4. TALABALARNING VAZIFALARI:
4.1. Talabalar Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Universitet rahbariyati buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qilishi;
4.2. Ozidagi tashabbuskorlik, fidoyilik singari hislatlarni davlat va jamiyat manfaatlari uchun namoyon etishi;
4.3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, shuningdek, ozga millat vakillarining tili, dini, urf-odat va ananalarini hurmat qilishi;
4.4. Manaviy jihatdan etuk mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarashga ega, zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassis bolib etishishi uchun mavjud shart-sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanishi;
4.5. Dostlik, birodarlik, bagrikenglik, hamjihatlik tuygularini qadrlashi;
4.6. Terrorizm, diniy ekstremizm va odam savdosiga qarshi kurashni ozining vatanparvarlik burchi deb bilishi;
4.7. Jamoat ishlarida faol ishtirok etishi;
4.8. Kutubxonadan olgan darslik va oquv qollanmalarini hamda boshqa texnik jixozlarni yaroqsiz bolishiga yol qoymasligi, ularga zarar etkazgan holda belgilangan tartibda jarima tolashi;
4.9. Universitet hududi va jamoat jaylarining ifloslanishiga yol qoymasligi, ekologik tozalikka rioya qilishi;
4.10. Universitet rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarishi kerak.
5. MURABBIYLIK FAOLIYATI NAZORATI:
5.1. Murabbiy va talabalar faoliyati universitetning manaviy-marifiy ishlar boyicha prorektori, Kengash raisi, fakultet dekani va dekan muovinlari tomonidan nazorat qilinadi.
5.2. Nazorat Axborot va murabbiylik soatlari darslari jarayonida otkaziladi.
5.3. Murabbiy oz faoliyati boyicha chorak yakunida fakultetda otkaziladigan yigilishda hisobot beradi. Oquv semestri yakunida Kengash tomonidan otkaziladigan tanqidiy-tahliliy seminar-kengashda ustozlar faoliyati boyicha dekanning manaviy-marifiy ishlar muovini hisoboti tinglanadi.
5.4. Zarur hollarda murabbiy va talabalar faoliyati bilan bogliq bolgan masalalar Universitet Kengashi kun tartibiga kiritiladi.
5.5. Murabbiy faoliyati quyidagi korsatkichlar boyicha baholanadi:
a) Talabalarning ushbu Nizomda korsatilgan qoidalarga amal qilganlik holati;
b) talabalarning ichki tartib-intizomga rioya qilishi: davomati, fanlarni ozlashtirishi, Universitet, shahar, viloyat, respublika va xalqaro miqyosda otkazilgan fan olimpiadalari, konferentsiya va seminarlardagi ishtiroki natijalari;
v) turli tadbir va musobaqalardagi faolligi va erishgan yutuqlari;
g) talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ishtiroki va natijalari;
d) talabalarning manaviy-axloqiy korsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |