O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 rasm.  Kollej o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning muhim  yo‘llari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana11.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#351661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
oquv tarbiya jarayonida kreativ talimning orni

1.1. rasm. 

Kollej o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning muhim 

yo‘llari

 

 

Муҳим йўллар

 

Соҳага оид мавжуд 



тажрибаларни  

ўрганиш


 

Табақалаштирилган  

таълимни жорий  

этиш


 

Умумий психологик- 

педагогик  

назорат


 

Психологик  

хизматни  

ташкил этиш

 



 

14 


1.2. Shaxs qobiliyati, iqtidorining pedagogik-psixologik tarkibiy tuzilmasi va 

o„ziga xos jihatlari  

 

Quyida    kollej  o„quvchilarining  ijodiy  qobiliyatini  shakllantirish  yo„llarining 

mohiyati  qisqacha yoritiladi: 

1.  Sohaga  oid  mavjud  tajribalarini  o„rganish.  Bugungi  kunda  qobiliyatli 

bolalarni  aniqlash,  ularni  saralash  va  qobiliyatli  o„quvchilar  ta‟limini  tashkil  etish 

borasida  respublika  uzluksiz  ta‟lim  tizimida  muayyan,  rivojlangan  xorijiy 

mamlakatlarda  esa  boy  tajribalar  to„plangan.  Jumladan,  M.Karne,  M.Davletshin,  

Sh.Baratov, M.Karimovalarning yo„nalishga oid qarashlari hamda Veksler o„lchovi, 

Slossan testi, Torrens testi, Vayland o„lchovi, Kaliforniya o„lchovi, Renzulli, Blum, 

Uilyam hamda Gilford andozalari bilan tanishish va ulardan mahalliy shart-sharoitlar, 

milliy  xususiyatlarni  inobatga olgan holda maqsadli foydalanish ta‟lim muassasalari, 

shu  jumladan,  pedagogik  kollejlar  faoliyatida  qobiliyatli  o„quvchilar  bilan  ishlash 

samaradorlikni  ta‟minlaydi.  O„tkir  Tolipov  o„z  izlanishlarida  kreativ  ta‟limga  ijod 

mahsuli  sifatida  va  har  bir  shaxsda  ijodning  quyi  va  yuqori  darajalarini  ko„rsatib 

bergan.  Yoshlarni  ijodkorlikka  yo„naltirishda  ta‟lim  va  tarbiyaning  tizimli  amalga 

oshirilishi natijaning  ijobiy bo„lishini  ta‟kidlab o„tgan.  

Amaliyotchi-psixologlar  qobiliyatli  bolalarni  aniqlash,  ularni  saralash  va  ularga 

tabaqalashtirilgan  ta‟lim  berish  to„g„risidagi ilg„or qarashlar, shaxsning qobiliyatlilik 

darajasini  aniqlashga  yordam  beruvchi  maxsus  testlar,  o„lchovlar  va  modeldan 

ko„rgazmalar  tashkil  etishlari,  alohida  xonani  ular  bilan  jihozlashlari,  umuman 

olganda,  pedagogik  kollejlarning  qobiliyatli  o„quvchilari,  ularning  qobiliyatlilik 

darajasi,  ulardan  samarali  foydalana  olish  imkoniyatlari  va  qo„lga  kiritgan  yutuqlari 

haqidagi  umumiy  ma‟lumotlarni  hosil  qilishlari  ta‟lim  muassasalarining  pedagogik 

jamoalari  hamda ota-onalarning nazariy-metodik bilimlarini  boyitishga xizmat qiladi.  

Shuningdek,  pedagogik  kollejlarda  faoliyat  yuritayotgan  pedagoglar    hamda 

guruhlarning  rahbarlarini  o„quvchilar  ijodiy  qobiliyatlarini  aniqlashga  oid  maxsus 

testlar,    so„rovnomalar,o„lchovlar  mohiyati  bilan  tanishtirish,  ulardan  foydalanish 

ko„nikmalarini  shakllantirish,  umumiy  va  maxsus  qobiliyatni  rivojlantirishga  xizmat 




 

15 


qiluvchi  to„garaklar  faoliyati  reja  va  dasturlarini  ishlab  chiqish  malakalarini  hosil 

qilish  maqsadida    ma‟ruzalar,  amaliy-seminar,  trening,  debat  va  suhbatlarni  tashkil 

etishga alohida e‟tibor qaratish kerak.  

2. Pedagogik-psixologik xizmatni tashkil etish. Pedagogik kollejlarda pedagogik-

psixologik xizmatni tashkil etish o„quvchilarning individual xususiyatlarini o„rganish, 

ular  orasidan  qobiliyatlilarni  tanlab  olish,  ular  ijodiy  qobiliyatining  yo„nalishlari  va 

darajasiga muvofiq rivojlanish dasturlari yoki bu boradagi tavsiyalarni ishlab chiqish, 

izchil,  uzluksiz  va  tizimli  tarzda  o„quvchilar  ijodiy  qobiliyatlarining  rivojlanish 

dinamikasini  o„rganish va tahlil qilishga imkon beradi. 

Pedagogik  kollejlardagi  pedagogik-psixologik  xizmat  –  zamonaviy  ta‟lim 

tizimining ta‟lim va tarbiyada bolalarning layoqat, qobiliyat, qiziqish va iqtidorlaridan 

iborat  aqliy  va  shaxsiy  imkoniyatlarini  o„z  vaqtida  namoyon  bo„lishi  va  ulardan 

maqsimal darajada to„la foydalanishni ta‟minlovchi muhim  vosita  hisoblanadi . 

Pedagogik-psixologik  xizmat,  shuningdek,  bolalarning  pedagogik-psixologik 

rivojlanish  zahiralarining  o„z  vaqtida  ro„yobga  chiqarilishiga  imkoniyat  yaratadi.  ... 

Agar  gap  qobiliyatli  bolalar  haqida  borganda,  pedagogik-psixologik  xizmat  yuqori 

darajadagi  qobiliyatlarini  vaqtida  aniqlash  va  ularning  pedagogik-psixologik 

rivojlanishini  takomillashtirilishini  ta‟minlaydi”. 

Ta‟lim  tizimida  yo„lga  qo„yiluvchi  pedagogik-psixologik  xizmat  mohiyatidan 

kelib  chiqqan  holda  pedagogik  kollejlarda  ham  undan  foydalanish  har  bir 

o„quvchining  ichki  imkoniyatlarini  o„rganish,  keng  ko„lamli  tadqiq  qilish,  ularda 

muayyan  yo„nalish  bo„yicha  namoyon bo„luvchi qobiliyatni aniqlash va darajalarini 

belgilash,  mavjud  holatlarga  muvofiq  o„quvchilarni  tabaqalashtirilgan  ta‟lim  tashkil 

etiluvchi  maxsus  guruhlarga  biriktirish  hamda  ularning  ijodiy  qobiliyatlarini 

boyitishga xizmat qiluvchi  rivojlanish dasturlarini yaratish mumkin bo„ladi.  

Kollejlarda  pedagogik-psixologik  xizmat  vositasida  qobiliyatli  o„quvchilarni 

aniqlash  va  ularni  saralashda  mazkur  ta‟lim  muassasalarida  faoliyat  yuritayotgan 

amaliyotchi-psixologlar  muhim  rol  o„ynaydilar.  Ularning  guruhlar  rahbarlari,  fan 

o„qituvchilari  hamda  ota-onalar  bilan  hamkorlikda  amalga  oshiruvchi keng ko„lamli 

faoliyatlari  natijasida  ijodiy  qobiliyatli  bolalarning  ichki  imkoniyatlarini  to„la 




 

16 


ro„yobga  chiqarish  imkoniyati  yuzaga  keladi.  Amaliyotchi-psixologlarning 

o„quvchilar  bilan    yaqin  hamkorlik o„rnata olishlari ham so„z yuritilayotgan jarayon 

muvaffaqiyatining  garovi hisoblanadi.     

Ijodiy qobiliyatli  bolalar bilan nafaqat ta‟lim muassasasida, shu bilan birga oila 

muhitida  ham  doimiy  ravishda  ishlash,  qulay  pedagogik  shart-sharoitlarni  yaratib 

berishning  muhimligini  inobatga  olgan  holda  amaliyotchi-psixologlarning  oilalar 

bilan  mustahkam  aloqa  o„rnatishlari  maqsadga  muvofiqdir.  Ushbu  aloqa  doirasida 

ularning  ota-onalarga  o„quvchilar  qobiliyatini  rivojlantirishga  oid  maslahatlarning 

berilishi,  psixoproflaktik  ishlarning  yo„lga  qo„yishi  ularning  ichki  imkoniyatlarini  

to„laqonli ro„yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini to„g„ri yo„naltirish, o„z kuchlariga 

ishonch va kelajakka ishonch tuyg„ulariga ega bo„lishlariga yordam beradi.  

3.  Tabaqalashtirilgan  ta‟limni  joriy  etish.  Tajriba  shuni  ko„rsatdiki, 

o„quvchilarning  o„quv  fanlarini  o„zlashtirish  yoki  ularning  ijodiy  qobiliyatlari 

yo„nalishi  va  darajasiga  ko„ra  tabaqalashtirilgan  ta‟limni  joriy  etish,  birinchidan, 

bilim,  ko„nikma  va  malakalarni  shakllantirish  davrida  qobiliyatli  bolalarning 

imkoniyatlarini  yanada  rivojlantirish;  ikkinchidan,  ularning  vaqtini  behuda  isrof 

qilmaslik;  uchinchidan,  o„quvchilar  o„rtasidagi  munosabatning  mo„‟tadilligini 

ta‟minlashga  imkon  beradi  (zero,  pedagogik-psixologik  nuqtai  nazardan,  ijodiy 

qobiliyatli  bolalar  e‟tibor  talab  ekanliklari  bois  o„zlariga  nisbatan  past  daraja  va 

mavqedagi tengdoshlarini kamsitish, ularga noto„g„ri munosabatda bo„ladilar). 

Pedagogik  kollejlarda  ijodiy  qobiliyatli    o„quvchilarni  saralash  bevosita  ularni 

qobiliyatlarining  yo„nalishlari  va  darajalariga  ko„ra  muayyan  guruhlarga  biriktirish 

asosida  tabaqalashtirilgan  ta‟lim  asosida  o„qitilishini  talab qiladi. Tabaqalashtirilgan 

ta‟lim o„ziga xos afzalliklarga ega bo„lib, uni joriy etish orqali: 

 

har bir o„quvchining pedagogik-psixologik xususiyatlari, shaxsiy sifatlarini 



inobatga olish asosida yondashish; 

 

o„quvchilarni  ularning  ta‟lim-tarbiyaviy  maqsadlarini  aniqlash  orqali 



boshqarish; 

 

ko„zlangan  maqsadga  erishish  uchun  mavjud  imkoniyatlardan  to„liq 



foydalanish;  


 

17 


 

bo„lajak mutaxassislarda qunt va chidamlilik kabi sifatlarni mustahkamlash; 

 

ularda  mas‟uliyat  tuyg„usi  va  intizomga  qat‟iy  amal  qilish  sifatlarini 



tarbiyalash; 

 

o„quvchilarning  bilish  jarayoniga  nisbatan  befarq bo„lmasliklariga erishish 



asosida ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish;  

 

pedagogik  kollejlar  o„quvchilarida  o„z  imkoniyatlarini  to„g„ri  baholash va 



erishilgan yutuqlaridan faxrlanish tuyg„usini shakllantirish; 

 

o„quvchilarni  ijodiy  izlanishga  rag„batlantirish  orqali  ularda  tadqiqotchilik 



malakalarini  takomillashtirish; 

 

ta‟lim 



jarayonini 

erkinlashtirish, 

o„quvchilarning 

mustaqillik 

ko„nikmalariga ega bo„lishlariga erishish; 

 

o„quvchilarda  o„z  kuchi  va  imkoniyatiga  bo„lgan  ishonch  hamda  yorqin 



istiqbolga ishonch hissini tarbiyalashga erishiladi. 

Tabaqalashtirilgan  ta‟lim  asosida  har  bir  o„qituvchi  qobiliyatli  o„quvchilarning 

ichki  imkoniyatlarini  to„la  ro„yobga  chiqarish,  ularda  ijodkorlik  (kreativlik) 

xislatlarini  shakllantirishga  o„z  hissasini  qo„sha  olishi  talab  etiladi. Zero, pedagogik 

kollej  o„quvchilarining  ijodiy  qobiliyatlari  ta‟lim  muassasasi  jamoasi  e‟tiborini 

yagona  maqsadga  qaratish,  shuningdek,  bu  jarayonga  jamoatchilikni  faol  jalb  etish 

orqali erishiladi.  

O„quvchilar  tabaqalashtirilgan  ta‟lim  dasturi  bo„yicha  tashkil  etiladigan  har bir 

mashg„ulotda  yangidan-yangi  yutuqlarni  qo„lga  kiritish  imkoniyatlariga  ega 

bo„lishlari  kerak.  Tabaqalashtirilgan  guruhlarda  shug„ullanish  o„quvchilarni  doimiy 

ravishda  o„z  ustida  ishlashga  yo„naltiradi,  bu  esa  ularga  o„z  guruhlaridan  ko„ra 

qobiliyatliroq  o„quvchilarga  biriktirilgan  guruhlarga  o„tishlari  uchun  zarur  shart-

sharoitlarni yaratadi. Eng qobiliyatli o„quvchilar esa har bir mashg„ulotda yangi o„quv 

materiallarini  muhim axborot va texnik vositalar yordamida o„zlashtiradilar. 

Tabaqalashtirilgan  yondashuv  asosida  faoliyat  yuritish  umumiy  va maxsus fan 

o„qituvchilaridan quyidagi sifatlarga ega bo„lishlarini talab etadi: mutaxassislik fanlari 

asoslarini  chuqur  o„zlashtirish,  keng  ilmiy  tafakkur  va  bosh  dunyoqarashga  egalik, 

pedagogik  mahorati  yuqori,  o„quvchilarni  tushuna  oladigan,  sabr-toqatli, tirishqoq, 




 

18 


harakatchan,  ijodkor,  ilg„or  pedagogik  texnologiyalardan  o„rinli  foydalana  olish, 

o„quvchilarga shaxsiy ibrat ko„rsata oluvchi, yuqori darajadagi umumiy madaniyatga 

ega,  har  qanday  vaziyatda  ham  adolatli  bo„lish,  mavjud  vaziyatni  ob‟ektiv baholay 

olish,  talabchan,  tashkilotchi,  tashabbuskor,  intizomli,  izlanuvchan,  o„zgalarning 

fikrlarini  hurmat qiladigan. 

Ta‟limning tabaqalashuvi asosida esa: o„quvchining “Men”i, shuningdek, bilish, 

ijodiy  va  hissiy  qobiliyati  rivojlanadi;  ta‟limning  demokratlashuvi  ta‟minlanadi; 

o„quvchining  imkoniyatlari  to„la  ro„yobga  chiqadi;  o„quvchi  qat‟iyatli  va  shijoatli 

bo„lib,  o„z  kuchiga  ishonchi  ortadi,  undagi  hadiksirash,  tortinchoqlik  va  xavotir 

yo„qoladi,  ichki  his-tuyg„ulari  rivojlanadi,  erkin  fikrlash  ko„nikmasiga  ega  bo„ladi, 

intizomi  va mas‟uliyati kuchayadi.      

4.  Umumiy  pedagogik-psixologik-pedagogik  nazorat.  Pedagogik  kollejlarda 

pedagogik-psixologik  xizmat  asosida  qobiliyatli  o„quvchilarni  aniqlash,  ularni 

saralash, tabaqalashtirilgan guruhlarga biriktirish asosida ijodiy qobiliyatlarini yanada 

rivojlantirish  maqsadida  ta‟lim  va  tarbiya  ishlarini  amalga  oshirish  bu  hali  to„la 

muvaffaqiyatga erishilganlikni  anglatmaydi.  

O„quvchilarning  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  faoliyat 

samaradorligini  pedagogik  kollejlarda  umumiy  pedagogik-psixologik-peda-gogik 

nazoratning izchil va tizimli  olib borilishi bilan belgilash mumkin.  

Nazoratni  tashkil  etishning  eng  muhim  vositasi  –  bu  o„quvchilarning  shaxsiy 

pedagogik-psixologik  xaritasi  hisoblanadi.  Pedagogik  kollejdagi  ta‟lim  davrida  

o„quvchilar  tomonidan  tashkil  etilgan  umumiy  faoliyat  mazmuni,  mohiyati,  ular 

tomonidan  qo„lga  kiritilayotgan  yutuqlar,  ijodiy  qobiliyatlari  darajalarini  belgilovchi 

pedagogik-psixologik  tashhis natijalari pedagogik-psixologik-pedagogik nazoratning 

asosiy tarkibiy unsurlari bo„lishi maqsadga muvofiqdir. 

Ta‟lim  muassasalarida  pedagogik-psixologik  nazorat  uchun  mas‟uliyat 

amaliyotchi-psixologlarning  zimmalariga  yuklanishi  kerak.  Binobarin,  ular  mavjud 

holat natijalarining tahlillariga tayangan holda istiqbol rejalarini ishlab chiqish, amaliy 

faoliyat  yo„nalishini  belgilashda  maxsus  tayyorgarlikka  ega  bo„ladilar.  Biroq, 

pedagogik-psixologik-pedagogik  nazorat  jarayonining  bir  guruh  mutaxassislar 




 

19 


ishtirokida tashkil etilishiga  alohida e‟tibor qaratish zarur. Binobarin, ijodiy qobiliyatli 

o„quvchilar  ruhiyatida  kechayotgan  ayrim  holatlar  mutaxassislar  tomonidan 

baholanishi talab etiladi. 

      Pedagogik  kollejlar  o„quvchilari  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan 

faoliyat samaradorligini quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:  

1.

 



Pedagogik  kollejlarda  ta‟lim-tarbiya  jarayonida  o„quvchilarning  ijodiy 

qobiliyatlarini  rivojlantirishga  alohida e‟tibor qaratilganligi. 

2.

 

Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni aniqlash va saralash maqsadida pedagogik-



psixologik xizmatning tashkil etilayotganligi. 

3.

 



Ijodiy    qobiliyatli  o„quvchilarning  ichki  imkoniyatlarini  to„la  ro„yobga 

chiqarish maqsadida ularni muayyan guruhlarga biriktirish asosida  tabaqalashtirilgan 

ta‟limning  joriy etilganligi. 

4.

 



Saralangan  o„quvchilar  faoliyati  ustidan  pedagogik-psixologik-pedagogik 

nazoratni  o„rnatish  orqali  ular  ijodiy  qobiliyatlarining  rivojlanganlik  darajasini  tahlil 

etib borilayotganligi. 

5.

 



Ijodiy qobiliyatli o„quvchilar erishgan yutuqlar ko„lami va darajasi.  

Biz  tadqiq  etilayotgan  muammoning  yechimini  topish  davrida  pedagogik 

kollejlar  o„quvchilari  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  yo„naltirilgan  jarayonning 

quyidagi  modelini  ishlab chiqdik (1.2-rasm).  

Bu 

modelda 


pedagogik 

kollej 


o„quvchilari  ijodiy  qobiliyatlarini 

rivojlantirishning  yo„llari  va maqsadini  quyidagicha  belgiladik: 

1.

 

Sohaga oid mavjud tajribalarini  o„rganish. 



Maqsad.  Pedagogik  kollej  o„quvchilari  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishga 

yordam  beruvchi  maxsus  testlar,  qo„lga  kiritilgan  yutuqlar  xaqidagi  ma‟lumot, 

ko„rgazmalar  tashkil  etish.  Ota-onalarni,  amaliyot  rahbarlari,  maktab  va  bog„cha 

mudiralarini  nazariy  metodik bilimlarini  boyitish.      




 

20 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



2.

 

Pedagogik-psixologik  xizmatni  tashkil  etish. 



Maqsad.  Pedagogik  kollej  o„quvchilari  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishni 

takomillashtirish,  ichki  imkoniyatlarni  o„rganish,  oila  muhitida    ham  doimiy 

ishlash  uchun aloqa o„rnatish, ijodiy  qobiliyatlarini  to„g„ri yo„naltirish. 

3.

 



Tabaqalashtirilgan  ta‟limni  joriy  etish. 

Maqsad.  Pedagogik  kollejda    ijodiy  qobiliyatli  o„quvchilarni    saralash, 

muayyan  guruhlarga  biriktirish,  guruhlarda  ijodiy  hislatlarni  shakllantirish.  Eng 

qobiliyatli  o„quvchilar  bilimini  yanada  o„stirish.  Ta‟limni  demokratlashuvchiga 

imkon  yaratish.  Har  bir  o„quvchining  bilim  darajasi  hisobini  olib,    ularga  alohida-

alohida  topshiriqlar  berish  orqali    ularni  bilish  va  ijodiy  qobiliyatlarini 

rivojlantirish. 

4. Umumiy  pedagogik-psixologik-pedagogik  nazorat. 




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish