O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. Umarov psixologiya


Pedagogik jarayondagi nizolar va uni oldini olishning psixologik masalaiari



Download 1,62 Mb.
bet10/65
Sana01.02.2023
Hajmi1,62 Mb.
#906632
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Bog'liq
Psixologiya (B.Umarov)

Pedagogik jarayondagi nizolar va uni oldini olishning
psixologik masalaiari


Hozirgi kunda nizolami samarali bartaraf etish pedagogik jamoa­dagi psixologik muhitni emosional yaxshilashga qaratilganligi, hamkorlikda ishlash samaradorligini oshirishni ta’minlash garovi ekanligi hech kimga sir emas. Shu boisdan pedagogik faoliyatdagi, va umuman, nizolar haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi
Nizolami buzg‘unchilik oqibatlarini muvaffaqiyatli hal etish ulami atroflicha o‘rganishni talab etadi. Bunga esa jamoani yuqori darajada rivojlanganligi va iliq ijtimoiy psixologik muhitga ega bo‘lishi orqali erishiladi.
Dastlabki nizo haqidagi konsepsiyalar XIX-XX asrlarda vujudga kelib, asosiy nizo va uning echimlarini topish yo‘llari bo‘yicha qo‘yilgan qadamlar o‘tgan asming oxirlarida salmoqli o‘rin tutadi.
Bugungi kunda psixologiya va ijtimoiy psixologiyada V.O. Ageev (1990), A.A. Bodalev (1983), V.I. Juravlev (1983), N.N. Obozov (1979), l.A. Kon (1997), Ya.A. Ansupov, A.I. Shipilov (2000), F.M. Borodkin (1989), A.K. Zaysev (1992, 1993), A.G. Zdravomislov (1995) va shu kabi boshqalarning tadqiqotlarida nizoning nazariy asoslari yoritiladi.
Nizo (lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, „to‘qnashish“) — maqsad, qiziqish, pozisiyalar, fikrlar, qarashlar, kishilaming o'zaro ta’sir- lashuvidagi qarama-qarshi yo'nalishlar bo‘yicha to‘qnashishlardan iborat.
Jamoadagi nizoning tabiatini yoritishdan oldin uning ikkita xa- rakterli jihatini inobatga olishimizga to‘g‘ri keladi. Birinchisi — nizo va ikkinchisi nizoli vaziyatdir. Ko‘pgina adabiyotlar tahlili asosida nizo bilan nizoli vaziyat ajratib turuvchi quyidagi formulani e’tiborga olish muhim deb hisoblaymiz:
Nizo + Muammo + Nizoli vaziyat + Nizo ishtirokchilari + Incident.
33
Bundan ko‘rinayaptiki, nizo — nizoli vaziyat va u bilan bog‘liq boshqa bir qator ahamiyatga ega elementlami birlashtirishining guvohi bo'lish mumkin.
Pedagogik jamoadagi nizolarni tahlil etish va ularni hal etish zarurati tug‘ilganda nizo tarkibidagi har bir elementni o‘mini aniq baholashga to‘g‘ri keladi. Nizolarni vujudga kelishi va uni oldini olishda yuqorida taqdim qilingan formulaga alohida e’tibor qaratish ma’qul.
Psixologik muhit guruhiy manfaatlarni qondirish, shaxslararo va guruhiy nizolarni hal etishdagi amalga oshirilayotgan muloqotda vujudga keladi va namoyon bo‘ladi.
Shu bois ushbu munosabatlar tafovutli xarakterga egaki, ular ba’zan do‘stona, hamkorlik, musobaqa yoki raqobat, hamjihatli yoki uyaltirib qo'yish, qo‘pollik yoki ongli tartib-intizom tarzida gavdalanadi.
Psixologik adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim oluvchilaming o‘zaro ta’sirlashuvi ko'pchilik holatlarda to‘rtta asosiy ta’sir ko'rsatish usuli orqali amalga oshiriladi: e’tiqod, taqlid, ta’sir, majburlash.
Ta’kidlab o'tilgan usullardan ham ma’lumki, pedagogik jamoadagi o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv forma- larida ham ular o‘z aksini topishi tabiiy. Chunki, ba’zi holatlarda, o‘qituvchi tomonidan berilayotgan topshiriq va vazifalaming berilishi ta’lim oluvchilaming dunyoqarashiga mos kelish va kelmasligiga qarab nizoli holatlami vujudga kelishi tabiiydir. Agar o‘qituvchi shaxsi pe­dagogik jamaoda etarlicha mavqeiga ega bo'lgan sharoitda beriladigan vazifa va topshiriqlaming bajarilish tartibi ta’sir ko'rsatishning e’tiqod darajasini namoyon qilishi mumkin. Ishonch va nufuzning yo‘qolishi, etkazilayotgan ma’lumotlaming to‘laqonligi va aniqligi, muloqot jarayonlarida shubhaning paydo bo'iishi va boshqalar ham aynan nizoli vaziyatlarni jamoada kechishiga zamin hozirlaydi.
Nizo to'g’risidagi odatiy tasavvurlar ma’lum maxsus tadqiqotlar tomonidan salbiy ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi. M.Doychning ishlarida nizolar nazariy jihatdan tahlil qilinib, ular ikkita turga ajratiladi: destruktiv va produktiv.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish