O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
B.M. UMAROV
PSIXOLOGIYA
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi
tomonidan nopedagogik oliy ta ’lim yo ‘nalishi magistratura bosqichi
talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
«Voris-nashriyot»
Toshkent - 2012
УДК 159.9(075)
КБК 88уа73 722
U-47
Т aqrizchilar:
Psixologiya fanlari doktori, professor Z.Nishonova
Pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmonova
Ushbu darslikda inson hayoti va faoliyatida psixologik bilimlaming o‘r- ni, pedagogik faoliyat psixologiyasi, pedagog shaxsi psixologiyasi, interfaol ta’lim metodlarining psixologik asoslari, oliy ta'lim psixologiyasi, pedagogik baholash psixologiyasi, pedagogik jamoalarni boshqarish psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, ta'iimning psixodiagnostik asosi, ijtimoiy jarayonlar: oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi kabi dolzarb mavzular o‘rin oigan.
Shuningdek darslikda shaxs fenomeni psixologiya fani qamrab oigan asosiy maummolar va mavzulaming markaziy figurasi hamda „Shaxs- jamiyat“ tizimida o‘zaro munosabatlarning obyekti va subyekti sifatida e'tirof etilgan. Shaxs taraqqiyoti va kamoli uchun muhim bo'Igan ij^imoi^ll^^huv omillari va boshqalar mantiqan o‘zaro bog'liq psixologik hodisalar sifatida talqin etilgan.
ISBN 978-9943-375-56-7
© «Voris-nashriyot» MChJ, "2012.
KIRISH SO‘ZI O‘RNIDA
0‘zbekiston Respublikasining kadrlari oldiga qo'yilayotgan eng muhim vazifalardan bin — malakali mutaxassislar sifatida o'zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan holda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsatishdir.
Bu o'rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya faniningo‘mi va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o‘quv qo'llanmalar, risolalar tayyorlashning yangicha uslublarini talab etmoqda.
Mazkur kursning maqsadi — talabalarga ta’lim va tarbiyaning mazmuni, undagi psixologik qonuniyatlar, psixologik bilimlaming inson va jamiyat hayotidagi o‘mi va ahamiyati, pedagogik psixologiyaning metodlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Psixologiya fanining asosiy vazifalariga magistrlami ijtimoiy fao- liyatning pedagogik faoliyat, ta’lim va tarbiya, mehnat, pedagogik baholash psixologiyasi, pedagogik faoliyatni boshqarish kabi yo‘na- lishlarda o‘qituvchi mehnatini tashkil etish, pedagogik jamoalarda ishni tashkil etish omillari, mexanizmlari va shart-sharoitlari bilan tanish- tirish, ta’lim faoliyati motivlarini mukammal o'zlashtirish, talaba- laming ta’limdagi qobiliyat va iqtidorini o‘stirish yo'llari, hamda ulami rivojlantirish masalalariga o‘rgatish, bu borada ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiati va mohiyatini tushunishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Ma’lumki, har bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini hisobga oigan holda ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish insonda o‘z- o‘zini anglashni vujudga keltiradi. Shaxsda o‘z-o‘zini anglash tuyg'usi qancha erta uyg‘onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o'z xulqini his qilish, o'zining amaliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo‘ladi. Xuddi shu asnoda injiqlik, o‘jarlik va qaysarlik kabi illatlaming tarkib topishiga ruhiy to‘siq vujudga keladi.
Manbalarda ta’kidlanishicha, shaxslararo munosabatlardagi qarama-qarshilik, inqiroz rivojlanish qonunlariga loqayd qarashning oqibatidir. Inson psixikasidagi umidsizlik, ijtimoiy adolat uchun kurashish ruhining o'zgarishi — nazariya bilan turmush nomutanosib- ligining mahsulidir. Odamlarda e’tiqod, dunyoqarash, muomala, muloqot, mustaqil xulq-atvorni shakllantirish ko’proq yuqoridagi omillarga bog‘liqdir. Kishilardagi tashabbuskorlik hamda to'siqlami yengishga intilishning shakllanishida psixologik bilimlaming o‘mi kattadir.
Umuman ijtimoiy hayotning barchajabhalarida — jumladan, oila, tarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonasi va jamoat tashkilotlarida psixologik ilmlardan foydalanish ta’lim va tarbiyada shaxslararo ijobiy munosabatlar o'matishning, ishlab chiqarish samaradorligini oshi- rishning garovidir.
Ta’limdagi yangilanish, asosan, „Davlat ta’lim standartlari“ni ishlab chiqishnigina amalga oshirmay, balki ta’lim jarayoni orqali o‘quvchining o‘z kelajagini yorqin tasawur qila oladigan, bu borada o'z taqdiri va o‘z shaxsiga ongli munosabatda bo‘lib, turli faoliyatlarda o‘z-o‘zini nvojlantira oladigan erkin, faol va mustaqil shaxsni shakl- lantirishni ko‘zda tutadi.
Mazkur darslikning ahamiyati yana shundaki, u mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ulaming hayotga, umuminsoniy qadriyatlaiga, kasb-kori, oilasi, o‘z salomatligi va yaquilariga bo‘lgan munosabatlarida milliy mafkuramizning asosiy mazmun va mohiyatlari namoyon bo‘layotganligi bilan uyg‘un tarzda bayon etilganligidir. Zero, mustaqillik psixologiyasini ongi va shuurida aks ettirgan hamyurtlarimiz, birinchi navbatda, yosh avlod kundalik muomalasi va turmush tarzida o‘sha millat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi solih amallarga intilaveradi va sog‘lom g‘oyalarsiz yashay olmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biz jamiyatimiz hayotida ro‘y berayotgan barcha o’zgarishlaming ijtimoiy psixologik mohiyatini bo‘lg‘usi mutaxassislar tomonidan o'zlashtirilishiga ko‘mak beruvchi ilmiy manbalaming ahamiyatini yana bir marotaba ta’kidlashni istardik. Zero, mamlakatimizda o‘zining sifat bosqichi doirasida muvafTaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi barcha ishlarimizning amaldagi g‘oyaviy yo‘nalishini belgilaydi.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining „Pedagogika“ va „Psixologiya“ yo‘nalishlariga ixtisoslashmagan mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olayotgan magistratura bosqichi talabalan uchun mo‘ljallangandir. Unda O‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonuni g‘oya- laridan kelib chiqqan holda har tomonlama mukammal, malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi ko‘zda tutilgan.
Zotan, mustaqil respublikamizning kelgusidagi rivoji, ravnaqi har tomonlama barkamol, o‘ziga, boshqalarga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga to‘g‘ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko^-sata oladigan, ijodkor va tadbirkor shaxsga bog‘liqdir. Talabada ana shu xususivatlaming rivojlanishi so‘zsiz o‘qituvchiga, uning o‘quv- tarbiya jarayonini to‘g‘ri boshqara olishiga bog‘liq. Bugungi kunda har
bir fan o'qituvchisi o'quvchilarga „Davlat ta’lim standartlari“da belgilangan bilimlar me’yorini o'rgatish, demakki, „yaxshi filolog", „yaxshi fizik“, „yaxshi adabiyotchi“, „yaxshi tarixchi", „yaxshi iqtisodchi“, „yaxshi muhandis“ bo'lish emas, balki o‘z sohasiga doir fanlarni o'qitish orqali talaba shaxsining yuqorida ko'rsatib o'tilgan jihatlarini tarbiyalay oladigan yaxshi o'qituvchi bo'lishi lozim. Yaxshi o'qituvchi bo‘lish uchun esa o'quv jarayonini yaxshi, to'g'ri, odilona va oqilona boshqara olishi juda muhimdir.
Ushbu darslik yoshlarga aynan psixologik bilim asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ulami o'z atrofida ro'y berayotgan islohotlarga xolis baho berish, o'zi va o'zgalar ruhiyati sir-asrorlariga befarq bo'lmaslik, o'z layoqatlarini o'stirishning elementar vositalaridan boxabar bo'lishga yordam beradi. Chunki shaxs o‘z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni to'g'ri yo'naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o'ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi.
O'quvchilar hukmiga havola etilayotgan ushbu darslik ham mustaqillikning bizga yaratgan cheksiz imkoniyatlari, ijodiy va mustaqil tafakkur qilishning mevalaridandir. Chunki zamonaviy kadrlar oldiga qo'yilayotgan eng muhim vazifalardan bin — malakali mutaxassislar sifatida o'zligini, o'z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan holda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko'rsatishdir. Bu o'rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o'rganuvchi psixologiya fanining o'mi va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o'quv qo'llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda.
Darslik psixologiya asoslari bo'yicha muxtasar bilimlami beigani bilan, uning har bobi yakunida tavsiya etilgan topshiriqlar, mashqlar, testlar va mustaqil bajarish uchun berilgan mavzular talabalami o'z ustida ishlashga o'rgatadi va psixologiyaning boshqa masalalarini ham mustaqil o'rganish va ruhiy hodisalami tahlil qilishga yordam beradi.
Muallif har bir o'quvchi kitobni mutoala qilish jarayonida unda ko'tarilgan muammolarga befarq qolmaydi, jahonda va mustaqil yurtimizda ro'y berayotgan olamshumul voqealar mohiyatini anglashda va ularga nisbatan faol hayotiy mavqening shakllanishida ko'makdosh bo'ladi, deb umid qiladi.
Muallif
5
Do'stlaringiz bilan baham: |