2.3 O„quvchi yoshlarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning tashkiliy-
texnologik va metodik jihatlari
Kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish murakkab jarayon
sanaladi, shu bois uni mazkur jarayonni samarali tashkil etishga alohida e‟tibor
qaratish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotni olib borish davrida pedagogik
kollejlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o„quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini
rivojlantirishga
oid
maxsus
dastur
(“O„quvchilar ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish dasturi”) ko„rib chiqildi. Dastur quyidagi tarkibiy
tuzilmaga ega:
I.
Dasturning
maqsadi:
pedagogik
kollejlarda
ta‟lim
olayotgan
o„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash, ular o„rtasidan qobiliyatlilarini
ajratib olish va ularning qobiliyatlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish.
II.
Dasturning vazifalari:
1.
Shaxs qobiliyatini aniqlashga oid maxsus pedagogik-psixologik
testlarni tanlash.
2.
Maxsus testlar yordamida o„quvchilar ijodiy qobiliyatlarining
yo„nalishi va darajalarini o„rganish asosida ularni ob‟ektiv baholash.
3.
O„quvchilar orasidan qobiliyatlilarni ajratib olish va ularning
qobiliyatlarini rivojlantirish choralarini ishlab chiqish.
4.
Qobiliyatli o„quvchilarning tabaqalashtirilgan ta‟lim asosida o„qitish
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
5.
Saralangan o„quvchilarni “Kichik akademiya” o„quvchilar ilmiy
markazlari, to„garaklar hamda “Munozara”, “Eng faol kitobxonlar”, “Zulfiyaxonim
qizlari”, “Mohir qo„llar” klublari faoliyatiga jalb etish asosida ularning ijodiy
qobiliyatlarini yanada rivojlantirish borasidagi amaliy harakatlarni tashkil etish.
6.
Muayyan davrlarda maxsus sinovlar (pedagogik-psixologik va o„quv
testlari, ekspert baholash, savol-javob, suhbat, ijodiy tanlovlar) asosida pedagogik
kollejlar o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini o„rganish.
53
III. Kutilayotgan natija: pedagogik kollejlar o„quvchilarining bilish, ijodiy,
hissiy hamda pedagogik qobiliyatlarini amaliy natijalar (ular tomonidan qo„lga
kiritilgan yutuqlar) bilan tasdiqlanishi.
IV.
Pedagogik
kollejlar
o„quvchilari
qobiliyatlarini
samarali
rivojlantirishning shakl, metod va vositalari
V. Kutilgan natijaga erishilganlik darajasi (bu haqida quyida batafsil
to„xtatib o„tiladi).
Pedagogik
kollejlarda
qobiliyatli
o„quvchilarni
aniqlash,
ularning
qobiliyatlarini to„g„ri yo„naltirish, intellektual salohiyatini o„stirish maqsadida
2002 yil 26 sentabrda Marg„ilon Pedagogika kollejida “Iqtidorli o„quvchilar bilan
ishlash markazi” tashkil qilindi. Ayni vaqtda qobiliyatli va iqtidorli o„quvchilar
bilan markaz quyidagi olti yo„nalish bo„yicha faoliyat olib bormoqda.
1.
“Kichik akademiya” yo„nalishi (maxsus, aniq, tabiiy hamda ijtimoiy-
gumanitar fanlar, filologiya, olimpiada qatnashchilari, ilmiy izlanuvchilar, siyosiy
bilim, bilimdonlar, ijodkorlar, “Zakovat”, “Intellektual ring”, ingliz tili va
tarjimonlik, eng faol kitobxon).
2.
Madaniyat va san‟at yo„nalishi (qo„shiq, raqs, sozandalik).
3.
Axborot texnologiyalari yo„nalishi (operatorlik, kompyuter grafikasi,
kompyuter dizayneri).
4.
Ijod gulshani yo„nalishi (nazm, nasr, jurnalistika).
5.
Milliy hunarmandchilik va amaliy san‟at yo„nalishi (qo„l mehnati
qog„oz va turli materiallardan buyum va o„yinchoqlar yasash, tikuvchilik,
kashtachilik, tasviriy san‟at, loydan buyumlar yasash).
6.
Sport yo„nalishi (boks, qo„l jangi, yengil atletika, taekvando, qo„l to„pi,
basketbol, voleybol, futbol, tennis, shaxmat, shashka).
Pedagogik kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yo„lida
tashkil etilgan 6 yo„nalishdagi amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil to„xtalib
o„tamiz.
“Kichik akademiya”ga umumiy va mutaxassislik fanlari bo„yicha alohida
ijodiy qobiliyatga ega, shuningdek, ularga nisbatan alohida qiziqishi bo„lgan
54
o„quvchilar jalb etilgan bo„lib, ularning nazariy bilimlarini oshirish, amaliy
ko„nikma va malakalarini boyitishga alohida e‟tibor qaratiladi. O„quvchilarning
bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo„naltirilgan pedagogik faoliyati quyidagi
ko„rinishlarda tashkil etilmoqda:
1)
olimpiadaga tayyorgarlik (yakka tartibda repetitorlik);
2)
ilmiy-ijodiy izlanish (ilmiy ma‟ruzalar, referatlar tayyorlash);
3)
seminarlarda ishtirok etish (kutubxonada mustaqil ishlash);
4)
“Zakovat va bilimdonlik shohsupasi”, “O„yla, izla, top” aqliy o„yinlar
vositasida o„quvchilarning intellektual salohiyatlarini oshirish;
5)
erkin mavzularda ijodiy ishlarni tayyorlash;
6)
tabaqalashtirilgan guruhlarda ishlash.
“Kichik akademiya”da mashg„ulotlar texnologik yondashuv asosida rang-
barang shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilayotganligi o„quvchilarning
umumiy va maxsus fanlarga bo„lgan qiziqish, ehtiyojlarini oshiribgina qolmay,
ularda erkin, mustaqil fikrlash tafakkurini shakllantirishga, amaliy pedagogik
ko„nikma hamda malakalarini hosil qilishga xizmat qilmoqda. Jumladan:
1)
ijtimoiy maqsadlarni shakllantirish va ularga erishish yo„llarini aniqlash
(masalan, “Sog„lom turmush tarzi – kamolot garovi”, “Yoshlar faolligi – taraqqiyot
kafolati”, “Vatanparvarlik va kosmopolitizm (vatansizlik)”, “Ma‟naviy va moddiy
boylik – ikki qutb yoki parallel chiziqlar”, “Umr kamolot maydoni yoki tubanlik
jari” va boshqa mavzularda maqsadni aniq qo„ya bilish va ularga erishishning
samarali yo„llarini asoslovchi loyihalarni yaratish, ularni himoya qilish);
2)
ijtimoiy hayotning turli sohalariga oid masalalar bo„yicha muammoli
vaziyatlarni hal qilish.
“Kichik akademiya”, shuningdek, o„quvchilarda mantiqiy tafakkurni
rivojlantirishga imkon beruvchi pedagogik faoliyatni ham tashkil etishga yordam
beradi. Bunda o„quvchilar orasidan ajratib olingan qobiliyatli yoshlar o„rtasida
mantiqiy yechimlarga ega mashq va misollarni yechish bo„yicha tabaqalashtirilgan-
erkin mashg„ulotlarni ham tashkil etilishiga alohida e‟tibor qaratildi. Shu maqsadda
materiallar to„plandi. Bu o„rinda quyidagi manbalardan olingan materiallar
55
o„quvchilarda ijodiy, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun muhim qo„llanma
bo„lib xizmat qildi: Quyidagi pedagogik kollejlar o„quvchilarida bilish qobiliyatini
rivojlantirish maqsadida mashg„ulotlarda foydalanilgan ayrim mashq, misol va
testlardan namunalar keltiriladi:
1. “Muhim belgilarni ajrating” testi”.
Bir necha bandda berilgan so„zlar majmuasining har bir qatorida bir so„z
qavsdan tashqarida, qolgan beshta so„z esa qavs ichkarisida berilgan. Qavs ichidagi
so„zlarning barchasi muayyan darajada asosiy so„z bilan bog„langan. O„quvchilar
qavs ichidagi so„zlar ichidan asosiy so„z bilan bevosita bog„liq bo„lgan ikkitasini
tanlashlari zarur.
1.
Bog„ (o„simlik, bog„bon, kuchuk, devor, tuproq).
2.
Daryo ( qirg„oq, baliq, baliqchilar, suv, qayiq).
3.
Shahar (avtomobil, ko„p qavatli uylar, omma, kino-teatr,).
4.
Sigir (em-xashak, buzoq, tom, sut-qatiq, shoh).
5.
Kub (burchaklar, chizma, tomonlar, tosh, daraxt).
6.
Bo„lish (sinf, bo„luvchi, qalam, bo„linma, qog„oz).
7.
Doira (diametr, olmos, iltimos, aylana, muhr).
8.
O„qish (ko„zlar, kitob, rasm, muhr, so„z).
9.
Gazeta (haqiqat, ilova, maqola, qog„oz, muharrir).
10.
O„yin (xarita, o„yinchilar, jarima, jazo, qoida).
11.
Urush (aeroplan, pushkalar, jang, qurol, askarlar).
2. Ikki kishi daryo yoqasiga keldi. Daryo bo„yida qayiq turgan bo„lib, unga
faqat bir kishi sig„adi. Kishilarning ikkisi ham daryodan qayiqda suzib o„tib, o„z
yo„llarida davom etdilar. Buni ular qanday amalga oshirdilar.
Javob: Yo„lovchilar ikkita qarama-qarshi daryo yoqasiga bir vaqtda kelishgan.
Biri qayiqda u yoqqa o„tgach, ikkinchisi daryoning bu qirg„og„iga suzib o„tgan.
Yechimning to„g„ri topilishiga “Ikki kishi daryo yoqasiga keldi” degan ma‟lumot
to„sqinlik qilgan. Zero, bu xabar o„quvchilarda ikki kishi go„yo daryoning bir
qirg„og„ida turgandek tasavvur uyg„otadi.
56
3. Sonlarning ketma-ketlik qonuniyatini toping va yetishmayotgan sonlarni
qo„ying:
7
9
15
1
4
15
?
7
13
8
11
?
Mazkur topshiriqlarning javoblari quyidagicha: birinchi va ikkinchi
sonlarning yig„indisidan uchinchi son ayrilib, ayirma topilgan. Ikkinchi qatorda
yetishmayotgan soni 12, uchinchi qatorda yetishmayotgan son esa 10 dir.
5. Sonlar ketma-ketligi qonuniyatini toping va yetishmayotgan sonlarni
qo„ying:
174
171
57
54
18
15
X
X
=
2
1364
1360
340
336
84
X
X
X
=
4
X
X
42
252
258
1548
1554
9324
=
9330
Ushbu topshiriqlarning javoblari esa quyidagicha:
1-qatorda birinchi sondan 3 ayrilgan, hosil bo„lgan ayrima 3 ga bo„lingan,
bo„linmadan esa yana 3 soni ayrilgan, hosil bo„lgan ayirma esa yana 3 ga bo„lingan
va hokazo tarzida; noma‟lum sonlar 5 hamda 3 dan iborat;
2-qatorda esa birinchi sondan 4 raqami ayrilgan, hosil bo„lgan ayirma 4 ga
bo„lingan, bo„linmadan esa yana 4 soni ayrilgan, ayirma yana 4 ga bo„lingan va
hokazo tarzida; noma‟lum sonlar 80, 20 hamda 16 dan iborat;
3-qatorda esa noma‟lum sonlar 6 hamda 36 iborat bo„lib, birinchi son 6 ga
ko„paytirilgan, hosil bo„lgan ko„paytmaga 6 soni qo„shilgan, hosil bo„lgan yig„indi
6 ga ko„paytirilgan va hokazo tarzida.
6. Quyidagi anagrammalarning yechimlarini toping:
1) k yu a s i l sh; 2) a t a r i q yo q t; 3) ye d o m r k t a ya i;
4) ye p d ye o g g i a k; 5) ya ye t x n l o g i o; 6) t ya a i m a v n „.
Anagrammalarning javoblari quyidagicha:
1) yu k s a l i sh; 2) t a r a q q i yo t; 3) d ye m o k r a t i ya;
57
4) p ye d a g o g i k a; 5) t ye x n o l o g i ya; 6) m a „ n a v i ya t.
“Ijod gulshani” yo„nalishi a‟zolari quyidagi uch xil: nazm, nasr va yosh
qalamkashlar yo„nalishlarida o„z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida
qo„shimcha ta‟lim olishga jalb etildilar. Mazkur yo„nalishda o„quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini mahalliy matbuot va televidenie orqali namoyish etib borish
maqsadida tegishli muassasalar bilan ijodiy hamkorlik o„rnatildi. Yo„nalishda olib
borilgan mashg„ulotlarda, eng avvalo, milliy til imkoniyatlaridan samarali
foydalanish, ijodiy ishlar orqali milliy qadriyatlar va ularning mohiyatidan
tengdoshlarini xabardor etish yetakchi vazifalar sifatida belgilandi.
Yo„nalish a‟zolarining qobiliyatlari pedagoglar yordamidagina emas, shu
bilan birga viloyatning taniqli yozuvchi, shoir va tilshunos olimlari ishtirokida
uchrashuv, suhbat, maxsus mashg„ulotlar hamda amaliy treninglarni tashkil etish,
o„quvchilarni badiiy ijod bo„yicha tashkil etilayotgan ko„rik-tanlovlarda faol
ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish, ijodkor o„quvchilarning ijod
namunalarini namoyish etuvchi ko„rgazmalarni tashkil etish orqali rivojlantirilib
borildi.
Ijod
gulshani
yo„nalishida
qobiliyatli
o„quvchilarning
she‟riy
to„plamlarining nashr etilayotganligi e‟tiborga loyiqdir. Masalan, “Ijod gulshani”
yo„nalishi a‟zolari ishtirokida o„tkazilgan “Navoiy – qalbimizda” nomli
g„azalxonlik kechasi, A.Qahhor tavalludining 110 yilligiga bag„ishlangan “Qodiriy
– milliy ma‟naviyat gultoji”, nomli abadiy musiqali kecha, “Gulshanaro
Gulchehralar” nomli mushoiralarning tashkil etilishi qobiliyatli o„quvchilarga o„z
qobiliyatlarini namoyish etishga imkoniyat yaratibgina qolmay, balki pedagogik
kollejlar jamoasini ularning ijodlari bilan yaqindan tanishtiradi.
“Axborot texnologiyalari” yo„nalishida yo„nalish sohalari bo„yicha
“Kompyuter shou” tadbiri tashkil etildi. Unda o„quvchilarning operatorlik, dizayn
va grafika bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalari baholandi. Mazkur yo„nalish
bo„yicha to„garaklarning a‟zolari kollej o„quvchilari uchun jadval asosida haftada 1
58
soat Internet tarmog„iga ulanib, turli o„quv fanlari yoki sohalar bo„yicha qiziqarli
ma‟lumotlarni olishlari uchun sharoit yaratib beradilar.
Pedagogik
kollejlar
o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
murakkab jarayon sanaladi, shu bois uni mazkur jarayonni samarali tashkil etishga
alohida e‟tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach
kollejlarda ham qobiliyatli, iqtidorli o„quvchilar bilan faol ish olib borishga,
ulardagi mudroq iqtidorni uyg„otish yo„llarini topishga jiddiy etibor berilib, zaruriy
chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yuqoridagi misollarda bularning natijalarini
yaqqol ko„rib turibmiz.
Buyuk alloma Farobiy so„zi bilan aytganda, “Ijod shunday ulug„ fazilatki,
inson uni egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarni ishga solishi kerak”.
Do'stlaringiz bilan baham: |