UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI
3
K I R I SH
Mavzuning
dolzarbligi.
O„zbekiston
Respublikasi
mustaqillikka
erishgandan so„ng mavjud imkoniyatlarni aholining ijtimoiy va iqtisodiy
muammolarini asta sekinlik bilan yechishga qaratdi. Ayniqsa, yoshlarga
g„amxo„rlik ko„rsatishga alohida e‟tibor berib kelinmoqda. Yoshlardagi shijoat va
intilishni alohida pedagogik muammo sifatida o„rganish esa ularni hayotga
tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Bugungi kunda Vatan taraqqiyoti, yurt
tinchligi, farovon hayotga erishish, xalqaro maydonda munosib o„rin egallashdek
ezgu maqsadlarga yetish yo„lida biz tayanchimiz va suyanchimiz bo„lmish
yoshlarimizga beqiyos orzu-umidlar bilan qaraymiz»
1
degan so„zlari hozirgi
yoshlarga bo„lgan cheksiz hurmat va e‟tibor belgisidir.
2014 yil O„zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan «Sog„lom bola yili»
deb e‟lon qilindi va mamlakatimiz oila mustahkamligi, yurt, mahalla obodligi,
farzandlar kamoli, barkamol avlodning kelajagi uchun davlatimiz tomonidan barcha
shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Mustaqillik
yillarida O„zbekiston Respublikasida qobiliyatli yoshlarni
aniqlash, ularga ta‟lim-tarbiya berish va ularni qo„llab-quvvatlash masalasiga
davlat siyosati darajasida ahamiyat berila boshladi. Qobiliyatli yoshlarni moddiy
va ma‟naviy jihatdan qo„llab-quvvatlash, ularni ijodiy faoliyatga rag„batlantirish
maqsadida tashkil etilgan «Umid», «Ulug„bek» va «Iste‟dod» jamg„armalari
«Nihol» va «Zulfiya» mukofoti tanlovlari, «Yangi avlod» va «Kelajak ovozi»
ko„rik tanlovlari ana shu e‟tiborning yorqin ko„rinishidir. Bunday ko„rik-tanlovlar
ming-minglab yosh iste‟dod egalarini kashf etayotgan Vatanimiz ravnaqidagi
yutuqlar
hisoblanadi.
Mazkur
jamg„arma va ko„rik-tanlovlarning asosiy
yo„nalishlari ana shu e‟tiborning yorqin ko„rinishidir.
Kollej o„quvchilarida ijodiy qobiliyatning namoyon bo„lishi ular tomonidan
kasbiy faoliyatni samarali yo„lga qo„yishda ham o„ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, ijodiy qobiliyatli o„qituvchi ta‟lim va ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar
1
“Маърифат” газетаси 2008 йил 5-январь, №1.
4
jarayonini o„zgacha bir ko„tarinkilik asosida tashkil etishga erisha oladi.
Qobiliyatlilik o„quv mashg„ulotlari va ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlarni noan‟anaviy
shakl, metod va vositalar yordamida uyushtirishga yordam beradi. Shuningdek,
o„quvchilarni ta‟lim jarayonida faol ishtirok etishga, ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlarda
ixtiyoriy qatnashishga, o„z imkoniyatlarini namoyon etishga rag„batlantiradi.
Respublikada amalga oshirilayotgan ta‟limiy islohotlar samarasi bo„lgan –
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar faoliyatini samarali yo„lga qo„yishda
ham ularga qobiliyatli o„quvchilarni jalb etish, ularning qobiliyatini yanada
rivojlantirish o„ziga xos ahamiyatga ega.
Aynan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29-fevraldagi PK-
805 sonli qaroriga asosan «Yoshlar yili», «Barkamol avlod yili»Davlat dasturi,
undagi «Bolalarning ijodiy iqtidorini va qobiliyatini barvaqt aniqlash uchun shart-
sharoitlar yaratish» bo„limi yuqoridagi maqsadni amalga oshirishda juda katta
dasturilamal bo„lib xizmat qiladi.
Prezidentimizning «Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch» nomli asarida
ta‟kidlanganidek,
«Vatanimizning
kelajagi,
xalqimizning
ertangi
kuni,
mamlakatimizning
jahon
hamjamiyatidagi
obro„-e‟tibori
avvalambor
farzandlarimizning unib-o„sib, ulg„ayib, qanday inson bo„lib hayotga kirib borishiga
bog„liqdir. Biz bunday o„tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak»
2
degan
so„zlari yoshlarimiz takdiriga befarq bo„lmaslik va ularni xayot yo„llariga chiqib
olishiga amaliy yordam berib borishimizni taqozo kiladi.
O„zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning malakali
mutaxassislarni tayyorlash borasidagi talablaridan kelib chiqqan holda pedagogik
kollej o„quvchilarining qobiliyatini rivojlantirish tadqiqot yo„nalishi hisoblanib,
kollej
o„quvchilari
qobiliyatini
rivojlantirish
asoslarini
ishlab
chiqish
zaruriyatining kun tartibiga qo„yilishi muammoning dolzarbligini belgilaydi.
Bu muammo o„tgan asrning yetmishinchi yillaridan boshlab pedagogik va
pedagogik-psixologik yo„nalishlarda keng ko„lamda tadqiq etilganligini ko„rsatdi.
2
Каримов И.А. “Юксак маънавият – енгилмас куч” Тошкент: Маънавият, 2008, - Б. муқовада
5
M.G.Davletshin,
E.G„oziev,
Sh.Baratov,
A.A.Leontev,
V.S.Merlin,
R.S.Nemov, R.V.Ovcharova va boshqalarning ishlarida shaxs qobiliyati, uning turli
yo„nalishlarda namoyon bo„lishi, qobiliyatli o„quvchilarning o„ziga xos pedagogik-
psixologik xususiyatlari, o„quvchi qobiliyatini rivojlantirish omillari va pedagogik
shart-sharoitlari kabi masalalar o„z aksini topgan.
M.G.Davletshin, E.G„oziev, R.S.Nemov, A.B.Orlov, A.A.Leont‟ev,
E.Z.Usmonova va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ham aqliy va
jismoniy qobiliyat, ularni rivojlantirish shartlari, qobiliyatlilikning umumiy va xususiy
ko„rinishlari, qobiliyatli o„quvchilarni o„qitish muammolarining yoritilishiga alohida
o„rin ajratilgan.
O„quvchi qobiliyatini rivojlantirishda ta‟lim muassasasi va oilaning o„rni,
o„qituvchilar hamda oila a‟zolarining o„quvchi qobiliyatini rivojlanti-rishdagi
ishtiroki, o„quvchi qobiliyatini rivojlantirishga nisbatan umumiy va yakka tartibda
yondoshuv masalalari B.G.Ananev, L.A.Golovey, N.A.Griщenko, Ye.A.Klimov,
N.Samoukinalarning ishlarida o„z aksini topgan.
Qobiliyatli bolalarni tanlash va ularni o„qitish bir qator pedagogik shart-
sharoitlarni taqozo etadi. Bunday sharoitlardan biri ta‟lim muassasalariga qobiliyatli
o„quvchilarni jalb etishga yordam beruvchi maxsus metodikalarga egalik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |