexnikaning rivojlanish tarixini 3 davrga bo'lish mumkin. Birinchi davrda (1895-1920) asosanuzun to’lqinlardan foydalangan holda telegraf aloqasi yo’lga quyildi. Ikkinchi davrda (1920-1955) elektron lampalardan keng foydalanildi. Radio qurilmalarda elektro Vakuumli lampa keng miqyosda ishlatildi. Uchinchi davrda (1955) yildan boshlab yarim o’tkazgichli asboblar keng qo’llanila boshlandi. Yarim o’tkazgichlarning o’zgaruvchan tokni to’g’rilash xususiyatini 1875 yilda nemis olimi K.F.Braun sezgan edi. Birinchi yarim o’tkazgichli triod ya’ni tranzistorni AQShda D.Bardin va V. Bratten yaratdilar. Dastlabki integral mikrosxemalar esa 60-yilning oxirida paydo bo'ldi. Mikrosxemalarning yaratilishi radiotexnika sohasida katta o'zgarish bo’lishiga olib keldi. Shundan so’ng elektronika aniq ikki qismga, ya’ni katta quvvatli radioelektronika va mikroelektronikaga ajraldi. Keyingi paytlarda radioelektronikaning rivojlanishi bilan yangi sohalar vujudga keldi. Bularga misol qilib optoelektronika, akustoelektronika sohalarini misol qilish mumkin. Optoelektronika elektromagnit to’lqinlar shkalasidan joy olgan optik diopazondan axborotni o’zatish va qabul qilishda foydalanish imkoniyati borligi bilan bog’liqdir.
Akustoelektronika sohasida elektromagnit to’lqinlar bilan bir qatorda elastik, ya’ni tovush to’lqinlaridan keng foydalanilmoqda. Toshkent shahrida birinchi radioeshittirish 1927 yildan boshlab ishlay boshladi. Televizon ko'rsatuvlar 1956 yil 5- noyabrdan yo’lga quyildi (1928 yil televizor kashf etilgan. Grabovskiy tomonidan Toshkentda). O’tkazgich jo’natiladigan ma’lumotni radiosignalga aylantirib beradigan, qabul qilgich radiosignaldan boshlang’ich ma’lumotni tiklaydigan qurilmadir. Aloqa yo’li o’tkazgich va qabul qiluvchi qurilmalarni o’zaro bog’lovchi muhit bo’lib yo erkin fazo, yoki maxsus texnik qurilma (parallel o’tkazgichlar, kabel, nurtola va boshqalar) ni tashkil qiladi.




  1. Download 2,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish