1.1. rasm.
Kollej o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning muhim
yo‘llari
Муҳим йўллар
Соҳага оид мавжуд
тажрибаларни
ўрганиш
Табақалаштирилган
таълимни жорий
этиш
Умумий психологик-
педагогик
назорат
Психологик
хизматни
ташкил этиш
14
1.2. Shaxs qobiliyati, iqtidorining pedagogik-psixologik tarkibiy tuzilmasi va
o„ziga xos jihatlari
Quyida kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirish yo„llarining
mohiyati qisqacha yoritiladi:
1. Sohaga oid mavjud tajribalarini o„rganish. Bugungi kunda qobiliyatli
bolalarni aniqlash, ularni saralash va qobiliyatli o„quvchilar ta‟limini tashkil etish
borasida respublika uzluksiz ta‟lim tizimida muayyan, rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda esa boy tajribalar to„plangan. Jumladan, M.Karne, M.Davletshin,
Sh.Baratov, M.Karimovalarning yo„nalishga oid qarashlari hamda Veksler o„lchovi,
Slossan testi, Torrens testi, Vayland o„lchovi, Kaliforniya o„lchovi, Renzulli, Blum,
Uilyam hamda Gilford andozalari bilan tanishish va ulardan mahalliy shart-sharoitlar,
milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda maqsadli foydalanish ta‟lim muassasalari,
shu jumladan, pedagogik kollejlar faoliyatida qobiliyatli o„quvchilar bilan ishlash
samaradorlikni ta‟minlaydi. O„tkir Tolipov o„z izlanishlarida kreativ ta‟limga ijod
mahsuli sifatida va har bir shaxsda ijodning quyi va yuqori darajalarini ko„rsatib
bergan. Yoshlarni ijodkorlikka yo„naltirishda ta‟lim va tarbiyaning tizimli amalga
oshirilishi natijaning ijobiy bo„lishini ta‟kidlab o„tgan.
Amaliyotchi-psixologlar qobiliyatli bolalarni aniqlash, ularni saralash va ularga
tabaqalashtirilgan ta‟lim berish to„g„risidagi ilg„or qarashlar, shaxsning qobiliyatlilik
darajasini aniqlashga yordam beruvchi maxsus testlar, o„lchovlar va modeldan
ko„rgazmalar tashkil etishlari, alohida xonani ular bilan jihozlashlari, umuman
olganda, pedagogik kollejlarning qobiliyatli o„quvchilari, ularning qobiliyatlilik
darajasi, ulardan samarali foydalana olish imkoniyatlari va qo„lga kiritgan yutuqlari
haqidagi umumiy ma‟lumotlarni hosil qilishlari ta‟lim muassasalarining pedagogik
jamoalari hamda ota-onalarning nazariy-metodik bilimlarini boyitishga xizmat qiladi.
Shuningdek, pedagogik kollejlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglar hamda
guruhlarning rahbarlarini o„quvchilar ijodiy qobiliyatlarini aniqlashga oid maxsus
testlar, so„rovnomalar,o„lchovlar mohiyati bilan tanishtirish, ulardan foydalanish
ko„nikmalarini shakllantirish, umumiy va maxsus qobiliyatni rivojlantirishga xizmat
15
qiluvchi to„garaklar faoliyati reja va dasturlarini ishlab chiqish malakalarini hosil
qilish maqsadida ma‟ruzalar, amaliy-seminar, trening, debat va suhbatlarni tashkil
etishga alohida e‟tibor qaratish kerak.
2. Pedagogik-psixologik xizmatni tashkil etish. Pedagogik kollejlarda pedagogik-
psixologik xizmatni tashkil etish o„quvchilarning individual xususiyatlarini o„rganish,
ular orasidan qobiliyatlilarni tanlab olish, ular ijodiy qobiliyatining yo„nalishlari va
darajasiga muvofiq rivojlanish dasturlari yoki bu boradagi tavsiyalarni ishlab chiqish,
izchil, uzluksiz va tizimli tarzda o„quvchilar ijodiy qobiliyatlarining rivojlanish
dinamikasini o„rganish va tahlil qilishga imkon beradi.
Pedagogik kollejlardagi pedagogik-psixologik xizmat – zamonaviy ta‟lim
tizimining ta‟lim va tarbiyada bolalarning layoqat, qobiliyat, qiziqish va iqtidorlaridan
iborat aqliy va shaxsiy imkoniyatlarini o„z vaqtida namoyon bo„lishi va ulardan
maqsimal darajada to„la foydalanishni ta‟minlovchi muhim vosita hisoblanadi .
Pedagogik-psixologik xizmat, shuningdek, bolalarning pedagogik-psixologik
rivojlanish zahiralarining o„z vaqtida ro„yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratadi. ...
Agar gap qobiliyatli bolalar haqida borganda, pedagogik-psixologik xizmat yuqori
darajadagi qobiliyatlarini vaqtida aniqlash va ularning pedagogik-psixologik
rivojlanishini takomillashtirilishini ta‟minlaydi”.
Ta‟lim tizimida yo„lga qo„yiluvchi pedagogik-psixologik xizmat mohiyatidan
kelib chiqqan holda pedagogik kollejlarda ham undan foydalanish har bir
o„quvchining ichki imkoniyatlarini o„rganish, keng ko„lamli tadqiq qilish, ularda
muayyan yo„nalish bo„yicha namoyon bo„luvchi qobiliyatni aniqlash va darajalarini
belgilash, mavjud holatlarga muvofiq o„quvchilarni tabaqalashtirilgan ta‟lim tashkil
etiluvchi maxsus guruhlarga biriktirish hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini
boyitishga xizmat qiluvchi rivojlanish dasturlarini yaratish mumkin bo„ladi.
Kollejlarda pedagogik-psixologik xizmat vositasida qobiliyatli o„quvchilarni
aniqlash va ularni saralashda mazkur ta‟lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan
amaliyotchi-psixologlar muhim rol o„ynaydilar. Ularning guruhlar rahbarlari, fan
o„qituvchilari hamda ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiruvchi keng ko„lamli
faoliyatlari natijasida ijodiy qobiliyatli bolalarning ichki imkoniyatlarini to„la
16
ro„yobga chiqarish imkoniyati yuzaga keladi. Amaliyotchi-psixologlarning
o„quvchilar bilan yaqin hamkorlik o„rnata olishlari ham so„z yuritilayotgan jarayon
muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi.
Ijodiy qobiliyatli bolalar bilan nafaqat ta‟lim muassasasida, shu bilan birga oila
muhitida ham doimiy ravishda ishlash, qulay pedagogik shart-sharoitlarni yaratib
berishning muhimligini inobatga olgan holda amaliyotchi-psixologlarning oilalar
bilan mustahkam aloqa o„rnatishlari maqsadga muvofiqdir. Ushbu aloqa doirasida
ularning ota-onalarga o„quvchilar qobiliyatini rivojlantirishga oid maslahatlarning
berilishi, psixoproflaktik ishlarning yo„lga qo„yishi ularning ichki imkoniyatlarini
to„laqonli ro„yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini to„g„ri yo„naltirish, o„z kuchlariga
ishonch va kelajakka ishonch tuyg„ulariga ega bo„lishlariga yordam beradi.
3. Tabaqalashtirilgan ta‟limni joriy etish. Tajriba shuni ko„rsatdiki,
o„quvchilarning o„quv fanlarini o„zlashtirish yoki ularning ijodiy qobiliyatlari
yo„nalishi va darajasiga ko„ra tabaqalashtirilgan ta‟limni joriy etish, birinchidan,
bilim, ko„nikma va malakalarni shakllantirish davrida qobiliyatli bolalarning
imkoniyatlarini yanada rivojlantirish; ikkinchidan, ularning vaqtini behuda isrof
qilmaslik; uchinchidan, o„quvchilar o„rtasidagi munosabatning mo„‟tadilligini
ta‟minlashga imkon beradi (zero, pedagogik-psixologik nuqtai nazardan, ijodiy
qobiliyatli bolalar e‟tibor talab ekanliklari bois o„zlariga nisbatan past daraja va
mavqedagi tengdoshlarini kamsitish, ularga noto„g„ri munosabatda bo„ladilar).
Pedagogik kollejlarda ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni saralash bevosita ularni
qobiliyatlarining yo„nalishlari va darajalariga ko„ra muayyan guruhlarga biriktirish
asosida tabaqalashtirilgan ta‟lim asosida o„qitilishini talab qiladi. Tabaqalashtirilgan
ta‟lim o„ziga xos afzalliklarga ega bo„lib, uni joriy etish orqali:
har bir o„quvchining pedagogik-psixologik xususiyatlari, shaxsiy sifatlarini
inobatga olish asosida yondashish;
o„quvchilarni ularning ta‟lim-tarbiyaviy maqsadlarini aniqlash orqali
boshqarish;
ko„zlangan maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlardan to„liq
foydalanish;
17
bo„lajak mutaxassislarda qunt va chidamlilik kabi sifatlarni mustahkamlash;
ularda mas‟uliyat tuyg„usi va intizomga qat‟iy amal qilish sifatlarini
tarbiyalash;
o„quvchilarning bilish jarayoniga nisbatan befarq bo„lmasliklariga erishish
asosida ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish;
pedagogik kollejlar o„quvchilarida o„z imkoniyatlarini to„g„ri baholash va
erishilgan yutuqlaridan faxrlanish tuyg„usini shakllantirish;
o„quvchilarni ijodiy izlanishga rag„batlantirish orqali ularda tadqiqotchilik
malakalarini takomillashtirish;
ta‟lim
jarayonini
erkinlashtirish,
o„quvchilarning
mustaqillik
ko„nikmalariga ega bo„lishlariga erishish;
o„quvchilarda o„z kuchi va imkoniyatiga bo„lgan ishonch hamda yorqin
istiqbolga ishonch hissini tarbiyalashga erishiladi.
Tabaqalashtirilgan ta‟lim asosida har bir o„qituvchi qobiliyatli o„quvchilarning
ichki imkoniyatlarini to„la ro„yobga chiqarish, ularda ijodkorlik (kreativlik)
xislatlarini shakllantirishga o„z hissasini qo„sha olishi talab etiladi. Zero, pedagogik
kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlari ta‟lim muassasasi jamoasi e‟tiborini
yagona maqsadga qaratish, shuningdek, bu jarayonga jamoatchilikni faol jalb etish
orqali erishiladi.
O„quvchilar tabaqalashtirilgan ta‟lim dasturi bo„yicha tashkil etiladigan har bir
mashg„ulotda yangidan-yangi yutuqlarni qo„lga kiritish imkoniyatlariga ega
bo„lishlari kerak. Tabaqalashtirilgan guruhlarda shug„ullanish o„quvchilarni doimiy
ravishda o„z ustida ishlashga yo„naltiradi, bu esa ularga o„z guruhlaridan ko„ra
qobiliyatliroq o„quvchilarga biriktirilgan guruhlarga o„tishlari uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratadi. Eng qobiliyatli o„quvchilar esa har bir mashg„ulotda yangi o„quv
materiallarini muhim axborot va texnik vositalar yordamida o„zlashtiradilar.
Tabaqalashtirilgan yondashuv asosida faoliyat yuritish umumiy va maxsus fan
o„qituvchilaridan quyidagi sifatlarga ega bo„lishlarini talab etadi: mutaxassislik fanlari
asoslarini chuqur o„zlashtirish, keng ilmiy tafakkur va bosh dunyoqarashga egalik,
pedagogik mahorati yuqori, o„quvchilarni tushuna oladigan, sabr-toqatli, tirishqoq,
18
harakatchan, ijodkor, ilg„or pedagogik texnologiyalardan o„rinli foydalana olish,
o„quvchilarga shaxsiy ibrat ko„rsata oluvchi, yuqori darajadagi umumiy madaniyatga
ega, har qanday vaziyatda ham adolatli bo„lish, mavjud vaziyatni ob‟ektiv baholay
olish, talabchan, tashkilotchi, tashabbuskor, intizomli, izlanuvchan, o„zgalarning
fikrlarini hurmat qiladigan.
Ta‟limning tabaqalashuvi asosida esa: o„quvchining “Men”i, shuningdek, bilish,
ijodiy va hissiy qobiliyati rivojlanadi; ta‟limning demokratlashuvi ta‟minlanadi;
o„quvchining imkoniyatlari to„la ro„yobga chiqadi; o„quvchi qat‟iyatli va shijoatli
bo„lib, o„z kuchiga ishonchi ortadi, undagi hadiksirash, tortinchoqlik va xavotir
yo„qoladi, ichki his-tuyg„ulari rivojlanadi, erkin fikrlash ko„nikmasiga ega bo„ladi,
intizomi va mas‟uliyati kuchayadi.
4. Umumiy pedagogik-psixologik-pedagogik nazorat. Pedagogik kollejlarda
pedagogik-psixologik xizmat asosida qobiliyatli o„quvchilarni aniqlash, ularni
saralash, tabaqalashtirilgan guruhlarga biriktirish asosida ijodiy qobiliyatlarini yanada
rivojlantirish maqsadida ta‟lim va tarbiya ishlarini amalga oshirish bu hali to„la
muvaffaqiyatga erishilganlikni anglatmaydi.
O„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat
samaradorligini pedagogik kollejlarda umumiy pedagogik-psixologik-peda-gogik
nazoratning izchil va tizimli olib borilishi bilan belgilash mumkin.
Nazoratni tashkil etishning eng muhim vositasi – bu o„quvchilarning shaxsiy
pedagogik-psixologik xaritasi hisoblanadi. Pedagogik kollejdagi ta‟lim davrida
o„quvchilar tomonidan tashkil etilgan umumiy faoliyat mazmuni, mohiyati, ular
tomonidan qo„lga kiritilayotgan yutuqlar, ijodiy qobiliyatlari darajalarini belgilovchi
pedagogik-psixologik tashhis natijalari pedagogik-psixologik-pedagogik nazoratning
asosiy tarkibiy unsurlari bo„lishi maqsadga muvofiqdir.
Ta‟lim muassasalarida pedagogik-psixologik nazorat uchun mas‟uliyat
amaliyotchi-psixologlarning zimmalariga yuklanishi kerak. Binobarin, ular mavjud
holat natijalarining tahlillariga tayangan holda istiqbol rejalarini ishlab chiqish, amaliy
faoliyat yo„nalishini belgilashda maxsus tayyorgarlikka ega bo„ladilar. Biroq,
pedagogik-psixologik-pedagogik nazorat jarayonining bir guruh mutaxassislar
19
ishtirokida tashkil etilishiga alohida e‟tibor qaratish zarur. Binobarin, ijodiy qobiliyatli
o„quvchilar ruhiyatida kechayotgan ayrim holatlar mutaxassislar tomonidan
baholanishi talab etiladi.
Pedagogik kollejlar o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan
faoliyat samaradorligini quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
1.
Pedagogik kollejlarda ta‟lim-tarbiya jarayonida o„quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilganligi.
2.
Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni aniqlash va saralash maqsadida pedagogik-
psixologik xizmatning tashkil etilayotganligi.
3.
Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarning ichki imkoniyatlarini to„la ro„yobga
chiqarish maqsadida ularni muayyan guruhlarga biriktirish asosida tabaqalashtirilgan
ta‟limning joriy etilganligi.
4.
Saralangan o„quvchilar faoliyati ustidan pedagogik-psixologik-pedagogik
nazoratni o„rnatish orqali ular ijodiy qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini tahlil
etib borilayotganligi.
5.
Ijodiy qobiliyatli o„quvchilar erishgan yutuqlar ko„lami va darajasi.
Biz tadqiq etilayotgan muammoning yechimini topish davrida pedagogik
kollejlar o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo„naltirilgan jarayonning
quyidagi modelini ishlab chiqdik (1.2-rasm).
Bu
modelda
pedagogik
kollej
o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishning yo„llari va maqsadini quyidagicha belgiladik:
1.
Sohaga oid mavjud tajribalarini o„rganish.
Maqsad. Pedagogik kollej o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga
yordam beruvchi maxsus testlar, qo„lga kiritilgan yutuqlar xaqidagi ma‟lumot,
ko„rgazmalar tashkil etish. Ota-onalarni, amaliyot rahbarlari, maktab va bog„cha
mudiralarini nazariy metodik bilimlarini boyitish.
20
2.
Pedagogik-psixologik xizmatni tashkil etish.
Maqsad. Pedagogik kollej o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni
takomillashtirish, ichki imkoniyatlarni o„rganish, oila muhitida ham doimiy
ishlash uchun aloqa o„rnatish, ijodiy qobiliyatlarini to„g„ri yo„naltirish.
3.
Tabaqalashtirilgan ta‟limni joriy etish.
Maqsad. Pedagogik kollejda ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni saralash,
muayyan guruhlarga biriktirish, guruhlarda ijodiy hislatlarni shakllantirish. Eng
qobiliyatli o„quvchilar bilimini yanada o„stirish. Ta‟limni demokratlashuvchiga
imkon yaratish. Har bir o„quvchining bilim darajasi hisobini olib, ularga alohida-
alohida topshiriqlar berish orqali ularni bilish va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish.
4. Umumiy pedagogik-psixologik-pedagogik nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |