O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. Umarov psixologiya



Download 1,62 Mb.
bet6/65
Sana01.02.2023
Hajmi1,62 Mb.
#906632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Psixologiya (B.Umarov)

Psixoiogiya va texnik taraqqiyot

XX asr ishlab chiqarish, texnikaning yangi-yangi turlari, aloqa vositalarining juda tez o'sganligi bilan, elektronika, avtomatikadan foydalanila boshlanganligi, transporting yangi, tovushdan tez turlarini o’zlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi inson psixikasiga juda katta talablar qo‘ymoqda. Hozirgi zamon sanoati, transportida va harbiy ishlarda psixologik faktorlami, ya'ni kishining imkoniyatlari, bilish jarayonlari — idroki, xotirasi, tafakkurini, shaxs- ning o'ziga xos xususiyatlari — xarakteri, temperamenti, rcaksiya- larining tezligi va boshqalami hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Tovushdan tez hozirgi zamon samolyotlarida, ulkan elektrosistemalarning ope- rativ — dispctchcrlik uchastkalarida ishlovchi kishilar juda kichik vaqt ichida tez qarorga kelishiga to‘g‘ri keladi, aks holda avariyalarga sabab bo'lishi mumkin. Ana shunday murakkab sharoitda ishlay olish uchun kishilarda imkoniyat bor-yo‘qligini, ulaming shu ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlashda psixologiya fani oldiga muhim talablar qo‘yiladi.
Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo‘lsa, texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va ma- shinalar bilan „muloqot“ qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mu- kammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo‘lgan masaladir. Ayniqsa, mustaqil 0‘zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini bi- ladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta'minlash qanchalik dolzarb bo‘lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va „odam-mashina“ dialogining eng samarali yo‘llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol ,,tillashadigan“ malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari, pedagogika va psixoiogiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi.
Injenerlik psixologiyasi kishi bilan texnika o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi fan bo‘lib, u texnikaning ko‘pgina sohalari, bionika, kibemetika bilan uzviy bog‘langandir. Ta'kidlash joizki, Respub- likamizda bu sohaga ham keyingi yillarda qiziqish ancha ortdi. Shu boisdan bir qator yosh, iqtidorli mutaxassislar injenerlik psixologiyasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

1.5. Psixologiyaning asosiy metodlari va pedagogik faoliyatda
qoMlanilishi munikin bo‘lgan psixologik metodikalar

Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan har qanday fan o'sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar, vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro'si ham birinchi navbatda o‘sha metodlar yordamida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog'liq bo'ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasiga bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalami bevosita qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ilg'ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko‘plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog‘i o‘z vazifalarini echish va ma’lumotlarga ega bo'lish uchun ko'plab metodlarni sinovlardan o‘tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo‘ llanil ishi va unda erishilgan muvaflaqiyatlar awalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to'plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
Biz mazkur mavzuimizda har bir insonning o‘zini va atrofidagilami bilib olishiga imkon beradigan, murakkab bo'lmagan, qo'llash shartlari sharoitga mos bo‘lgan va umum qabul qilingan metodlarni keltirdik.
2-rasmda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to'g'risida

2-rasm. Pedagogik psixologiyaning asosiy metodlari
19
birlamchi ma’lumotlar to‘playdi, to‘pIangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin.
Quyida psixologiya, jumladan, pedagogik psixologiya fanida eng samarali, ishlatilishi qulay va olingan natijalar ishonchliligi yuqori bo'lgan kuzatish metodiga to‘xtalib o'tamiz.
Kuzatish metodi tavsifi
Kuzatish metodi qadimgi empirik metodlarguruhiga mansub bo'lib, unda hozirgi kunda sifat jihatidan katta o‘zgarishlar yuz berdi. Uning ob’ekti, ko'lami kengaydi, murakkab jarayonlami o'rganish imkoniyati tug'ildi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, shakli va vositalari ko'paydi, ob’ektivlik darajasi ortdi. Kuzatish psixologiya fanining barcha sohalarini universal tadqiq qilish metodiga aylanib qoldi. Shu boisdan bugungi kunda uning ahamiyati yangi bir yuksak darajaga ko‘tarildi. Tatbiqiylik ko'lami yanada kengaydi, statistik metodlarga mosla- shuvehanligi bilan boshqa tadqiqot metodlaridan ajralib turadi.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda uning ayrim manbalarda yoritilmay qolgan jihatlari to'g'risida mulohaza yuritamiz.
Kuzatish texnikasi

  1. Voqelikni kuzatish oqimini muayyan qismlarga ajratish (klasi- fikasiyalrash).

  2. Kuzatishning ko‘lami va xarakterini aniqlash.

  3. Kuzatishni qayd qilish (fiksasiyalash).

  4. Olingan natijalami sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.

Kuzatish ob 'ekti va predmeti

  1. Kuzatishning ob’ekti — inson, guruhiy va jamoaviy munosa- batlar, ob’ektiv va sub’ektiv kechinmalar, hayvonot olami, shaxs faoliyati kabilami o‘rganishdan iboratdir.

  1. Kuzatishning predmeti — insonning holati, uning harakat tez- ligi, harakatning kuchi, hamkorlik harakati, odamning ongsiz, ongosti va onglilik holatlari (faoliyat, muloqot) ni eksteriorizasiyalashdan ibo­ratdir. Bunda quyidagilar inobatga olinishi zarur:

  1. amaliy va gnostik harakat;

  2. nutq aktlari, ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo'nalishi, chas- totasi, ritmi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi va fonetik qurilishi;

  3. mimika, imo-ishora, pantamimika, vokal mimikasi;

  4. vegetativ reaksiyalarning ayrim ko‘rinishlari (qizarish, terlash, oqarish, nafas olishning tezlashuvi va qiyinlashuvi).

Kuzatish iyerarxiyasi

  1. Kuzatishning maqsadi

  2. Kuzatishning vazifalari

  3. Kuzatishning programmasi

  4. Kuzatish fiksasiyasi.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

  1. umumiy talablarga rioya qilish;

  2. yaxlit qayd qilib borish;

  3. kundalik;

  4. texnik vositalardan foydalanish.

Kuzatishning ifodaianishi

  1. Olingan ma’lumotlaming alomat va belgilar orqali ifodaianishi (piktogramma, grafik sxema).

  2. Standart protokollarning aks ettirilishi.

Kuzatish turlari

  1. Sistematik

  2. Epizodik

  3. Dala sharoitida

  4. Labaratoriya sharoiti

  5. Tabiiy sharoitda

  6. Xronologik

  7. Davriy

  8. Bir martalik

Mehnat faoliyatini kuzatish

  1. F. Gilbertning ish kuni fotografiyasi metodikasi (harakatni tahlil qilish)

  2. A.F. Gostevning xronokartasi (2 yoki 3 marta 30 minutdan smenadan keyin talabalarda dars boshida, o‘rtasida, darsdan keyin).

Kuzatish formalari

  1. Aralashib yashirin kuzatish

  2. Psixologik portret

  3. Ochiq aralashib kuzatish (o'smirlarda)

  4. Xulq portreti

Kuzatishni qayd qilish turlari

  1. Kundalik

  2. Ta’kidlovchi

  3. Umumlashtiruvchi

  4. Faktik (foto video magnit lentasi)

Kuzatish natijalarini qayta ishiash

  1. Sifat tahlili

  2. Miqdoriy tahlil

Kuzatish hisobotini jihozlash

  1. Kirish (muqaddima)

  2. Metodika t^vsifi

  3. Natijalami tartibga keltirish

  4. Natijalaming muhokamasi va tahlili

  5. Xulosalar

  6. Tavsiyalar

  7. Adabiyotlar ro'yxati

  8. Ilovalar

Konflikt holatini aniqlash

  1. Nizo (konflikt) mohiyatiga kirish

  2. Nooning kuchayishi

  3. Nizoning echilishi

  4. Nizodan keyingi psixologik holat

Kuzatish yakuni

  1. Umumpsixologik xulosalar chiqarish

  2. Milliy etnopsixologik va regional xususiyatlarni sharhlash


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish