2. FAKULTET DEKANI VAZIFALARI:
2.1. Akademguruhga murabbiylar biriktirish jarayonida talabalar hoxish-istagini inobatga olishi;
2.2. Talabalar oz vazifasini bajarmayotgan murabbiylar haqida murojaat qilganlarida masalaning mohiyatini organib chiqib, belgilangan tartibda murabbiy faoliyatini yolga qoyish choralarini korish va bu haqda talabalarni xabardor etishi;
2.3. Chorak yakunida murabbiylar yigilishini otkazish va reja boyicha bajarilgan ishlarni tahlil qilib, qaror qabul qilishi;
2.4. Talabalarning kutubxona, internet tarmogi va boshqa manbalardan belgilangan tartibda foydalanishlari, axborot olishlari, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosdagi manaviy-marifiy, ilmiy-amaliy tadbirlarda, tanlov va koriklarda amaldagi qoidalarga asosan ishtirok etishlarini taminlashi;
2.5. Oquv yili yakunida Eng ibratli murabbiy tanlovini otkazishi va goliblarni Universitet tanloviga tavsiya etishi;
2.6. Manaviyat va marifat saboqlari darsini bir necha bor sababsiz barbod qilgan murabbiy boyicha Murabbiylar kengashiga taklif kiritishi lozim.
3. MURABBIYNING VAZIFALARI:
3.1. Oz guruhi talabalarining har biri haqida tasdiqlangan malumotnomaga ega bolishi;
3.2. “Guruh murabbiylari” jurnalini belgilangan tartibda yuritishi;
3.3. Axborot va maurabbiylik soatlari” darsini Murabbiylar kengashi” tomonidan taqdim etilgan rejaga ijodiy yondashgan holda otkazishi;
3.4. Guruhda talim-tarbiya ishlarini Nizomda belgilangan talablar asosida olib borishni ozining asosiy vazifasi deb, bilishi;
3.5. Guruhning oz shioriga ega bolishini taminlashi;
3.6. Ozlashtirishi, davomati va tartib-intizomi yaxshi bolmagan talabalar bilan yakka tartibda ishlashi, ularni ibratli talabalarga biriktirib qoyishi va ilgorlar safiga olib chiqishi uchun dekanat hamda jamoat tashkilotlari bilan hamjihatlikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishi;
3.7. I.A.Karimov Ozbekiston mustaqilligining ijodkori, tashabbuskori va rahnamosi ekanligi haqida “Ozbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari hamda muhtaram prezidentimiz Sh. Mirziyoyev asarlari va nutqlari asosida mazmunli turkum muloqotlar otkazishi;
3.8. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan orni, ichki va tashqi siyosatdagi yangiliklar, ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-siyosiy jarayonlar, islohotlarning borishi va erishilayotgan yutuqlar bilan muntazam tanishtirib borishi;
3.9. Universitetda otkaziladigan tadbirlarda guruhning faol ishtirok etishini taminlashi;
3.10. Shogirdlarining yashash joylaridagi shart-sharoitlaridan xabardor bolib, ularning ota-onalari hamda yaqinlari bilan muloqotda bolib turishi;
3.11. Moddiy jihatdan yordamga muhtoj bolgan talabalarning ehtiyojlarini atroflicha organib chiqib, fakultet yoki Universitet rahbariyatiga taklif kiritishi;
3.12. Mamlakatimizning fan, talim, madaniyat, adabiyot, sanat va boshqa sohalardagi namoyandalari bilan uchrashuvlar tashkil etishi;
3.13. Ozbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylariga tashriflar uyushtirishi;
3.14. Talabaning burchi, vazifasi, Universitet, oila va jamoat joylarida ozini qanday tutishi, katta va kichik yoshdagilarga qanday munosabatda bolishi hamda nimalarga etibor bilan qarashi kerakligi haqida suhbatlar otkazib borishi;
3.15. Universitet Nizomiga, ichki tartib-qoidasiga rioya qilmagan, Ozbekiston Respublikasi qonunlarini buzgan guruh talabasi belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi togrisida oz talabalarini ogoh etib turishi;
3.16. Talim-tarbiya ishlari boyicha takliflar kiritishi;
3.17. Guruh talabalarining talab va istaklarini tegishli pogonalarga etkazishi, lozim bolganda ularning haq-huquqlarini himoya qilishi;
3.18 Murabbiylar Universitet rahbariyatining buyrugi bilan guruhdan ozod qilinishi yoki boshqa ishga otkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |