Ijodiy qobiliyati yuqori bo„lgan shaxs sifatlari
Tavakkal qilish qobiliyati
Boy tasavvurga egalik
Falsafiy fikrlash qobiliyati
Ichki sezgining rivojlanganligi
Fikr yuritish va harakatni tashkil
etishdagi tezkorlik
Turli vaziyatlarni birdek qabul qilish va
ularga javob berish qobiliyati
Tafakkur tezligiga egalik
Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik
Yangilik yaratish layoqatiga
egalik
O„ziga xos (orginal) g„oyalarni ilgari sura
olish qobiliyati
Pedagogik kollejlarda ham o„quvchilarda ijodiy qobiliyatni shakllantirish
ta‟lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Zero, bo„lajak
boshlang„ich ta‟lim, jismoniy tarbiya, tasviriy san‟at, mehnat va musiqa
o„qituvchilari sifatida ularning ijodiy qobiliyatga ega bo„lishlari muhim
ahamiyatga ega.
Boshlang„ich
ta‟limning
faol
va
yetakchi
sub‟ektlari
bo„lgan
o„quvchilarning yosh va pedagogik-psixologik xususiyatlari, shuningdek, tasviriy
san‟at, mehnat, musiqa va jismoniy tarbiyaning o„ziga xos jihatlari o„qituvchidan
ijodiy yondashuvni talab qiladi.
Shaxsning hissiy qobiliyatga egaligi uning atrofdagilar bilan ijtimoiy
munosabatlarni to„g„ri tashkil eta olishiga imkon beradi. Zero, bu qobiliyat nafaqat
o„zligini tushunish, shu bilan birga atrofdagilarning uy-xayollari, ichki
kechinmalari, orzu-o„ylarini tushunish, ularni his qila olish, ruhan yaqin bo„lishiga
imkon yaratadi. Pedagogik kollejlar o„quvchilarining hissiy qobiliyat va ijodiy
qobiliyatga ega bo„lishlari esa ta‟lim-tarbiya jarayonining faol sub‟ektlari –
o„qituvchilar va o„quvchilar o„rtasidagi munosabatlarning mo„‟tadil kechishini
ta‟minlaydi va yuzaga kelish ehtimoli bo„lgan ziddiyatlarning oldini olish, ularni
bartaraf etishga yordam beradi. Har bir o„quvchining individual xususiyatini
inobatga olish va unga muvofiq yondashish, shuningdek, o„quvchilarning xatti-
harakatlarini to„g„ri tushunish, aytayotgan so„zlariga ishonch bildirishda bo„lajak
pedagoglarning hissiy qobiliyatga ega bo„lishlari muhim ahamiyatga ega.
30
O„quvchilar bilan ruhiy-hissiy yaqinlik pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining
garovi bo„la oladi.
Maxsus adabiyotlar bilan tanishish natijasida shaxsning bilish, ijodiy va
hissiy qobiliyatlarining turli darajalari quyidagi tarzda bir-biridan farqlanishini
kuzatish mumkin:
1.
Layoqat (biror bir ish-harakat yoki faoliyatni boshqarish layoqati) –
inson asab tizimining ba‟zi irsiy determinlashgan anatomik-fiziologik xususiyati,
odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki yakka, tug„ma,
tabiiy zamini
Layoqatning ikki turi farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat.
Birinchisi odamdagi tug„ma xususiyatlardan – oliy nerv (asab) tizimi faoliyatining
xususiyatlari, miya yarim sharlarining qanday ishlashi, qo„l-oyoqlarning biologik
va fiziologik sifatlari, bilish jarayonlarini ta‟minlovchi sezgi organlari – ko„z,
quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-
onadan genetik tarzda o„tadi), ikkinchisi, bola tug„ilishi bilan uni o„ragan muhit,
muloqot uslublari, so„zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur
shart-sharoitlardir (ular ota-ona tomonidan yaratiladi). Layoqatlilik belgisi – bu
o„sha individga aloqador bo„lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul
qiladi .
2. Qobiliyat (muayyan yo„nalish bo„yicha faoliyatni samarali tashkil eta
olish qobiliyati) – shaxsning ma‟lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik
bilan biron bir faoliyatni egallay olishini ta‟minlaydigan individual pedagogik-
psixologik xususiyat, shaxsdagi shunday individual, turg„un sifatlarki, ular
odamning turli xil faoliyatdagi ko„rsatkichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari
sabablarini tushuntirib beradi.
3. Iqtidor – insonning o„z xatti-harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari,
malakalariga, shuningdek, muayyan faoliyatni bajarishga nisbatan ijobiy sub‟ektiv
munosabati.
Iqtidorli shaxs o„zi bajarayotgan ish-harakat yoki faoliyatga nisbatan
vijdonan, sidqidildan yondashadi hamda uning qiyofasida intiluvchanlik,
31
qiyinchiliklardan qo„rqmaslik, sabr-toqatlilik, mardlik, chidamlilik, o„z-o„zini
boshqara olish, tashabbuskorlik, ijodkorlik (kreativlik) kabi fazilatlar aks etadi. Bu
kabi shaxslar o„z oldilariga aniq maqsad qo„ya oladilar, shuningdek, o„z
imkoniyatlari doirasida amalga oshirish mumkin bo„lgan ish-harakat yoki
faoliyatni tashkil etib, uning samarali yakun topishi uchun astoydil intiladilar.
4. Iste‟dod – shaxsning ma‟lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatlarining
yuqori darajasi, har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas
qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o„z qobiliyatlarini takomillashtirib borish yo„lida
barcha qiyinchiliklarni yengish va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish
natijasida shakllanadi.
5. Salohiyat – muayyan faoliyatni ichki kuch yordamida qisqa vaqt ichida,
kam kuch sarflash hisobiga muvaffaqiyatli bajara olish xususiyati (ta‟kid
muallifniki; manbalarda, shuningdek, “salohiyat” so„zi kishi yoki jamiyatning
ichki imkoniyatlari, hali to„la namoyon bo„lmagan kuch-quvvati ma‟nosida ham
ishlatilishiga urg„u berilgan).
6. Daholik – favqulodda aql-idrok, aqliy kuch-quvvat, zehn-zakovatning har
jihatdan eng yuqori darajada rivojlanganligi bo„lib, daholik xislatiga ega shaxslar
kashfiyotlar yaratish, ilmiy jihatdan mukammal, har tomonlama asoslangan g„oya
va qarashlarni ilgari surish, shuningdek, qonuniyatlar mohiyatini ochish hamda
nazariyalarni asoslashdek aqliy kuch-quvvatlarini namoyon eta oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |